O’smirlarda tafakkur shakllanishining ijtimoiy psixologik xususiyatlari



Yüklə 234,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix08.05.2023
ölçüsü234,65 Kb.
#109648
  1   2
o-smirlarda-tafakkur-shakllanishining-ijtimoiy-psixologik-xususiyatlari



O’smirlarda tafakkur shakllanishining ijtimoiy psixologik 
xususiyatlari 
 
Mushtariybonu To’lkinovna Sanokulova 
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada o’smirlar psixikasida kechadigan o’zgarishlar, 
ularning bilish jarayonlari hamda tafakkur tushunchasi, o’smirlik davrida 
tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari qay tarzda kechishi haqida so’z boradi. 
Kalit so’zlar: O’smir, pedagog, ontogenez, tafakkur, ong, psixika. 
 
Social psychological features of mental formation in 
adolescents 
 
Mushtariybonu To’lkinovna Sanokulova 
Bukhara Institute of Psychology and Foreign Languages 
 
Abstract: In this article we will talk about the changes that occur in the psyche 
of adolescents, their cognitive processes, as well as the concept of contemplation, the 
features of thinking in adolescence. 
Keywords: teenager, teacher, ontogenesis, contemplation, mind, psyche. 
 
O’qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o’smirlik davri psixologiyasini bilish 
psixologik nuqtayi nazaridan ham, pedagogik nuqtayi nazaridan ham muhimdir. Bu 
davrni biz yana o’tish davri ham deb ataymiz. O’smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi 
bolalarni o’z ichiga qamrab oladi, ya’ni bu yosh oralig’i 5-8 sinfga to’g’ri keladi. 
O’smir o’quvchilarning ta’lim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim 
qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va xususiyatlarini ba’zan 
yetarli darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kelib chiqadi. Kichik va katta 
yoshdagi maktab o’quvchilariga qaraganda o’smirlik yoshidagi bolalarni 
tarbiyalashda juda ko’p qiyinchiliklar bo’ladi. Chunki, kichik bolaning katta odamga 
aylanishi jarayoni juda qiyin kechadi. Bu jarayon o’smirlar psixologiyasining 
odamlar bilan bo’lgan munosabat formalarining jiddiy ravishda o’zgarishi hamda 
hayot sharoitining o’zgarishi bilan bog’liqdir. Bu davrda o’smirlarning o’z shaxsiy 
fikrlari paydo bo’ladi. Ularda o’z qadr-qimmatlari haqidagi tushuncha kengayadi.
Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo’yicha o’smirlarning psixik taraqqiyotini 
harakatga keltiruvchi kuchlar, ularning faoliyatlari bilan tug’iladigan extiyojlar bilan 
bu extiyojlarni qondirish imkoniyatlari o’rtasidagi dialektik qarama-qarshiliklarni 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1045


yuzaga kelishi va bartaraf qilinishidan iboratdir. Qarama-qarshiliklar ancha yuksak 
darajadagi psixik taraqqiyotini, ancha murakkab shakldagi faoliyat turlarini va 
shaxsning qator yangi psixologik xususiyatlarini tarkib toptirish orqali bartaraf 
qilishdan iboratdar. Shundan keyin psixik taraqqiyotning yuksakroq bosqichiga 
o’tiladi. Bola boshlang’ich sinfni tugatgach, uning o’rta maktabda o’qishga o’tishi 
hayotida burilish davri hisoblanadi.O’smirlarning yangi ijtimoiy jihatdan tashkil 
topgan va rang-barang faoliyatni uning psixologik hamda shaxsning tarkib topishiga 
asos, sharoit va vosita xizmat qiladi. 
Psixologlarning fikricha yosh psixologik xususiyatlari faqatgina yolg’iz biologik 
jihatidan yetilishi va taraqqiyot yetilishining natijasi bo’lmay, balki, bolaning ijtimoiy 
hayot sharoitlari va faoliyatlarining o’zgarishi hamda bu jihatdan yangi ijtimoiy 
omillarning paydo bo’lishi natijasida o’smirning taraqqiyotiga va unga beriladigan 
maktabdagi ta’lim va tarbiya berishni aniq tashkil qilish o’smirlarning konkret hayot 
sharoitlari va faoliyatning mahsuli deb qarab bo’lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, 
ijtimoiy sharoitlar rolini konkret hayot sharoitlari va faoliyatlarining roliga 
almashtirib bo’lmaydi. Mana shu yuqorida aytilganlardan shunday xulosa qilish 
mumkinki, o’smirning yoshi va uning xususiyatlari absolyut ahamiyatli kasb etmaydi. 
Bu farqlarni konkret ijtimoiy omillarning ta’siri bilan va o’smirlarga beriladigan turli 
ta’lim va tarbiya sharoitlarining ta’siri bilan tushuntirish mumkin.Taraqqiyotning 
asosiy 
yo’nalishi 
bolaning 
o’smirlik 
davridagi 
taraqqiyotining 
asosiy 
xarakteristikasini ajratish mumkin.
O’smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so’z boyligini oshishi 
hisobiga bo’lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa voqea va 
hodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari hisobiga bo’ladi. Bu davrda o’smir til 
yordamida atrof-borliqni aks ettirilishi bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham 
belgilab berish mumkinligini his qila boshlandi. Aynan o’smirlik davridan boshlab, 
inson nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi. 
O’smirni ko’pincha muomalada so’zlarni ishlatish qoidalari: “qanday qilib to’g’ri 
yozish kerak?”, “qanday qilib yaxshiroq aytish mumkni?” kabi savollar juda 
qiziqtiradi. O’smirlar maktabdagi o’qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi 
kamchiliklarga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e’tibor 
beradilar. Bu holat o’smirning bir tomondan o’z nutqini nazorat qilishga o’rgatsa, 
ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalari buzilishi mumkinligini bilishlariga va 
o’zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi. U endi o’z 
nutqida yosh bola singari emas, balki, katta odamlardan so’zlarni tanlashga harakat 
qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o’smir uchun o’qituvchi, albatta, namuna 
bo’lishi shartdir. Aynan maktab ta’limi o’smir bilish jarayonlarining rivojlanishi 
jihatidan asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1046


Maktabdagi o’quv jarayonlarining to’g’ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi 
bilan o’smir tafakkurining to’g’ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Tafakkurning 
rivojlanishidagi ushbu harakat bu o’smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga 
kirilishi ehtiyoj va intilish hisoblanadi. O’smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori 
ahamiyatga ega bo’la boshlaydi. Chunki bu davrdagi o’quvchilar atrof-olamdagi 
boglanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda 
o’smirning bilishga bo’lgan qiziqishida progress sodir bo’ladi. Ilmiy nazariy 
bilimlarning egallab olinishi tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. Buning ta’sirida 
isbot, dalilar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga 
qobiliyat paydo bo’ladi. Maktabda o’qitiladigan fanlar o’smir uchun o’z taxminlarini 
yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo’lib xizmat qiladi. J.Piajening 
ta’kidlashicha, “Ijtimoiy hayot uch narsaning ta’siri - til, mazmun, qoidalar asosida 
shakllantiriladi”. Bu borada o’zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o’z-o’zidan 
tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi. 
11-12 yoshdan boshlab o’smir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi. 
O’smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli tahlil etishni o’rgana 
boshlaydi. O’smir tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez ko’tarila olishi, o’quv 
materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektining ham rivojlanishini belgilab 
beradi. Tafakkur at-rof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, 
umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy-sababiy bog‘lanish-larni 
anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir. 
O’smirlik davri yuqori darajadagi intellektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik o’ta 
qiziquvchanlik hamda atrofdagilarga o’z layoqatlarini namoyish etish, shuningdek, 
ularda yuqori baho olish extiyojining mavjudligi bilan belgilanadi. O’smirning 
kattalarga beradigan savollari mazmunli, mulohazali va aynan o’sha masala doirasida 
bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar turli-farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib, 
tadqiqot o’tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala bo’yicha muqobil variantlarni 
taqqoslay oladilar. O’smir tafakkur ko’pincha umumlashtirishga moyil bo’ladi.
Amaliy tafakkur tizimiga quyidagi aqliy sifatlarni kiritishimiz mumkin: 
- tadbirkorlik; 
- tejamkorlik;
- hisob-kitoblilik;
- yuzaga kelgan muammolarni tez yecha olishlik va boshqalar. 
Ko’rsatilgan barcha sifatlar mavjud bo’lgan taqdirdagina o’smir amaliy 
tafakkurini rivojlangan deb hisoblash mumkin. Bu sifatlarni 1 sinfdanoq rivojlantira 
borish nihoyatda muhim. O’smirlik davrida ishbilarmonlik sifatini o’quvchilarning 
o’z-o’zini boshqarishni yo’lga qo’yishi umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok 
etishi orqali rivojlantirish mumkin. Bu borada o’smir ijrochi rolida emas, balki, 
boshqaruvchi, mustaqil yo’l tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida o’zi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1047


ishtirokchi bo’lgan takdirdagi rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu yoshda 
tadbirkorlikni rivolantirishda ko’prok mustaqillikning berilishi o’smir amaliy 
tafakkurining rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, o’smir yoshdagi bolalarda tejamkorlikni 
rivojlantirish aqlning boshqa sifatlariga nisbatan osonroq kechadi, buni ko’proq 
ularning qiziqtiradigan narsalarga mustaqil ravishda hisob-kitob qilib borish orqali 
amalga oshirish mumkin. O’smirlarda yuzaga kelgan muammolarni tez va operativ 
holda yechish malakasini shakllatirish birmuncha qiyinroq kechadi. Albatta, bu 
bolaning temperamentiga ham bog’liq. Barcha o’smirlarni ham tez yo’llab, tez 
harakat qilishga o’rgatish mushkul, lekin ularni biror muammo yuzaga kelishi bilan 
orqaga chekinmay, zudlik bilan yechishning umumiy qoidalariga o’rgatib borish 
mumkin.

Yüklə 234,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin