ABU NASR FAROBIYNING FOZIL ODAMLAR SHAHRI ASARIDAN FOZILLAR SHAHRI HOKIMINING FAZILATLARI
Aholisining fikricha, baxt-saodatga faqat o’lgandan keyin yetishish mumkin. Ammo, bu shahar xalqining Alloh-taolo azza va jalla haqida, uning yaratgan hilqatlari va faol aqlga doir fikr-mulohazalari, tasavvurlari shu qadar chalkashib ketganki, bunday tasavvurlar halol yashash uchun asos bo’lolmaydi, bu (chalkash) tasavvurlar Alloh yaratgan hilqatlarning suvratlarini ham aslini ham aks ettirmaydi
Bunday shaharning birinchi boshlig’i o’zini ilohiy nur sohibi qilib ko’rsatadi, ammo aslida bunday emas; u o’zining ilohiyligini isbotlash uchun aldov, riyo, kibru-havo bilan ish tutadi.

Bunday shaharlarning hokimlari fozillar shahri hokimlarining teskarisidir. Shaharni boshqarish usullari ham mutlaqo qarama-qarshidir. Bu fikr shu shaharlar aholisiga ham taalluqlidir. Fozii shaharlarning bir-biriga izdosh bo’lgan imom-boshliqlari yagona abadiy boshliqning yagona ruhini mujassam etadilar. Mabodo bir zamonda ko’pchilik shunday shaharlarning hokimlari yashasalar ular ham birgalikda yagona abadiy hukmdorni, ularning ruhlari esa yagona abadiy hukmdor ruhini mujassam etadilar. Fozillar shahri odamlaridan ba'zilari hamma uchun mushtarak — umumiy bo’lgan bilimlarni o’rganib ish yuritadilar, ba'zilari esa faqat muayyan mavqedagi odamlar bilishi zarur bo’lgan bilimlarni o’rganish va ish yuritish bilan shug’ullanadilar. Bu odamlarning har biri, shunday umumiy va xususiy bilimlar va faoliyatiar orqali saodatga erishadilar. Har bir shaxs baxt – saodatga eltuvchi faoliyat bilan qancha uzoqroq va avvalgidan yanada yaxshiroq shug’ullanaversa uning ko’ngli, ruhiy holati ham shunga muvofiq komilroq, fozilroq bo’lib boradi