Оvqatlanish gigienasi. Reja: Ovqat hazm qilish tizimining umumiy tuzilishi. Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari



Yüklə 344,91 Kb.
səhifə1/4
tarix03.06.2023
ölçüsü344,91 Kb.
#124353
  1   2   3   4
1461258084 62287


Оvqatlanish gigienasi.
Reja:
  • Ovqat hazm qilish tizimining umumiy tuzilishi.
  • Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari.
  • Organizmda modda almashinuvi.
  • Ovqatlanish gigienasi.

Odam xayot faoliyatini saqlashi, mexnat qilishi, o’sib rivojlanishi uchun tashqi muhitdan ovqat moddalarini qabul qiladi. Ovqat hazm qilish kanalida mehanik maydalanadi, ximik parchalanadi, so’riladi.
Odamning hazm qilish kanali 8-10 m uzunlikda bo’lib, devori uch qavatdan: ichki - shillik, o’rta- muskul, tashki- seroz qavatlaridan tuzilgan . Ovqat xazm qilish kanaliga : ogiz bo’shligi va undagi organlar halqum , qizil o’ngach , oshqozon , ingichka va yug’on ichaklar, yirik bezlardan – jigar , me’da osti bezi kiradi .
Ovqatning tarkibida oksillar , yog’lar , uglevodlar , vitaminlar , mineral tuzlar va suv bo’ladi . Og’iz bo’shligi , og’iz daxlizi va xaqiqiy og’iz bo’shligidan tashkil topgan bo’lib , bu yerda ovqat tishlar yordamida mexanik maydalanadi , so’lak bezlaridan ishlab chiqarilgan so’lak yordamida qisman ximik parchalanadi , ovqat luqmasi sulak bilan aralashadi . Og’iz bo’shlig’i shilliq parda bilan qoplangan bo’lib , mexank , ximik , temperatura ta’siriga chidamlilik xususiyatiga ega .
Yutish . Yutish murakkab fiziologik prosess bo’lib , nerv markazi uzunchoq miyada joylashgan . Yutish nafas olish bilan bog’lik . Ovqat luqmasi chaynalib , so’lak bilan aralashgandan so’ng , shilliklanib til yordamida yutkumga o’tkaziladi . Yutish vaqtida markazga intiluvchi til tomoq nerv impulslar kelib , ovqat luqmasi yutiladi . Ovqat yutilgandan so’ng qizil o’ngach orqali oshqozonga o’tadi . Ona qornida bolaning 5 oyligidan boshlab sut tishlarining xujayralari vujudga kela boshlaydi . Bolaning 6-8 oyligidan boshlab sut tishlari chiqa boshlaydi . Avval 6 oylikdan kesuvchi so’ng sut tishlari , kichik oziq tishlar chiqadi . Sut tishlari 20 ta bo’ladi : 2 ta kesuvchi , 1 ta qozik , 2 ta kichik oziq tishlari. Sut tishlari 6-7 yoshdan boshlab doimiy tishlar bilan o’rin almashiniladi. Bolaning 7 yoshida birinchi katta oziq tishi , 8 yoshida birinchi kichik oziq tishi , 13-16 yoshida katta og’iz tishi , 11-15 yoshida ikkinchi oziq tishlar , 18-30 yoshida uchinchi oziq tishlar chiqadi . Bolalarning sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinish davrida tishlarni parvarish qilishni o’rgatish lozim . Uxlashdan avval tishlarni cho’tka va poroshok bilan tozalash , ovqatlangandan so’ng og’izni iliq sovuq suv bilan chaykash zarur . Bolalar juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste’mol qilishi , tishi bilan qattik narsalarni maydalashi mumkin emas . Bolalarda ovqat chaynashib davomligigi avval uzoqroq bo’sa, so’ng kamaya boradi . Bolalarning 11-12 yoshida ovqat moddalariga bir sutkada 200 sm , ovqatdan tashqari vaqtida 400-600 sm -3 ajraladi . Bu so’lak tarkibida ptalin fermentining konsentrasiasi yuqori bo’ladi . 2 yoshdan 15 yoshgacha so’lakning tarkibida oqsil mikdori ortib boradi .
Ovqatning oshqozonda hazm bo’lishi
Oshqozon ovqat hazm qilish kanalining kenggaygan qismi hisoblanib, katta odamlarda noksimon shaklida bo’ladi . Oshqozonning kirish va chiqish qismlari tubi , katta , kichik aylanalari ajratiladi . Oshqozonning kirish va chiqish qismlari muskullardan tuzilgan bo’lib , sfinter deb yuritiladi . Oshqozon ham boshqa hazm kanallari singari shilliq , muskul , seroz kavatlaridan tuzilgan bo'ladi . Oshqozon shilliq kavatining ostida 14 mln . Oshqozon bezlari joylashgan bo’ladi . Oshqozon muskullari qisqargan vaqtda ovqat aralashadi . Oshqozonning hajmi katta odamlarda o’rta xisobda 2,5-3 dm-3 ga etadi . Ularda bir sutkada 1,5-2 dm-3 oshqozon shirasi ishlab shiqariladi . Oshqozon shirasining 99% suv , 0,3-0,4% organik modda va tuzlardan iborat . Oshqozon shirasi kislotik xususiyatga ega bo’lib , tarkibida 0,3-0,4% xlorid kislota shaklanadi . PH - 2,5 teng . Oshqozon bezlarida shilliq modda ham ishlab chikariladi . Bu modda shillik qavatni turli ximik , mexanik ta’sirlardan saqlaydi . Turli ovqat moddalariga turli mikdorda oshqozon shirasi ajraladi . Oshqozon shirasining ajralishi nerv - go’moral yo’lda ajraladi . Nerv yo’lida shira ajralishi shartli va shartsiz
reflekslar asosida bo’ladi ( Ovqat ko’rmaganda xidiga ham oshqozon shirasining ajralishini ) . Oshqozon shirasining nerv - gumoral yo’lda ajralishida ovqat tarkibidagi moddalar qonga surilgandan so’ng qon orqali oshqozon bezlariga kelib ularning faoliyatini kuchaytiradi . Ovqatlangandan 20 – 30 minutdan so’ng oshqozon tulqinsimon qiskarib ovqat oshqozon shirasi bilan aralashadi . Katta odamlarga aralash ovqat oshqozonda 3- 4 soatdan so’ng 12 barmoqli ichakka o’tadi . Sut va sutli ovqatlar oshqozondan 12 barmokli ichakka tez o’tadi .

Yüklə 344,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin