O`zbek adabiy tilining me`yorlari



Yüklə 66,5 Kb.
səhifə1/3
tarix05.02.2023
ölçüsü66,5 Kb.
#83014
  1   2   3
Nutq madaniyati va me\'yor


O`zbek adabiy tilining me`yorlari
Reja:

  1. Nutq madaniyati va adabiy me`yor o`lchovi.

  2. Adabiy til me`yorlari.

  3. Nutq odobi-umumiy axloqni belgilovchi mezon.

  4. O`qituvchi nutqining adabiy me`yorlarga mosligi.

Adabiy til “umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum normaga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi formasidir ” (Hojiyev A).


O’zbek xalq adabiy tilining shakllanishi o`zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiy nomi bilan bog`liq. Navoiy “Xamsa”, “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul qulub”, ”Muhokamatul lug`atayn” kabi asarlari bilan o`zbek adabiyotini yuksaklikka ko`tardi va ayni paytda xuddi shu ulkan va bebaho ijodi bilan yagona o`zbek xalq adabiy tiliga asos soldi. Alisher Navoiy hamma vaqt turkiy (o`zbek) tilni ulug`ladi, uning boyligini o`z ijodi bilan namoyon qildi, boyligiga boylik qo`shdi. Navoiy so`z qadrini, so`z va tilning keng imkoniyatlarini chuqur anglagan holda quyidagi hikmatli, dono o`gitlarni bitdi:
So`zdurki, nishon berur o`likka jondin,
So`zdurki, berur jonga xabar jonondin,
Insonni so`z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo`q ondin.
“Ko`ngul mahzanining qulfi til va mahzanning kalidin so`z bil”.
O’zbek xalq adabiy tilining rivojida Boburning she’riyati va birinchi o`zbekcha nasriy asar “Boburnoma”ning yozilishi, XVIII-XIX asr o`zbek demokratik adabiyotining yirik vakillari Turdi Farog`iy, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Maxmur kabi shoirlarning ijodi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Xalq manfaatini himoya qilgan bu shoirlar, albatta, xalqning ahvolini, turmushi, dard va orzularini yaxshi bilganlar hamda o`z ijodlarida xalq ruhiga mos keluvchi, uning kechinmalarini ifodalovchi, xullas, unga yaqin, xalqona so`z va iboralarni ko`plab qo`llab, adabiy tilni boyitishga, uni xalqqa yaqinlashtirishga xizmat qilganlar. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O`rta Osiyo chor Rossiyasiga qo`shib olinishi bilan o`lkadagi ijtimoiy-siyosiy tuzum, umuman, turmush o`zgarib ketdi va o`zbeklar hayotiga ruslar hayoti va iqtisodiyotiga oid ko`plab yangi buyum, jihoz, iste`mol mollari kirib keldi, rasmiy idoralar ish yuritish tartibi o`zgardi, dunyoviy ilmlarni o`qitish dargohlari ochildi. Bularning hammasi o`zbek tilida ko`plab yangi so`zlar va iborlarning ham paydo bo`lishiga olib keldi. O`sha davr shoirlari va tarjimonlari ijodida manashu jarayon yaqqol o`z ifodasini topgan. Masalan, Furqatning “Vistavka xususinda”, “Gimnaziya”, “Royal xususinda” kabi masnaviylari, Muqimiyning “Hajvi Viktor boy”, “Veksil”, “Moskovchi boy ta’rifida”, “Ta’rifi pech”, Zavqiyning zamon o`zgarishlarini aks ettiruvchi turkum she’rlarida qo`llangan telegraf, telpon, pech, dabernas (доверенность), bo`lus (волость), kontur, chas (часть), samovar, suruk (срок), do`g`ma (дума), davay, kalish, gazetxona, fonus, purjina, uyoz, shapka, piyon, zovut, kupes so`zlari haqiqatan fikrimizning isbotidir.
Til ijtimoiy ongning ko`rinishlaridan biri, jamiyat a’zolari orasida kommunikatsiyaning eng muhim omili bo`lgani uchun uning rivojlanishi ham o`z navbatida yana shu ijtimoiy hayot bilan, bu hayot egalarining aqliy, ilmiy, madaniy saviyalari, shu hayot asosidagi iqtisodiyotning ham rivoji bilan uzviy bog`liq. Shu jihatdan olganda Oktabr inqilobiy to`ntarishidan keyingi sovet tuzumi davrida sobiq SSSR tarkibida XX asrning 90-yillarigacha bo`lgan O`zbekistonda hayotning tubdan o`zgargani, hokimiyatning mehnatkash qo`liga o`tgani hamda xalqni savodli, ilmli, sog`lom bo`lishi, erkaklar va xotin-qizlarning teng huquqli bo`lishlariga ko`p ahamiyat qaratildi. Shu bilan birga, xalqning diniy e’tiqodlari, o`ziga xos milliy udumlariga, tiliga, aksincha, e’tibor kamaydi; chunki bu zamonda tabiat va jamiyat qonunlari materialistik falsafaga suyanib ish ko`rar edi. SSSRdagi barcha respublikalar, jumladan, O`zbekistonda ham “qardoshlik va birodarlik tili” bo`lgan rus tilining ta’siri kuchli edi. Eng avvalo, rus kirill grafikasi asosidagi alfavitga o`tildi, undan keyingi yillarda esa sanoat, qishloq xo`jaligi, tibbiyot, madaniyat va san’at, ilm-fanning tez sur’atlardagi taraqqiyoti bilan bog`liq holda rus tilidan bevosita va bilvosita Yevropa tillaridan ko`plab so`zlar, affikslar hamda qisqartmalar o`zlashtirila boshlandi. Ruscha va internatsional so`zlar hisobiga bu davrda o`zbek tili beqiyos darajada boyidi.1
Hatto rus tili O`zbekistonda aholining ikkinchi tiliga aylandi, bilingvizm yuzaga keldi. Bu o`zbek tilining tashqi omil hisobiga boyishi edi. Ichki omillar hisobiga tilimizning o`zgarib, boyib boorish jarayoni esa susayib ketdi. Ayniqsa, milliy turmush tarziga xos so`zlar, iboralar, murojaat so`zlari, qo`shimchalar qo`llanishdan chiqib bordi. Masalan: rag`at (muhit), imlama mehmondorchilik, iskart (o`lchov, me’yor, chegara), avsat (to`n) – o`rtahol (to`n), arrapusht (umurtqa suyagi), imoratsoz, sandiqzada, porom, po`kach, kursi, bozorchi, kosib, chilangar, qandolatpaz, g`oyibona, nuridiyda, toqati toq, doli guliga kelibdi kabi.
O`zbek tiliga rus tilidan va u orqali boshqa tillardan so`z o`zlashtirilishiga bir umumiy nazar tashlagandayoq, bu so`zlar o`z davrining ruhiyatini aks ettirishini kuzatish mumkin. Demoqchimizki, 30-yillardagi o`zlashtirilgan so`zlar 40-yillarnikidan,bu davrlarga xos so`zlar esa 50-70 – yillar oralig`ida o`zlashgan so`zlardan farq qiladi. Adabiy tildagi salmog`I va og`zaki so`zlashuv nutqidagi salmog`I nisbati ham. Masalan, 30-40 – yillar davriga xos o`zlashgan so`zlarga misol qilib: samovar (choyxona ma’nosida), doktorxona, park, izvosh, pristav, notarius, akatsiya, “Russko-aziatskiy bank”, pivoxona,vaza, rezinka, ofitser, turma, gazeta, internat, amrikon, minut, kilimetr, kolxoz, tabelchi, progul, stol, patefon, kachalka, membrane, shaxmat, shirkat, ferma, pochtaxona, adres, blanka, akademiya, institute, metod, poyezd, kerosin, ZAGS, aktiv, rayon soveti, uborshitsa, dokladchi, shofyor, gruzovoy mashina, portret, staxanovchi, chislo, byulleten, rabfak, texnikum, kanselariya, praktikum, minimum, maksimum, sud, sudya, ekspluatatsiya, realism, obyekt, fiziologiya, direktor, otvod, nomer, traktorist, plastinka, pojar, kultura, borjom kabi qator so`zlarni keltirish mumkin. 50-70 – yillarda o`zlashgan so`zlar esa Ikkinchi jahon urushidan keyingi tinch qurilish, xo`jalik va sanoatni rivojlantirish, fan-texnika va madaniyat, yuksalgan SSSRdagi xalqlarning do`stligi kundalik turmushimizning belgisiga aylanib ketgan yillarda esa quyidagi so`zlar amalda bo`lgan: Vilt, godovoy,gudok, dejur, doxod, ideya, kadr, kandidat, kanikul, kvalifikatsiya,, kvartal, besh yillik, kitel, klesh,klub, kollektiv, mayovka, konkurent, zayom, zakaz, otvyortka, parad, povestka, nakladnoy, proba, pristup, razbor, priyomnik, sberkassa, sbor, setka, sort, spekulant, staj, etaj, subbotnik, schotchik, klass, tipovoy, podxod, ukol, propiska,, chekanka, polka, chexol, shuba, sessiya, kanal. Bu so`zlar shunchalik faol va keng qo`llanar ediki, ularni adabiy til me’yori darajasida qabul qilish mumkin edi. Og`zaki so`zlashuv nutqida esa o`zlashtirilgan: akkuratno, daje, uje, zaraza, zapiska, znachit, legkovoy, upravleniye, soxraneniye, roddom, priyomniy pokoy, porok serdsa, podarka, napor, pechat, peredacha,rasxod, rabochiy, svidaniye, sovsem, spiska, srazu, stroyka, tolko, trudovoy, sokrasheniye, ustupka, sentr, chernovoy, shishka, yavka so`zlari shunchalik singib ketgan ediki, o`zbek tilida erkin so`zlashib, fikr almashish mumkinligiga shubha tug`ila boshlagan va bu holat, ayniqsa, 80-yillar oxiriga kelib o`zbek tilining keyingi taqdiri qanday bo`lishi haqida xavotirli o`ylarga olib kelgan edi. Xayriyatki, 1989-yilda o`zbek tiliga davlat tili maqomi rasmiy tarzda berilishi bilan Respublikamizning o`z Mustaqilligiga chiqishi yangi, o`zligini topaman degan xalqimizning orzusi ro`yobga chiqishi davri boshlandi. O`zbek tilining o`z qadrini topib, oyoqqa turishi, avvalo, o`zbek tilining boyishi, rivojidagi shu paytgacha e’tibordan chetda qolib kelayotgan ichki manbalar: shevalardan so`zlar va qo`shimchalarni adabiy tilga o`tkazish, eskirib iste’moldan chiqib ketgan arxaizm-so`zlarni va qo`shimchalarni faollashtirish, o`zlashib, “me’yoriy” maqomga ega bo`lgan va faol qo`llanib kelgan ruscha-xorijiy so`zlarni o`zbekcha muqobili bilan almashtirish davri boshlandi. Dastlabki yillarda kundalik matbuot, radio va televideniye nutqida, rasmiy ish yuritish doiralarida bu borada anchagina yanglishish, chalkashliklar hukm surdi, vaqtincha amaliyotda bo`lgan nohiya/tuman, uchqich/tayyora, ofitser/zobit, bilet/chipta, belkurak/lopatka, kanselariya/devonxona, kulliyot/fakultet, oliygoh/oliy o`quv yurti, savdo/tijorat dubletlari Respublikada Atamalar Qo`mitasi ish boshlab, bu xil chalkashliklarni bartaraf qilishda o`z salmoqli hissasini qo`shishi, ijod ahli va sohalar mutaxassislarining harakatlari bilan ancha izga tushdi; me’yorlar ishlana bordi. Kirill yozuvidan o`zbek alfavitining lotin grafikasiga o`tishi muddati davomida esa yangi orfografik me’yorlar qat’iylashdi. Internet bilan aloqa, kompyuterda ishlash, SMSlar yuborish bunda o`z hissasini qo`shyapti. Yangi iqtisodiy-ijtimoiy tuzum, jahon axborot tizimiga ulanish, biznes va tijoratning, yangi madaniy aloqalarning rivojlanishi respublikaning jahonga chiqishiga kuchli omil va vositalar bo`lib xizmat qila boshladi. Natijada xorijiy davlatlar bilan aloqalarga keng yo`l ochildi, ayniqsa, yoshlarimiz ta’lim tizimi, bank-tijorat-biznes va kasb-hunar kanallari orqali xorijiy mamlakatlarda tez-tez bo`lyaptilar, ingliz, nemis,xitoy va boshqa tillarni o`rganishga qiziqish kuchaydi. Natijada o`zbek tilining hozirgi bosqich hayotida xorijiy so`zlar, qisqartmalar bevosita ko`payyapti, rus tilining ta’siri ham ma’lum darajada saqlangan. Yoshlar orasida uch tilni, hatto, to`rt tilni biladiganlar ko`payib boryapti. Zamonga qarab yuzaga kelgan bu vaziyatda “Til ma’lum ma’noda ijtimoiy taraqqiyotning barometri bo`lib xizmat qiladi, chunki unda jamiyat hayotidagi asosiy to`lqinlar, o`zgarishlar aks etib turadi” o`tgan asrda aytilgan haqqoniy fikrni yana bir marta esga olamiz. 90-yillardan keyingi va hozirgi 2000-yillarda tilimizda ro`y bergan o`zgarishlarga nazar solsak, avvalo:
Yangi o`zgarishlar sababli rus va boshqa xorijiy tillardan o`zlashtirilib, me’yoriylik kasb etgan va etayotgan so`zlar: parlament, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, modul, podium, kinomaniya, biznesmen, partnyor, ofis, dollar, yevro, marketing, monitoring, linza, rolik, makiyaj, tatuaj, klip, multimedia, avtopatrul, reklama, akvapark, kinosalon, videokanal, kompyuter, internet, fayl, mikser, xit, lizing, fen-shuy, u-shu, akfa, interaktiv, imij, sheyping-fitnes, sauna, fitobar, plastika, kamin, dizayn, noutbuk.
O`zbek tilining o`z so`zlari yangi vazifada, yangi ma’no kasb etib qo`llanyapti: tansoqchi, shirkat, dallol, kasanachi, sardor, tadbirkor, mulkdor, avtoulov, muzlatgich, sovutgich, bozorgir, shohko`cha, Soliq qo`mitasi, bojxona, xususiy mulk, vazirlik, hokimlik, taqvim, hudud, axborotlashtirish, raqamli fotoapparat, isitgich.
O`zbek tiliga xos so`z yasovchi qo`shimchalar 50-80 – yillarda o`z faoliyatini sustlashtirgan bo`lsa, 90-yillarning o`rtalaridan boshlab o`zbekcha atamalarni yaratishda faol va keng qo`llna boshlandi. Bularga –k, -q, -ak, -oq; -gich, -kich, -qich, -g`ich; -lik, -(i)sh, -(u)v, -ma, -(i)m affikslarini ko`rsatish mumkin. Masalan: moslashtirgich, kuchaytirgich, ulagich, yo`lak, kodlash, davomiylik, teleko`rsatuv, yarim o`tkazgich, urma (asbob), skanlash, geteroo`tish, krosslash, seansli xabar, mobillik, multitanlov, kvantlagich va boshqalar.
Yangi zamon, yangi davr iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarining O`zbekiston va boshqa mamlakatlar bilan o`zaro munosabatida o`zbek tilining o`z milliy so`zlari boshqa mamlakatlarda ham aytilayotgani va o`zlashtirilayotgani hollarini kuzatish mumkin. Masalan, milliy sport turi bo`lmish kurash hozir jahon sport turlaridan biriga aylanishi munosabati bilan bu sport turiga xos kurash (sportning bu turi shu nom bilan jahonga tanildi), halol, yonbosh, chala; ko`pkari-uloq so`zlari; milliy taomlarimiz, hunarmandchilik buyumlari va matolarga xos: palov, sumalak, suzma, kishmish, atlas, surma, palos, ayvon, sandiq, taxta, qamish, qozon kabi so`zlar boshqa xalqlarning til boyligiga kirib boryapti. Bu bizning mustaqil respublika, o`z tiliga ega xalq sifatida tanilayotganimizga shubhasiz dalolatdir.
Tilning, eng avvalo, leksikasi, ya’ni lug`at boyligi davr va zamon talablariga moslashib o`zgarib turishi, taraqqiyotdan darak berib boyib borishi va ba’zan, aksincha, davrning vaqtincha to`xtalib, to`lqinlari susaygan paytlarda esa so`z boyligimizda ham kamayish, nutqda so`z tanlash imkoniyatlarining nisbatan torayishini ham o`tmishga nazar solsak, kuzatish mumkin. Lekin hozirgi kun vaqtli matbuot nashrlarini varaqlasak, radio eshittirish va teleko`rsatuvlarga ahamiyat bersak, qiyinchiliklar orqada qolgani, bugungi kun hayotimiz ro`-rost ifodalanib, namoyon bo`layotganini, shunga qarab qanday o`zgarishlar bo`layotganiyu, so`z va nutqqa e’tibor berilayotganini qaydlash mumkin.
Adabiy til tizim sifatida mavjud bo`lganligi sababli o`z me’yorlariga ega va bu me’yorlar zamon va davr voqea-hodisalari, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum, yashash tarzi belgilariga ko`ra vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi. Adabiy til me’yorlariga mutaxassislar shunday ta’rif beradilar: “Til hodisalaridan adabiy til qoida talablariga mos holda, namunali tarzda foydalanishni, tilning adabiyligini ta’minlovchi vositalarni saralashni belgilovchi me’yor adabiy til (nutq) me’yoridir”2. Yana: “Adabiy me’yor tilning tovush tizimi, grammatik qurilishi va lug`at tarkibidagi eng tipik hayotiy va zaruriy elementlarni tanlab olish asosida tashkil topadi. Adabiy me’yor tilning eng yuksak ishlangan, silliqlashgan shakli hisoblanadi”.
Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshunosligida umumiy maʼnoda "til madaniyati" termini ham qoʻllanadi. 1-maʼnodagi "Nutq madaniyati" tushunchasi adabiy tilni oʻzlashtirishdagi ikki bos-qichni qamrab oladi: a) nutqning toʻgʻriligi va boshqa nutqiy mahorat. Nutqning toʻgʻriligi muayyan tilda soʻzlovchilar va yozuvchilar tomonidan "ideal" yoki umum tomonidan qabul qilingan va anʼanaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy meʼyorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy meʼyorlarga amal qilish, balki oʻzaro mavjud boʻlgan variantlardan mazmunan eng toʻgʻri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng makbuli va ifodalisini tanlab olish mahoratidir (Mas., aka — oka — ako; kelyapti — kevotti — kelopti variantlaridan bi-rining adabiy meʼyor sifatida tanlanishi). Yuksak Nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madani-yatini, tilga nisbatan ongli mehr-muhabbatini namoyon qiladi.
Nutq madaniyati avvalo,to`g`ri,adabiy til me`yorlariga amal qilgan holda so`zlashdir. Nutq madaniyatining yuqori darajasi madaniyatli kishining ajralmas xususiyati hisoblanadi. Nutqimizni yaxshilash har birimizning vazifamiz. Buning uchun talaffuzda, so'z shakllaridan foydalanishda, jumlalarni tuzishda xato qilmaslik uchun nutqimizni kuzatib borishimiz kerak.
Nutq madaniyati til ilmining nisbatan yosh sohasidir. Ushbu fanning mustaqil bo'limi sifatida, u mamlakatimizda yuz bergan tub ijtimoiy o'zgarishlar ta'siri ostida shakllandi. Faol ijtimoiy faoliyatga keng odamlarni jalb qilish ularning nutq madaniyatini oshirishga e'tiborni kuchaytirishni talab qildi". Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvofiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izohli, imlo, talaffuz, oʻquv va boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega. Madaniyatning keng tushunchasi, shubhasiz, aloqa madaniyati, nutq xulq-atvori madaniyati deb nomlanadigan narsani o'z ichiga oladi. Unga egalik qilish uchun nutq odob-axloqining mohiyatini tushunish muhimdir. XV asrdayoq oʻzbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning oʻziga xos meʼyorlari boʻlgan. Alisher Navoiy oʻzining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan oʻz davri nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa qoʻshgan boʻlsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham oʻsha davr tili va nutq madaniyati maʼlum darajada aks etgan. "Yaxshi soʻz — jon ozigʻi", "Bugʻdoy noning boʻlmasa ham, bugʻdoy soʻzing boʻlsin", "Oʻynab gapirsang ham oʻylab gapir", "Har neni yemak — hayvonning ishi, har neni demak — nodonning ishi" kabi maqol va hikmatli soʻzlarning paydo boʻlishi ham oʻzbek xalqida nutq madaniyatiga avvaldan eʼtibor kuchli boʻlganidan darak beradi.
Oʻtgan asrning 20-yillaridan soʻng oʻzbek tilining Nutq madaniyati xalq tiliga yaqinlashtirilgan milliy adabiy til meʼyorlariga asoslanadi. Bu meʼyorlarni shakllantirish ishiga olimlar (Otajon Hoshim, T. N. Qoriniyoziy, S. Ibrohimov, Olim Usmon va boshqalar), adib-u shoirlar (Qodiriy, Choʻlpon, Avloniy, Fitrat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalar) munosib hissa qo`shdilar.
Nutq madaniyatiga erishishning asosiy omili tilni, ayniqsa adabiy til me`yorlarini egallash, ulardan unumli va o`rinli foydalanishdir. Hozirgi adabiy til me`yorlariga rioya qilib tuzilgan nutq aniq, to`g’ri va ta`sirchan holda tinglovchiga yetib boradi.
Me`yor-so`zning mavjud bo`lgan ma`nosi, fonetik tuzilishi. S.I.Ojegov fikricha, “Me`yor-bu ijtimoiy jarayonda birga mavjud bo`lgan, bor bo`lgan, yangi paydo bo`lgan yoki o`tmishning kam ishlatiladigan til unsurlarini (lug’aviy, talaffuz, morfologik, sintaktik) tanlashning natijasi sifatida shakllangan, jamiyatga xizmat qiladigan foydali til vositalari yig’indisidir, keng ma`noda bu unsurlarni baholashdir”. Adabiy me`yor o`z holicha shakllanadi. Uning shakllanish va taraqqiyotiga tilning tarkibiga kiruvchi lahja, shevalar turlicha hissa qo`shadilar. Qaysi hududda savdo, fan madaniyat taraqqiy etgan bo`lsa, me`yorga ham o`sha hududdagi shevalarning ulushi ko`proq bo`ladi. Me`yor til qurilishi unsurlarining hammasiga tegishli. Adabiy me`yor umumiy me`yordan olinadi, unga suyanadi. Adabiy me`yor umumiy me`yorning xususiy ko`rinishi bo`lgani uchun undan hajm jihatidan kichikdir.
Og’zaki adabiy normaning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, ertakchi, latifachi, dostonchi, xalq shoir-baxshilari katta hissa qo`shadilar.
Nutq madaniyati adabiy me`yorlarni tadqiq etar ekan, u me`yordagi mustahkam va zaif o`rinlarni belgilaydi. Adabiy me`yor adabiy til bilan birga tug’iladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyatining taraqqiyoti bilan rivojlanib, o`z qonun-qoidalarini mustahkamlab boradi.
So`zlovchi yoki tinglovchi gapirganda yoki eshitganda ma`lum odob, axloq me`yorlariga rioya qiladi, chiroyli va ta`sirchan gapirishga intiladi, tilga hurmat bilan munosabatda bo`ladi, o`z gapi va o`zgalar gapiga e`tiborli bo`ladi, o`rinli so`zlash va tinglash madaniyati, suhbat va munozara madaniyatiga amal qiladi. Bular umum-me`yor darajasidagi talablardir.
Nutq madaniyatida ham adabiy til me`yori-o`lchovi zarur. “Til me`yori-bu til birliklari va uning qurilishini o`zaro yaxshi tushunish zaruryati tufayli paydo bo`lgan, undan foydalanuvchi xalq tomonidan yaratilgan amaldagi qoidalar yig’indisidir” -deb ta`kidlaydi olim B.N.Golovin.
Til unsurlarining xalq o`rtasida ko`pchilikka ma`qul bo`lgan variantini tanlash-adabiy til me`yori hisoblanadi.
O`zbek adabiy tilining me`yorlari:


  1. Yüklə 66,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin