Tadbirkorlik etikasi va madaniyati Reja : Umumiy qoidalar
Tadbirkor va davlat
Tadbirkor va mijoz
Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy asoslari-ga bog’liq
bo‘lmasdan, u insonlar, qo‘l ostida xizmat qiluvchi mutaxassis va ishchilar, ayniqsa, chet
ellik hamkasblari –biznesmenlar doirasida umumaxloqiy me’yorlarga rioya qilishi bilan
ham baholanadi. Ishdagi muvaffaqiyatning yarmidan ko’prog’i uning odobi, madaniyati,
dun- yoqarashi, ishbilarmonlik qoidalarini qay darajada bilishiga bevosita bog’liqdir.
Umuman, tadbirkorlik ham madaniyatdir. Aytishlaricha, madaniyatli odam
tadbirkor bo‘lishi shart emas, ammo tadbirkor inson madaniyatli bo‘lishi lozim. Arastu
(Arestotel) o‘z zamonida birinchi bo‘lib axloq to‘g‘risida gapirib: “Axloq – nimani
qilishimiz va nimadan o‘zimizni tiy- ishimiz kerakligini aniqlashimizga yordam beradi”,
- degan edi. Preziden- timiz I. Karimov axloq tushunchasiga quyidagicha ta’rif berdi:
“Axloq – ma’naviyatning o‘zagi. Inson axloqi shunchalik salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq bu, avvalo, insof va adolat tuyg’usi, iy- mon,
halollik degani”.
Darhaqiqat, axloq biz uchun – avvalo, insoniy munosabatlar shuningdek
insonlarning fe’l-atvorlari, ularning qanchalik maqbul nuqtai nazardan ko’rib chiqish va
baholashga imkon beruvchi bilim sohasidir. Tara- qqiy yetgan davlatlarda, ayniqsa,
Yaponiya va AQShda firmalarning “Etika kodeksi” va biznesmenlarning alohida kasb
ustalari guruhlarining “Ishbilar- monlik kodeksi” keng qo‘llaniladi. “Biznesmenlarning
axloq kodeksi” bi- rinchi marta AQShda 1913 yili ishlab chiqilgan bo‘lib, unda
tadbirkorlik faoliyatini yuritishning asosiy qoidalari qabul qilingan. Bu qoidalar yagona
asosga jamlangan bo‘lib, ular biznes sohasidagi usul va siyosatni baholash, haqiqat va
adolatlilik tushunchalari bilan uyg’unlashishi belgilangan.
Vaqt o‘tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi. Natijada, bu borada turli
firmalar va kompaniyalar tomonidan to’plangan, ularning tajriba- siga asoslangan,
umumlashgan G’arb ishbilarmonlik dunyosida keng ma’lum bo‘lgan quyidagi
“Biznesmenning axloq kodeksi” shakllandi:
1. Umumiy qoidalar
- xususiy mulk muqaddas, daxlsiz va mulkchilikning qolgan barcha shakllari
bilan bir qatorda teppa-tengdir;
- tadbirkor – ishchanlik va yaratuvchanlik missiyasining jonkuyaridir. Uning
kasbi astoydil faoliyatni, ishlab pul topishni talab qiladi. Bu uning obro’-e’tibori
manbaidir;
- tadbirkor o‘z mehnatining ahamiyatini anglay oladi. U o‘z hamkorlari- dan
ishga mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi va uni qo‘llab- quvvatlaydi;
- xususiy xo’jalik faoliyati ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga olib
keladi va tabirkorga o‘ziga xos majburiyatlar yuklaydi.
2. Tadbirkor va davlat
- tadbirkor davlat va uning qonunlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hurmat qilishi va
ularga amal qilishi lozim. O‘z navbatida, u bunday yondashuvni davlatdanham talab
qilishi kerak.
3. Tadbirkor va mijoz
- tadbirkor mijoz manfaatlari, jamiyat, davlat va atrof-muhit uchun zarar
39
keltirmaslikka, unga amal qilishga majburdir;
- mijoz manfaatlari davlatning qonun va manfaatlariga zid bo‘lgan hollarda tadbirkor bu to‘g‘rida mijozlarni ogoh qilishga majburdir;
- mijoz ofertlar va ishlab chiqaruvchilarni tanlash huquqiga egadir.
Raqobat yuksak sifat kafolatidir;
- tadbirkor mijozni bilmaslik yoki ataylab uni adashtirish, shuningdek bajara
olishga ishonchi bo‘lmagan buyurtalarni qabul qilish hollariga yo‘l qo‘yishi mumkin
emas;
- va’daga vafo va aniqlik tadbirkorning qimmatli kapitalidir. Qo‘l berib
tasdiqlangan so‘z, imzo chekilgan shartnoma kuchiga egadir. Zero, unga bi- noan
majburiy tartibda og’zaki kelishuvni aks yettiruvchi yozma shartnoma rasmiylashtiriladi;
- shartnoma munosabatlarini bajarmaslik va yomon sifat tadbirkorning
jamiyat va hamkasblari olididagi g’oyat og’ir aybidir, chunki bu tad- birkorinng sharafi,
nufuzi va yaxshiga nomiga zarar keltiradi;
- tadbirkor va mijoz o’rtasidagi munosabatlar majburlash asosida emas, balki
ixtiyoriy va o‘zaro ishonch asosida vujudga keladi.
4. Tadbirkor va yollangan ishchilar
- tadbirkor yollangan ishchilarning iqtisodiy manfaatlari va insoniyqadrqiymatlariga nisbatan barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. U o‘z ishchilaridan
qonunlarga amal qilishini talab etadi va o‘zi ham shunga rioya qiladi;
- muayyan huquq va majburiyatlar mavjud qonun doirasida mehnat
shartnomalarini tuzish chog’ida aks yettiriladi.
5. Tadbirkor va tadbirkorlar ittifoqining boshqa a’zolari
- tadbirkorlar ittifoqi a’zolari uchun qonunga muvofiq raqobat majburi- ydir
va axloqning muayyan tamoyillariga amal qilishni talab qiladi;
- teng huquqli bo‘lmagan sharoitdagi har qanday bozor faoliyati (raqo- bat)
qabul qilingan me’yorlarga zid hisoblanadi. O‘z xususiy mahsuloti yoki xizmatlarini
raqobatchilar zaifligi hisobiga reklama qilish axloqsizlikka kira- di;
- raqobatchilik kurashida tadbirkor siyosiy mansubligi yoki jamiyatdagi
egallagan mavqyei va afzalliklaridan foydalanishga haqqi yo’q. Tadbirkorlar
raqobatchilarning mualliflik huquqi yoki patent huquqini tan olishi shart;
- kredit va nafaqalarga taalluqli takliflar tanlov asosida taqsimlanadi, natijalar zudlik bilan barcha manfaatdor tomonlarga yetkaziladi. Ittifoq a’zolari o’rtasida
munozarali masalalar vujudga kelgan taaqdirda, ular o‘zaro kelishuvga muvofiq bu
masalani ittifoq nazorat kengashiga kiritishi mumkin. Qabul qilingan qaror ikkala tomon
uchun ham bajari-lishi majburiy hisobla- nadi.
6. Javobgarlik va ta’qiqlar
- tadbirkorlar ittifoqiga a’zolik, har bir tadbirkordan mazkur axloq ko- deksiga
rioya etilishini talab qiladi;
- axloq kodeksiga amal qilmaslik va uning har qanday tamoyillarini buzish,
ittifoqdagi muayyan a’zoning a’zoligini to’xtatish uchun asos bo‘ladi.Har bir aloqida hol
ittifoq boshqaruvi tomonidan ittifoq a’zosi ishtirokida ko’rib chiqiladi;
- qaror ustidan shikoyat qilishga faqat tadbirkorlar ittifoqi sezdi oldidan
40
imkoniyat mavjud bo‘lib, uni bekor qilish yoki kuchda qoldirish masalasi ko’rilishi
mumkin.
Ko’rib turibmizki, kodeksda gap tadbirkorning xulq-atvori me’yorlari to‘g‘risida,
uning ish usuli, kishilar bilan muomala qilish tabiati, ijtimoiy qiyofasiga nisbatan
madaniy jamiyat qurayotgan talablar to‘g‘risida bormoqda.
Tadbirkor madaniyati
Tadbirkor madaniyati deganda tadbirkor odobi va iqtidori o’rtasidagi
dialektik bog’lanish tushuniladi. Bu bog’lanish quyidagi fazilatlar majmua- sida
o‘z aksini topadi:
Odob – aqlning suyanchig’i, barcha fazilatlarning mezoni. Bejiz xalqimizda: “Aql
bilan odob – egizak”, deyishmaydi. Odob – yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish,
foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Odob vositasida kishi o‘z jonini yomon
xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ay- blardan poklaydi, chiroyli fazilatlardan bezaydi.
Odob tadbirkorni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada aql egalari
bunday tadbirkordan har ishda rozi bo‘lishadi. Odobli tadbirkor esa kundan kunga obro’
topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq topadi.
Umuman odob ikki xil bo‘ladi:
hikmat odobi;
xizmat odobi.
Hikmat odobi poklik va to‘g‘ri yo‘lga etaklaydi. Xizmat odobi esa badavlatlik va
obro’ga yetkazadi. Har ikkisi ham ulug’ fazilat bo‘lib, biri azizqilsa, ikkinchisi qudratli
qiladi.
Odob rahbarni aql va axloq egasi bo‘lishga, vijdonli, or-nomusli, sof ko’ngilli,
subutli bo‘lishga da’vat etadi.
Imon arabcha so‘z bo‘lib, lug’aviy ma’nosi – ishonchdir. Imonli ki- shini, xususan
rahbarni yoki tadbirkorni qisqacha shunday tavsiflash mum- kin:
e’tiqodli, ya’ni o‘z fikr va qarashlariga mahkam, sobitqadamlik bilan
ishonish va o‘zgalarni ham o‘zidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilanishonishdir.
Ye’tiqod jur’atni, mardlikni, fidoiylikni taqozo etadi;
maslakli, ya’ni o‘ziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi
ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, g’oyaviy va diniy yo‘l sohibi;
taqvodor, ya’ni birovning haqiga xiyonat qilmaydigan;
sharm-hayoli, ya’ni har qanday nojo’ya xatti-harakatlardan o‘zini tiya
oladigan;
oriyatli, ya’ni o‘ziga nomunosib yoki yep ko’rilmagan ishdan, nar- sadan
hijolat tortadigan;
andishali, ya’ni oqibatini o’ylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan,
farosatli;
vijdonli, ya’ni nohaq, adolasiz ishlardan g’azabga keladigan, bularga
qarshilik bildiradigan, o‘z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, xursand
bo‘ladigan, yomon tomonlaridan norozi bo‘lib, ruhan yeziladigan, ya’ni vijdon azobiga
tushadigan.
Oddiy tarzda aytganda:
41
Imon uya narsaning butunligidan hosil bo‘ladi: ye’tiqod, iqror va amal. Ye’tiqod –
ishonch. Iqror – so‘zda buni tan olish. Amal – ya’shi ishlar bilan uni isbotlash.
Insof – adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg’usi va qobiliyati, ishda,
kishilarga munosabatda halollik, to‘g‘rilik. Barobarlik, sofdillik va haqiqatgo’ylikdir.
O‘zgani o‘z o’rniga va shuningdek o‘zini o‘zgani o’rniga xayolan qo‘yib ko’rish ham
insofga kiradi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, to’q ochni, boy kambag’alni, baxtli
baxtsizni, tolei baland tolei zabunni,omadli omadsizni, sog’lom va bemorni o‘z o’rniga
qo‘yib ko’rolsa va aksin- cha ham xuddi shunday bo‘lsa, olam guliston – insoflilar safi
ko’payaveradi.
Insof – har qanday kishining, xususan, rahbar yoki tadbirkorning ja- miyat oldida,
tevarak-atrofidagi kishilar nazarida o‘z xatti-harakati bilan ma’naviy mas’uliyatni his
etishining ifodasidir.
Adolat – barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. Adolatparvar tadbirkor yoki
rahbarning axloqiy hislatlari bemalol qonun o’rnini bosa oladi.Ulug’ alloma Nasriddin
Tusiy ijtimoiy adolatning uch asosiy talabi mavjudligi va jamiyat taraqqiyotini
belgilovchi muhim omil ekanini alohida o’qtirgan edi:
Adolatning birinchi talabi, aholi turli tabaqalarining o‘zaro uyg’un bo‘lishini
ta’minlashdir.
Adolatning ikkinchi talabi, el-ulusning haq-huquqini teng ta’minlagan holda
kishilarni xizmatga tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlari- dan kelib chiqish.
Adolatning uchinchi talabi, barchaning teng farovonligini himoya qi- lish bilan
birga bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab, har bir inson o‘z
ulushini olishga imkon yaratishdan iborat.
Bu kabi davr va hayot tajribasida tasdiqlangan fikrlar sakkiz asr cha- masi o‘tib,
Prezident Islom Karimovning rahbarlik faoliyatida o‘ziga xos tarzda ifoda topmoqda.
Bunga ishonch hosil qilish uchun yurtboshimizning ma’ruzalaridan biridagi ushbu fikrga
diqqat qilaylik: “Davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga – oshib-toshib ketgan
boylaru, kambag’al qashshoqlarga bo‘linib ketishga yo‘l qo‘ymasligi kerak”.
Adolatning ikkinchi talabi sifatida Prezident jamiyat taraqqiyoti va uning siyosiy
muhitini belgilashda rahbar kadrlarni tanlash va ularni joy- joyiga qo‘yishga katta
ahamiyat beradi va bu masalaga hal qiluvchi ma’naviy-siyosiy omil, tub islohotlarning
tayanchi va bosh yo’naltiruvchi kuchi, deb qaraydi: “Xalqning dardiga befarq
qaraydigan, o‘z manfaatidan boshqa narsani o’ylamaydigan, xudbin va ta’magir rahbarlar
mamlakatimiz ravnaqiga, xalqimiz farovonligiga to’siq bo‘lmoqda. Endi ular bilan
murosa qilib bo‘lmaydi. Bizga shunday rahbarlar kerakki, toki ular elim deb, yurtim deb
kuyib-yonib, o‘z halovatlaridan kechib mehnat qilsinlar!
Barcha bo’g’inlarda insofli, diyonatli, bilimdon, tajribali rahbarlar boshchilik
qilmas yekan, mustaqil mamlakatimizning obro’si, uning manfaati uchun mardlik,
jonkuyarlik bilan ishlamas yekan ishlarimiz ko’ngildagidek
bo‘lmaydi”.
Adolatli jamiyatda xalqning yertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik ishiga
rag’bati kuchli bo‘ladi. Shuning uchun ham Prezidentimiz: “Biz shunchaki demokratik
davlat emas, balki adolatparvar demokratik davlat qurishga intilyapmiz. Adolatga intilish
– xalqimiz ma’naviy-ruhiy dunyosiga xos eng muhim xususiyat. Adolatparvarlik g’oyasi
butun iqtisodiy va ijtmoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko’maklashuv
42
mexanizmida o‘z aksini topishi kerak”, - masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ydi.
Ular ishda mardlik, chidamlilik, o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbus- korlik kabi
hislat va fazilatlarga ega bo‘lishadi, o‘z xatti-harakatlariga hamisha tanqidiy ko‘z bilan
qaraydilar, doimo olg’a qarab intiladilar, erish- gan samaralari bilan hyech qachon
cheklanib qolishmaydi. Iqtidorli insonlar o‘z faoliyatlari bilan hatto ba’zi bir kamharakat
katta iste’dod egalariga nis- batan ham jamiyatga ko’proq foyda yetkazishadi.
Qayd qilingan fazilatlar mujassamlanmagan rahbar rahbarlik lavozimi- ga yoki
tanish-bilish yoki qarindosh-urug’chilik, yoinki pora berib erishgan. Bu nafaqat
davlatning, balki butun xalqning turgan-bitgan sho’ridir.
Xodimlarni qabul qilish madaniyati. Tadbirkor o‘z navbatida rahbardir. U
xodimlarni qabul qilish madaniyatiga ega bo‘lishi lozim. Chunkixodimlarni qabul qilish,
ularning tashvishlariga quloq solish, og’irlarini engil qilish har bir rahbarning burchi va
vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun ham qabul madaniyatiga rioya qilish uchun rahbar
quyidagilarga e’tibor bermog’i lozim:
suhbatdoshingizni qancha vaqtingiz borligi to‘g‘risida ogohlantiring;
faqat suhbatdoshingiz gaplarini inobatga olib, vaziyatni ko‘z oldingizga
keltiring;
to’xtatib bo‘lmaydigan, uzil-kesil munozaradan o‘zingizni tiying;
o‘z fikringizni ishonchli va batafsil bayon ayting;
o‘z g’oyangizni izchillik bilan bayot yeting;
ovozingizni baland qilmasdan gapiring, so‘zlaringiz dona-dona varavon
bo‘lsin;
qarshi tanbeh hollarda o‘zingizga nisbatan tanqidiy yondashing;
shunchaki fikrlash yoki haqiqatan ham shunaqami – bular o’rtasidagi
farqni biling;
savollarni shunday tuzingki, ularni tushunish bir xilda bo‘lsin;
muammo muhokamasini aniq yechim bilan tugating;
ishni qalashtirmang, zudlik bilan ko’rsatma bering;
suhbatdoshingizni yumushi o‘zi uchun o‘ta muhim yekanligini unutmang.
Qabulingizda bo‘lgan shaxsning muammosini hal etishga
imkoniyatbo‘lmagan taqdirda ham siz uni samimiy iltifot bilan kuzating va xayrixohlik
bilan ishining o’nglanib ketishiga umid baxshida yeting.
Umuman, xizmat yuzasidan qabul chog’ingizda quyidagi qoidaga rioyaqilsangiz,
nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi:
Uchrashuv chog’ida – xushfe’llik. Quloq solish chog’ida – e’tibor, rag’bat.
Bahslashuv chog’ida – ko’p narsani bilishga qiziquvchanlik.Tanqid chog’ida –
o‘zini tuta bilish.
Tashkilotda rahbarlardan qaysi biri, qanday masala yuzasidan kishilarni qabul
qilishi aniq belgilab qo‘yilishi zarur. Bo’ysunuvchilarni iltimosiga ko’ra, qabul qilganda
rahbar ularga iltimos va takliflarini qisqa bayon qilishnio’rgatishi lozim. Agar rahbar o‘zi
taklif yetib qabul qilsa, bo’ysunuvchi bu haqda oldindan xabardor qilinishi kerak. Suhbat
chog’ida ishonch muhitini vujudga keltirishi lozim, suhbatdoshni majbur qilish, sha’nini
43
kamsitish mumkin emas.
Kengash va majlislarni olib borish madaniyati. Tadbirkor rahbarkengash va
majlislarni olib borish madaniyatiga ham ega bo‘lishi kerak.Kengash – jamoa fikri. Aql
zakovatini muayyan masalani muhokama etish vaoqilona qaror qabul qilish maqsadida
uyushtirilgan majlisdir. Sohibqiron Amir Temur kengash to‘g‘risida shunday deydi:
“Kengash ikki turli bo‘lur. Biri – til uchida aytilgani, ikkinchisi – dildan chiqqani. Til
uchida ay- tilganini (shunchaki) eshitardim. Dildan aytilgan maslahatni esa qalbim
qulog’iga quyardim va dilimga joylardim. Agar (g’anim ustiga) lashkar tortmoqchi
bo‘lsam, urush-yarashdan o’rtaga so‘z tashlab, amirlarim ko’ngillarining bu ikkovidan
qay biriga moyilligini bilishga intilardim. Agar yarashdan so‘z ochsalar. Buning
foydasini urush ziyoniga solishtirib ko’rardim. Agar urushga moyil bo‘lsalar, uning naf
va foydasini yarash ziyo- niga taqqoslab ko’rardim, qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, shuni
ixtiyor qi- lardim”.
Tadbirkor rahbar faoliyatining ro’hiy-psixologik xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan tadbirkorlik va ishbilarmonlik,
boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi. Boshqarish uslublari, asosan, ongli
ravishda muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga
ko’ra tarbiyaviy, moddiy rag’batlantiruvchi, ma’muriy-tashkiliy turlarga bo‘linadi.
Tarbiyaviy uslub, insonning ma’naviy takomillashishi, ruhiyatiga va boshqa
ijtimoiy xarakteriga mos ravishda tashkillashtiriladi.
Moddiy rag’batlantiruvchi uslub esa mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot
sifatini yaxshilash uchun ishchilarni moddiy qiziqtirish maqsadida tashkil etiladi.
Ma’muriy-tashkiliy uslub asosan jamiyat talablarini qondirishga qaratilgan
bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va mehnat taqsimotini rejali olib borish uchun
qo‘llaniladi. Bu uslub ikki turda bo‘lishi mumkin: uzoq muddatga moslashtiriladigan va
bir martalik bo‘lishi mumkin. Shart-sharoitiga ko’ra, kerakli uslub qo‘llaniladi va bu
takomillashtirib boriladi. Boshqarish uslublarini takomillashtirishdan asosiy maqsad
daromadni to‘g‘ri taqsimlash, har bir ishchi, xizmatchining o‘z mehnatiga yarasha
daromad ol- ishini ta’minlashdir. Demak, boshqarish uslublarini hayotga shunday tatbiq
etish kerakki, har bir inson mehnat qilsagina, turmushi yaxshi bo‘lishiga ishonch hosil
qilsin.
Xo’sh, boshqarish san’ati nima? Boshqarish san’ati tadbirkor rahbar- lardan
talab qilinadigan eng asosiy xislatlardan bo‘lib, uning qo‘l ostidagi ishchi-xizmatchilar
bilan yaxshi munosabat o’rnatishi, korxonada ishlab chiqarishning eng samarali
natijalarini beradigan muhit yaratishni taqozoetadi.
Yaponiyaning boshqarish uslubi ana shu tamoyil asosiga qurilgan.Yaponlarning
boshlang’ich ijtimoiy sharoiti shundayki, ular ishchini ijtimoiy himoya qilish bilan birga
ma’naviy tarbiyalab boradilar, inson ro’hiyatidan (psixologiyasidan) to‘g‘ri
foydalanadilar, ishchini ishga tayyorlash jarayon- ida xalqqa ma’lum bo‘lgan uslublarni
qo‘llaydilar, ya’ni bajariladigan ish- ning nozik tomonlari va qat’iylikni o’rgatadilar.
Ishchining ish joyini tez-tez o‘zgartirishi qat’iy qoralanadi, shu sababli ishchilar bir ish
joyida uzoq yillar davomida ishlab, o‘z kompaniyasiga sodiq bo‘lishadi. Natijada,
ishchilarning tajribasi va malakasi juda yuqori bo‘ladi, bu esa , o‘z navbatida, mehnat unumdorligining o’sishi, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga olib keladi.
Bizda ham har bir tadbirkor rahbar ish joylarida mana shunday uslubni tashkil qila
44
olishi kerak. Shundagina sifatsiz mahsulot sonini kamaytirib,yuqori sifatli mahsulot
olishga erishish mumkin.
Tadbirkor rahbarning tashkilotchiligi – mehnat jamoasini uyushtirish,
jipslashtirish, ishlab chiqarish va tarbiyaviy jarayonlarga ta’sir ko’rsatish, guruh
faoliyatini oliy maqsadlarga qarata olish qobiliyati kabi masalalarni qamrab oladi.
Qanday tadbirkor rahbar muvaffaqiyatlarga tez erishadi? Ruhshunos olimlar uning
bir necha omillarga bog’liqligini ta’kidlaganlar.
Bular quyidagilardir:
Tadbirkor rahbarda tashkilotchilik qobiliyatining namoyon bo‘lishi:
- jamoada sof axloqiy muhit paydo qila olishi, hammaning hamkorlikda
harakat qilishini ta’minlay olishi;
- kishilarni ishontira olishi va jamoada o‘zaro yaxshi munosabatlarni qaror
toptirish uchun shart-sharoit yaratishi.
Rahbarning kishilar bilan til topib ishlash mahorati:
- tadbirkor o‘z qo‘l ostidagilarning nimaga qodirligini hisobga olib ishlarni taqsimlashi;
- kishilarni uyushtirishning eng muhim omillaridan foydalanishi;
- har bir kishining ro’hiy-psixologik kayfiyatlariga mos ravishda mu-loqot
qilishi.
Tadbirkor rahbarning mehnatga munosabatida ishbilarmonligi:
- ishlab chiqarish va boshqa jabhalarda har xil muammolarni hal etishdaeng
qulay yo‘llarni izlab topish;
- vijdonlilik va adolatlilik;
- boshlagan ishlarni oxiriga yetkazish.
Rahbar faoliyatida ijro etish qobiliyatining namoyon bo‘lishi:
- kasbiy malaka va ko’nikmaga ega bo‘lishi;
- texnik vazifalarni hal etishga uquvliligi;
- yangiliklar va g’oyalarni ishlab chiqarishga joriy etib borishi.Tadbirkor
rahbarning qarorlarni qabul qilishdagi uquvi:
- mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olish;
- qabul qilgan qarorining oqibati va natijalarini ko’ra bilishi;
- ishlab chiqarishda sodir bo‘luvchi turli holatlarni hisobga olib borishi,
tanglikdan qutulish yo‘llarini izlashi;
- noto‘g‘ri qaror qabul qilganda o‘z xatolarini bo’yniga olishi;
- xodimlarni boshqaruv masalalariga ko’proq jalb etishi.Tadbirkor
rahbarning kishilarga munosabati:
- o‘z va’dasi, so‘zining ustidan chiqishi;
- kishilarni bir-biridan ajratmasligi – hammaga bir xil munosabatdabo‘lishi;
- o‘z qo‘l ostidagilar va boshqalarga tavozeda bo‘lishi va o‘zini tuta
bilishi, odobliligi va xushmuomalaligi;
- kishilarga munosabatda har bir kishining ruhiy-psixologik
xususiyatlarini hisobga olib muomalada bo‘lishi.
Tadbirkor rahbarning o‘z-o‘ziga talabchanligi:
45
- o‘z xatti-harakatlarini tanqidiy baholay olishi;
- o‘z imkoniyatlarini hisobga olib ishlashi;
- boshqalarning unga bergan yaxshi va yomon baholarini tahlil yetib,
ulardan tegishli xulosa chiqarishi.
Rahbar o‘zida quyidagi ruhiy-psixologik, fiziologik, axloqiy, ma’naviyva
ishbilarmonlik sifatlarini mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak.
Tadbirkor rahbarning ruhiy-psixologik xususiyatlari:
Nutq va tafakkur sifatlari – kuchli xotira, doimiy diqqatning bar- qarorligi,
sog’lom aql, fikrning kengligi, chuqurligi, tezligi, muammo mohiyatini tez anglab olish,
ijodiylik, fikrni og’zaki va yozma shaklda qisqa, tushunarli, aniq tarzda ifodalash.
Xarakter sifatlari – maqsadga intiluvchanlik, dadillik, mardlik, ishonch,o‘zini
tuta bilish, o‘zi va boshqalarga nisbatan talabchanlik, tavakkal qilish qobiliyati, qiyin
vaziyatlarda ham o‘zini yo’qotmaslik, xazil-mutoyiba tuyg’usi.
His-tuyg’u sifatlari – his-tuyg’ularning turg’unligi, aniqligi, ifodaliligi, kuchli
xayajonli holatlarda to‘g‘ri harakatlar qilish qobiliyati, muloqotga kirishganda boshqalar
kayfiyatini, his-tuyg’ularini hisobga olish, o‘z his- hayajonlarini va kayfiyatlarini
boshqara olish.
Xulq-atvor sifatlari – yanada yaxshilashga intilish va uni himoya etish, kishilar
bilan munosabatda samimiylik, halollik.
Tadbirkor rahbarning ruhiy-fiziologik sifatlari:
1. Arzimas narsalardan janjal chiqarmaslik, achchiqlanmaslik, ba’zanko’rib
ko’rmaganga olish.
2. Ruhiy jarayonlarda bosiqlik.
3. Ruhiy, xayajonli xavf-xatar hollarida o‘zini yo’qotib qo‘ymaslik.
4. O‘zini anglashda faollik, kayfiyatda o‘ta sezgirlik.
5. Jismoniy sog’lom va har tomonlama barkamollik.
Tadbirkor rahbarning axloqiy, ma’naviy sifatlari:
1. Mehnasevarlik, kishilarga nisbatan mehribonlik,
insonparvarlik,samimiylik, halollik, vijdonlilik, sabr-matonat, holislik.
2. Tartiblilik va intizomlilik, o‘ziga va boshqalarga talabchanlik, o‘zgalar
fikrini tushunish va hisobga olish.
Uyushish-jipslashish bosqichi. Mehnat jamoasiga uyushish-jipslashish
hamkorlikda faoliyat qilish zaruratidan kelib chiqadi. Bunda jamoa a’zolarining
malakasi, qobiliyati, qiziqishlari e’tiborga olinadi. Shaxsiy ehtiyojlarni qondirishdagi
faoliyat kishilarni jipslashtiradi. Tadbirkor rahbar mehnat jarayonida kishilarning bilimi,
kasbi, malakasi, yoshini hisobga olib, ularni jamoaga to’playdi. Bunda tadbirkor
rahbarning tashkilotchilik qobili- yati namoyon bo‘ladi.
Jamoaning tarkib topish bosqichi. Bu bosqichda tadbirkor rahbar jamoahar bir
a’zosining mehnatga munosabatini aniqlashga harakat qiladi. Kimki faoliyatining ijtimoiy
ahamiyatini chuqur anglasa, bor kuchi, ijodkorligini ishgasafarbar etadi. Jamoada faollar
va dangasalar, ishga halaqit beruvchilar bo‘lishimumkin. Tadbirkor rahbar bunday holda
xodimlar o’rnini almashtirish, mehnatga munosabatini o‘zgartirish, o‘z ishiga qiziqtirish,
tashabbus ko’rsatishga undash orqali jamoa faoliyatini ta’minlaydi. U bu ishlarni qo‘l ostidagilar faoliyatini kuzatish, nazorat qilish, baholash, mehnat natijalarini chamalabko’rish
46
bilan qo’shib olib boradi.
Har bir a’zoning jamoaga moslashish bosqichi. Bu bosqichda «qolo- qlar»,
«ishga halaqit beruvchilar» qolmaydi. Ularning shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari jamoa
faoliyati bilan uyg’unlashib, moslashib ketadi. Sof axloqiyruhiy muhit yaratilgan mehnat
jamoasida faollik, ijodkorlik, kasbga qiziquvchanlik barqaror tus oladi. Shaxsda yaxshi
niyat paydo bo‘ladi, maqsad va ehtiyojlarini qondirishga intilish, mehnasevarlik
kuchayadi. Ham- korlikdagi mehnatdan zavq olish shaxslararo munosabatlarni yaxshilaydi.
Insoniy qadriyatlarga erishish bosqichi. Bu bosqichda jamoa his- tuyg’ulari bir
maqsad yo‘lida umumlashadi. Jamoaviy faollik vujudga keladi, an’anaviylik qaror
topadi. Inson o‘z qiziqish va intilishlarini jamoa hayoti bi- lan bog’laydi. Atrofdagilarga
ishonch ortadi, do’stlik va muhabbat rishtalari mustahkamlanadi. Bu jarayonlarda
tadbirkor rahbar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Bunda tadbirkorning o‘ziga xos
ish yuritishi, boshqaruv malakasi, tashkilotchiligi, tarbiyaviy ishlarni olib borish
mahorati yaqqol namoyon bo‘ladi.
Yaxshi tadbirkor rahbar uchun ma’lum shaxsiy sifatlar zarur. U qat’iyatligi va
chaqqon, ziyrak bo‘lishi kerak. Tadbirkor o‘ziga kerakli fikrlarni yig’a bilishikerak. 99 foiz
ilg’or g’oyalar mutaxassislar bilan muloqotda yuzaga kelsa, 1 foiz g’oyalar odamlarni
yeshita bilishida paydo bo‘ladi. Buning uchun suhbatlash-ishni bilish, o’rganish, shaxsiy
g’arazlarni unutish, g’oyalarni tartibga solish, eng asosiysi, doimo o’qish-o’rganish
kerak. Aks holda, u o‘z ishini baholay olmaydi.
Dars o’quv maqsadi. Dars o’quv maqsadi bo‘lib, tadbirkor rahbar etikasi va
etiketi,tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasidagi munosabatlar va
tadbirkor rahbar faoliyatida mojaroli holatlar va ularni hal etish usullarining
mazmun-mohiyatini bayon qilish va ularni talabalarga o’rgatish hisoblanadi.
Tushunchalar va tayanch iboralar.Rahbar etikasi. Rahbar etiketi.So’rashish
normasi.Ish protokoli.Ish hisoboti.