O‘zbek tili leksikasida forscha-tojikcha so‘zlardan o‘zlashgan kasb-hunar atamalari Ermo‘minova Maftuna G‘ofurovna



Yüklə 19,1 Kb.
tarix19.05.2023
ölçüsü19,1 Kb.
#117841
maqola (0)


O‘zbek tili leksikasida forscha-tojikcha so‘zlardan o‘zlashgan kasb-hunar atamalari
Ermo‘minova Maftuna G‘ofurovna
TerDPI 2-bosqich magistranti
Termiz ,O‘zbekiston
Anotatsiya.Ushbu maqolada o‘zbek tili leksikasiga fors-tojik tilidan o‘zlashgan ba’zi kasb-hunar atamalari haqida ma’lumot keltiriladi.Kasb-hunar atamalarining qo‘llanishi ma’lum nutqiy vaziyatni taqazo etadi.Fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan kasb-hunar atamalarining izohi sifatida ma’lum misollar keltirilib,uning leksik-semantik jihatidan ahamiyati ushbu misollar yordamida dalillanadi.
Kalit so‘zlar: o‘zbek tili leksikasi, atama, kasb-hunarga oid yondashuv, leksik –semantik jihat

Kasb-hunar atamalari sirasida fors-tojikcha atamalar ham ko‘p uchraydi. Soha terminonlogiyasida mazkur til birliklarining bo‘lishini tilshunoslarimiz tojik xalqi bilan azaldan qo‘shni bo‘lib kelganligimiz deb izohlanadi, shuning uchun o‘zbek va tojik xalalari o‘rtasida savdo-sotiq aloqalari muntazam amalga oshirilganligini aytishadi. O‘zbek tilining turli tarixiy davrlarida qo‘llanib kelgan kasb-hunar atamalari sof fors-tojikcha yoki fors-tojikcha qismga o‘zbekcha yoki arabcha qismlar qo‘shilib hosil bo‘lganlari ham uchraydi. Sof fors-tojikcha kasb-hunar terminlarining lingvistik tahlili va tavsifi bilan tanishamiz.


Abzal-(fors. – asbob, ish quroli) – 1) ishlash, yasashda foydalaniladigan asbob: sartaroshlik Abzallari – ustara, qayroq, oyna va boshqa; duradgorlik Abzallari – tesha, poytesha, randa, arra va boshqa; 2) ot-arava Abzallari – egar, yugan, boʻyinturuq va boshqalar1.
Andaza (fors. – oʻlchov, qolip) – namuna, nusxa. Qogʻoz, karton va hokazodan maxsus tayyorlanadi. Matodan kiyim, charmdan poyabzal bichish kabi ishlarda shakl koʻchirish uchun ishlatiladi2.
Andava (fors-toj. andova, ando – somonli loy suvash) – suvoq ishlarida suvalayotgan sathni tekislash, silliqlash, rax chiqarish uchun ishla-tiladigan quruvchilik asbobi. Asosan temirdan (ba’zan, taxtadan) uzunligi 30 – 40 sm, eni 8–10 sm, qalinligi 2 mm, uch tomoni ensizroq qilib yasaladi. Yarim yey shaklidagi dastasi boʻladi3.
 Kunda-fors-tojikcha.Ustida biror narsani chopish, qirqish uchun qilingan maxsus gʻoʻla4.
Mirob-suv taqsimoti va sugʻorish tarmoqlarini nazorat qiluvchi shaxs.
Bastakor-ananaviy ,mumtoz musiqa asarlari ijodchisi;kompazitor.5
Duradgor-yog‘ochdan imorat va boshqa har xil buyumlar yasovchi hunarmand , usta6.
Shogird-biror usta,mutaxassis,olimdan kasb,bilim o‘rganayotgan shaxs.7
Sozanda-milliy musiqa asboblarining birida mashq qiluvchi musiqachi.8
Ustoz-kasb-hunar,ilm o‘rgatuvchi;o‘qituvchi muallim9.
Chavandoz-chap qo‘l bilan o‘q (kamon) otuvchi; chapdast, mohir.
Ot choptirish , uloq choptirish, otda o‘ynash san’atini egallagan odam10.
Hamshira- shifoxonada ishlovchi, o‘rta tibbiyot ma’lumotiga ega bo ‘lgan xodim11.
Tilimizda fors –tojik tilidan o‘zlashgan kasb-hunar atamalarini ko‘plab uchratish mumkin: band, buranda, buma, gazan, galabur, gardan, gardish, gira, girvon gudoz, gul, gungura dazgir, dam, dandon, daska ,daxan, dor, dori, javak, jazopil, jilo, jiga, jodi ,jom, zambarak , zanjir, zar, zeb, zex , zok, zulpun, iskana, iskanja, iskart , ispara , isfilon, kark , kokil, kunda, kural, lab, manak , miyno, mix, muzd, muri, muhr, nay , nayza, nishon, moxun, ombir ,nay, payvand, padla, panjara, parda, pardoz, pesh, parakýp, poy, poshna, po‘lat , suzon, mapou, maxma, mur, mob, toj, , chang, charxchillik,chok, shogird, shox kabi.
Shunday qilib, kasb-hunar atamalarida o‘zbekcha, ruscha, inglizcha, arabcha, fors –tojikcha, lotincha atamalar mavjud.Til o‘z-o’zidan rivojlanib boyib bormaydi. Boshqa tillarga ham murojaat qiladi.Tilimizga yaxshi singgigan va o‘rinli kirgan kasb-hunar atamalarini siqib chiqarmasligimiz zarur. O‘zlashma atamalarning aksariyati arabcha, fors-tojik atamalari o‘zbek tilining tarixida qo‘llanilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda anchagina qismi iste’moldan chiqib ketgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.O‘zbek tilining izohli lug‘ati.Birinchi jild.-T-2006.

2. O‘zbek tilining izohli lug‘ati.Uchinchi jild.-T-2006.


3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati.To’rtinchi jild.-T-2006.


4. O‘zbek tilining izohli lug‘ati.Beshinchi jild.-T-2006.


5. S.Ibrohimov.Farg‘ona shevalarining kasb-hunar leksikasi.Toshkent-1959.64-110-betlar.


6. O‘zME. Birinchi jild.Toshkent,2000-yil.


7. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati.Ikkinchi jild.





1 O’zME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil.

2 O’zME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil.

3 O’zME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil.



4 O ‘zbek tilining etimologik lug’ati.Ikkinchi jild.

5 O ‘zbek tilining izohli lug ‘ati.Birinchi jild.-T-2006.

6 O ‘zbek tilining izohli lug ‘ati.Birinchi jild.-T-2006.



7 O ‘zbek tilining izohli lug ‘ati.To’rtinchi jild.-T-2006.



8 O ‘zbek tilining izohli lug ‘ati.Uchtinchi jild.-T-2006.



9 O ‘zbek tilining izohli lug ‘ati.To’rtinchi jild.-T-2006.

10 O ‘zbek tilining izohli lug ‘ati.Beshinchi jild.-T-2006.

11 O ‘zbek tilining izohli lug ‘ati.Beshinchi jild.-T-2006.

Yüklə 19,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin