O’zbek tiliga bilvosita va bevosita amalga oshirilgan tarjimaning qiyosiy tahlili



Yüklə 214,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.05.2023
ölçüsü214,75 Kb.
#121196
  1   2
o-zbek-tiliga-bilvosita-va-bevosita-amalga-oshirilgan-tarjimaning-qiyosiy-tahlili



O’zbek tiliga bilvosita va bevosita amalga oshirilgan 
tarjimaning qiyosiy tahlili 
 
Hilola Axmadjon qizi Shomurotova 
Urganch davlat universiteti 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada tilshunoslikda chet tilidan o’zbek tiliga bilvosita 
va bevosita tarjima ilmiy faoliyatining ilmiy-nazariy va qiyosiy tahlili haqida fikr-
mulohazalar yurutilgan. 
Kalit so’zlar: Lingvistika, chet tili, tarjimon, xalq madaniyati, adabiyot, ilm-fan, 
lug’at, til vositalari. 
Comparative analysis of indirect and direct translation into 
Uzbek language 
Hilola Akhmadjon kizi Shomurotova 
Urganch State University 
Abstract: In this article, there are comments on the scientific-theoretical and 
comparative analysis of direct and indirect translation from a foreign language to 
Uzbek in linguistics. 
Keywords: Linguistics, foreign language, translator, folk culture, literature
science, dictionary, language tools. 
Tarjima juda murakkab shu bilan birga muhim jarayon hisoblanadi. Tarjima 
yordamida xalqlar o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Ulardan siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy, madaniy aloqalar bo‘lishi mumkin, shu jumladan, adabiy aloqalar ham millat 
ravnaqida yuksak o‘rin egallaydi. Tarjima esa mamlakatlarni o‘zaro bog‘laydi va 
adabiyot, san’at, iqtisodiyotini rivojlantiradi. Hech bir xalq o‘zo‘zidan taraqqiy 
etmaydi, bunga turli davlatlarda yaratilayotgan kashfiyotlar va yangiliklar yordam 
beradi, albatta, tarjima bu jarayonda faol ishtirok etadi. Xorij adabiyoti namunalarini 
tarjima qilish shu jihatdan ham juda muhim va bunga turli yo‘llardan boriladi. Ulardan 
bilvosita va bevosita tarjimalarni aytishimiz mumkin bo’ladi.
Bilvosita tarjima asliyatdan bir tilga, undan so‘ng boshqa tilga (vosita til orqali) 
tarjima amalga oshiriladi. Bilvosita tarjima vosita tarjima matnga qarab muvafaqqiyatli 
yoki muvafaqqiyatsiz bo‘lishi mumkin. Chunki badiiy tarjimada ko‘plab muammolar 
mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi tarjimaning adekvatligi va shu bilan birga muhitni his 
qildira olishdir. Tarjima asarni o‘qiyotgan kitobxon, asliyatni o‘qigan kitobxon nimani 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1358


his qilgan bo‘lsa, shularni hammasini his qila olishi lozim. Shundagina tarjimon o‘z 
ishini uddalagan bo‘ladi. Tarjimada muallif uslubini yetkazib berish ham muhim 
hisoblanadi. Chunki, asarda muallif imzosi, o‘ziga hosligi yotadi. Agarda tarjimon 
bularni yetkazib bera olmasa muallif uslubi yo‘qolib ketadi va asliyatdagi kabi 
chiqmaydi. Bular yana ikkinchi tilga tarjima jarayoniga o‘zining kuchli ta’sirini 
ko‘rsatadi va asliyatdagi his-hayajon yo‘qolib qolishi mumkin.
Adabiyot bu so‘z san’ati, shunday ekan, badiiy asarlar tarjimasi ham huddi shu 
ta’rifga loyiq. Badiiy tarjima uchun til, uning grammatikasini bilishning o‘zigina 
yetmaydi. Badiiy asar tarjimasi uchun tarjimonda iste’dod, qalamkashlik qobiliyati 
bo‘lishi lozim. Shuning uchun ham badiiy asarlar tarjimasi bilan asosan shoir-
yozuvchilar shug‘ullanadilar. Negaki, asarni shunchaki so‘zlarini tarjima qilib 
qo‘yishning o‘zi kifoya qilmaydi, tarjima qilinayotgan til egasi bo‘lmish xalqning 
madaniyati, urfodati, an’analari, o‘ziga xosliklaridan ham xabardor bo‘lishi lozim. 
Xalqlar turmush tushunchalarini anglatadigan lisoniy vositalar hos so‘zlar 
deyiladi. Muayyan bir xalq, elatga hos tushuncha, narsa va xodisalarni aks ettiradigan 
lisoniy vositalar badiiy asarning milliy xususiyatini belgilaydigan asosiy vositalardan 
hisoblanadi. Demak, har qanday badiiy-barkamol asar o‘zida birday, ham 
baynalminallikni, ham milliylikni mujassam etishi bilan ajralib turadi. Baynalminallik 
asarning mazmuni va g‘oyasida, milliylik esa uning shaklida namoyon buladi. Badiiy 
asarning shakli qator jihatlari bilan birga uning tilini, xususan lug’at tarkibini o’z ichiga 
oladi: asarning milliy xususiyati asosan leksik va frazeologik birliklar yordamida 
yaratiladi. 
Baynalminallik bilan bir qatorda milliylik xususiyatini o’zida mujassam etgan 
tilning tarkibi o’zi mansub bo’lgan til jamoasining moddiy-ijtimoiy hayotini, 
chunonchi milliy urf-odat va an’analarini, geografik tasavvurini, ma’naviyati va 
dunyoqarashini, diniy e’tiqodini, ahloqiy meyorlarini, tafakkur y o’nalishini moddiy 
aks ettiradi. 
Tillar orasidagi tafovut esa odatda bir xil xalq moddiy hayotida mavjud muayyan 
tushunchalar, voqea-hodisalar, urf-odatlarning ikkinchi xalq turmush tarzida 
uchramasligi, shu tufayli ular nomlarining ham ayni xalq tilida tabiiy ravishda yo’qligi 
bilan izohlanadi. Bundan tashqari, lug’aviy ekvivavlentlik munosabatida bo’lgan 
ayrim ikki til juftliklari bir-biridan biror xususiyatlari bilan o’ziga xos ravishda farq 
qilishlari mumkin. Bu hol til birliklarining milliy xususiyatini belgilash barobarida 
ularning tarjimasida o’zaro almashinuvlariga to’sqinlik qiladi. 
Ilmiy adabiyotlarda xalqlar turmush tushunchalarini ifoda etadigan leksik 
birliklarni o’aysi paytlrda tarjima amaliyetining qanday sinalgan usullari vositasida 
talqin etish lozimligi haqida yagona fikr uchramaydi. Tarjimaning ijodiy jarayonligi 
tufayli, bunday fikrning uchrashi ham goho amri mahol. Biroq bayon etilgan ilmiy-
tanqidiy fikr-mulohazalar tarjimonning muayyan hollarda qanday yo’l tutishi lozimligi 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1359


hakida tasavvurini boyitadi, uning amalda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan turli-tuman 
tasodifiy tugunlarining yechishga ko’maklashadi, unda amaliy mushkilotlarni 
mohirona yengish masalasini hosil qiladi.
Bunday, kishilar turmush tushunchalarini anglatadigan xohs so’zlarni tarjimada 
adekvat talqin etish, asl nusha milliy xususiyatlarini kitobxonga to’la-to’kis yetkazib 
berishdek murakkab muammoning eng mas’uliyatli va o’ta mushkul masalalaridan 
hisoblanadi. Zero, bunday holda tarjimon oldida o’z xalqi uchun notanish, binobarin, 
nomlari ham tilda mavjud bo’lmagan tushuncha, narsa va hodisalarni tarjima tili 
sohiblariga to’la anglatish kundalang bo’lib turadi. 
Hozirgi kunda o’zbek tili jahonning boy va qudratli tillariga aylangan ekan, uni 
bu darajaga yetkazgan omillardan biri lug’at tarkibidagi ko’pchilik o’zga xalqlar 
turmush tushunchalarini anglatadigan lisoniy vositalarning tarjima usuli bilan qabul 
qilinib, tilning har qanday nozik fikrini ham ifoda eta olish layoqatini oshirib 
yuborganligidandir. 
Ammo ba’zan tarjimonlik usuli ayrim tarjimonlar tomonidan suiste’mol qilinadi. 
Ular milliy bo’yoqdan holi bo’lib, tarjima tilida o’zlarining ma’no va vazifalari 
jihatlaridan o’yg’un ekvivalentlariga ega bo’lgan lisoniy vositalarni ham mazkur vosita 
yordamida talqin etadilarki, bu hol kitobxonning bayon qilingan fikrni anglashini 
mushkullashtiradi. Masalan, o’zbek tilidan rus tiliga qator asarlar tarjimasida «rais», 
«hammom», «aka», «yor», «eshshak» kabi ko’pchilik milliylikdan holi so’zlarning 
milliy xususiyatli hisoblanib betarjima qoldirilishi tarjimonlarning milliy xususiyatini 
o’zgacha tasavvur etishlaridan darak beradi. 
O’zbek tilidan inglizchaga o’girilgan asarlar yoki dublyaj qilingan filmlar 
personajlarining goho o’zaro «Hello», «good morning», «good afternoon», «good 
night» tarzida emas balki «salom», «assalomu alaykum» deb salomlashishlarining 
guvohi bo’lamiz. Vaholangki o’zbekcha «salom», «assalomu alykum» shakllari har 
qanday milliylikdan holi bo’lganlari holda ma’no va vazifa jihatlaridan mazkur ruscha 
ifoda vositalariga monand nutqiy shakllar hisoblanadilar. 
O’z-o’zidan ma’lumki, muayyan xalq turmushi tarzini ifoda so’zlargina bunday 
tushunchalarga ega bo’lmagan xalqlar tillariga betarjima asliyatdagi shaklida 
o’tkaziladi, shu tariqa tarjimada muallif matnining milliy bo’yog’i adekvat talqin 
etiladi. Masalan «tahmon», «hurjin» «palov», «ketmon», «paranji», «supa» kabi 
o’zbeklar turmush tarzigagina hos ifoda vositalarini bunday tushunchalarni 
anglatadigan lisoniy birliklarga ega bo’lmagan ingliz va rus xalqlari tillariga qilingan 
o’girmalaridan betarjima aynan keltirish asliyatning milliy xususiyatini saqlab qolish 
bilan birgan, tarjima tillari lug’at tarkibi kengayish uchun zamin yarataish imkoniyatini 
beradi. 
Ma’lumki odamlar nomlari asosan tarjimonlik yo’li bilan o’giriladi. Har bir 
nomning asl nusxadagidek talaffuz qilishini aksariyat hollarda uning qaysi xalqga 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1360


mansubligini bildiradi. Ammo asliyat tilida mavjud ba’zi harflarning tarjima tilida 
o’zgacha talaffuz etilishi nomning talaffuzda asliyatdagi nomdan keskin farq qilib 
qolishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli tajribali san’atkorlar kishilar nomlarini 
hamma vaqt ham ko’r-ko’rona transliteratsiya qilavermasdan, ularning tarjima tilida 
o’kilish, talaffuz qilinish jihatlariga ham e’tibor beradilarki, natijada transliteratsiya 
transkripsiya o’zaro qorishib ketadi. 
Xulosa sifatida shuni ta’kidlab o‘tish joizki jahon svilizatsiyasida adabiyot, san’at 
va fanning rivojlanishiga tarjima juda katta ta’sir ko‘rsatgan. Qadim zamonlardan 
tarjimachilik kishilar nazarida ikkinchi darajali kasb sifatida qarab kelingan bo‘lsa ham 
hayotning barcha jabhalarida ishlatilib kelingan. O'zbek tiliga bilvosita va bevosita 
amalga oshirilgan tarjimalarning ilmiy-nazariy va qiyosiy tahlillarini turli 
yo’nalishlarda namuna sifatida ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Asosan tarjimonning 
ijodidagi tarjima asarlarni ilmiy xususiyatlari, qiyosiy tahlilini ochib berish 
tarjimonlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Tarjima tarixiga nazar tashlasak qaysi davlatda yoki hududda tarjima rivojlangan 
bo‘lsa, mohir tarjimonlar to‘plangan bo‘lsa aynan o‘sha joyda ilm-fan, adabiyot, san’at 
va madaniyat taraqqiy topgan. 
Yana shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki tarjima xalqlar o‘rtasida bevosita 
ma’naviy aloqa qilish quroli. Tarjima madaniy va ma’naviy boyliklar, kishilarning 
ko‘p asrlik orzulari, g‘oyasi va qarashlari mujassamlangan asarlarni o‘zga til sohibi 
bo‘lmish halqqa yetkazish bilan bir qatorda, halqning ko‘ngil daftarini namoyish etadi. 
Jahondagi barcha tillarda yaratilgan badiiy adabiyot asarlari katta tarjima yo‘lida 
ayribosh qilinadi. Tarjimasiz, faqat o‘z ichki resurslari hisobigagina rivojlanadigan, 
uzoq va yaqin boshqa halqlar bunyod etgan madaniy boyliklardan bahramand 
bo‘lmagan «sof» milliy «tiniq» madaniyat, adabiy o‘zgarmas «toza til» yo‘q, bo‘lishi 
ham mumkin emas. 
Agar tarjima bo‘lmaganida milliy madaniyatlar va insoniyatning buyuk daholari 
bunyod qilgan o‘lmas fan va san’at obidalari yakkalanib qolgan bo‘lar edi. 

Yüklə 214,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin