O’zbek tiliga bilvosita va bevosita amalga oshirilgan
tarjimaning qiyosiy tahlili
Hilola Axmadjon qizi Shomurotova
Urganch davlat universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada tilshunoslikda chet tilidan o’zbek tiliga bilvosita
va bevosita tarjima ilmiy faoliyatining ilmiy-nazariy va qiyosiy tahlili haqida fikr-
mulohazalar yurutilgan.
Kalit so’zlar: Lingvistika, chet tili, tarjimon, xalq madaniyati, adabiyot, ilm-fan,
lug’at, til vositalari.
Comparative analysis of indirect and direct translation into
Uzbek language
Hilola Akhmadjon kizi Shomurotova
Urganch State University
Abstract: In this article, there are comments on the scientific-theoretical and
comparative analysis of direct and indirect translation from a foreign language to
Uzbek in linguistics.
Keywords: Linguistics, foreign language, translator, folk culture, literature,
science, dictionary, language tools.
Tarjima juda murakkab shu bilan birga muhim jarayon hisoblanadi. Tarjima
yordamida xalqlar o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Ulardan siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy, madaniy aloqalar bo‘lishi mumkin, shu jumladan, adabiy aloqalar ham millat
ravnaqida yuksak o‘rin egallaydi. Tarjima esa mamlakatlarni o‘zaro bog‘laydi va
adabiyot, san’at, iqtisodiyotini rivojlantiradi. Hech bir xalq o‘zo‘zidan taraqqiy
etmaydi, bunga turli davlatlarda yaratilayotgan kashfiyotlar va yangiliklar yordam
beradi, albatta, tarjima bu jarayonda faol ishtirok etadi. Xorij adabiyoti namunalarini
tarjima qilish shu jihatdan ham juda muhim va bunga turli yo‘llardan boriladi. Ulardan
bilvosita va bevosita tarjimalarni aytishimiz mumkin bo’ladi.
Bilvosita tarjima asliyatdan bir tilga, undan so‘ng boshqa tilga (vosita til orqali)
tarjima amalga oshiriladi. Bilvosita tarjima vosita tarjima matnga qarab muvafaqqiyatli
yoki muvafaqqiyatsiz bo‘lishi mumkin. Chunki badiiy tarjimada ko‘plab muammolar
mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi tarjimaning adekvatligi va shu bilan birga muhitni his
qildira olishdir. Tarjima asarni o‘qiyotgan kitobxon, asliyatni o‘qigan kitobxon nimani
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1358
his qilgan bo‘lsa, shularni hammasini his qila olishi lozim. Shundagina tarjimon o‘z
ishini uddalagan bo‘ladi. Tarjimada muallif uslubini yetkazib berish ham muhim
hisoblanadi. Chunki, asarda muallif imzosi, o‘ziga hosligi yotadi. Agarda tarjimon
bularni yetkazib bera olmasa muallif uslubi yo‘qolib ketadi va asliyatdagi kabi
chiqmaydi. Bular yana ikkinchi tilga tarjima jarayoniga o‘zining kuchli ta’sirini
ko‘rsatadi va asliyatdagi his-hayajon yo‘qolib qolishi mumkin.
Adabiyot bu so‘z san’ati, shunday ekan, badiiy asarlar tarjimasi ham huddi shu
ta’rifga loyiq. Badiiy tarjima uchun til, uning grammatikasini bilishning o‘zigina
yetmaydi. Badiiy asar tarjimasi uchun tarjimonda iste’dod, qalamkashlik qobiliyati
bo‘lishi lozim. Shuning uchun ham badiiy asarlar tarjimasi bilan asosan shoir-
yozuvchilar shug‘ullanadilar. Negaki, asarni shunchaki so‘zlarini tarjima qilib
qo‘yishning o‘zi kifoya qilmaydi, tarjima qilinayotgan til egasi bo‘lmish xalqning
madaniyati, urfodati, an’analari, o‘ziga xosliklaridan ham xabardor bo‘lishi lozim.
Xalqlar turmush tushunchalarini anglatadigan lisoniy vositalar hos so‘zlar
deyiladi. Muayyan bir xalq, elatga hos tushuncha, narsa va xodisalarni aks ettiradigan
lisoniy vositalar badiiy asarning milliy xususiyatini belgilaydigan asosiy vositalardan
hisoblanadi. Demak, har qanday badiiy-barkamol asar o‘zida birday, ham
baynalminallikni, ham milliylikni mujassam etishi bilan ajralib turadi. Baynalminallik
asarning mazmuni va g‘oyasida, milliylik esa uning shaklida namoyon buladi. Badiiy
asarning shakli qator jihatlari bilan birga uning tilini, xususan lug’at tarkibini o’z ichiga
oladi: asarning milliy xususiyati asosan leksik va frazeologik birliklar yordamida
yaratiladi.
Baynalminallik bilan bir qatorda milliylik xususiyatini o’zida mujassam etgan
tilning tarkibi o’zi mansub bo’lgan til jamoasining moddiy-ijtimoiy hayotini,
chunonchi milliy urf-odat va an’analarini, geografik tasavvurini, ma’naviyati va
dunyoqarashini, diniy e’tiqodini, ahloqiy meyorlarini, tafakkur y o’nalishini moddiy
aks ettiradi.
Tillar orasidagi tafovut esa odatda bir xil xalq moddiy hayotida mavjud muayyan
tushunchalar, voqea-hodisalar, urf-odatlarning ikkinchi xalq turmush tarzida
uchramasligi, shu tufayli ular nomlarining ham ayni xalq tilida tabiiy ravishda yo’qligi
bilan izohlanadi. Bundan tashqari, lug’aviy ekvivavlentlik munosabatida bo’lgan
ayrim ikki til juftliklari bir-biridan biror xususiyatlari bilan o’ziga xos ravishda farq
qilishlari mumkin. Bu hol til birliklarining milliy xususiyatini belgilash barobarida
ularning tarjimasida o’zaro almashinuvlariga to’sqinlik qiladi.
Ilmiy adabiyotlarda xalqlar turmush tushunchalarini ifoda etadigan leksik
birliklarni o’aysi paytlrda tarjima amaliyetining qanday sinalgan usullari vositasida
talqin etish lozimligi haqida yagona fikr uchramaydi. Tarjimaning ijodiy jarayonligi
tufayli, bunday fikrning uchrashi ham goho amri mahol. Biroq bayon etilgan ilmiy-
tanqidiy fikr-mulohazalar tarjimonning muayyan hollarda qanday yo’l tutishi lozimligi
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1359
hakida tasavvurini boyitadi, uning amalda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan turli-tuman
tasodifiy tugunlarining yechishga ko’maklashadi, unda amaliy mushkilotlarni
mohirona yengish masalasini hosil qiladi.
Bunday, kishilar turmush tushunchalarini anglatadigan xohs so’zlarni tarjimada
adekvat talqin etish, asl nusha milliy xususiyatlarini kitobxonga to’la-to’kis yetkazib
berishdek murakkab muammoning eng mas’uliyatli va o’ta mushkul masalalaridan
hisoblanadi. Zero, bunday holda tarjimon oldida o’z xalqi uchun notanish, binobarin,
nomlari ham tilda mavjud bo’lmagan tushuncha, narsa va hodisalarni tarjima tili
sohiblariga to’la anglatish kundalang bo’lib turadi.
Hozirgi kunda o’zbek tili jahonning boy va qudratli tillariga aylangan ekan, uni
bu darajaga yetkazgan omillardan biri lug’at tarkibidagi ko’pchilik o’zga xalqlar
turmush tushunchalarini anglatadigan lisoniy vositalarning tarjima usuli bilan qabul
qilinib, tilning har qanday nozik fikrini ham ifoda eta olish layoqatini oshirib
yuborganligidandir.
Ammo ba’zan tarjimonlik usuli ayrim tarjimonlar tomonidan suiste’mol qilinadi.
Ular milliy bo’yoqdan holi bo’lib, tarjima tilida o’zlarining ma’no va vazifalari
jihatlaridan o’yg’un ekvivalentlariga ega bo’lgan lisoniy vositalarni ham mazkur vosita
yordamida talqin etadilarki, bu hol kitobxonning bayon qilingan fikrni anglashini
mushkullashtiradi. Masalan, o’zbek tilidan rus tiliga qator asarlar tarjimasida «rais»,
«hammom», «aka», «yor», «eshshak» kabi ko’pchilik milliylikdan holi so’zlarning
milliy xususiyatli hisoblanib betarjima qoldirilishi tarjimonlarning milliy xususiyatini
o’zgacha tasavvur etishlaridan darak beradi.
O’zbek tilidan inglizchaga o’girilgan asarlar yoki dublyaj qilingan filmlar
personajlarining goho o’zaro «Hello», «good morning», «good afternoon», «good
night» tarzida emas balki «salom», «assalomu alaykum» deb salomlashishlarining
guvohi bo’lamiz. Vaholangki o’zbekcha «salom», «assalomu alykum» shakllari har
qanday milliylikdan holi bo’lganlari holda ma’no va vazifa jihatlaridan mazkur ruscha
ifoda vositalariga monand nutqiy shakllar hisoblanadilar.
O’z-o’zidan ma’lumki, muayyan xalq turmushi tarzini ifoda so’zlargina bunday
tushunchalarga ega bo’lmagan xalqlar tillariga betarjima asliyatdagi shaklida
o’tkaziladi, shu tariqa tarjimada muallif matnining milliy bo’yog’i adekvat talqin
etiladi. Masalan «tahmon», «hurjin» «palov», «ketmon», «paranji», «supa» kabi
o’zbeklar turmush tarzigagina hos ifoda vositalarini bunday tushunchalarni
anglatadigan lisoniy birliklarga ega bo’lmagan ingliz va rus xalqlari tillariga qilingan
o’girmalaridan betarjima aynan keltirish asliyatning milliy xususiyatini saqlab qolish
bilan birgan, tarjima tillari lug’at tarkibi kengayish uchun zamin yarataish imkoniyatini
beradi.
Ma’lumki odamlar nomlari asosan tarjimonlik yo’li bilan o’giriladi. Har bir
nomning asl nusxadagidek talaffuz qilishini aksariyat hollarda uning qaysi xalqga
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1360
mansubligini bildiradi. Ammo asliyat tilida mavjud ba’zi harflarning tarjima tilida
o’zgacha talaffuz etilishi nomning talaffuzda asliyatdagi nomdan keskin farq qilib
qolishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli tajribali san’atkorlar kishilar nomlarini
hamma vaqt ham ko’r-ko’rona transliteratsiya qilavermasdan, ularning tarjima tilida
o’kilish, talaffuz qilinish jihatlariga ham e’tibor beradilarki, natijada transliteratsiya
transkripsiya o’zaro qorishib ketadi.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlab o‘tish joizki jahon svilizatsiyasida adabiyot, san’at
va fanning rivojlanishiga tarjima juda katta ta’sir ko‘rsatgan. Qadim zamonlardan
tarjimachilik kishilar nazarida ikkinchi darajali kasb sifatida qarab kelingan bo‘lsa ham
hayotning barcha jabhalarida ishlatilib kelingan. O'zbek tiliga bilvosita va bevosita
amalga oshirilgan tarjimalarning ilmiy-nazariy va qiyosiy tahlillarini turli
yo’nalishlarda namuna sifatida ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Asosan tarjimonning
ijodidagi tarjima asarlarni ilmiy xususiyatlari, qiyosiy tahlilini ochib berish
tarjimonlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Tarjima tarixiga nazar tashlasak qaysi davlatda yoki hududda tarjima rivojlangan
bo‘lsa, mohir tarjimonlar to‘plangan bo‘lsa aynan o‘sha joyda ilm-fan, adabiyot, san’at
va madaniyat taraqqiy topgan.
Yana shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki tarjima xalqlar o‘rtasida bevosita
ma’naviy aloqa qilish quroli. Tarjima madaniy va ma’naviy boyliklar, kishilarning
ko‘p asrlik orzulari, g‘oyasi va qarashlari mujassamlangan asarlarni o‘zga til sohibi
bo‘lmish halqqa yetkazish bilan bir qatorda, halqning ko‘ngil daftarini namoyish etadi.
Jahondagi barcha tillarda yaratilgan badiiy adabiyot asarlari katta tarjima yo‘lida
ayribosh qilinadi. Tarjimasiz, faqat o‘z ichki resurslari hisobigagina rivojlanadigan,
uzoq va yaqin boshqa halqlar bunyod etgan madaniy boyliklardan bahramand
bo‘lmagan «sof» milliy «tiniq» madaniyat, adabiy o‘zgarmas «toza til» yo‘q, bo‘lishi
ham mumkin emas.
Agar tarjima bo‘lmaganida milliy madaniyatlar va insoniyatning buyuk daholari
bunyod qilgan o‘lmas fan va san’at obidalari yakkalanib qolgan bo‘lar edi.
Dostları ilə paylaş: |