O\'zbekiston maktablarida ta\'lim tarbiyani takomillashtirish zaruriyati.
O'zbekiston maktablarida ta'lim tarbiyani takomillashtirish zaruriyati.
Avazova Sevara PPC 04.
So'nggi yillarida yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimini tubdan takomillashtirish, yoshlarni kamolga yetkazishning mustahkam tashkiliy-huquqiy mexanizmi yaratildi.
Sohaga oid qabul qilingan qator davlat dasturlariga binoan ko'plab ta'lim muassasalari yangidan qurilib, eng zamonaviy o'quv anjomlari bilan ta'minlanyapti. Prezidentining 2022 yil 3 fevraldagi “Xalq ta'limi tizimini isloh qilish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoyishi ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir yangi bosqichini boshlab berdi.
Hujjatda belgilangan vazifalarni to'laqonli bajarish, ta'lim tizimini rivojlantirishda mutaxassislar, malakali pedagog kadrlar hamda keng jamoatchilikning taklif va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Xalq ta'limi tizimini isloh qilish bo'yicha Toshkent viloyati Kengashi tashkil etildi.
Umumiy o'rta ta'lim muassasalari direktorlari, pedagog kadrlar, o'quvchilarning ota-onalari, malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda xalq ta'limi tizimini isloh qilish bo'yicha viloyat, tuman va shahar kesimida yillik dasturlar loyihasi ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.
Dastur doirasida bu yil hududda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirish kutilmoqda. Xususan, Investitsiya dasturi doirasida 37 ta ob'yektda umumiy qiymati 186,7 milliard so'mlik qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlari amalga oshiriladi. Joylarda 5 ta yangi maktablar quriladi (shundan 1 ta maktab internati), 22 tasi rekonstruksiya qilinadi, 10 tasi mukammal ta'mirdan chiqariladi va 9 ta sport zali barpo etiladi. Bundan tashqari, homiylar tomonidan 2 ta maktab 1,1 milliard so'm mablag' evaziga ta'mirlanishi kutilmoqda.
Joriy yilda mahalliy byudjetdan 74 milliard so'm mablag' 11 ta loy-paxsa va xom g'ishtdan qurilgan maktablar, 2 va undan yuqori koeffitsientli 8 ta maktablarni rekonstruktsiya qilish hamda 2 ta mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, viloyatdagi 23 ta loy-paxsa va xom g'ishtdan qurilgan va avariya holatdagi maktab filiallarini ta'mirlash, 35 ta maktabni qo'rg'on devor bilan o'rash, 45 ta maktabning hojatxonalarini ta'mirlash va yangi qurish, 31 ta maktablarga kutubxona qurish va ta'mirlash, 344 komplekt parta-stul, 184 ta o'quv doskasi, 73 ta laboratoriya jihozlari, 9 ta sinf uchun komp`yuter to'plami yetkazib berish ko'zda tutilmoqda.
Buning natijasida 13 ming 766 nafar yangi o'quvchi ta'lim muassasalariga qamrab olinadi. Viloyatdagi 2 dan yuqori koeffitsientli maktablar soni 49 tadan 33 taga kamayadi, maktablarning jihozlanganlik darajasi 44,0 foizdan 53,4 foizgacha oshadi.
Ta'lim sifatini oshirish maqsadida oliy toifali o'qituvchilar ulushi 4,5 foizdan 7,2 foizga (2556 nafarga), birinchi toifali o'qituvchilar ulushi 13,5 foizdan 17,8 foizga (6323 nafarga), chet tili fani o'qituvchilarini qayta tayyorlab milliy (CEFR) va xalqaro (ILTS) sertifikatli pedagoglar ulushi 16,5 foizdan 21,4 foizga yetkaziladi.
O'rta-maxsus ma'lumotli pedagoglar soni esa 7,1 foizdan 4,7 foizga (1774nafarga) tushiriladi. O'qituvchilarni ortiqcha qog'ozbozlikdan ozod qilish, ota-onalar farzandlarini doimiy nazorat qilib borishlari uchun sharoit yaratish maqsadida 232 ta maktablarda “elektron kundalik” axborot tizimi joriy etiladi.
2021/2022 o'quv yilida maktablarni tamomlaydigan 11-sinf bitiruvchilarining oliygohga kirish ko'rsatkichi 24,3 foizdan 30,1 foizga yetkaziladi. Shuningdek, 2022 yilda 3 ta yangi xususiy maktablar faoliyati yo'lga qo'yilib, unga 520 nafar o'quvchilar qamrab olinishi ko'zda tutilyapti.
Bugungi kunda Xalq ta'limi tizimini isloh qilish bo'yicha 2022 yilga mo'ljallangan viloyat, shahar va tuman dasturlari keng jamoatchilik muhokamasiga qo'yilgan bo'lib, bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida dasturning yakuniy loyihasi Xalq deputatlar viloyat, shahar va tuman Kengashlarining sessiya yig'ilishlarida muhokama qilinib, tasdiqlanishi belgilangan.
E’tiboringiz uchun rahmat !