O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi



Yüklə 103,84 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü103,84 Kb.
#37029
millij entsiklopediyasi



"O‘ZBEKISTON  MILLIY  ENSIKLOPEDIYASI"  DAVLAT  ILMIY  NASHRIYOTI 

 

 



Ko‘p  jildli  O‘zbekiston  milliy  ensiklopediyasi,  soha  ensiklopediyalari,  izohli  va  ko‘p  tilli 

lug‘atlar,  ma’lumotnomalar  tayyorlash  va  nashr  etishga  ixtisoslashgan  ilmiy-ma’rifiy  muassasa. 

Dastlab  O‘zbekiston  hukumatining  "O‘zbek  sovet  ensiklopediyasi  Bosh  redaksiyasini  tashkil 

etish  haqida"gi  qarori  (1968-yil  18-yanvar)  bilan  Toshkentda  O‘zbekiston  FA  tarikibida 

(O‘zbekiston  FA  Til  va  adabiyot  institutining  1965-yil  tuzilgan  ensiklopediya  bo‘limi  negizida) 

O‘zbek  sovet  ensiklopediyasi  Bosh  redaksiyasi  nomi  bilan  tashkil  etilgan.  1990-yildan  1997-

yilga  qadar "Qomuslar  Bosh  tahririyati"  deb yuritilgan. 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1997-yil  20-martdagi  154-sonli  qarori  bilan 



"O‘zbekiston 

milliy 


ensiklopediyasi" 

Davlat 


ilmiy 

nashriyotiga 

aylantirilgan. 

Vazirlar 

Mahkamasining  2004-yil  11-iyundagi  qarori  asosida  nashriyotga  Abdulla  Qodiriy  nomidagi  xalq 

merosi  nashriyoti  va  Abu  Ali  ibn  Sino  nomidagi  Tibbiyot  nashriyoti  qo‘shilishi  munosabati  bilan 

qayta  tashkil  etilgan.  Muassis  O‘zbekiston  Matbuot  va axborot  agentligi. 

 

Nashriyotning  asosiy  faoliyati  jamiyat  hayotining  barcha  sohalari  bo‘yicha  ensiklopedik 



nashrlar,  lug‘atlar,  ma’lumotnomalar,  o‘zbek  xalqining  tarixiy,  madaniy  merosi,  qadriyatlari, 

tibbiyoti,  sport va boshqa  nashrlarga  bo‘lgan  aholi  ehtiyojini  qondirishdan  iborat. 

 

Nashriyotda  2007-yil  1-yanvarga  6  ta  ilmiy  tahririyat:  Ilmiy-uslubiyat  va  so‘zlik;  Ijtimoiy-



iqtisodiy  fanlar;  Tabiiy  fanlar;  Tibbiyot;  Adabiyot  va  san’at;  Tarix  va  qadriyatlar;  tahririyatlari 

hamda  Ishlab  chiqarish,  Buxgalteriya  va  iqtisodiy  tahlil  bo‘limlari  bor.  Nashriyotga  ilmiy-

metodik 

rahbarlikni 

jamoatchilik 

asosida  ishlaydigan  Bosh  tahrir  hay’ati  (universal 

ensiklopediyaga)  amalga  oshiradi.  Uning  tarkibiga  yirik  olimlar,  jamoat  arboblari,  nashriyot 

rahbarlari  kirgan.  Bosh  tahrir  hay’ati  O‘zMEning  g‘oyaviy,  ilmiy,  tahririy  va  badiiy  darajasini 

oshirishda,  maqolalar  mezonini  belgilashda,  so‘zliklarni  tasdiqlash,  murakkab  va  munozarali 

masalalarni  hal  etishda  qatnashadi,  har  bir jild  materiallarini  nashrga  tavsiya  etadi. 

 

Nashriyot  ilmiy  tahririyatlari  huzurida  fan  sohalari  bo‘yicha  ilmiy-maslahat  kengashlari  ham 



tuzilgan.  Ularning  a’zolari  Bosh  tahrir  hay’ati  a’zolari  rahbarligida  ishlaydi  hamda  muayyan 

sohaning  so‘zligi  va maqolalarini  ko‘rib  chiqib  tasdiqlaydi. 

 

Nashriyot  o‘tgan  davr  mobaynida  100  dan  ortiq  nomda  turli  ensiklopediya  va  fan  sohalari 



bo‘yicha  izohli  lug‘atlar,  ma’lumotnomalar,  lug‘atlar,  ommabop  kitoblar  nashr  etdi.  Bular 

orasida  "O‘zbekiston  Respublikasi",  "Toshkent"  (rus  va  o‘zbek  tillarida),  "Paxtachilik"  (2  jildli, 

rus  tilida),  "Uy-ro‘zg‘or",  "Salomatlik"  ensiklopediyalari,  "Ruscha-o‘zbekcha  lug‘at"  (2  jild), 

"O‘zbekcha-ruscha  lug‘at",  "Hadis"  (1–4-jildlar;  4  marta  nashr  etildi),  "Yosh  fizik  ensiklopedik 

lug‘at",  "Yosh  matematik  ensiklopedik  lug‘at",  "yosh  ximik  ensiklopedik  lug‘at",  "Ensiklopedik 

lug‘at"  (2  jild),  "Bolalar  ensiklopediyasi"  (3  marta  nashr  etildi),  "Xotin-qizlar  ensiklopediyasi"  (3 




marta  nashr  etildi),  "Ish  yuritish"  (2  marta  nashr  etildi),  "Islom  ensiklopediyasi",  "O‘zbekiston 

Respublikasi"  (rus,  o‘zbek  va  ingliz  tillarida),  "O‘zbek  ismlari  izohli  lug‘ati",  "Neft  va  gaz 

bo‘yicha  ensiklopedik  izohli  lug‘at",  "Fizikadan  izohli  lug‘at",  "Tilshunoslik  terminlari  izohli 

lug‘ati", 

"Ruscha-o‘zbekcha-xitoycha 

so‘zlagich", 

"O‘zbekcha-arabcha  lug‘at",  "Ma’nolar 

mahzani"  (o‘zbek  xalq  maqollarining  izohi)  va  b.  adabiyotlar,  o‘rta  maktab,  kasb-hunar 

kollejlari,  tibbiyot  maktablari  uchun  darsliklar  bor. 

 

Nashriyot  2000—2006-yillarda  12  jildlik  O‘zbekiston  milliy  ensiklopediyasi  nashrini  yakunladi. 



O‘zMEning  1—11-jildlarida  umumiy  hajmi  1600  nashriyot-hisob  tabog‘ini  tashkil  etgan  qaryib 

50  ming  maqola  berildi.  O‘zME  har  bir  jildida  800—1200  atrofida  rangli  va  oq-qora  suratlar, 

xaritalar  o‘rin  oldi.  5  mingga  yaqin  muallif  va  taqrizchilar  qatnashdi.  O‘zbekiston  milliy 

ensiklopediyasining  12-jildi  maqolalari  faqat  O‘zbekistonga  tegishlidir. 

 

Direktor:  Mahkamov Qahramon  Mirfazilovich     



Tel.:  (99871) 244-34-38 

 

Manzil:  Toshkent,  100129, Navoiy,  30.  



Tel.: 

244-34-38, 244-08-49

 

Faks:  244-24-91 



e-mail:  uzme@ensiklopediya.uz 

 

www.ensiklopediya.uz



 

 

Yüklə 103,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin