"O‘ZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASI" DAVLAT ILMIY NASHRIYOTI
Ko‘p jildli O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, soha ensiklopediyalari, izohli va ko‘p tilli
lug‘atlar, ma’lumotnomalar tayyorlash va nashr etishga ixtisoslashgan ilmiy-ma’rifiy muassasa.
Dastlab O‘zbekiston hukumatining "O‘zbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasini tashkil
etish haqida"gi qarori (1968-yil 18-yanvar) bilan Toshkentda O‘zbekiston FA tarikibida
(O‘zbekiston FA Til va adabiyot institutining 1965-yil tuzilgan ensiklopediya bo‘limi negizida)
O‘zbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi nomi bilan tashkil etilgan. 1990-yildan 1997-
yilga qadar "Qomuslar Bosh tahririyati" deb yuritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martdagi 154-sonli qarori bilan
"O‘zbekiston
milliy
ensiklopediyasi"
Davlat
ilmiy
nashriyotiga
aylantirilgan.
Vazirlar
Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi qarori asosida nashriyotga Abdulla Qodiriy nomidagi xalq
merosi nashriyoti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti qo‘shilishi munosabati bilan
qayta tashkil etilgan. Muassis O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi.
Nashriyotning asosiy faoliyati jamiyat hayotining barcha sohalari bo‘yicha ensiklopedik
nashrlar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar, o‘zbek xalqining tarixiy, madaniy merosi, qadriyatlari,
tibbiyoti, sport va boshqa nashrlarga bo‘lgan aholi ehtiyojini qondirishdan iborat.
Nashriyotda 2007-yil 1-yanvarga 6 ta ilmiy tahririyat: Ilmiy-uslubiyat va so‘zlik; Ijtimoiy-
iqtisodiy fanlar; Tabiiy fanlar; Tibbiyot; Adabiyot va san’at; Tarix va qadriyatlar; tahririyatlari
hamda Ishlab chiqarish, Buxgalteriya va iqtisodiy tahlil bo‘limlari bor. Nashriyotga ilmiy-
metodik
rahbarlikni
jamoatchilik
asosida ishlaydigan Bosh tahrir hay’ati (universal
ensiklopediyaga) amalga oshiradi. Uning tarkibiga yirik olimlar, jamoat arboblari, nashriyot
rahbarlari kirgan. Bosh tahrir hay’ati O‘zMEning g‘oyaviy, ilmiy, tahririy va badiiy darajasini
oshirishda, maqolalar mezonini belgilashda, so‘zliklarni tasdiqlash, murakkab va munozarali
masalalarni hal etishda qatnashadi, har bir jild materiallarini nashrga tavsiya etadi.
Nashriyot ilmiy tahririyatlari huzurida fan sohalari bo‘yicha ilmiy-maslahat kengashlari ham
tuzilgan. Ularning a’zolari Bosh tahrir hay’ati a’zolari rahbarligida ishlaydi hamda muayyan
sohaning so‘zligi va maqolalarini ko‘rib chiqib tasdiqlaydi.
Nashriyot o‘tgan davr mobaynida 100 dan ortiq nomda turli ensiklopediya va fan sohalari
bo‘yicha izohli lug‘atlar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar, ommabop kitoblar nashr etdi. Bular
orasida "O‘zbekiston Respublikasi", "Toshkent" (rus va o‘zbek tillarida), "Paxtachilik" (2 jildli,
rus tilida), "Uy-ro‘zg‘or", "Salomatlik" ensiklopediyalari, "Ruscha-o‘zbekcha lug‘at" (2 jild),
"O‘zbekcha-ruscha lug‘at", "Hadis" (1–4-jildlar; 4 marta nashr etildi), "Yosh fizik ensiklopedik
lug‘at", "Yosh matematik ensiklopedik lug‘at", "yosh ximik ensiklopedik lug‘at", "Ensiklopedik
lug‘at" (2 jild), "Bolalar ensiklopediyasi" (3 marta nashr etildi), "Xotin-qizlar ensiklopediyasi" (3
marta nashr etildi), "Ish yuritish" (2 marta nashr etildi), "Islom ensiklopediyasi", "O‘zbekiston
Respublikasi" (rus, o‘zbek va ingliz tillarida), "O‘zbek ismlari izohli lug‘ati", "Neft va gaz
bo‘yicha ensiklopedik izohli lug‘at", "Fizikadan izohli lug‘at", "Tilshunoslik terminlari izohli
lug‘ati",
"Ruscha-o‘zbekcha-xitoycha
so‘zlagich",
"O‘zbekcha-arabcha lug‘at", "Ma’nolar
mahzani" (o‘zbek xalq maqollarining izohi) va b. adabiyotlar, o‘rta maktab, kasb-hunar
kollejlari, tibbiyot maktablari uchun darsliklar bor.
Nashriyot 2000—2006-yillarda 12 jildlik O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi nashrini yakunladi.
O‘zMEning 1—11-jildlarida umumiy hajmi 1600 nashriyot-hisob tabog‘ini tashkil etgan qaryib
50 ming maqola berildi. O‘zME har bir jildida 800—1200 atrofida rangli va oq-qora suratlar,
xaritalar o‘rin oldi. 5 mingga yaqin muallif va taqrizchilar qatnashdi. O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasining 12-jildi maqolalari faqat O‘zbekistonga tegishlidir.
Direktor: Mahkamov Qahramon Mirfazilovich
Tel.: (99871) 244-34-38
Manzil: Toshkent, 100129, Navoiy, 30.
Tel.:
244-34-38, 244-08-49
Faks: 244-24-91
e-mail: uzme@ensiklopediya.uz
www.ensiklopediya.uz