o'zbekiston respublikasi prezidentining qarori. “o'zbekiston mustaqil taraqqiyot yo'li” fotoalbomini nashr etish to'g'risida
mazkur farmon o'zbekiston respublikasi prezidentining ikki ming yigirma birinchi yil o'ttizinchi apreldagi pf olti ming ikki yuz o'n sakkizinchi sonli “milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga asosan o'z kuchini yo'qotgan. mustaqillik yillarida mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, xalqning tinch va farovon hayoti uchun shart-sharoitlar yaratish, o'zbekistonning xalqaro maydonda munosib o'rin egallashiga yo'naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. o'zbekiston respublikasi konstitutsiyasi va uning asosida qilingan qonunlar jamiyat va davlat faoliyatining barcha sohalarini isloh qilish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi. ta'kidlash joizki, o'zbekiston respublikasi konstitutsiyasida o'zbekiston respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng qo'shilgan dastlabki xalqaro-huquqiy hujjatlardan biri bo'lgan inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida nazarda tutilgan asosiy tamoyillar o'zining ifodasini topgan. bugungi kunda o'zbekiston respublikasi inson huquqlari bo'yicha yetmishta asosiy hujjatga qo'shildi, BMT tomonidan ushbu sohada qilingan o'nta asosiy xalqaro shartnoma ishtirokchisiga aylandi. o'zbekiston respublikasida milliy qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotiga xalqaro standartlarni tizimli va bosqichma-bosqich implementatsiya qilishning o'z modeli, insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi monitoringi milliy tizimi shakllantirilgan. ikki ming o'n yetti — ikki ming yigirma birinchi yillarda o'zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida mamlakatning xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyekti sifatidagi o'rni va rolini yanada mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o'rin olish, o'zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo'shnichilik muhitini yaratish bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. davlat, jamiyat va fuqarolarning inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining tamoyillari va qadriyatlariga e'tiborini kuchaytirish, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta'minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa choralar tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, qonunchilikka va davlat organlarining amaliy faoliyatiga inson huquqlari va erkinliklari sohasida xalqaro standartlarni implementatsiya qilish mexanizmlari va tartibi samaradorligini oshirish maqsadida:
birinchi. inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qilinganining yetmish yilligiga bag'ishlangan tadbirlar dasturi keyingi o'rinlarda — dastur birinchi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
ikkinchi. inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining yetmish yilligiga bag'ishlangan tadbirlar dasturini amalga oshirish bo'yicha komissiya keyingi o'rinlarda — komissiya ikkinchi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. ilovalar rus tilidagi matnda berilgan. komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: dasturda ko'zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga mas'ul bo'lgan ijrochilarning faoliyatini muvofiqlashtirish; dasturda ko'zda tutilgan tadbirlar ijrosini tashkil qilishga va ularning o'z vaqtida ijro etilishi monitoringini amalga oshirishga har taraflama ko'maklashish; inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qilinganining yetmish yilligiga bag'ishlangan xalqaro tadbirlarda o'zbekiston vakillarining faol ishtirok etishi bo'yicha xalqaro tashkilotlar, eng avvalo, bmt muassasalari bilan yaqin hamkorlik qilishini ta'minlash; inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qilinganining yetmish yilligiga bag'ishlangan tadbirlarni, mamlakatimizda maqsadi va shartlari inson, uning huquq va erkinliklarini ta'minlash bo'lgan demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish.
uchinchi. o'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, xalq ta'limi vazirligi o'zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda ikki ming o'n sakkizinchi yil o'ninchi dekabrda mamlakatimizdagi barcha maktab, litsey, kollej, oliy ta'lim muassasalarida inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qilinganining yetmish yilligiga bag'ishlangan umummilliy dars o'tkazsin.
to'rtinchi. o'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, o'zbekiston milliy axborot agentligi, elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga o'zbekiston respublikasining tegishli vazirlik va idoralari maslahati ko'magida dastur amalga oshirilishining borishini keng yoritish bo'yicha mavzuli eshittirishlar, ko'rsatuvlar va materiallar e'lon qilinishini tashkil etish tavsiya qilinsin.
o'zbekiston respublikasi prezidentining farmoni. inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining yetmish yilligiga bag'ishlangan tadbirlar dasturi to'g'risida
mazkur qaror o'zbekiston respublikasi prezidentining ikki ming yigirmanchi yil yigirma yettinchi sentabrdagi PF olti ming yetmish beshinchi sonli “o'z ahamiyatini yo'qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko'rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga asosan o'z kuchini yo'qotgan. o'zbekiston respublikasi mustaqilligining o'n besh yillik bayramini munosib kutib olish, istiqlol yillarida hayotning barcha soha va tarmoqlarida qo'lga kiritilayotgan katta yutuqlarni, yurtimizda amalga oshirilayotgan tarixiy o'zgarishlarni xalqimiz va xalqaro jamoatchilik o'rtasida keng targ'ib etish maqsadida:
birinchi. vatanimizning betakror qiyofasini, yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyat qurish yo'lida olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini, odamlarimiz tafakkuridagi o'zgarishlar tufayli ularning ongida mehnatga, mulkka nisbatan shakllanayotgan yangicha munosabatlarni, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy, sotsial sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni aks ettiruvchi “o'zbekiston. mustaqil taraqqiyot yo'li” nomli rangli-bezakli fotoalbom tayyorlansin va nashr etilsin.
ikkinchi. mazkur fotoalbomni tayyorlash bo'yicha ishchi guruhi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. ilova berilmaydi. ishchi guruhi bir oy muddat ichida fotoalbomning g'oyaviy yo'nalishi, mazmun-mundarijasi, hajmi va tarkibi ifodalangan dastur va ish rejasini ishlab chiqsin. fotoalbom uchun tegishli arxiv hujjatlari, fotosuratlar va boshqa tasviriy vositalarni tanlashda quyidagi jihatlarga alohida e'tibor qaratilsin: mustaqillik yillarida o'zbekistonda demokratik huquqiy davlat, ochiq fuqarolik jamiyati qurish, iqtisodiyotimizni rivojlantirish va erkinlashtirish, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi yangilanish jarayonlarini yorqin hayotiy lavhalar orqali ko'rsatish; ona yurtimizning go'zal tabiatini, saxovatli zaminimizning beqiyos manzaralarini aks ettirish; qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra san'atimiz namunalarini tasvir etish; mamlakatimiz boyliklari, tabiiy-mineral zaxiralari va iqtisodiy salohiyatini keng namoyon etish; xalqimizning o'ziga xos turmush tarzi, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan amaliy ishlar, yurtimizda qaror topgan tinchlik, millatlararo totuvlik va osoyishtalik, diniy bag'rikenglikni aks ettirish;inchi tarixiy-madaniy obidalarimiz, shu jumladan, imom buxoriy, imom moturudiy, ahmad farg'oniy, burhoniddin marg'inoniy, abdulxolik g'ijduvoniy, bahouddin naqshband, xoja ahror valiy, amir temur, hazrati xizr kabi ajdodlarimizning qadamjolari, shohizinda, registon, masjidi kalon, ichanqal'a, chor bakr singari me'moriy majmualarni qayta tiklash va obod qilish, yangi ziyoratgohlar barpo etish yo'lidagi ibratli ishlarning xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyatini qiyosiy usulda ifodalash;inchi poytaxtimiz toshkent shahrida, barcha viloyatlar, shahar va tumanlarda mustaqillik davrida bunyod etilgan zamonaviy binolar, yangi korxonalar, ravon yo'llar, shinam uy-joylar, ta'lim-tarbiya, shifo maskanlari, sport inshootlari, go'zal maydonlar bor va xiyobonlar manzarasini aks ettirish. yuqorida qayd etilgan o'zbekistonning tarixi, betakror qiyofasi, ulkan salohiyati hamda o'n besh yillik mustaqil taraqqiyot davrida erishilgan natijalarni, xalqaro jamoatchilik e'tirof etadigan yutuqlarni bir-biri bilan uzviy bog'liq holda fotosuratlar va boshqa hujjatlar asosida yoritish ishchi guruhining asosiy vazifasi ekani belgilab qo'yilsin.
uchinchi. “o'zbekiston. mustaqil taraqqiyot yo'li” fotoalbomini o'zbek, rus va ingliz tillarida yuksak sifat bilan nashr etish vazifasi matbuot va axborot agentligiga topshirilsin.
to'rtinchi. matbuot va axborot agentligi tashqi ishlar vazirligi hamda “o'zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda fotoalbomni keng miqyosda targ'ib etish va realizatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilasin.
beshinchi. o'zbekiston respublikasi moliya vazirligi fotoalbomni tayyorlash va nashr etish uchun zarur mablag'larni matbuot va axborot agentligi taqdim etgan sarf-xarajatlar smetasi asosida vazirlar mahkamasining zaxira jamg'armasi hisobidan ajratsin.
oltinchi. “o'zbekiston havo yo'llari” milliy aviakompaniyasi aerosuratga olish uchun zarur texnik shart-sharoitlarni tashkil etsin.