Huquqiy ong – bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo`lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquqiy targ`ibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo`lgan g`oyalar, his – tuyg`ular, tasavvurlar yig`indisidir. Huquqiy ong – jamiyatda huquqiy hodisalarga va huquqqa nisbatan kishilarning munosabatlarini ifoda etuvchi qarashlar, tuyg`ular, mulohazalar va tasavvurlar yig`indisidir. Huquqiy ongning funksiyalari deganda, shaxsni huquqiy doirada ijtimoiy faol yurish-turishiga ta`sir e`tuvchi asosiy yo`nalishlar tushuniladi.
HUQUQIY ONGNING FUNKSIYALARI
Huquqiy ongning funksiyalari
Bilish funksiyasi
Tartibga solish funksiyasi
Baholash funksiyasi
Bashorat qilish funksiyasi
Bilish funksiyasi
Agar biz huquqiy bilimlarni o`qib, o`rganib, o`zlashtirsak, u holda bizning huquqiy ongimiz bilish funksiyasini amalga oshiradi.
Tartibga solish funksiyasi
Ijtimoiy hayotda individning huquqiy ongi, uning xatti-harakati va harakatsizligini huquqqa mos ravishda tartibga solsa, u holda individning huquqiy ongi tartibga solish funksiyasini bajaradi.
Baholash funksiyasida huquqiy ong subyektlari tomonidan huquq va huquqiy voqeliklar baholanadi. Baholashning quyidagi turlari mavjud:
Huquq-tartibot organlari, boshqa davlat organlari, tashkilot va muassasalari faoliyatini baholash
Amaldagi qonunchilikni baholash
O`z-o`zini baholash
Boshqa shaxslar xatti-harakati va harakatsizligini baholash
Bashorat qilish funksiyasi
Bashorat qilish funksiyasida huquq va huquqiy voqeliklarning kelajagi va istiqboli haqida bashorat qilinadi.