O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 67,93 Kb.
səhifə1/2
tarix17.05.2023
ölçüsü67,93 Kb.
#114846
  1   2
2-amaliy-ish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


Ma’lumotlar bazasi


2 - amaliy ish


Guruh: 221-21


Bajardi: Lutfullayev Ibrohim
Tekshirdi: To’xtasinov Adhamjon

Toshkent 2023



2- AMALIY ISH

Mavzu: Ma’lumotlar bazasini loyihalash, mohiyat – aloqa diagrammasini qurish. Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash
Ishdan maqsad: Ma’lumotlar bazasini loyihalash uchun mohiyat–aloqa modelini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lish.
Masalani qo‘yilishi: Ma’lumotlar bazasini lohiyalash va “Mohiyat–aloqa” modelini ishlab chiqish.
Uslubiy ko`rsatmalar: Ma’lumotlar bazasini lohiyalash quyidagi tashkil etuvchilarini o‘rganishni taqazo etadi. Obyektlar, obyekt xususiyatlari, bog‘lanishlar (obyekt munosabatlari), vaqt oralig‘i va hokazolar. Mohiyat–aloqa modeli predmet sohani tashkil etuvchi uchta asosiy komponentalardan foydalanib quriladi: mohiyat, atribut, aloqa. Konstruktiv elementlar tarkibida vaqt tashkil tashkil etuvchisi faqat aniq bo’lmagan holda ishtirok etishi mumkin. Modelda vaqt, yil, sana va shunga o`xshash atributlar bilan tasvirlanadi.
Modelni qurishda aloqa mavjud ob`yektni, jarayonni yoki hodisani,
abstraksiyasi sifatida keladi. Atribut mahiyatni xarakterlaridan bo`lib, nom bilan belgilanib, birorta qiymatlar to`plamidan qiymatlar qabul qilinadi.
Mohiyat–aloqa modelidagi bog‘lanishlarga, ikki mohiyat o‘rtasidagi har bir bog‘lanish turiga tegishli munosabatlarni kiritish zarur (binar, ternar., n-nar).
Loyiha haqidagi axborot diagramma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, buning uchun quyidagi belgilar kiritiladi: mohiyat turlari – to‘rtburchak bilan, atributlar- ovallar bilan tasvirlanadi va ular mos mohiyatlar bilan yo‘nalishsiz qirralar bilan bog‘lanadi.
Mohiyat-aloqa modeli predmet sohani (PS) faqat aniq bir qismini akslantiradi. Bu holda uni lokal model deyiladi. PS haqida to`la axborotga ega bo`lish uchun uni yetarli kengroq tekshirish zarur va oldingisini to`ldiradigan lokal modellar qurish kerak. Shundan so`ng lokal modellar birlashtirilib PS haqida bir butun kompozitsion tasvirga ega bo`lamiz.

Ma`lumotlar bazasida quyidagi munosabatlar mavjud:


1. Birga – bir (1:1)munosabat. A va V ob`ektlar to`plami orasida 1:1 munosabat o`rnatilgan deyiladi, agarda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning bitta nusxasi mos kelsa, va aksincha, V ob`ektning har bir nusxasiga A ob`ektning bitta nusxasi mos kelsa.
2. Birga – ko`p (1:n) munosabat. A va V ob`ektlar to`plamida A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga V ob`ektning har bir nusxasiga A ob`ektning bittadan ko`p bo`lmagan nusxasi mos kelsa shunday munosabat hosil bo`ladi.
3. Ko`pga – bir (n:1) munosabat A va V ob`ektlar to`plami orasida o`rnatilsa, unda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning ko`pi bilan bitta nusxasi mos keladi. V ob`ektning nushalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob`ektning bir nechta nusxasi mos keladi.
4. Ko`pga – ko`p (m: n) munosabat. A va V ob`ektlar orasida shunday munosabat o`rnatilgan deyiladi, agarda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektni bir nechta nusxasi mos kelsa va aksincha.

Yüklə 67,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin