O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar



Yüklə 0,68 Mb.
tarix14.08.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#139367
Sillabus Biologiya va genetika 2023-2024 1-kurs


O‘zbekiston respublikasi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti









TASDIQLAYMAN”
____________________
Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor
A.A.Elmurodov
2023 yil “___” avgust

BIOLOGIYA VA GENETIKA


FANI BOʻYICHA


SILLABUS


Kunduzgi boʻlim uchun


Bilim sohasi: 800000 – Qishloq, oʻrmon, baliq xoʻjaligi va veterinariya
Ta’lim sohasi: 810000 – Qishloq xoʻjaligi
Ta’lim yo‘nalishi: 60810900– Agronomiya (yem-xashak ekinlari),
60812200-O‘simlikshunoslik (yaylov cho‘l o‘simlikshunosligi)


Samarqand – 2023





Modul / FAN SILLABUSI
Agrotexnologiya fakulteti
60810900– Agronomiya (yem-xashak ekinlari), 60812200-O‘simlikshunoslik (yaylov cho‘l o‘simlikshunosligi ta’lim yoʻnalishi






Fan nomi:

Biologiya va genetika

Fan turi:

Majburiy

Fan kodi:

BG

Yil:

1

Semestr:

1

Ta’lim shakli:

Kunduzgi

Mashgʻulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:

180

Ma’ruza

30

Amaliy mashgʻulotlar

40

Laboratoriya mashgʻulotlari

20

Seminar



Mustaqil ta’lim

90

Kredit miqdori:

6

Baholash shakli:

Imtihon

Fan tili:

Oʻzbek




Fan maqsadi (FМ)

FМ1

“Biologiya va genetika” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarni o‘simliklar agrotexnologiyasi va seleksiyasining biologik va genetik asoslariga oid bilimlar bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishga mos fan bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.




Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1.

Zoologiya

2.

Biologiya

3.

Botanika

4.

Genetika va evolutsion ta’limot




Ta’lim natijalari (TN)




Bilimlar jihatidan:

TN1

Hayvon va o‘simlik organizmi tuzilishining umumiy qonuniyatlari, hayvonot va o‘simliklar dunyosining xilma – xilligini, hujayra, toʻqima, organ, tizim va organizmning bir butunligi haqida bilimga ega bo‘lishlari kerak;

ТN2

Biologiya fanining rivojlanish bosqichlari. O‘rganish usullari. Erishilgan yutuqlar. Fan muammolari. Fanni o‘rganish bo‘yicha ish olib borgan olimlar. Foydalaniladigan zamonaviy usullar, erishilgan yutuqlar. Fan muammolari, yechimlar, olib borilayotgan yangi tadqiqotlarni bilishi kerak;

ТN3

Ko‘p hujayrali organizmlarning kelib chiqishi. O‘simlik va hayvon to‘qimalari to‘g‘risidagi ta’limot. Hayotning xilma-xilligi haqida bilimga ega bo‘lishlari kerak;

ТN4

Genetika fanining maqsadi va vazifalari. Rivojlanish bosqichlari. O‘rganish usullari. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik to‘g‘risida tushuncha. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik to‘g‘risida XIX asrgacha olib borilgan tajribalar, taxminlar va gipotezalar haqida bilimga ega bo‘lishlari kerak;




Koʻnikmalar jihatidan:

ТN5

Nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar orqali biologik hodisa va genetik jarayonlarga uslubiy yondashish, biologik va genetik jarayonlarni xamda organizmlar to‘g‘risida olingan ma`lumotlarni genetik va statistik tahlil qilishi;

ТN6

O‘simlikshunoslik hamda chorvachilik amaliyotida biologiya va genetika qonuniyatlarini qo‘llashni o‘rgatish, biologik farqlar, belgi va xususiyatlarning naslga berilish qonuniyatlari biladi;

ТN7

Hujayra va gen muxandisligi, genomika va seleksiya to‘g‘risida tushuncha berish orqali nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rganish va uni amaliyotda qo‘llay bilish;

ТN8

Biologiya va genetikada olingan bilimlarni ishlab chiqarishda, amaliyot jarayonida va boshqa sohalarda ishlata biladi;




Fan mazmuni

Mashgʻulotlar shakli: ma’ruza (М)


Biologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari.


Organik dunyoning birligi va xilma-xilligi.


Moddalar va energiya almashinuvi


Evolyutsiya – hayot tarixi.


O‘sish va rivojlanish.


Biosfera.


Genetika fanining vazifasi, o‘rganish usullari, rivojlanish bosqichlari.


Irsiyat va o‘zgaruvchanlikning sitologik va molekulyar asoslari.


Jinsiy hujayralarning rivojlanishi va etilishi.


Tur ichida duragaylashda irsiyat va o‘zgaruvchanlik.


O‘zgaruvchanlik qonuniyatlari.


Uzoq shakllarni duragaylash.


Inbriding va geterozis.


Gen injeneriyasi va biotexnologiya.

Mashgʻulotlar shakli: amaliy mashgʻulotlar (А)


Biologiya fanida yangi yo‘nalishlar va boshqa fanlar bilan aloqadorligi.


Organizmlarni taksonomik kategoriyalari (sistematikasi).


Organizmlarning ko‘payishi.


O‘simliklarning vegetativ ko`payishi.


O‘sish va rivojlanish.


Biosferaning tuzilishi.


Litosfera, atmosfera, gidrosfera va ularning biologik tarkibi.


Organizm va immunitet.


Tiriklikning mohiyati va darajalari.


Hayotning turli-tumanligi, o‘simliklar va hayvonlar dunyosini o‘rganish.


Monoduragay chatishtirish.


Diduragay chatishtirish.


Poliduragay chatishtirish.


Genlarning komplementar, epistaz va polimer ta’siri.


Genlarning birikkan holda naslga o‘tishi. Krossingover.


Chang naychasining o‘sishi. Qo‘sh urug‘lanish.


O‘zgaruvchanlik xillari. Mutatsion o‘zgaruvchanlik.


Poliploidiya hodisasi.


Populyatsiyada kechadigan genetik jarayonlar.


Gen muhandisligi yordamida transgen o‘simliklar olish.

Mashgʻulotlar shakli: laboratoriya mashgʻulotlar (L)

L1

Kirish. Tirik materiyaning belgilari bilan tanishish.

L2

O‘simliklar hujayrasining tuzilishini o‘rganish.

L3

Hayvonlar hujayrasining tuzilishini o‘rganish.

L4

O‘simlik to‘qimalarini o‘rganish.

L5

Hayvon to‘qimalarini o‘rganish.

L6

Mikroskopning tuzilishi va xillari, ular yordamida irsiyatning moddiy asosini o‘rganish.

L7

Xromosoma morfologiyasi. Irsiyatning molekulyar asosini o‘rganish.

L8

Nuklein kislotalar.

L9

Hujayraning mitoz va meyoz bo‘linishi.

L10

Genlarning komplementar, epistaz va polimer ta’siri.




Mustaqil ta’lim (МТ)

1.

Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarga
tayyorgarlik ko‘rish va uy ishlarini bajarish 90 soat

2.

Berilgan mavzular bo‘yicha taqdimotlar tayyorlash 40 soat

3.

Berilgan manbalarni tarjima qilish 10 soat

4.

Berilgan mavzu bo‘yicha o‘simlik va hayvonlarning rasmlarini
chizish 10 soat

5.

Anjumanga tezis tayyorlash 10 soat

6.

Berilgan mavzu bo‘yicha preparatlar tayyorlash 20 soat




Asosiy adabiyotlar

1.

Ostonaqulov Т.Е., Xamdamov I. X., Ergashev I.T., Shermuxamedov K.Q. Biologiya va genetika. Darslik. - Т.: 2014. - 332 bet.

2.

Genetika va seleksiya asoslari: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. D. A. Musayev, Sh. Turabekov, A. T. Saidkarimov, A. S. Alraatov, A. K. Rahimov. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - Т.: “Voris-nashriyot”, 2012, 432-bet.

3.

G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta‘limot. Genetika. 1-qism. Darslik. T.2011y.

4.

A.T.G‘ofurov, S.S.Fayzullaev, J.Saidov. Genetika., Darslik, “TAFAKKUR” nashriyoti. Toshkent-2010

Qoʻshimcha adabiyotlar


Mirziyoyev Sh.M. Birlashgan millatlar tashkiloti bosh assambleyasi 75-sessiyasida so‘zlagan nutqini o‘rganish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish. O‘quv qullanma. Toshkent, “Ma’naviyat” NMIU, 2021. – 280 b.


Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik. “Toshkent, “Tasvir” nashriyot uyi, 2021. – 52 b.


Mirziyoyev Sh.M. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik-milliy g‘oyamizning poydevoridir. Toshkent, “Tasvir” nashriyot uyi, 2021. – 36 b.


Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. Toshkent, “O‘zbekiston” nashriyoti, 2022. – 416 b.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5696 son Farmoni.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-187-son qarori.


Sazanov A.A.Osnovы genetiki. Booksmed.com/mikrobiologiya.Sankt Peterburg. Uchebnik. 2012 g.


M.X.Begmatova, G.A.Suvonova. Biologiya va genetika fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatma. Samarqand 2022 y.


Jane B. Reece Berkeley. California Campbell Biology. https://gtu.ge/Agro-Lib/Principles.2014.


I.T. Ergashev, M.K.Lukov, A.A.Elmuradov, U.Sh.Qarshiyeva, X.K. Bekmuradova. Genetikadan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari. Samarqand. 2008y.


I.T. Ergashev, X.K. Bekmuradova, X.K. Nazarov. Genetikadan masala va mashqlar to‘plami. Samarqand. 2015 y

Axborot manbaalari

1.

www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi xukumat partoli.

2.

www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

3.

www.ZiyoNet.uz

4.

www.referfat.ru

5.

www.biology.com

6.

www.biology-online.org

7.

www.biologycornet.com

8.

www.bgreenpeace.org /gening /



Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:


a) 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini to‘liq yorita olsa;

  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;

  • fan bo‘yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;

  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;

  • berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;

  • konspektga puxta tayyorlangan bo‘lsa;

  • mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa;

  • fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lsa;

  • fanga tegishli mavzulardan biri bo‘yicha ilmiy maqola chop ettirgan bo‘lsa;

  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

  • b) 4 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning mohiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;

  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushingan bo‘lsa;

  • fan bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘quv dasturi doirisida bajarsa;

  • fan bo‘yicha berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa;

  • fan bo‘yicha konspektini puxta shakllantirgan bo‘lsa;

  • fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa;

  • fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy xujjatlarni o‘zlashtirgan bo‘lsa.

  • v) 3 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsa;

  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yo‘l qo‘yilsa;

  • bayon qilish ravon bo‘lmasa;

  • fan bo‘yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;

  • fan bo‘yicha matn puxta shakllantirilmagan bo‘lsa.

  • g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz 2 baxo bilan baholanishi mumkin:

  • fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayorgarlik ko‘rilmagan bo‘lsa; g‘

  • fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga doir hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasa;

  • fan bo‘yicha matnlarni boshqalardan ko‘chirib olganligi sezilib tursa;

  • fan bo‘yicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;

  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;

  • fanni bilmasa.

Fan oʻqituvchisi haqida ma’lumot

Mualliflar:

I.T.Ergashev – SamDVMCHBU, “O‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish” kafedrasi, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor
M.X.Begmatova – SamDVMCHBU, “Biologiya, ekologiya va dorivor o‘simliklar” kafedrasi mudiri, dotsenti v.b., b.f.f.d PhD.

E-mail:

maloxatbegmatova@mail.ru

Tashkilot:

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Biologiya, ekologiya va dorivor o‘simliklar” kafedrasi

Taqrizchilar:

1. S.B. Mustanov - Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Fundamental fanlar kafedrasi dotsenti
2. X.H. Jalov - Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biologiya fakulteti Botanika kafedrasi dotsenti, b.f.f.d PhD

Mazkur Sillabus universitet oʻquv-uslubiy Kengashning 2023 yil ___ avgustdagi ___ sonli yigʻilishi bayoni bilan tasdiqlangan.


Mazkur Sillabus “Biologiya, ekologiya va dorivor o‘simliklar” kafedrasining 2023 yil ___ avgustdagi ___ sonli yigʻilishi bayoni bilan ma’qullangan.




Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi R. Roʻziqulov
Fakultet dekani A. Nurniyozov
Kafedra mudiri M. Begmatova
Tuzuvchilar I. Ergashev
M. Begmatova


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin