Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#178653
  1   2   3
kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash1

kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash

Sanaqulov Nurmuhmmad 101-20

Reja:

1. Ish hujjatlarini tayyorlash va ularga qo‘yiladigan talablar

2. Matn mazmunining qisqacha bayoni(rezume)

Ish hujjatlarini tayyorlash va ularga qo‘yiladigan talablar

Nutq madaniyati madaniyatli, ma’lumotli, ziyoli insonning muhim fazilati hisoblanadi. Bunday inson tafakkur qila bilishi va o‘z tafakkurini to‘g‘ri, aniq, chiroyli ifodalay bilishi kerak. Buning uchun esa fikr aniq, izchil, asosli bo‘lib, tilning grammatik, so‘z va orfografik me’yorlariga rioya etilishi muhimdir. Ma’lumki, har bir kishi mustaqil ishlab chiqarish faoliyatini boshlar ekan, turli-tuman hujjatlar yozishga to‘g‘ri keladi. Ish hujjatlarini yoza bilish – olingan bilimlarni amaliy hayotga bevosita qo‘llash demakdir. Ish hujjatlarisiz birorta muassasa va tashkilot faoliyat ko‘rsata olmaydi. Ish qog‘ozlari kishilarning uzoq ish va mehnat munosabatlari jarayonida tarkib topgan muayyan shakl va izchillikda tuzilgan yoki yozilgan hujjatlardir.

.

Ma’lumki, hujjatlar xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Shunday ekan, hujjatlar tiliga qo‘yiladigan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar oldiga qo‘yiladigan ko‘pgina lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, o‘ziga xos lisoniy xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun bu o‘rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.

Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki vatashqi hujjatlar sifatida farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu muassasaning o‘zida foydalanilsa, ichki hujjat hisoblanadi. Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlar sanaladi. Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlar ajratiladi. Biron muassasa yoki mansabdor shaxs tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar xizmat hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma, bayonnoma kabi)ga kiradi. Shaxsiy hujjatlar alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi). Bundan tashqari hujjatshunoslikda hujjatlar quyidagi jihatlarga ko‘ra ham tasnif qilinadi.


Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin