Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#178653
1   2   3
kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash1

Mazmuniga ko‘ra: sodda hujjatlar – bir masalani o‘z ichiga oladi; murakkab hujjatlar – ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi. Mazmun bayonining shakliga ko‘ra: xususiy (individual) hujjatlar – matn o‘ziga ko‘ra xos, betakror, erkin bayon; namunali (tipovoy) hujjatlar – bir–biriga o‘xshash va takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi; qolipli (trafaretli) hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaruriy qismlari joylashishiga, matn mazmuni tarkibiy qismlarining ketma-ketligiga, tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘yilishiga alohida e’tibor berish lozim

Shu maqsadda quyidagilarga doimo amal qilishni unutmang:

Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki vatashqi hujjatlar sifatida farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu muassasaning o‘zida foydalanilsa, ichki hujjat hisoblanadi. Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlar sanaladi. Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlar ajratiladi. Biron muassasa yoki mansabdor shaxs tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar xizmat hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma, bayonnoma kabi)ga kiradi. Shaxsiy hujjatlar alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi). Bundan tashqari hujjatshunoslikda hujjatlar quyidagi jihatlarga ko‘ra ham tasnif qilinadi.

  • — bosma harflarda yoziladigan hujjat nomida barcha harflar katta harflar bilan yozilishi kerak. Masalan: Tavsiyanoma emas, TAVSIYANOMA kabi;
  • — hujjat yuboriladigan muassasaning nomi qisqartirilmasdan to‘liq, bosh harflar bilan yozilish qoidalariga amal qilgan holda yoziladi;
  • — hujjat matnining asosiy qismlari xatboshi bilan yozilishi lozim. Qo‘shimcha qismlar asosiy fikrga bog‘langan tarzda undan so‘ng beriladi.
  • — shaxsiy hujjatlarda izohlanayotgan «Men» so‘zidan va izoh so‘z birikmasidan so‘ng vergul qo‘yiladi. Masalan: Men, Mahmud Qodirov, ...

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin