O’zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultiteti Raqamli
O’zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultiteti Raqamli iqtisodiyot kafedrasi 1I-2022 guruh talabasi xursandov shahzodning Iqtisodiy xavfsizlik fanidan Mustaqil ish
mavzu; O’zbekistonda mineral-xomashyo majmuasi.mineral-xomashyo majmuasida xavfsizlikka tahdidlar reja ; 1) o’zbekiston meniral-xomashyo bazasini rivojlantirish strategiyasi 2) meniral – xomashyo resurslari 3) o’zbekiston meniral-xomashyo resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish
O‘zbekiston mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilO‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Yer qa'rini geologik jihatdan o‘rganishni yanada takomillashtirish va 2020-2021 yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qayd etilishicha, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda, zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilishni hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgan. Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,“Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ bilan birgalikda ishlab chiqilgan, konlarni topishni davom ettirish uchun qidiruv zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlarini qidirishni 2020 yilda 35 foizga, 2021 yilda esa 40 foizga yetkazishni nazarda tutuvchi va quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2020-2021 yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi ma'qullandi:
respublikaning geologik-iqtisodiy hududlari kesimida foydali qazilmalar prognoz resurslari va zaxiralari o‘sishining yig‘ma parametrlari;
yer osti suvlari zaxiralarining o‘sish parametrlari;
Davlat geologiya qo‘mitasining geologiya tashkilotlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish uchun xarid qilinadigan zamonaviy geologiya asbob-uskunalari va maxsus texnika vositalari, dasturiy mahsulotlar va materiallar ro‘yxati.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat dasturini amalga oshirish uchun budjet ajratmalari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Davlat geologiya qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi maxsus maqsadli hisob raqamlaridan ajratilishini ko‘zda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha yillik davlat dasturlarini kelishish jarayonida Davlat dasturini amalga oshirish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga ajratiladigan mablag‘lar manbalariga aniqlik kiritish huquqi berildi.
Geologiya-qidiruv ishlarini olib borishni yanada takomillashtirish, yer qa'rini oqilona o‘rganish va o‘zlashtirish, shuningdek, kon-geologiya sohasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Mineral resurslar - alohida region (hududlar)da geologik izlanish va razvedka natijasida aniqlangan foydali qazilmalar majmui. Mineral resurslar qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardir. Ularning oʻzlashtirishga tayyorlangan qismi mineral xom ashyo bazasi hisoblanadi. Konchilik va geol.da Mineral resurslar deb Yer qaʼrida foydali qazilmalar sifatida aniqlangan va sanoat ahamiyatiga ega boʻla oladigan boyliklarga aytiladi. Mineral resurslar ishlatilishiga qarab turlarga ajratiladi: yoqilgʻi va energetika (neft, tabiiy gaz, kumir, slanetslar, torf, uran rudalari); kora metallar rudasi (temir, marganets, xrom va boshqalar); rangli va legirlovchi metallar rudasi (alyuminiy, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, nikel, kobalt, volfram, molibden, qalay, surma, simob va boshqalar); noyob va nodir metallar rudasi; konchilikkimyo sanoati xom ashyosi (fosforitlar, apatitlar, kaliy va boshqa tuzlar, oltingugurt va uning birikmalari, brom va yod tarkibli eritmalar, barit, flyuorit va boshqalar); zebu ziynat buyumlari yasashga ishlatiladigan qimmatbaho toshlar; noruda sanoat xom ashyosi (slyuda, grafit, asbest, talk, kvars va boshqalar); noruda qurilish materiallari (sement va shisha sanoati xom ashyosi, marmar, granit, shifer slanetslar, tuf, bazalt, gillar); mineral suvlar (yer osti tuzli, chuchuk, minerallashgan, shu jumladan, balneologik va termal va boshqa suvlar). Baʼzi Mineral resurslar turlari bir nechta sanoat sohasida qoʻllanilishi mumkin. Jamiyatning ehtiyoji, texnika va tex-nologiyalarni rivojlanish darajasiga qarab Mineral resurslar tarkibi va miqdori oʻzgaruvchan boʻladi. Mineral resurslar miqdori aniqlangan va bashorat qilingan foydali kazilmalar zaxiralari bilan baholanadi. Oʻzbekiston Mineral resurslarga boy. Oltin va boshqa rangli va nodir metallar rudasi, neft va tabiiy gaz, kumir, marmar, granit, mineral suvlar va h.k. zaxiralarini sanoat miqyosida oʻzlashtirishi mamlakat ehtiyojini koʻp yillar mobaynida taʼminlaydi. Mineral resurslarning kayta tiklanmaslik xususiyati ulardan ratsi-onal foydalanishni, qazib olib kayta ishlash jarayonlarida nobudgarchilikni kamaytirishni taqozo etadi.[1]
Mineral xom ashyo resurslarini iqtisodiy baholash ulardan eng samarali foydalanish yo’nalishlarini hisobga olingan holda, ya’ni maksimal renta bo’yicha amalga oshiriladi. Turli resurslardan bir maqsadda foydalanishda ularni baholash asosiy mahsulotlarni ishlab chiqarishda resurslardan foydalanishning samaradorligi bo’yicha amalga oshiriladi. Masalan, yoqilg’ining turli xillari energiya va issiqlik ishlab chiqarish samaradorligi bo’yicha baholanadi, ya’ni resurslarni yoqishga ketadigan xarajatlarni hisobga olib shartli yoqilg’i bo’yicha hisoblanadi. Resurslardan substrat (asos) va yordamchi material sifatida foydalanilganda ularni asosiy mahsulotini ishlab chiqarish samaradorligiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatishi bo’yicha baholanadi.