O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 5,92 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü5,92 Kb.
#204553
annotatsiya


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI

MAGISTRLIK DISSERTATSIYA ANNOTATSIYASI


Mavzuning dolzarbligi. Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hozirgi davrning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Suv resurslarini tejash va muhofaza qilish ushbu muammoning yechimlaridan biridir. Hozirgi vaqtda dunyoda sanoat tarmoqlarining jadal rivojlanishi atrof-muhitga antropogen ta`sirning sezilarli darajada oshishiga olib kelmoqda. Aksariyat sanoat tarmoqlarining, jumladan, kimyo, neft-kimyo, to`qimachilik, oziq-ovqat va yengil sanoatning ishlashi zaharli gazlar, chiqindi suvlarning paydo bo`lishiga sabab bo`lmoqda. Suv tabiatda bo`ladigan asosiy jarayonlarda, shuningdek, inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoatda suv xomashyo va energiya manbayi, erituvchi, ekstragent, xomashyo va materiallarni tashuvchi vosita sifatida va boshqa qator ehtiyojlar uchun ishlatiladi.

Tadqiqotning obekti: Qoraqalpog`iston Respublikasi Ellikqal`a tumanidagi to`qimachilik korxonalaridan chiqayotgan suvlar.

Tadqiqot predemti: Karboksilamid guruhini tutgan polielektrolitlar bilan bentonitni modifikatsiyalash orqali organobentonit olish.

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Karboksilamid guruhini tutgan polielektrolitlar bilan bentonitni modifikatsiyalash orqali olingan organobentonitning xususiyatlarini o`rganish, suvni tozalash uchun foydalanish istiqbollarini asoslash.


Atrof-muhit, shu jumladan suv va suv havzalarini har xil ifloslikdan himoya qilish hozirgi vaqtda dunyoning eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Ekologiya muammolari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish O`zbekiston Respublikasida keying vaqtlarda global muammolar qatorida e`tiborga sazovor bo`lmoqda. Ko`pchilik ishlab chiqarish, kommunal xo`jaliklaridan va qishloq xo`jalik korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar tozalanmasdan yoki chala tozalanib ochiq havzalariga tashlanmoqda. Suv bilan bog`liq muammolarni bartaraf etish maqsadida hukumatimiz tomonidan ko`plab qaror va farmonlar, ular asosida foydali va samarali islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “2017-2021-yillarda ichimlik suvi ta`minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to`g`risida”gi PQ-2910-sonli qarorida “Qayd etib o`tilsinki, O`zbekistonda mustaqillik yillarida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlashni yaxshilash borasida kattagina ishlar amalga oshirildi. Ichimlik suvi ta`minoti tizimini rivojlantirish bo`yicha g`oyat muhim dasturlar va loyihalarni izchillik bilan ro`yobga chiqarish shahar va tumanlarda, shu jumladan, qishloq joylarda suv ta`minoti holatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi”

Yüklə 5,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin