O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mobil tizimlar fakulteti



Yüklə 215,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix29.07.2023
ölçüsü215,45 Kb.
#137930
  1   2
1-Amliy ish



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
MOBIL TIZIMLAR FAKULTETI 
052-20 GURUH TALABASI 
EGAMBERDIYEV AVAZBEK NING 
KOMPYUTER ARXITEKTURASI BAJARGAN
AMALIY ISHI 
 
Bajardi
A.EGAMBERDIYEV 
Tekshirdi
A.KARIMOV 
TOSHKENT-2023 


1-Amaliy ish 
(Kompyuterni tashkiliy qismlari, asosiy ko`rsatkichlari va 
xususiyatlarini o`rganish)
a)
 
Kompyuter turlari haqida ma`lumot 
b)
 
Kompyuterning ichki va tashqi qurilmalari haqida ma`lumot 
bering 
c)
 
Natija sifatida o`z xulosangizni bering 
 
 


a)
 
Kompyuter turlari haqida ma`lumot 
Kompyuter – inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda 
faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham 
amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. 
Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish 
lozimki, ko`pchilikning tushunchasida go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat 
shaxsiy kompyuter bor xolos.
Bunga albatta sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy 
kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi 
jihatidan ancha oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p masalalarni yechish 
uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter 
termini ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM 
(hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik 
uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz.
Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), 
raqamli – analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, 
bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa 
ko`rsatkichlari yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir 
rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo`llanilmoqda. 
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, 
ma’lumotlarning razrad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga 
bo`lish 
mumkin: 
- super kompyuterlar (Super Computer); 
- blok kompyuterlar (Manframe Computer); 
- mini kompyuterlar (Minicomputer); 
- shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer); 
- bloknot(noutbook) kompyuterlar. 
Super kompyuterlar (TOP 500 kompyuterlar)-juda katta tezlikni talab qiladigan 
va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Bunday masalalar 


sifatida ob-havoning global prognoziga oid masalalarni, uch o`lchovli fazoda turli 
oqimlarning kechishini o`rganish masalalari, global informatsion sistemalar va 
hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trillionlab amal bajaradi. 
Superkompyuterlar bahsida AQSH energetika vazirligining Sandia laboratoriyasida 
o`rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuter sistemasi karvonboshilik 
qilmoqda. Uning tezligi kompyuterlar tezligini o`lchovchi- Linpacr parallel testida 1 
TFLOPS (1 TFLOPS-1000 GFLOPS teng, 1GFLOPS esa 1000000 FLOPS, 1FLOPS-
sekundiga 1000 amalga teng). Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va eskirayotgan 
yadro qurollarini modellashtirishda qo`llaniladi. E’tiborlisi shuki, Tokio universiteti 
dunyoda to`rtinchi o`rinda turadigan, sekundiga 873GFLOPS amal bajaradigan, 128 
protsessorli SGI ASCI Blue kompyuteriga ega. Quyidagi jadvalda Top kompyuterlar 
haqida ma’lumot keltirilgan: 
Rey- Superkompyuter Ishlab chiqaruvchi Shirkat nomi Protsessor Moshnost 
ting rusumi mamlakat soni (GFLOPS) 
1 Intel ASCI Red AQSH Intel (AQSH) 9472 1338 
2 SGI ASCI Blue AQSH SGI (AQSH) 6144 634 
3 SGI T3E1200 AQSH SGI (AQSH) 1084 430 
4 Hitachi SR8000 Yaponiya Hitachi(Yaponiya) 128 368 
5 SGI T3E900 AQSH SGI (AQSH) 1324 264 
Shuni qayd qilish lozimki, superkompyuterlarning ma’lum yo`nalish 
masalalarini 
Shuni qayd qilish lozimki, superkompyuterlarning ma’lum yo`nalish masalalarini 
yechishga qaratilgan turlari ham mavjud. 
Blok kompyuterlar (Manframe Computer)-fan va texnikaning turli sohalariga 
oid masalalarni yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi 
superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog`ona past. Bularga misol sifatida 
AQShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, 
Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. 
Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan 
blok kompyuterlardan kamida bir poQona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti 


(hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari 
yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm 
Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar 
uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, 
Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo`la oladi. 
Shuni aytish joizki, minikompyuterlar o`zlarining “katta og`alari” Manframe 
kompyuterlarni imkoniyatlari darajasiga ko`tarilib bormoqda. Buning uchun tarixga 
nazar 
solish 
va 
hozirgi 
ularning 
taraqqiyotini 
kuzatish 
yetarli. 
Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o`quv yurtlarida keng 
tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir. 
IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab 
chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham programma ta’minoti mosligi, ya’ni bir-biriga 
to`g`ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan kichik (bir stol 
ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTIUM-3 MMX protsessori 
o`rnatilgan kompyuterlarida hozirgi kunda 750-1000 megagersni, xotira hajmi esa 64-128 
megabaytni tashkil qiladi. Bu ko`rsatgichlar o`ta tez o`zgarib, har ikki yilda kompyuterlar 
imkoniyati ikki baravar oshishi, ularning narxi esa shunchaga arzonlashishi tendensiyasi 
kuzatilmoqda. Bugungi kunda Pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida keng 
tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda. Bular 
IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Acer, 
Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. Shuni aytish joizki, yuqorida nomlari zikr 
etilgan firmalar ishlab chiqargan kompyuterlar (bradename) – “Oq yasalgan”, Janubiy-
Sharqiy mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa mamalakatlarda 
yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan kompyuterlar 
“Sariq yasalgan” nomga ega. Firma nomlari ko`rsatilmagan kompyuterlar esa “nomsiz 
kompyuterlar” (noname)deb yuritiladi. Ayniqsa, keyingi guruh kompyuterlarni sotib 
olishda ular yaxshi tekshiruvdan (testlar yordamida) o`tkazilishi lozim. Shaxsiy 
kompyuterlar uchun uning muhim ko`rsatkichi ishlash kafolatining (kamida uch yil) 
bo`lishi muhim. Shu bilan birga, bunday kompyuterlarni sotib olganda litsenzion 


programma ta’minoti va tegishli adabiyotlar bilan birga berilish imkoniyati mavjudligi 
nazarda tutilishi kerak. 
Noutbuk kompyuterlar. Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo`lib, 
ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko`tarilib 
bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan, ham ichiga 
o`rnatilgan batareyalarda uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlashi 
mumkinligidir. 
Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o`zi zarad ola boshlaydi va u batareya 
bir necha yillarga mo`ljallangan bo`ladi. Hozirda bunday noutbuklarni IBM, Compaq, 
Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday kompyuterlar 
o`z imkoniyatlari nuqtai nazaridan shaxsiy kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda 
tutilsa, uning narxi baland bo`lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli 
kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy 
kompyuterlar uchun yaratilgan operatsion sistemalar MS DOS, qobiq programmalar, 
Windows ning oxirgi versiyalarida va boshqa operatsion sistemalar boshqaruvida 
ishlaydi. 
Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho`ntak kompyuterlari ham ishlab 
chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, operatsion sistema boshqaruvida ishlaydi va ular turli 
soha masalalarini yechishga qodir. 
Ixtiyoriy kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo`lib ingliz olimi Charlz 
Bebich va uning g`oyasini mukammallashgan ko`rinishini Djon Fon Neyman taklif 
qilgan. Uning prinsipi programma asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket 
ishlash g`oyasidan iborat. Hozirda ko`p kompyuterlar shu g`oya asosida ishlaydi. Lekin 
keyingi paytlarda ko`p protsessorli kompyuterlar, ya’ni bir vaqtda programmaning 
bo`laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini 
eslatib o`tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan programma asosida 
ishlaydi.



Yüklə 215,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin