O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Fizika –matematika fakulteti
“Fizika” kafedrasi
5440100 - “Fizika” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun
Sharipova Vasila Ergashevnaning
“O’rta umumta’lim maktablarida mexanikaning dinamika
bo’limini o’qitish uslubiyoti
.
” mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
“Ish ko’rildi va himoyaga Ilmiy rahbar:_______
ruxsat berildi” “_____” __________2016 y.
Kafedra mudiri __ __t.f.n. B.E.Niyazxonova Taqrizchi: ______
“____” __________2016 y. “_____” ________2016 y.
“Himoya qilishga ruxsat berildi”
Fakultet dekani __________ prof. Sh.M. Mirzayev
“_______” ______________ 2016 y.
Buxoro-2016y.
2
Mundarija
Kirish ............................................................................................................ 3
1-Bob. Noan’anaviy darslarni tashkil etish ilmiy-pedagogik muammo
sifatida
1.1. Noan’anaviy darslarni tashkil etishning didaktik asoslari ...................... 7
1.2. Noan’anaviy darslar, ularning an’anaviy darslardan farqli jihatlari, ularni
tashkil etish tartibi ................................................................................................ 11
1- Bob bo’yicha xulosa ................................................................................ 23
2-bob. Noan’anaviy darslarni tashkil etishning amaliy ahamiyati
2.1. Fizikadan zakovat darslari ...................................................................... 27
2.2. Dinamikaning asosiy vazifasi ................................................................ 39
2.3. Dinamika mavzularini o’qitishda dars ishlanmalari................................ 42
2-Bob bo’yicha xulosa .................................................................................. 66
Xotima ........................................................................................................ 67
Foydalanilgan adabiyotlar ........................................................................ 68
3
K I R I SH
O’zbekiston Respublikasining Prezidentining “Malakali pedagog kadrlar
tayyorlash hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar
bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”
28 may 2012 yilgi qarorida Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning ilg’or
pedagogik va axborot-kommunikatsion texnalogiyalarni egallagan, kasbiy
tayyorgarlikka ega, zamonaviy fikrlovchi kadrlarni tanlash va ular bilan taminlash
tizimini tubdan yaxshilash, o’sib borayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan,
holda ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini ashirish tizimini yanada
takomillashtirish chora tadbirlari belgilangan unga ko’ra respublikamizda Kadrlar
tayyorlash milliy dasturiga muvofiq kasb- hunar kollejlari va akademik litseylar
uchun oliy ma’lumotli o’qituvchi kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimi vujudga
keltirilgan. Buning natijasida hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi 1537 ta o’rta
maxsus, kasb-hunar talim muassasalarida 214 ta talab etilayotgan yo’nalishlar va
mutaxassisliklar bo’yicha 115.8 ming nafar pedagog xodimlar kadrlar tayyorlashni
amalga oshirmoqdalar, ularning 90.6 foizi oliy malumotga ega, o’qituvchi
kadrlarning 70 foizdan ko’prog’i 40 yoshgacha bo’lgan yuqori malakali
mutaxassislardir. Shu bilan birga, maxsus komissiyalar tomonidan o’tkazilgan
tekshirishlar natijasida aniqlanishicha, kasb-hunar kollejlarida ham akademik
litseylarning rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlash tizimida, avvalambor,
ularning malakasi yetarli emasligi bilan bog’liq jiddiy kamchilik va nuqsonlar
mavjud. Kasb- hunar kollejlarni o’qituvchilari va ishlab chiqarish talimi ustalari
bilan taminlash ko’p jihatdan ularning tegishli bazaviy tayyorgarligini, pedagogik
va amaliy ish tajribasini mavjudligini hisobga olmasdan rasmiy ravishda amalga
oshirilmoqda. Natijada o’rta maxsus, kasb-hunar talimi tizimida o’quv jarayoni
tegishli darajada tashkil qilinmagan, mashg’ulotlar asosan ananaviy maktab ta’limi
uslubalariga tayangan holda o’tkazilmoqda. Zamonaviy ilg’or pedagogik va yangi
kompyuter, axborot-kommunikatsion texnalogiyalari, shu jumladan, Internet ta’lim
4
jarayonida sust joriy etilmoqda. Kasb-hunar kollejlarini xorijiy tillarda dars
beruvchi malakali mutaxassislar bilan taminlashga yetarlicha etibor berilmayapti.
Kasb- hunar kollejlari va akademik litseylarning rahbarlar tarkibini pedagogik ish
sohasida yetarlicha tajribaga ega bo’lgan mahorati yuqori mutaxassislar bilan
yanada mustahkamlash talab etiladi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining
rahbar hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida
tarkib topgan tizim zamon talablariga javob bermayapti .Ta’limni samarali tashkil
etish bu jarayonda talabalarning faolligini oshirish davr talabi hisoblanadi.
Zamonaviy pedagogika tajribalaridan ayonki, ta’limni tashkil etishning asosiy
shakli dars bo’lib, unda fan bo’yicha ma’lum bilimlarning asosiy mazmuni
tushuntiriladi. Bu esa talaba uchun muhim daqiqa albatta, lekin o’sha olingan
nazariy bilimlarni, ma’lumotlarni amalga tatbiq etilishida ta’limni tashkil etishning
qo’shimcha shakli hisoblangan noan’anaviy darslar talabalar bilimlarini ko’nikma
va malakaga aylantirishda muhim o’rin egallaydi.
Bu yo’nalishda vatanimiz va xorijiy davlatlar olimlari keng qamrovli ilmiy
tadqiqotlar olib borganlar. Tadqiqot muammosi sohsida xorijiy mamlakatlar olim-
laridan Yu.Babanskiy, A.Podlasiy, N.Lixachev, N.Slasteninlar, vatanimiz olim-
laridan Q.Abdukarimov, Q.Ibragimov, S.Nishonova, R.Safarova, O.Haydarova,
B.Raximov, P.Xolmatov, M Ochilovlar ilmiy izlanishlar olib borganlar.
Ushbu muammolarga yanada oydinlik kiritilishi Kadrlar tayyorlash milliy
dasturining ikkinchi bosqichini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zamin
yaratadi.
Mavzuning dolzarbligi: Milliy dasturni amalga oshirishning ikkinchi
bosqichida majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’limiga, shuningdek,
talabalarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab tabaqalashtirilgan ta’limga
o’tishni to’liq amalga oshirish vazifasi belgilab berilgan. Ta’lim muassasalarini
maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to’ldirib, ularning faoliyatida
raqobatga asoslangan muhit vujudga keltirish ko’zda tutilgan. Biroq ushbu
5
vazifalarni amalga oshirishning ilmiy-nazariy asoslari takomillashtirilishni talab
etmoqda.
Mazkur yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda umumiy o’rta ta’limda
noan’anaviy darslarni amalga oshirishning maxsus metodlarini ishlab chiqish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Amalga oshirilgan tadqiqotlarda o’rta maxsus ta’lim jarayonida talabalarni
noan’anaviy darslar vositasida kasbiy tayyorgarligini ilmiy asoslash muammosi o’z
yechimini yetarli darajada topmaganligini e’tiborga olib, biz BMI mavzusini
«O’rta umum ta’lim maktablarida mexanikaning dinamika bo’limini o’qitish
uslubiyoti.» deb tanladik.
BMI ishining maqsadi: O’rta umumta’lim maktablarida mexanikaning
dinamika bo’limini o’qitish uslubiyoti ishlab chiqish.
BMI ob’ekti: Fizikadan noan’anaviy darslarini tashkil etish jarayoni.
BMI predmeti: O’rta umumta’lim maktablarida fizikadan noan’anaviy
darslarni tashkil etish mazmuni.
BMIning vazifalari :1) Fizikadan noan’anaviy darslarni tashkil etish o’rni
va ahamiyati, ularni tashkil qilishning hozirgi ahvolini tahlil qilish.
2) Fizikadan noan’anaviy darslarni tashkil etish ishining mazmuni va
shakllariga qo’yiladigan zamonaviy talablarni belgilash.
3) Fizikadan noan’anaviy darslarni tashkil etish tadqiq etish.
BMI metodlari: ilmiy-nazariy, pedagogik-psixologik, metodik adabiyotlarni
o’rganish; Fizikadan noan’anaviy darslarni tashkil etishni takomillashtirishdagi
ilg’or tajribalarni o’rganish va umumlashtirish;
BMIning metodologik asoslari bo’lib, «Ta’lim to’g’risida» gi Qonun,
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining dasturiy hujjatlari; barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi
I.A.Karimovning metodologik ahamiyat kasb etuvchi asarlari; xalq pedagogikasi
an’analari va mezonlari ilmiy adabiyotlarda ifoda etilgan shaxsning kasbiy
shakllanish mezonlari va bilish nazariyasi; mustaqil O’zbekistonning ma’naviy-
6
ma’rifiy rivojlanish tamoyillari, O’zbekiston Respublikasining milliy mafkura
konstepstiyasi xizmat qildi.
BMIning ilmiy yangiligi.
1) Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar talablari
asosida O’rta umum ta’lim maktab o’quvchilarining noan’anaviy darslarni tashkil
etish o’rni va ahamiyati aniqlandi.
2) O’rta umum ta’lim maktab o’quvchilarining noan’anaviy darslarni tashkil
etish o’rni jarayoni bilan uyg’unligini ta’minlashning zamonaviy mexanizmi
ishlab chiqildi va asoslandi.
3) O’rta umum ta’lim maktab o’quvchilarining noan’anaviy darslarni tashkil
etish mazmunini tanlashning tashkiliy-pedagogik mezonlari ishlab chiqildi.
BMI ishining nazariy ahamiyati:
-O’rta umum ta’lim maktab o’quvchilarining noan’anaviy darslarni tashkil
etish o’rni, metodikasining ilmiy asoslanganligi;
-O’rta umum ta’lim maktab o’quvchilarining noan’anaviy darslarni tashkil
etish o’rni maqsad va vazifalari mazmun, metod, shakllari asoslab berilganligi;
BMI ishining amaliy ahamiyati:
-O’rta umum ta’lim maktab o’quvchilarining noan’anaviy darslarni tashkil
etish o’rni berilganligi;
-mazkur muammoni amalga oshirishga oid metodik tavsiyanoma
tayyorlanganligi va amalda qo’llanilganligi bilan belgilanadi.
Himoyaga quyidagi holatlar olib chiqiladi:
-O’rta umum ta’lim maktab o’quvchilarining noan’anaviy darslarni tashkil
etish mazmunini jarayoni bilan uyg’unligini ta’minlovchi mexanizmni asoslash;
BMI tuzilishi va hajmi. BMI: 68 betdan iborat bo’lib, kirish, ikki bob, har
bir bob yakunida xulosalar, yakuniy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxati hamda ilovadan tashkil topgan.
7
1-Bob. Noan’anaviy darslarni tashkil etish ilmiy-pedagogik muammo
sifatida.
1.1.Noan’anaviy darslar. Zamonaviy darsga qo’yilgan talablar.
Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyati ta’lim
mazmuni va shaklini takomillashtirishga qaratilgan. Fan-texnika taraqqiyoti,
jamiyatimizning demokratlashuvi, axborot miqyosining oshib borishi kabi omillar
bolaning shaxsiy xususiyatlariga, jumladan idrok eta olish, tasavvur va
tafakkurlash, aqliy qobiliyatining rivojlanishiga olib keldi. Bolaning olamini
bilishga bo’lgan ehtiyoji avvalgi yillarga nisbatan keskin oshganligi hech kimga sir
emas.
Zamonaviy ta’lim oldida turgan eng muhim vazifa talaba shaxsning ilm
olishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Biz kimni tarbiyalashimiz kerak?
- degan savol zamonaviy pedagogika, didaktika, fanlarni o’qitish metodikalarining
bosh masalasiga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti "Tarixiy xotirasiz -kelajak yo’q" nomli
asarida komil inson tushunchasiga aniq ta’rif keltirdilar. "Komil inson deganda biz,
eng avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, o’z xulq-atvori bilan
o’zgalarga ibrat bola oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz". Ta’lim
tizimi va maktab oldiga maqsad qilib, KOMIL INSON ni tarbiyalab voyaga
yetkazish qo’yildi.
Bu ezgu maqsadni bajarish eski an’anaga kirib qolgan ta’lim-tarbiyaviy
usullar vositasida emas, balki zamonaviy yangi dars hamda usullar vositasida
amalga oshirilishi shart.
Dars-ta’limning
asosiy shaklidir. Darsni mazmunan va shaklan
takomillashtirish bu didaktikaning bosh masalalaridan biri bo’lib kelgan.
Eng avvalo, "dars tipi" degan ibora ta’lim amaliyoti hamda umum ta’lim fanlari
o’qitish metodikasidan mustahkam o’rin olgan.
Dars - murakkab pedagogik jarayondir. Dars tiplari ta’lim metodlariga,
talabalar faoliyatini tashkil etishga, ta’lim mazmuniga qarab guruhlarga ajratiladi.
8
Eng keng tarqalgan va pedagogik faoliyatda mustahkam an’anaga aylangan
quyidagi dars tiplari mavjud:
1. Aralash dars;
2. Kirish darsi;
3. Yangi bilimlarni o’rganish darsi;
4. Ko’nikma va malakalarni rivojlantirish darsi;
5. Takrorlash darsi.
Bu an’anaviy dars tiplarining kamchiligi quyidagilar hisoblanadi:
- O’qituvchi darsni tashkil etadi, talaba unda passiv ishtirok etadi.
- Talabadagi ilmga bo’lgan intilish, mustaqil fikrini bayon etabilishi
chegaralangan.
- O’qituvchi hamda talabalarning faoliyati chegaralanib muayyan qolipga
solingan.
- "5"-balli baho tizimi talaba egallagan bilim, ko’nikma va malakalarining
sifatini yaqqol ko’rsata olmaydi.
- Darslarda o’qituvchi va ayniqsa talaba faoliyatidagi mavjud ijodkorlik
so’nadi.
Yuqoridagi kamchiliklar keyingi yillarda amaliyotda "noan’anaviy darslar"
degan iborani tez-tez qo’llanilishiga sabab bo’ldi.
Ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, ko’rinish va
mazmuni jihatdan eski tipdagi darslardan tubdan farq qiluvchi 50 ga yaqin
nomdagi yangi "noan’anaviy dars"lar maktab amaliyotida keng qo’llanilmoqda.
Noan’anaviy dars deganda, faqat uning nomiga qarab baholash yoki ularni alohida
dars tipiga kiritish yaramaydi. Bunday darslar mazmunan hamda tuzilishi jihatdan
obdon o’rganilib keyinchalik bir ilmiy xulosa yasalishi kerak. Eng asosiysi, bunday
darslar talabaning ilm olish imkoniyatlarini kengayishiga, ularning mustaqil
fikrlashiga, o’z nuqtai nazarini erkin bayon eta olishiga, darslik, qo’shimcha ta’lim
vositalaridan mustaqil bilim ola bilishiga, uning bilimi va iste’dodiga qarab
faoliyatini ob’ektiv baholanishiga asoslangan bo’lishi kerak.
9
Biz ushbu risolada mana shu noan’anaviy darslarni tashkil etish, ta’limning
interfaol usullari ularni qo’llash tartibi haqida o’z mulohazalarimiz bilan
o’rtoqlashmoqchimiz. O’ylaymizki, bugun maktabda faoliyat ko’rsatayotgan har
bir pedagog bu muammolariga befarq qarab turmaydi.
Zamonaviy darsga qo’yiladigan talab asosan jamiyatimizning ehtiyojlaridan
kelib chiqadi. Jamiyatning rivoji hayotning barcha jabhalariga shu jumladan, ta’lim
mazmuniga, dars tuzilishiga, qolaversa, insonning kundalik faoliyatiga albatta, o’z
ta’sirini o’tkazishi tabiiydir.
XX asrning oxiri XXI asr boshida jamiyatimizning mustaqillikka
erishganligi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlarning shakllanishi, milliy
istiqlol mafkurasining vujudga kelishi, o’z tilimiz, tariximiz va madaniyatimizdagi
tiklanish, axborotlar hajmining keskin ko’payishi, fan va texnika taraqqiyoti bu
ta’lim tizimini, uning asosiy xalqasi bo’lgan darsni mazmunan isloh qilishni taqozo
qiluvchi zaruriy omillardir. Keyingi yillarda metodik adabiyotlarda, "an’anaviy
dars", "noan’anaviy dars", "zamonaviy dars" degan iboralarni ko’plab uchratamiz.
Shu o’rinda "zamonaviy darsning o’zi nima? - degan savolga aniqlik kiritishimiz
zarur. Zamonaviy dars haqida ba’zi bir olim, metodist yoki oddiy o’qituvchilarning
fikrini keltirmoqchimiz.
M.A.Danilov, M.N.Skatkinlar "Zamonaviy dars - o’quv jarayonini
faollashtirishdir" deb hisoblashadi.
V.V. Davidov va D.B.Elkonin "Zamonaviy dars-nazariy tafakkurni
rivojlantirish" deydilar.
M.I.Maxmutov,
A.M.Matyushkin,
I.Ya.Lerner
"Zamonaviy
dars-bu
muammoli ta’limdir" deb hisoblaydi.
O’zbekistondagi pedagog, olimlar ham o’z tadqiqotlari davomida zamonaviy
dars muammolariga e’tiborni qaratib "zamonaviy dars-eng avvalo, talaba
shaxsining ta’lim olish ehtiyojlarini mustaqil tarzda qondirishga o’rgatuvchi
usullar majmui" deb ko’rsatishadi.
10
Mazkur fikrlar, darsdagi asosiy e’tiborni o’qituvchi faoliyatidan talabalar
faoliyatiga (ularning ta’lim olish jarayoniga) ko’chirish lozimligini ko’rsatib
turibdi.
O’qituvchi darsda o’zi "so’rab" o’zi "gapirib beruvchi" bo’lib qolmasligi
kerak, balki talabalarga yangi bilimlarni o’zlashtirishida yaqindan turib
ko’maklashuvi lozim.
O’qituvchi bilim olish yo’lini talabaga ko’rsatibgina qolmasdan, balki unga
erishishda talabaga hamkor bo’lishi zarur.
Zamonaviy darsga quyiladigan talablarni shartli ravishda 4 ga ajratish
mumkin.
1. Tarbiyaviy talablar.
2. Psixologik talablar.
3. Gigienik talablar.
4. Didaktik talablar.
Bu talablar o’zaro uzviy bog’liq bo’lib hisoblanadi. Biz bu talablarga
qisqacha ta’rif berib o’tish lozim deb hisoblaymiz.
Darsga qo’yiladigan tarbiyaviy talablar:
Talabalarda mustaqil fikr yuritishni eng yaxshi axloqiy sifatlarini, olgan
bilimini hayot bilan bog’lay olishni, Vatanni uning tarixi, madaniyati, urf-
odatlarini, eng asosiysi insonni hurmat qilishni, ilmiy dunyoqarashni, estetik didni,
kasb-hunarga qiziqishni, iqtisodiy, huquqiy, ekologik madaniyatni tarkib
topdirishni tarbiyalash kerak.
Darsga qo’yilgan gigienik talablar:
O’quv xonasidagi havo harorati, yorug’lik miqdori, uning tozaligi estetik did
bilan jihozlanishi, talabalarga beriladigan topshiriqlarning ular yoshiga mosligini
hisobga olish kabilarga rioya qilish shart.
Zamonaviy darsga qo’yilgan didaktik talablar
1. Darsning ta’limiy-tarbiyaviy maqsadini aniq belgilash.
2. Dars mavzusini qiziqarli, ilmiy faktlar bilan boyitish.
11
3.Dars mavzusining mohiyatini talabalarning o’zi mustaqil fikrlab o’zlashtirishiga
erishish.
4. Darsda barcha talabalarning faol ishtirokini ta’minlash.
5. O’quv materialini talabalar tomonidan sodda tarzda qabul qilishga, hayot bilan
chambarchas bog’lashga erishish.
6. Mavzu mazmuniga mos ta’lim metodlarini tanlash. Bu metodlar asosan
qisman izlanish hamda izlanish darajasida bo’lishi zarur.
7. Mavzu mazmuniga mos ta’lim vositalarini tanlash va ulardan ko’proq
talabalarning foydalanishiga erishish.
8. Talabalarni bilim manbalari bilan mustaqil ishlashga o’rgatib borish.
9. Talabalarni dars mazmuniga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasi, o’z tarixi,
tili, urf-odatlari hamda boy madaniyatimiz bilan faxrlanishga o’rgatish.
10. Dars mavzusini boshqa o’quv fanlari bilan bog’liqligini ta’minlash.
Talabalarda yaxlit ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
11. Dars mavzusini o’lkashunoslik tamoyiliga asoslanib o’rganish.
12. Talabalarda dars mavzusiga mos ravishda iqtisodiy, huquqiy, ekologik ,
kasbiy madaniyatini tarkib topdirish.
13. Darsda Davlat ta’lim standartlarida talabalarning bilim, ko’nikma va
malakalariga qo’yilgan talablarni to’liq bajarilishiga erishish.
14. Talabalar o’zlashtirilgan bilim sifatini xolisona baholanishiga erishish.
Darsga qo’yiladigan psixologik talablar:
Talabalarning individual - psixologik xususiyatlarini bilgan holda ularda
xotira, ongli idrok etishni, mustahkam irodani, tasavvur qila olishni, mavhum
hodisalarni tafakkurlay olishni, Talabalarda davlat ta’lim standartlari qo’ygan
talablarni ular yoshiga mosligini hisobga olishni ta’minlashdan iboratdir.
1.2.Noan’anaviy darslar, ularning an’anaviy darslardan farqli jihatlari,
ularni tashkil etish tartibi.
12
Yuqorida zamonaviy darsni tashkil etish bilan bog’liq talablar mazmunidan
shunday xulosa qilish mumkinki, maktab amaliyotida mustahkam o’rnashib qolgan
an’anaviy darslarda ushbu talablarni bajarish imkoniyati yo’q.
Demak, talabalarga bilim berishni maqsad qilib qo’ygan an’anaviy darslarni
mazmunan hamda shaklan o’zgartirish zarurati paydo bo’ldi. Noan’anaviy
darslarning asosiy maqsadi talabalarning mustaqil bilim olish mexanizmiga
asoslanganligidadir. Noan’anaviy darslarning an’anaviy darslardan farqli jihatlari
quyidagilarda deb hisoblaymiz.
-Noan’anaviy darsda tanlangan dars mavzusi bo’yicha talaba o’z nuqtai
nazarini bayon etadi, garchi xato bo’lsa ham talabaning fikri oxirigacha eshitiladi.
-Noan’anaviy darsda an’anaviy darsdagidek tashkiliy, o’tgan mavzuni
so’rash, yangi mavzu bayoni va darsni mustahkamlash singari bosqichlar
bo’lmaydi. Har bir darsning o’ziga xos qolipi bo’ladi.
-Noan’anaviy darsda aniq bir ta’limiy metod yoki usul hukmronlik qilmaydi.
Darsning borish jarayonida ta’limiy metodlar va usullar almashina boradi.
-Noan’anaviy darslarda standart didaktik ko’rgazmalar bilan birga, talabalar
kuchi bilan yaratilgan ko’rgazmalar ham qo’llaniladi
-Noan’anaviy darslarda talaba shaxsi birinchi o’rinda turadi. Shuning uchun
talabalar bilan yakkama-yakka ishlash bunday darslarning tashkiliy asosi bo’ladi.
-Mustaqil ishlar, model va maketlar, turli xil maqol, topishmoq, ko’rinishlari
noan’anaviy darslarning mazmunini tashkil etadi.
-Noan’anaviy darslarda birgina darslik emas, qo’shimcha badiiy, ilmiy,
atlas, matbuot va boshqa materiallaridan foydalaniladi.
-Noan’anaviy darslar talabalarning dars-mavzusini o’zlashtirib olish
imkoniyatini kengaytiradi.
Noan’anaviy dars turlari
1. Konferenstiya darsi.
2. Matbuot konferenstiyasi darsi.
3. Uchrashuv darsi.
13
4. Musobaqa darsi.
5. Estafeta darsi.
6. Simpozium darsi.
7. Seminar darsi.
8. Sinov darsi.
9. "Kim oshdi savdosi" darsi.
10. "Zakovat" darsi.
11. Ijodiy dars.
12. Sahnalashtirilgan dars.
13. Konstert darsi.
14. "Loto" darsi.
15. "Bayram" darsi.
16. Disput darsi.
17. O’zaro o’qitib o’rganish darsi.
18. Dala darslari.
19. "Ishchan o’yinlar"darsi.
20. Mushoira dars.
21. Ijodiy ishni himoya qilish darsi.
22. Debat darsi.
23. "Tayanch" signallarga asoslangan dars.
24. Sud darsi.
25. Xayoliy sayyohat darsi.
26. "Mo’jizalar maydoni" darsi.
Konferenstiya darsi
Bunday darslar ijtimoiy-gumanitar yo’nalishdagi hamda tabiiy yo’nalishdagi
fanlarni o’rganish jarayonida o’tkaziladi. Konferenstiya darslari insoniyat oldida
turgan global muammolar, jamiyatdagi o’zgarishlar, til muammolariga, shuningdek
huquqiy, iqtisodiy, ekologik muammolarga bag’ishlanishi mumkin. Bunday
darslarni bir o’quv yilida bir marotaba o’tkazish tavsiya etiladi. Konferenstiyaning
14
taklifnoma-dasturi, emblemasi shu mavzuga atab devoriy gazeta tayyorlanadi.
Muammo mavzusiga qarab konferenstiya ishtirokchilarning rollari taqsimlab
chiqiladi. Masalan: Olimlar, hukumat vakillari, Oliy majlis deputatlari, vazirliklar
va idora boshliqlari, mahalliy hokimiyat hamda fuqarolik kengashlari vakillari.
Konferenstiya darslari mavzusi 15 kun oldin e’lon qilinadi. Har bir talabaning
konferenstiyadagi
bosh
masala
yuzasidan
vazifalari
belgilab
beriladi.
Konferenstiya darsi quyidagi qismlardan tashkil topadi:
Yalpi
yigi’lish 20-25 minut davom etadi, talabalar 2-3 ta bo’lib 5
minutgacha shu mavzudagi ma’ruzalarni muhokama etadilar. So’ng konferensiya
ishtirokchilari muammolarga qarab bo’lingan sho’’ba yig’ilishlarida ishtirok
etadilar. Sho’’ba 3-5 kishilik kichik guruhlar bo’lib har bir sho’’ba yig’ilishi 30-40
minut davom etadi, so’ng sho’’ba raislari yig’ilib konferenstiyani yakunlaydilar.
Bunday darslar talabalarni mazkur muammo yuzasidan erkin fikrlashga o’rgatadi.
Uchrashuv darsi
Noan’anaviy darslar ichida uchrashuv tipidagi dars deyarli barcha o’quv
fanlaridan qo’llanilishi mumkin bo’lgan samarali dars hisoblanadi. Fizika,
geografiya, matematika, til, kimyo-biologiya, tarix va boshqa fanlar rivojiga hissa
qo’shgan buyuk alloma, shoir, yozuvchi yoki fan arboblari talaygina. Uchrashuv
darsining mohiyati shundaki, dars mavzusiga mos ravishda shu fanga hissa
qo’shgan olim yoki yozuvchi “obrazi"ga Talabalardan biri kirib, o’zining hayot
yo’li, ijodi va yaratgan asarlari haqida fikr yuritadi.
Uchrashuv darsining kirish qismida quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
1. O’qituvchining dars mavzusi, maqsadi, shiori va dars rejasi haqidagi
kirish so’zi.
2. Olim yoki shoirning eng yaxshi asarlari namoyishi.
3. (Shoir yoki olim "obrazi" dagi talabani guruhga taklif etib, kutib olish
Darsning asosiy qismi:
1. Shoir(olim)ning hayot yo’li va ijodi haqida ma’ruza.
2. Talabalarning "Qahramon" bilan savol-javoblari.
15
3. Shoir(olim) ijodidan namuna sifatida badiiy montaj.
Darsning yakuniy qismida:
1. Olim yoki shoir ishtirokida "sirli sandiq" o’yini (Sandiqda olim
hayoti va ijodi bilan bog’liq savollar bo’ladi).
2. Ilg’or talabalarni taqdirlash.
3. Shoir yoki olimning yakuniy so’zi.
Bunday darslarda dars qahramoni portreti asarlaridan namunalar, hayoti va
ijodi bilan bogliq krossvordlar, guldasta va boshqa mukofotlar bilan bezatiladi.
"Kim oshdi savdosi darsi"
Kim oshdi savdosi odatda, auktsion dars nomi bilan ham yuritiladi. Bunday
darslarni umumlashtiruvchi takrorlash darslarida qo’llash ancha samarali
hisoblanadi. Uni aniq va tabiiy fanlarda qo’llash mumkin. Bunday darslarni tashkil
etishda o’qituvchi va talabalar auktsion qonun-qoidalarini yaxshi o’zlashtirishlari
kerak. Bunday darslar quyidagi tartibda olib boriladi.
-Auksionga kirish, bilet olish uchun har bir talabaga shu o’quv fani bo’yicha
o’tgan mavzular yuzasidan avval 1 ta savol beriladi Aniq javob bo’lmasa,
qo’shimcha yana savol beriladi. So’ngra talabaga auksionga qatnashish huquqi
beriladi.
-Auksionni olib boruvchi sifatida a’lochi talabalardai biri tayinlanadi. U
gong va bolg’a bilan shu fanga zarur bo’lgan asboblar qo’yiladi. Masalan,
matematikadan - geometrik figuralar yoki ularga mos buyumlar qo’yiladi
(pechene, gugurt, piramida, konserva, koptok vah.k.) sotuvga qo’yiladi.
Auksionga o’xshab har bir predmet uchun 1 tadan 10 tagacha shu fanga doir
savolarga talaba javob berishi kerak. Masalan, lahza o’lchagich-8, ya’ni uni talaba
qo’lga kiritsh uchun 8 ta savolga javob topishi kerak. Agar boshqa ishtirokchi
lahza o’lchagich -10 desa, uning narxi oshgan bo’ladi. Auksion ishtirokchisi 3
gacha sanashda talabgor bo’lmasa u g’olib hisoblanadi.
Tanaffus e’lon qilinadi.
G’oliblar taqdirlanadi.
16
Matbuot konferensiyasi darsi
Matbuot konferensiyasi darsi. Darsda Prezidium 8-10 kishidan iborat bo’lib
"davlat rahbarlari", vazirlik va tashkilotlardan vakillar o’tirishadi. Xar bir vakilning
oldida uning lavozimi, vazifasi ko’rsatilgan taxtachalar qo’yiladi. Muhokama
etiladigan masala shior shaklida yoziladi.
Matbuot konferenstiyasi qatnashchilarining taxminiy rollar ro’yxati.
Mutaxassislar
Tashkilot, matbuot nomi
Olimlar:
Ilmiy
guruhlar,
ilmiy laboratoriyalar, ekspeditsiya
rahbarlari va a’zolari.
Fanlar
Akademiyasi
ilmiy
tadqiqot-
laboratoriyalar,
ekspedistiya
tabiatni
muqofaza qilish
O’zbekiston Fan va texnika
qo’mitasi a’zolari,
Muhim
proyektlar
bo’yicha
kengash
komiteti.
O’zbekiston Oliy Majlis deputati Energeya
zahiralaridan
foydalanish
komissiya
Viloyat tabiatni muhofaza qilish
komiteti raisi
Viloyat hokimligi
Xalqaro tashkilotlar ekspertlari
YuNESKO, YuNISEF, MSOP.
Energetikaga ma’sul xalqaro tashkilot
shtablari
Jurnal muxbirlari
"Fan va turmush", "Ekologiya va salomatlik”
Gazeta muxbirlari
"Turkiston", "Xalk so’zi", "Darakchi ',
"Tong yulduzi".
O’zbeknston radio va televidenie
muxbirlari
'Yoshlar",
"1-TU",
"Mash’al",
"Yoshlar ovozi", "Vodiy sadosi"
Kino operator, videomuxandis,
ovoz operatori, stenografist
Matbuot markazi
17
Qolgan talabalar mavzuga doir turli savollar bilan Prezidium a’zolariga
murojaat qiluvchi telekanallar, gazeta va jurnal redakstiyalarining muxbirlari rolida
ishtirok etadilar. 4 kishidan iborat "Matbuot markazi" vakillari Prezidiumga
tushgan savollarni qayd etib boradilar va yozma tushgan savollarni tegishli
mutaxassislarga yetkazib turishadi. Darsning borishi quyidagi tartibda amalga
oshadi. Tanlangan mavzu bo’yicha 10-15 minut asosiy ma’ruza qilinadi.
Jurnalistlar 30-35 minut davomida o’zlarini tanishtirib, ularni qiziqtirgan savollar
bilan murojaat qilishadi. Javoblar qisqa, aniq, lo’nda bo’lishi kerak. Darsning
so’nggida o’qituvchi 15 daqiqada xulosa qilib yakunlaydi.
Quyida biz "No’ananaviy energiya manbalaridn foydalanish dolzarb masala"
mavzusiga bag’ishlangan matbuot konferenstiyasi ishtirokchilari bo’lgan talabalar
o’rtasida "rollar taqsimotini" keltirmoqchimiz.
Sinov darslar:
Sinov darslari odatda bob yoki bo’lim yakunida, o’quv choragi yoki o’quv
yili yakunida barcha umumta’lim fanlaridan tashkil etib o’tkazilishi mumkin.
Bu darsning o’ziga xos xususiyati shundaki, u yangi pedagogik texnologiya
elementlariga asoslangan turli ko’rinishlarda tashkil etilishi mumkin. Uning
variantlarini tanlash har bir fan mutaxassisining mahoratiga, ilmiy salohiyati va
eng asosiysi, uning pedagogik tajribasiga bog’liq. Biz quyida hamma o’quv
fanlariga mos tushadigan sinov darsi variantini keltirmoqchimiz.
1. O’qituvchi va ikki talabadan iborat sinov komissiyasi tuziladi.
O’qituvchi komissiya raisi talabalar a’zo qilib tayinlanadilar.
2. Sinovning birinchi bosqichi og’zaki savol-javob bo’lib, 20-30 ta mavzuga
doir savollar Guruh doskasiga yozib qo’yiladi. Sinovga chaqirilgan har talaba
kamida 2 ta savolga javob berishi lozim. Undan o’tganlar sinovning ikkinchi
bosqichiga ishtirok etish huquqini qo’lga kiritadi.
3. Sinovning ikkinchi bosqichi o’tilgan bob yoki bo’lim mavzulari
asosida tuzilgan 15 ta savoldan iborat test sinovi bo’lib test topshiriq varaqalari
talabalar soniga mos ravishda 13 o’tkaziladi
18
4. Dars yakunida og’zaki savol-javoblar hamda test topshiriqlari yakuni
bo’yicha baholarni sinov komissiyasi e’lon qiladi.
Dostları ilə paylaş: |