O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti faoliyatining
17-18-asrlarda Astronomiyada tabiatshunoslik taraqqiyotiga kuchli taʼsir qilgan bir qancha kashfiyotlar qilindi. 1675-yilda O. K. Ryomer yorugʻlikning tarqalish tezligini Yupiter yoʻldoshlarining toʻsilishini kuzatishdan aniqladi. 1718-yilda E. Galley yulduzlarning xususiy harakatini topdi. 1725-28 yillarda J. Bradley yorugʻlik aberratsiyasini ochdi. 1755-yilda I. Kant „Tabiatning umumiy tarixi va osmon mexanikasi“ nomli asarida birinchi boʻlib tabiat evolyutsiyasini tushuntiruvchi gʻoyani muhokamaga tashladi. 1761-yilda M. Lomonosov Venera atm.sini kashf qilib, sayyoralarda ham gaz qobigʻi boʻlishi mumkinligini isbotladi. 1796-yilda P. Laplas bu gʻoyani matematik usulda asoslab berdi. 1871-yilda V. Gershel kuzatish yoʻli bilan yangi sayyora — Uranni topdi. Bundan tashqari, u Quyosh sistemasining yulduzlararo harakatini kashf qildi. 1835-38 yillarda V. Y. Struve va F. V. Bessel baʼzi yulduzlargacha boʻlgan masofalarni oʻlchadilar. 1801-yilda Italiyada D. Piatssi birinchi asteroid — Sererani kashf qildi Bu bilan kichik sayyoralarni ochish gadqiqotlari boshlab berildi.
BIOLOGIYA
Uygʻonish davridagi geografik kashfiyotlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga qiziqishning kuchayishi bir qancha mamlakatlarda botanika va hayvonot bogʻlarining tashkil etilishiga olib keladi. Bu davrda hayvonlar va oʻsimliklar toʻgʻrisida koʻplab asarlar paydo boʻladi. Ana shu davrda italiyalik botanik A. Chezalpino guli, urugʻi va mevasining tuzilishiga binoan oʻsimliklarni tasnif qilishga urinib koʻrdi, uning asarlarida metamorfoz, tartib va tur toʻgʻrisidagi ayrim tushunchalar ilk bor uchraydi. 16—17-asrlardahayvonlar toʻgʻrisida bir qancha ensiklopedik asarlar paydo boʻladi. Shveysariyalik olim K. Gesnerning 5 jildli „Hayvonlar tarixi“, italiyalik U. Aldrovandining 13 jildli monografiyasi, fransuz naturalisti G. Rondele va italyan Ch. Salvianining dengiz orti mamlakatlari hayvonlari toʻgʻrisidagi asarlari shular jumlasidandir.