Mustaqil ish mavzu: Buyuk geografik kashfiyotlar



Yüklə 53,47 Kb.
səhifə1/6
tarix06.05.2023
ölçüsü53,47 Kb.
#108477
  1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish mavzu Buyuk geografik kashfiyotlar


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI


TABIIY FANLAR VA IQTISODIYOT” KAFEDRASI
IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI” FANIDAN
MUSTAQIL ISH


MAVZU: Buyuk geografik kashfiyotlar


Topshirdi:921-20 guruh talabasi____________ M.Mamarasulov
Qabul qildi: ____________________________ S.A.Saitov
JIZZAX-2021


REJA
I KIRISH
II ASOSIY QISM
I BOB.Buyuk geografik kashfiyotlarning sabablari,Portugaliyaliklarning geografik kashfiyotlari va Amerikaning kashf etilishi
1.Buyuk geografik kashfiyotlarning sabablari
2.Bartolameo Diash va Vasko da Gamaning geografik kashfiyotlari
3.Xristofor Kolumbning Amerikani kashf qilishi
II BOB.F.Magellan va Dreykning dunyo sayohati,XVI asr 2-yarmi va XVII asr 1-yarmidagi geografik kashfiyotlar
4.F. Magellan va Dreykning dunyo bo'ylab sayohati
5.XVI asr 2-yarmi va XVII asr 1-yarmidagi geografik kashfiyotlar
III Xulosa
IV Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Kurs ishida yangi hududlarning kashf qilinishi Hindiston va Amerikaga olib boriladigan dengiz yo‘llarining jahonshumul tarixiy ahamiyatini ko‘rsatib berish, yerning shar shaklida ekanligining isbotlanishi, buyuk sayyohlarning faoliyatini yoritish orqali tarix darslarida ma‘naviy tarbiya ishlarini olib borishdan iboratdir.Bugungi kunda xalqaro maydonda turli shakllarda namoyon bo‘layotgan bunday maqsadlar mafkuraviy siyosat bilan qo‘shilib bormoqda. Jahon hamjamiyati xalqaro munosabatlar sohasida, demokratiya, o‘zaro hurmat va hamkorlik tamoyillarini qaror toptirishi uchun kurashmoqda.Bu o‘rinda Yevropaning bir qator mamlakatlarini XV-XVII asr o‘rtalaridgi buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik siyosatini eplash zarur.
Buyuk geografik kashfiyotlar-XV-XVII asr o‘rtalarida Yevropalik sayyohlar tomonidan qilingan yirik geografik kashfiyotlar uchun qabul qilingan shartli atama.XV asr ikkinchi yarmida O‘rta dengiz orqali bo‘ladigan savdo qattiq inqirozga uchradi. Sharq mollari arablar, vizantiyaliklar va boshqa xalqlarning qo‘lidan o‘tganligi tufayli ularning narxi benihoya oshib ketardi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi savdogalar juda uzoqdagi Sharq bozorlariga borishlari amrimohol edi. Yaqin Sharqning turklar tomonidan istilo qilinishi levant ahvolini yanada mushkullashtirdi.
Turklarning talonchiligi, dengiz qaroqchligi, savdo kemalaridan, karvonlar va bozorlardan juda ko‘p hilma - xil soliqlar olinishi tufayli O‘rta dengizning sharqiy qismi bilan savdo qilishi havfli, kam foyda keltiradigan bo‘lib qoldi va bu savo ahyon - ahyondagina bo‘lib turdi.Hindistonga olib boradigan, hali turklar bosib olmagan birdan - bir yo‘l – Misr orqali va Qizil dengiz orqali boradigan yo‘l qolgan edi xolos.Ammo bu yo‘l arablarning qo‘lida edi. G‘arbiy Yevropaning dengiz savdogarlari arablar bilan turklarga duch kelmasdan Hindistonga boradigan boshqa yo‘l topish ustida tobora ko‘proq bosh qotira boshadilar.Afsonaviy Hindistonni qidirib topishga yevropaliklarni yana boshqa bir sabab ham qiziqtirgan edi.Yevropa mamakatlarida tovar ishlab chiqarishining o‘sishi, tovarlarning yetishmasligi, hamda kumush, ziravolar va fil suyagi,
qimmat baho mo‘yna, morj tishini toppish maqsadida yangi yerlarni qidirish, Yevropadan Hindistonga va Sharqiy Osiyoga yangi savdo yo‘llarini ahtarish kabilar ekspeditsiyaga borishning umumiy sabablari bo‘lgan. Ispaniya va portug‘aliyalikar buyuk geografik kashfiyotlarning yo‘lchi yulduzlari bo‘ldilar.
Mavzuning mazmunini tashkil etgan G‘arbiy Yevropalik sayyohlardan Bartolomeo Diash, Xristofor Kolumb Vasko da Gama, Fernan Magellan va Frensis Dreyklarning faoliyati va ularning kashfiyotlari haqida so‘z boradi.Bu sayohatlarnng kashfiyotlari buyuk geografik kashfiyotlarning birinchi yuz yillik davrining muhim voqealari hisoblanadi. 1488 yil portug‘aliyalik dengizchilar Afrikani barcha g‘arbiy va janubiy sohillarini tekshirdilar. (Bartolome Diash va boshqalar) 1492 – 1494 yillarda Xristafor Kolumb Bagama orollarini, katta va kichik orollarni kashf qildi. 1497 – 1499- yillarda Vasko da Gama G‘arbiy Yevropadan Janubiy Afrika bo‘ylab Hindistonga uzliksiz dengiz yo‘nalishini ochdi. 1519–1522-yillarda Fernan Magellan va uning safdoshlari Amerikaning janubiy chekkasi bo‘ylab bo‘g‘oz orqali (keyinchalik Magellan bo‘g‘ozi deb ataldi) dunyo bo‘lab birinchi sayohat qildi. Frensis Dreyk – ingliz dengiz sayyohi, 1588 - yilda vitse - admiral, 1577 – 1580-yillarda Magellandan so‘ng ikkinchi bo‘lib dunyo bo‘ylab suzib chiqqan.

Yüklə 53,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin