5.XVI asrning 2-yarmi va XVII asrning 1-yarmidagi geografik kashfiyotlar XVI va XVII asrlarda geografik kashfiyotlar davom ettirilidi.XVI asrning 2-yarmida ispanlar noma'lum janubiy qit'ani qidirib topish maqsadida Tinch okeaniga bir necha marta ekspeditsiya yubordilar.Bu ekspeditsiyalar natijasida Janubiy Polineziyaning bir qismi bo'lgan Solomon orollari (1567),Markiz orollari (1595) hamda Avstraliyani Yangi Gvineyadan ajratib turuvchi Torres qo'ltig'i kashf qilindi(1605).Shundan keyin Tinch okeanining janubiy qismiga gollandiyaliklar katta-katta sayohatchilar guruhini yuborib turdi.1616-yilda golland Giautende Gorn Amerikaning eng janubiy qismini-uning nmi bilan atalgan-Gorn burnuni kashf qildi. XVII asrning 1-yarmida golland dengiz sayyohlarining o'zlari dastlab Yangi Gollandiya deb atalgan Avstraliya qirg'oqlarini kashf qildilar.Avstraliya qirg'qolarini tekshirishda va Avstraliyani alohida qit'a sifatida belgilashda golland Abel Tasman(1642-1644) sayohatlari katta ahamiyatga ega bo'ldi.Bu kishining nomi bilan Tasmaniya oroli deb ataladigan bo'ldi.Ingliz sayyohlari Avstraliyaga ancha keyin-faqat XVIII asrning 2-yarmida yetib bordilar(Kapitan Kukning 1769-1777-yillardagi sayohatlari).XVI-XVII asrlarda shimoliy yarim sharda ham yirik geografik kashfiyotlar amalga oshirildi.Ingliz dengiz sayyohi Martin Frobisher va Jon Devis Xitoyga boradigan shimoli-g'arbiy yo'lni qidirib,XVI asrning 70-va 80-yillarida Shimoliy Amerika qirg'oqlariga bir necha marta ekspeditsiyaga bordilar.Bu ekspeditsiyalar Grenlandiya bilan Amerika qit'asi orasidagi qo'ltiqni hamda Muz okeanida Amerikaning shimol tomondagi orollarning katta arxipelagini topdi.
XVII asrning boshlarida uchinchi bir ingliz dengiz sayyohi Genri Gudson(1550-1610) Shimoliy Amerikada tadqiqot ishlarini davom ettirdi.Gudson daryosi va Gudson qo'ltig'i shu kishining nomi bilan atalgan.Shimoli sharqiy tomonda golland dengizchilari XVI asrning oxirlarida yirik kashfiyotlar qildilar.Golland dengiz sayyohi Vilgelm Barens(1550-1597) uning nomiga qo'yilgan Barens dengizini tekshirdi.1594-1597-yillar davomida Barens Yangi Yerning sohillarida uch marta qishlab qoladi.Bu yerlarga u Xitoy va Hindistonga( shimoli-sharqiy tomondan) olib boradigan shimoliy dengiz yo'lini qidirib kelib qolgan edi. Oxirgi qishlov vaqtida u o'z xamrohlari bilan sovuqda qotib halok bo'ladi.Shimoliy Muz okeanini hamda Tinch okeanining shimoliy qismini tadqiq qilishga oid ruslarning gegrafik kashfiyotlari juda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ruslar birinchi bo'lib(gollandlardan ancha ilgari) Yangi Yerga hamda Shpitsbergen oroliga (Skandinaviya yarim orplining shimoliga) borib yetgan edilar. Ular Ob va Yenisey daryolarining quyiladigan joylarini tekshirdilar, Taymir yarim orolini aylanib o'tdilar.
XVI asrning oxirlaridayoq yangi yerlarni qidiruvchi rus sayyohlari Tinch okeanining sohillariga yetib borishgan,deb taxmin qilish mumkin.XVII asrning 30-yillarida Ivan Moskvitin boshchiligidagi krasnayarlik kazaklarning bir guruhi Lena daryosining so'l irmog'i-Aldan daryosi bo'ylab yurib bordilar,tog'lardan oshib o'tib Oxota dengiziga chiqdilar.40-yillarda Yangi yerlarni qidiruvchi sayyohlardan Poyarkov bilan Xabarov Quyi Amurni tekshirib,birinchi marta ana shu daryoning kartasini tuzdilar. 648-yilda sibirlik kazak Semyon Dejnev tomonidan (1605-16720 Uzoq sharqning eng chekkasidagi (uning nomiga qo'yilgan) burunning hamda Osiyo qit'asini Amerikadan ajratib turuvchi Bering qo'ltig'ining kashf qilinishi Uzoq sharqdagi eng yirik geografik kashfiyot bo'ldi. Rossiya harbiy xizmatining kapitani Bering bu qo'ltiqni yangidan tekshirib chiqishdan 80 yil ilgari Dejnev kashf qilgan edi.
Xulosa G‘arbiy Yevropalik sayyohlarni geografik kashfiyotlari jahon taraqqiyotiga benihoya katta ijobiy ta‘siri bo‘ldi. Kashfiyotlar jahon savdo yo‘llarini va markazlarini butunlay o’zgartirib yubordi. Masalan, Buyuk ipak yo‘lini oladigan bo‘lsak, kashfiyotlardan avval davlatlararo iqtisodiy aloqalar shu katta yo‘l orqali amalgam oshirildi. Endi savdo iqtisodiy aloqalar o‘rta dengizi bo‘ylab emas, balki dengiz yo‘llari orqali ‘tadigan bo‘ldi. Kashfiyotlarning yana bir ta‘siri Buyuk Ipak yo‘lini buzilishga ollib keldi.Ilgargi yevropa savdosida asosiy o‘rin tutgan o‘rta dengizi, geogrefik kashfiyotlardan so‘ng o‘z ahamiyatini ancha yo‘qotdi. Asosiy savdo yo‘llari Atlantika okeani va shimoliy dengizga ko‘chirildi. Ilgari Yevropadagi savdo- sotiq ishlari eng taraqqiy qilgan Italiya o‘rnini boshqa mamlakatlar Portugaliya, Niderlandiya va Angliya egalladi. Yangi ochilgan yerlar bilan savdo aloqalari jahon savdosini vijudga keltirdi. Gegrafik kashfiyotlar kashf etilgan ―Yangi dunyo‖ ―Eski dunyo‖ madaniy o‘choqlari orasida bevosita iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatishga imkoniyat berdi.Buyuk geografik kashfiyotlar Yevropaliklarning dunyo hokimiyatidagi tasavvurlarini kengaytirib, bilimlaini oshirdi. O‘zga qit‘alar va xalqlar to‘g‘risidagi ko‘lab afsonalar noo‘rin fikrlarni chilparchin qildi.Ilmiy bilimilarni rivojlantirish Yevropada sanoat va savdoni yuksaltirish, moliya sohasida bank va kredit ishlarida yangicha uslublar yaratilishiga imkon berdi. XV asr ikkinchi yarmida O‘rta dengiz orqali bo‘ladigan savdo qattiq inqirozga uchradi. Sharq mollari arablar, vizantiyaliklar va boshqa xalqlarning qo‘lidan o‘tganligi tufayli ularning narhi benihoya oshib ketardi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi savdogarlar juda uzoqdagi Sharq bozorlariga borishlari amrimohol edi. Yaqin Sharqning turklar tomonidan istilo qilinishi levant ahvolini yanada mushkullashtirdi. Turklarning talonchiligi, dengiz qaroqchligi, savdo kemalaridan, karvonlar va bozorlardan juda ko‘p hilma - xil soliqlar olinishi tufayli O‘rta dengizning sharqiy qismi bilan savdo qilishi xavfli, kam foyda keltiradigan bo‘lib qoldi va bu savo ahyon - ahyondagina bo‘lib turdi.
Hindistonga olib boradigan, hali turklar bosib olmagan birdan - bir yo‘l – Misr orqali va Qizil dengiz orqali boradigan yo‘l qolgan edi xolos. Ammo bu yo‘l arablarning qo‘lida edi. G‘arbiy Yevropanng dengizi va savdogarlari arablar bilan turklarga duch kelmasdan Hindistonga boradigan boshqa yo‘l topish ustida tobora ko‘proq bosh qotira boshadilar. Afsonaviy Hindistonni qidirib topishga yevropaliklarni yana boshqa bir sabab ham qiziqtirgan edi.Yevropa mamakatlarida tovar ishlab chiqarishining o‘sishi, tovarlarning yetishmasligi, hamda kumush, ziravolar va fil suyagi, qimmatbaho mo‘yna, morj tishini topish maqsadida yangi yerlarni qidirish, Yevropadan Hindistonga va Sharqiy Osiyoga yangi savdo yo‘llarini ahtarish kabilar ekspeditsiyaga borishning umumiy sabablari bo‘lgan.1519 - 1522 yillarda Fernan Magellan va uning safdoshlari Amerikaning janubiy chekkasi bo‘ylab bo‘g‘oz orqali (keyinchalik Magellan bo‘g‘ozi deb ataldi) dunyo bo‘lab birinchi sayohat qildi. Frensis Dreyk – ingliz dengiz sayyohi, 1 588 - yilda vitse - admiral, 1577 - 1580 yillarda Magellandan so‘ng ikkinchi bo‘lib dunyo bo‘ylab suzib chiqqan.Geografik kashfiyotlar va mustamlakalarni bosib olish Yevropa mamlakatlarida Tovar ishlab chiqarshni o‘sishiga yordam berdi.Lekin bu narsa Amerika, Osiyo va Afrika xalqlarining asrlar davomidagi qulligi, taqqirlanishi og‘ir mehnatlari evaziga bo‘ldi.Ular Yevropada yangi ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarni yaratilishiga xizmat qildi.