O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi angren universiteti



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix24.03.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#89477
2017 yilda O\'zbekiston Respublikasida har bir tuman va shaharlarda



МИНИСТЕРСТВО ВЫСШЕГО И СРЕДНЕГО ОБРАЗОВАНИЯ 
РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН 
 АНГРЕНСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ 
 
Отделение: ______________________________________ 
Предмет: ________________________________________ 
Предмет: ________________________________________ 
Группа: _______________________ 
Выполнил: ______________________ 
Принял(а): ___________________ 
САМОСТОЯТЕЛЬНАЯ 
РАБОТА 



Reja: 

Shavkat Mirziyoyev har bir tuman va 
shaharda Prezidentning Xalq qabulxonasini 
ochish to'g'risidagi farmonni 

2017- yil "Xalq bilan muloqot va inson 
manfaatlari yili" deb e'lon qilingani 

Mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov 
2017 yilda O'zbekiston Respublikasida har bir tuman va shaharlarda 
prezidentning xalq qabulxonasi ochilishi va uning ahamiyati. 





Shavkat Mirziyoyev har bir tuman va shaharda Prezidentning Xalq 
qabulxonasini ochish to'g'risidagi farmonni imzoladi. O'zbekiston 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni "Jismoniy va yuridik 
shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga 
doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmonni imzoladi. 

Farmonda qayd etilishicha, sentyabr so'ngida ochilgan bosh vazir virtual 
qabulxonasi qisqa davrdagi faoliyati davomida aholining eng dolzarb 
muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va 
boshqaruvi, xo'jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar 
bilan fuqarolar o'rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi. 

Tahlillar shuni ko'rsatdiki, murojaatlarning aksariyat qismi tadbirkorlik 
sub'ektlarining rivojlanishiga xalaqit berayotgan to'siq va g'ovlarni bartaraf 
etish, qonunchilikka zid bo'lgan idoraviy qarorlarni bekor qilish, ishga 
joylashish, sog'liqni saqlash, bank kreditlaridan erkin foydalanish, uy-joy-
kommunal va yo'l-transport xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari, 
mahalliy davlat hokimiyati organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va 
nazorat organlarining faoliyati yuzasidan kelib tushmoqda. 



Ayni paytda, farmonda keltirilishicha, virtual qabulxona faoliyati "davlat 
organlarining murojaatlar bilan bog'liq ishni tashkil etishda ularni ko'rib 
chiqish tartibi va muddatlariga, rasmiyatchilik, byurokratizm va sansalorlik 
holatlariga doir qator tizimli kamchiliklarni aniqladi". 

2017-yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e'lon qilingani 
munosabati bilan hamda aholining O'zbekiston Respublikasi Bosh 
vazirining virtual qabulxonasi ishi to'g'risidagi ko'plab ijobiy fikrlarini 
e'tiborga olib, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida "Xalq davlat 
idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" degan 
tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek jismoniy va yuridik 
shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini 
joriy 
etish 
maqsadida 
O'zbekiston 
Prezidenti 
devoni 
ishlar 
boshqarmasining 
Fuqarolar 
qabulxonasi 
negizida 
O'zbekiston 
Prezidentining 
Xalq 
qabulxonasi 
va 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etish ko'zda tutilgan. 
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, 
shuningdek har bir tuman va shaharda (tumanga bo'ysunuvchi 
shaharlardan tashqari) esa O'zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonalari 
faoliyat ko'rsatadi. 





Quyidagilar Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning asosiy 
vazifalari etib belgilandi: - aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotni 
tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari 
hamda qonuniy manfaatlarini to'laqonli himoya qilishga qaratilgan, 
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon — 
murojaatlar) bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali 
tizimi faoliyatini ta'minlash;

- fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy 
Majlisga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, 
Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza 
qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati 
organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga (bundan buyon — davlat 
organlari) va xo'jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid 
konstitutsiyaviy huquqlarining so'zsiz amalga oshirilishi uchun 
sharoitlar yaratish; 

- Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan 
murojaatlar "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 
to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga qat'iy amal qilgan 
holda, to'liq, xolis va o'z vaqtida ko'rib chiqilishini tashkil etish; 



- Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda 
tegishliligi bo'yicha davlat organlari va xo'jalik boshqaruvi organlariga 
yuborilgan murojaatlar ko'rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va 
nazoratni amalga oshirish; 

- jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat 
organlari va xo'jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari 
ishtirokida, shu jumladan videokonferensaloqa orqali o'tkazish; 

- Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan 
murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ko'rib 
chiqilishi ustidan nazorat qilinishi bo'yicha yagona elektron axborot 
tizimini joriy etish va yuritish yo'li bilan murojaatlar bilan ishlashda 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish. 

Farmonga ko'ra, Prezident devoni tarkibiy tuzilmasida Jismoniy va yuridik 
shaxslarning 
murojaatlari 
bilan 
ishlashni 
nazorat 
qilish 
va 
muvofiqlashtirish xizmati tuziladi. Xizmat zimmasiga quyidagi asosiy 
vazifalar yuklatildi: 





Davlat organlari va xo'jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va mansabdor 
shaxslari murojaatlar to'g'risidagi qonunchilik talablari va normalarini buzganliklari 
uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo'lgan javobgarlik xususida qat'iy 
ogohlantiriladi. 

Mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripovga bir oylik muddatda Xalq qabulxonalari va 
Virtual qabulxona faoliyatini samarali tashkil etish uchun barcha tashkiliy, 
moliyaviyva moddiy-texnik masalalar hal etilishini ta'minlash topshirildi. Mazkur 
Farmonning ijro etilishini nazorat qilish O'zbekiston bosh vaziri va Bosh prokuror 
Ixtiyor Abdullayev zimmasiga yuklatildi. 

Mamlakatimiz, xalqimiz hayotida har kuni yangidan-yangi o‗zgarishlar, 
yangilanishlar ro‗y bermoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 
hayotga tatbiq etilgan, yurtimizni har tomonlama rivojlantirish, xalq bilan ochiq-
oshkora muloqot qilishning yangicha tizimi – Xalq qabulxonalari instituti o‗tgan 
vaqt mobaynida bajarilgan ishlardan ko‗ra hali etilishi lozim bo‗lgan vazifalar 
yanada ko‗proq ekanligini namoyon etdi. Zotan, haqiqat bahslarda, oshkora 
muloqotlarda bo‗y ko‗rsatadi. Prezidentning joylarda Xalq qabulxonalari, virtual 
qabulxonasi tashkil etilganidan keyin xalqning real hayotidan xabardor bo‗lish, 
odamlarning ko‗p yillik muammolarini, talab va ehtiyojlarini yaqindan o‗rganish, 
ularni hatto joyida hal etish, zarur chora-tadbirlarni belgilab, ijtimoiy adolatni 
ta‘minlash imkoniyati paydo bo‗ldi. 



O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya 
qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat 
qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan mamlakatimizning barcha 
shahar hamda tumanlarida, chekka-chekka qishloqlarda, mahallalarda 
ommaviy qabullar, xalq bilan yuzma-yuz suhbatlar tashkil etildi. Qisqacha qilib 
aytganda, xalq ichiga kirib borildi. Odamlarning yuraklarida yig‗ilib qolgan 
dardlari, allaqachon hal qilinishi mumkin bo‗lgan-u, lekin to‗rachilik, 
o‗zibo‗larchilik, sansolarlik oqibatida yillar davomida yechilmay kelgan 
muammolar yuzaga chiqa boshladi. Eng muhimi, odamlar dardlarini aytishi, 
kattayu kichik idoralar rahbarlari bilan yuzma-yuz gaplashishi, muammolariga 
qisqa fursatda yechim topishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi. Nafaqat 
muammolar, ularning talab va takliflariga ham quloq tutildi, bu takliflar 
yig‗ilib, 
tegishli 
chora-tadbirlar 
ishlab 
chiqilishi 
yo‗lga 
qo‗yildi. 
Prezidentimizning ―Rahbarlar xalqning xizmatkori bo‗lishi zarur‖, ―Asosiy 
maqsadimiz – xalq roziligi, xalq bizdan rozi bo‗lsa, ishimizda unum va baraka 
bo‗ladi‖, degan qat‘iy talablari amalda o‗z ifodasini ko‗rsatdi. Bugungi kunda 
ana shu izlanishlar samarasi sifatida ko‗plab yangiliklar hayotga tatbiq 
etilmoqda. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin