O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə29/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Азизхўжаев А.А. Мустақиллик: курашлар, изтироблар, қувончлар. -Т.: ―Академия‖. 2001.

  • Левитин Л., Карлайл Д. Ислом Каримов янги Ўзбекистон Президенти. -Т.:

    ―Ўзбекистон‖. 1996.

    1. Қирғизбоев М. Фуқаролик жамияти: сиѐсий қарашлар, мафкуралар, маданиятлар. - Т.: ―Шарқ‖. 1998.



      1. О„zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi.




    О„zbekistonda Prezidentlik institutining joriy qilinishi va takomillashuvi. XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida sobiq Ittifoqda rо‗y bergan tanazzul О‗zbekistonda Prezident lavozimini ta‘sis etish zaruriyatini keltirib chiqardi.
    Prezident lavozimining joriy etilishi respublika mustaqilligi uchun kurash kuchaygan va milliy davlatchilik rivojida prinsip jihatdan yangi bosqichga о‗tilayotganligini anglatar edi.
    Shu bilan birga, respublikada prezidentlik instituti hokimiyat mexanizmining samaradorligini, mamlakatdagi barqarorlik, qonuniylik va huquq-tartibotning samaradorligini qat‘iyan oshirish vositasi bо‗lib xizmat qilishi lozim edi. Ayniqsa, О‗zbekiston kabi kо‗p millatli mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy holat og‗irlashib borayotgan bir davrda jamiyatni jipslashtirish yanada muhim edi. Bunday sharoitda siyosiy tizimning yangilanayotgan mexanizmi, avvalo, shunga kо‗maklashmog‗i, bu tizimning ishlarida ichki va tashqi siyosat, strategik yо‗nalishlar va ularni amalga oshirish sohasidagi amaliy ishlar mujassamlashib, yaxlit harakatga aylanishi lozim edi.
    Prezident о‗zining amaliy ishi bilan turli ijtimoiy-siyosiy harakatlar о‗rtasida ijtimoiy muloqotni rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, mamlakatda tinchlik va millatlararo totuvlikni ta‘minlashi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda – tabiiy ofatlarda, jamoat tartibi jiddiy buzilgan hollarda oliy vakolatlar sohibi bо‗lgan tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi arbob sifatida ish kurishi kerak edi. Ayni vaqtda Prezident lavozimi ta‘sis etilgan taqdirda ham Oliy Sovet davlat hokimiyatining oliy organi bо‗lib, u qonun chiqaruvchi, hukumat-ijrochi-boshqaruvchi organ bо‗lib qolaveradi. Prezident esa mazkur tizimda qonun chiqaruvchilik bilan ijrochilik faoliyatini о‗zaro bog‗laydigan mustahkam bо‗g‗in vazifasini bajaradi.
    1990 yilda mazkur lavozim ta‘sis etilayotgan vaqtda bu lavozimning joriy etilishi Ministrlar Sovetining vakolatini cheklashi mumkin, degan xavotir ham bо‗ldi. Biroq, hukumatning vakolatlari amalda о‗zgarmay qoldi. Shu munosabat bilan Ministrlar Soveti о‗z ishi tо‗g‗risida har yili Oliy Kengashga hisob beribgina qolmay, bu haqda Prezidentni muntazam xabardor qilib turishi belgilab qо‗yildi. Ayni paytda hukumat, vazirliklar va davlat qо‗mitalari qonunlar bilan bir qatorda о‗z faoliyatida Prezident farmonlariga amal qilishlari shart ekanligi mustahkamlandi. Prezident huzurida tashkil egilgan organ Prezident Kengashi davlat vakolatlari bilan ta‘minlandi.
    Davlat boshqaruvining mazkur zamonaviy va samarali shaklini yuzaga keltirishda xalqimizning davlatchilik sohasidagi kо‗p ming yillik tarixiy tajribalari, diyorimizning muayyan shart-sharoitlari, xalqning an‘analari va mentaliteti, о‗ziga xos xususiyatlari, shuningdek, hozirgi zamon ilg‗or davlatlarining tajriba va yutuqlari nazarda tutildi. Qayd etish joizki, bugungi kunda BMTga a‘zo bо‗lgan 193 ta davlatdan 143 tasida, ya‘ni qariyb 75 foizida Prezident lavozimi ta‘sis etilgan.
    Respublikamizda prezidentlik lavozimi murakkab vaziyatda ta‘sis etildi. Qayta qurish, oshkoralik vaziyatida xalq xо‗jaligini rivojlantirish, aholiga zarur turmush sharoitlarini yaratib berishda kо‗plab murakkab, hal qilinmagan muammolar borligi aniqlandi. Ayrim viloyatlarda ijtimoiy-siyosiy vaziyat izdan chiqqan, qonunni buzish hollari kо‗paygan edi. Xalq bunday noqonuniy xatti-harakatlarning zudlik bilan payini qirqishni talab qilayotgan edi. Bularning barchasi prezident lavozimini kechiktirmasdan joriy etishni talab qildi. О‗zbekiston SSRning bi- rinchi Prezidenti istisno tariqasida respublika Oliy Kengashining 1990 yil 24 martdagi sessiyasida saylandi. Islom Abdug‗aniyevich Karimov yashirin ovoz berish yо‗li bilan О‗zbekiston SSRning Prezidenti etib saylandi.
    L.Levitin va D.S.Karlaylning ―Islom Karimov – yangi О‗zbekiston Prezidenti‖ nomli kitobida shunday deyiladi: “1990 yilning mart oyida Islom Karimov о„sha paytdagi ittifoqdosh respublikalar rahbarlari orasida birinchi bо„lib Prezidentlikka saylandi. Moskva buni juda salbiy qabul qildi. Gorbachyov ochiqdan-ochiq g„azablandi. Boshqa respublikalar rahbarlari esa, Karimovning Prezidentlikka saylanganini qalban qо„llab-quvvatlasa-da, unga havas qilsa- da, televideniye va minbarlarda Gorbachyovning “16 prezidenti bor davlat qanday davlat bо„ladi”, degan sо„zlarini qaytarish bilan band bо„ldilar. (Bu Gorbachyovning navbatdagi mantiqiy fikri edi yangidan paydo bо„layotgan davlatlar ittifoqida 16 ta parlament raislari bо„lishi mumkin emishu, 16 ta Prezident bо„lishi mumkin emas emish). Karimovdan qutulish uchun tazyiqning barcha yо„llaridan foydalanib kо„rishdi. Gorbachyov uni о„taketgan amalparast deb aybladi. Bu vaqtda, men ishonamanki, Karimov haqoratlangan va xо„rlangan О„zbekistonning obrо„sini kо„tarish haqida о„ylardi. 1990 yilning 26 martida О„zbekiston Oliy Kengashi Prezidentlikni joriy etdi va meni shu lavozimga sayladi. Shundan sо„ng men Moskvaga
    SSSR Davlat Kengashi yig„ilishiga keldim. Gorbachyov meni О„zbekiston Prezidenti deya piching, haqoratomuz sо„zlar bilan kengash a‟zolariga tanishtirdi va tartibga solib qо„yishga va‟da berdi. Bu yerda u prezidentlikni bekor qilishni nazarda tutdi. Men unga shunday javob berdim: “Agar suhbat shunday davom etadigan bо„lsa, men Kengashni tashlab ketaman”. Sо„ng Moskva har qanday yо„l bilan bо„lsa ham meni olib tashlashga urindi, ammo hech narsaga erisha olmadi. Kuchlar endi boshqacha edi. Meni qо„llab-quvvatlagan xalq ham boshqacha fikrlay boshlagandi”. Bu kurashda Karimov о„zi va xalqi uchun hamma narsaga tayyor yо„lboshchi sifatida g„olib chiqdi” (Leonid Levitin., Donald S. Karlayl. Islom Karimov – yangi О„zbekiston Prezidenti. T.: О„zbekiston, 1996. 11 bet.).
    Mamlakatimizda prezidentlik institutining huquqiy asoslari shakllanishi va rivojlanishini ikki davrga ajratib о‗rganish maqsadga muvofiq.
    Davlat hokimiyatining muhim subyekti sifatida Prezident lavozimining joriy etilishi, uning davlat funksiyalaridan kelib chiqib о‗z vazifalariga ega bо‗lishi, davlat mexanizmida, xususan, hokimiyat tarmoqlari tizimida о‗z о‗rni va rolini topishi hamda faoliyat yuritishining huquqiy asoslarini shakllantirish bilan bog‗liq birinchi galdagi islohotlar va о‗zgarishlarni о‗z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1990-2000 yillar mamlakatimiz, xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan о‗tish davri, tom ma‘noda, tarixiy ahamiyatga ega bо‗lgan davr bо‗ldi.
    О‗zbekiston Respublikasining (keyingi о‗rinlarda О‗zR) ―О‗zR Prezidenti lavozimini ta‘sis etish hamda О‗zR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonuniga kо‗ra, О‗zRning Prezidenti lavozimi demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, siyosiy о‗zgarishlarni chuqurlashtirish, konstitutsion tuzumni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, О‗zR davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining о‗zaro aloqasini takomillashtirish maqsadida ta‘sis etildi. Qonunda fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishiga kafil bо‗lish, respublikaning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilish masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar kо‗rish, mamlakat ichkarisida va xalqaro tashkilotlarda respublika nomidan ish kо‗rish, Oliy Kengashga har yili respublikadagi holat hamda ichki va xalqaro hayotning eng muhim masalalari yuzasidan ma‘ruzalar gaqdim etish, ayrim shaxslarni lavozimga tayinlash va ozod qilish bо‗yicha vakolatlar, respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat
    ishlashini ta‘minlash, hukumatning qarorlari va farmoyishlari ijrosini tо‗xtatib qо‗yish, qonunlarni imzolash, faxriy unvonlar berish, faxriy yorliqlar bilan mukofotlash, respublika fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etish, sudlar tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etish va boshqalar Prezident vakolatlari sifatida qayd etildi.
    О‗zR.da prezidentlik institutining vujudga kelishi mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi.
    Xalqaro tajribadan ma‘lumki, jahonda prezidentlik institutining vujudga kelishi va rivojlanishining yagona, universal modeli, sxemasi mavjud emas. Hatto, eng yaxshi deb topilgan modelni kо‗chirgan davlatlarda ham aslidagidek samara bermasligi mumkin. Buni AQSH modelini olgan Lotin Amerikasi davlatlari misolida ham kо‗rsa bо‗ladi. Shuning uchun har bir mamlakatda prezidentlik institutining vujudga kelishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishiga bir qator omillar о‗z ta‘sirini о‗tkazadi. Ularni shartli ravishda obyektiv va subyektiv omillarga ajratish mumkin. Keng ma‘noda – ustuvor va asosiy obyektiv omillarga siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, tor ma‘noda subyektiv omillarga ijtimoiy, siyosiy, huquqiy ong, aholining siyosiy-huquqiy madaniyati kabilarni kiritish mumkin. Obyektiv omillarning negizini iqtisodiy va ijtimoiy masalalar tashkil etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda Prezident Islom Karimov tomonidan dunyoning biron-bir davlatida hali qо‗llanilmagan yо‗l tutildi. Ya‘ni, yurtimizda avval iqtisodni yaxshilab, mustahkamlab, sо‗ng ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohada demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda. Muayyan iqtisodiy yutuqlarga erishish yangi ijtimoiy-siyosiy, sotsial islohotlarni, demokratik yangilanishlarni joriy etishga sharoit yaratmoqda. Chunki iqtisodiy islohotlar fuqarolarning turmushi darajasini, farovonligini yaxshilaydi. Ayniqsa, fuqarolik jamiyatining yadrosi bо‗lgan xususiy mulk egalari safi va sifatining oshishi hayotga yangicha kо‗z bilan qarashga, mamlakat xayotini modernizatsiya qilishga imkon yaratadi.
    Islohotlarning dastlabki bosqichida asosiy vakolatlar davlatning, eng avvalo, ijro etuvchi hokimiyatning ixtiyorida bо‗lishini taqozo etdi. О‗zR.ning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bu haqda shunday degandi: “Ayni zamonda, agar kuchli ijrochilik hokimiyati bо„lmas ekan, eng odil va eng oqil qonunlar va qarorlar ham bajarilmay, shunchaki qog„ozda qolib ketishi mumkin. Bu hol qonunlarni joriy etishga, fuqarolar huquqlarini va erklarini muhofaza qilishga, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni о„tkazishga qodir prezidentlik hokimiyatini kuchaytirishni taqozo etadi” (Karimov I.A. О„zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: О„zbekiston, 1996. B. 15).
    Darhaqiqat, kuchli ijroiya hokimiyati bо‗lmasa, hatto eng demokratik yо‗l bilan qabul qilingan qarorlar xam bajarilmasdan qolib, targ‗ib, ijro intizomi susayishiga sabab bо‗lar edi. Bunday salbiy holatlarga yо‗l qо‗ymaslik, qonuniy qarorlarni hayotga joriy etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish vazifasi siyosiy va iqtisodiy islohotlar turmushga tatbiq etilishini ta‘minlaydigan prezidentlik hokimiyatini mustahkamlash va rivojlantirishni taqozo etdi. Kuchli prezidentlik hokimiyati qonunlarning aniq va og‗ishmay bajarilishining ishonchli garovi sifatida qabul qilindi.
    1990 yil 1 noyabrda qabul qilingan О‗zRning ―О‗zRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda О‗zR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga о‗zgartirish va qо‗shimchalar kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg‗un tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat‘iy farqlab qо‗yish, davlat organlari faoliyatida parallelchilik va bir-birining ishini takrorlashga, bir organning boshqa organlar vazifasini bajarishiga barham berish maqsadida hamda bozor munosabatlariga о‗tish sharoitida ijro hokimiyatini butun choralar bilan mustahkamlash, davlat, xо‗jalik va sotsial-madaniy qurilishning hamma jabhalarida intizom va tartib о‗rnatish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qо‗shib yuborildi. О‗zR Ministrlar Soveti О‗zR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi о‗rinlarda VM) aylantirildi. О‗zR Prezidenti ayni vaqtda VMning Raisi bо‗lishi, О‗zR Prezidentining va О‗zR Ministrlar Sovetining apparati О‗zR Prezidenti huzuridagi bitta apparatga birlashtirilishi belgilandi.
    Mazkur Qonun mamlakatimizda davlat boshqaruv shakli prezidentlik respublikasiga asoslanishini mustahkamlab qо‗ydi. О‗tish davrida davlat boshqaruvining prezidentlik respublikasi shaklining о‗rnatilishi О‗zRda olib borilgan barcha ijtimoiy sohalardagi izchil islohotlar muvaffaqiyatli kechishining garovi bо‗ldi. О‗tish davrida kuchli ijro hokimiyatiga asoslangan davlat boshqaruvi, bunda О‗zR Prezidentining davlat va ijro hokimiyati boshlig‗i sifatidagi о‗rni, Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi tamoyilining amalda bо‗lishi va bu tamoyil qonunlar ijrosining ta‘minlanishida tayanch bо‗ldi.
    Demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatining poydevorini barpo etish hamda davlatning bosh islohotchi bо‗lishi zarurati о‗tish davrida Prezident zimmasiga katta mas‘uliyat va strategik vazifalarni hal etishni yuklash barobarida uning yetarli vakolatlarga ega bо‗lishini ham taqozo etdi. Prezident davlat, ayni vaqtda, ijro etuvchi hokimiyat boshlig‗i sifatida islohotlarning tashabbuskori, yangilanish va о‗zgarishlar jarayonini harakatga keltiruvchi asosiy kuchga aylandi.
    Davlat va jamiyat hayotida prezidentlik institutining tutgan о‗rnidan kelib chiqib aytish mumkinki, yurtimizda О‗zR Prezidenti deganda, xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladigan, ichki va tashqi siyosatning asosiy yо‗nalishlarini ishlab chiqib, umummilliy va strategik vazifalarni belgilab, davlat va jamiyatni oliy maqsadlarga chorlaydigan, о‗z siymosida davlat va millatni birlashtiradigan, jipslashtiradigan, davlat hokimiyati organlari va odamlarni milliy g‗oya asosi bо‗lmish yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi sari safarbar qiladigan, ularning о‗zaro hamkorligini ta‘minlaydigan, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, О‗zRning Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishiga kafil bо‗ladigan, millat va davlatning tinchligi, osoyishtaligi, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etadigan shaxs gavdalanadi.
    Men davlat rahbari, Prezident deganda, faqat xorijiy о„lkalarga borib, u mamlakatlarning boshliqlari bilan uchrashib qо„l olishadigan kishini emas, balki о„z davlatining, о„z xalqining milliy manfaatlarini tо„la ifoda eta oladigan va qat‟iyat bilan himoya qila oladigan odamni tasavvur qilaman”, deganda Islom Karimov mutlaqo haq edi.
    Islom Karimovning fikricha, “Yurtboshi nihoyat darajada og„ir, murakkab va mas‟uliyatli bir vazifani о„z zimmasiga olib, unga ishonch bildirgan odamlarning umidini oqlash uchun bu balandparvoz gap bо„lib tuyulmasin shu oliy maqsad yо„lida о„z hayotini fido qilishga ham tayyor turishi zarur” (Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. 8-j. -T.: О„zbekiston, 2000. B. 127-128.).
    Yuqoridagi fikrlarga xulosa yasab shuni ta‘kidlash joizki, bu bosqich uchta muhim jarayon amalga oshgani bilan ahamiyatli. Birinchi jarayon – 1990 yil 24 martdagi prezidentlikning joriy etilishi, ikkinchisi esa 1991 yil 29 dekabrdagi muqobillik asosida о‗tgan saylovlar, uchinchisi – prezidentlik institutini ―legitimizatsiya‖si hamda prezidentlik institutining ―markazlashuvi‖ – kuchli ijro hokimiyati bilan uyg‗unlashgan holatidir.
    Ikkinchi bosqich (2001 va undan keyingi yillar). Demokratik huquqiy davlat qurish bо‗yicha muayyan tajriba orttirilganidan sо‗ng, fuqarolarning siyosiy, huquqiy ongi о‗sgani sayin kuchli prezidentlik hokimiyatining roli muvozanatlashib, kо‗p masalalar parlament va hukumat vakolatiga о‗tishi mazkur bosqichning о‗ziga xos xususiyatiga aylandi.
    Bu davrda milliy davlatchiligimiz va biz uchun yangi bо‗lgan erkin bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan va qaror topayotgan dastlabki yillarda Prezidentga berilgan huquq va vakolatlarning bir qismini hokimiyagning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tuzilmalariga о‗tkazish ishlari izchillik bilan olib borildi.
    О‗zR Prezidentining 2005 yil 4 fevraldagi ―О‗zR VMning qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, kо‗rib chiqish va imzolash tartibi tо‗g‗risida‖gi 2118-sonli farmoyishiga asosan О‗zR Prezidenti qaror va farmoyish qabul qiladigan eng muhim yо‗nalish va masalalarning rо‗yxati, asosiy qoidalari majburiy tartibda О‗zR Prezidenti bilan kelishiladigan VM qaror va farmoyishlari rо‗yxati, О‗zR Prezidenti bilan kelishib olishga taqdim etiladigan prinsipial parametrlar, muhim balanslar va sohalararo hisob-kitoblar rо‗yxati tasdiqlandi. Bu ham Prezidentning ayrim vakolatlari bosqichma-bosqich hukumatga о‗tayotganligi, mamlakat hayotida hukumatning roli va ta‘sirini kо‗tarish, vakolatlarni aniqlashtirish, hukumatda
    tashabbuskorlik va mas‘uliyatning yanada oshishiga xizmat qildi.
    Ikki palatali parlament shakllanishi bilan Prezident vakolatlarining katta qismi О‗zR O.M Senatiga о‗tkazildi.
    О‗tgan asrning 90-yillarida Prezident kо‗p vazifalarni, mas‘uliyat va javobgarlikni о‗ziga olishga majbur edi.
    Odamlarning siyosiy, huquqiy ongi va saviyasi qanchalik yuksalsa, demokratiya yо‗lida qancha kо‗p ijobiy о‗zgarishlarga erishsak, davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida erkinlashtirish jarayonlari ham shuncha tezlashadi. Shu asosda Prezident 90-yillardagi murakkab bir sharoitda о‗z zimmasiga olishga majbur bо‗lgan vakolatlarni tegishli tuzilmalarga berishi uchun imkon tugildi.
    2003 yil 25 aprelda О‗zR Prezidenti о‗z vakolatlarini, О‗zRning Konstitutsiyasiga muvofiq, samarali amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, Konstitutsiyaviy vakolat muddati tugab yoki sog‗ligi holatiga kо‗ra iste‘foga chiqqan О‗zR Prezidentiga zarur sharoitlar va kafolatlar yaratib berish maqsadida
    ―О‗zR Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari tо‗g‗risida‖gi Qonuni qabul qilindi.
    2005 yilda mamlakatimizda ikki palatali parlamentning ish boshlashi, shuningdek, Prezidentning Konstitutsiyaviy vazifalaridan avval VMning Raisi lavozimi, keyinchalik esa ijro hokimiyatining rahbari maqomi chiqarilganidan sо‗ng, Prezidentning huquqiy hujjatlarida ishlatib kelingan farmon va farmoyish sо‗zlari qatoriga, Prezident qarori amaliyoti ham qо‗shildi. О‗zR Prezidentining qarorlari, asosan, ijro hokimiyatining tashkiliy tuzilmasini, hukumatlararo xalqaro shartnomalarni, bir qator kadrlarni tasdiqlash, davlat mukofotlarini berish, harbiy xizmatga chaqirish vakolatlarini amalga oshirish uchun qabul qilina boshladi.
    2010 yil 12 noyabrda О‗zR OM (keyingi о‗rinlarda OM) Qonunchilik palatasi va Senatining qо‗shma majlisida О‗zR Prezidenti Islom Karimov ―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlangirish Konsepsiyasi‖ni bayon etib, bu bilan davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlanggirish bо‗yicha taklif etilgan tashabbuslari orqali prezidentlik institutining rivojlanishida muhim bosqich boshlanishiga zamin yaratdi, siyosiy tizimni modernizatsiya qilish jarayonida mamlakatimizni isloh etish va demokratlapggirishning yangi bosqichini boshlab berdi. Konsepsiyada mamlakatimiz aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining о‗sib borishi, jamiyatni demokratlanggirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yurtimizda kuppartiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi davlat hokimiyatining uchta subyekti, ya‘ni davlat boshligi bо‗lgan Prezident, qoggun chiqaruvchi va ijro eguvchi hokimiyatlar о‗rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirayotganligi ta‘kidlandi (Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-j. T.: О„zbekiston, 2011. B. 45-46.).
    Mazkur Konsepsiyadan kelib chiqib, 2011 yil 19 aprelda matbuotda e‘lon qilingan О‗zRning ―О‗zR Konstitutsiyasining ayrim moddalariga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritish tо‗g‗risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)‖gi Qonuni bilan Konstitutsiyaning О‗zR Prezidenti vakolatlariga bag‗ishlangan 93-moddasi 8, 15-bandlari, 98-moddasiga о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritildi, ya‘ni ―ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi‖ degan sо‗zlar chiqarildi, О‗zR Bosh vaziri vakolatiga viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlash hamda lavozimidan ozod etish uchun Prezidentga taqdim etish huquqi berildi, Prezident vakolatlaridan VM vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish huquqi chiqarildi, Konstitutsiyaning 96-moddasi yangi tahrirda ifodalanib, unga kо‗ra, mamlakatning amaldagi Prezidenti о‗z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha О‗zR OM Senati Raisining zimmasiga yuklatilishi belgilandi. Konstitutsiyaning 98-moddasiga kiritilgan qо‗shimchalarga binoan, Bosh vazir nomzodini taklif etishni yanada demokratik Konstitutsiyaviy tartibi joriy etildi. Ya‘ni, О‗zR Bosh vaziri nomzodi О‗zR OMning Qonunchilik palatasiga saylovda eng kо‗p deputatlik о‗rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng kо‗p deputatlik о‗rinlarini qо‗lga
    kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.
    О‗zR Konstitutsiyasi 89-moddasiga kо‗ra, ―О‗zRning Prezidenti davlat boshlig‗idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini taminlaydi‖. Bundan kelib chiqadiki, agar avval Prezident davlat va ijro hokimiyatining boshlig‗i vazifalarini qо‗shib olib borgan bо‗lsa, endilikda u hokimiyat tarmoqlarining о‗z funksiyasini bajarishi, о‗zaro hamkorlik qilishini tо‗laqonli ravishda nazorat qilish vakolatiga ega bо‗ldi. Bu esa Prezidengga davlat hokimiyatining barcha tarmoqlariga nisbatan tegishli muhim ta‘sir vositalari, tiyib turish mexanizmlariga ega bо‗lishni taqozo etadi. Ya‘ni, agar biron-bir hokimiyat tarmog‗i о‗z vazifasini bajarmasa yoki vakolatini suiiste‘mol qilsa, Prezident zudlik bilan bunday holatning oldini olish yoki bartaraf etish, tizimda uzilishlar bо‗lishiga yо‗l qо‗ymaslik chora-tadbirlarini kо‗radi.
    2011 yil 12 dekabrda О‗zRning ―О‗zR Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish tо‗g‗risida‖gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun О‗zR Prezidentining qonunchilik tashabbusi bilan qabul qilingan bо‗lib, unga kо‗ra, bugungi kundagi obyektiv voqelik, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mantig‗i va izchilligidan kelib chiqib, Prezidentning saylanish muddatini yetti yil о‗rniga besh yil qilib belgilandi.
    О‗zR OM, О‗zR Prezidenti, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylovga tayyorgarlik kо‗rish, О‗zR Konstitutsiyasining prinsiplari va talablariga sо‗zsiz rioya etilishini ta‘minlash maqsadida hamda xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga olgan holda, 2012 yil 9 aprelda ―Davlat hokimiyati vakillik organlariga va О‗zR Prezidentining navbatdagi saylovi tо‗g‗risida‖gi О‗zRning Konstitutsiyaviy qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunning 2-moddasiga asosan, О‗zR Prezidentining navbatdagi saylovi 2015 yilning birinchi yarmida О‗zR Markaziy saylov komissiyasi О‗zR OMning Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari bо‗yicha qaror chiqargan kundan e‘tiboran 90 kun о‗tgandan keyingi birinchi yakshanbada, ―О‗zR Prezidenti saylovi tо‗g‗risida‖gi Qonunga tо‗liq muvofiq holda о‗tkazilishi belgilab qо‗yildi. Ushbu Qonunda, shuningdek, О‗zR Prezidenti saylovi hamda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov muddatlari bir paytga tо‗g‗ri kelib qolgan taqdirda davlat hokimiyati vakillik organlarining vakolat muddati bir yilga uzaytirilishiga oid qoida chiqarib tashlanishi belgilandi (О„zR OM palatalarining Axborotnomasi. 2012. 4-son, 104- modda.).
    Yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, mamlakatimizda prezidentlik institutining vujudga kelishi va rivojlanishi mamlakatimizning davlat mustaqilligiga erishishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi; taraqqiyotning dunyoga mashhur ―о‗zbek modeli‖ning ishlab chiqilishi hamda u asosida mustaqil davlatning yangi davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq sohasi, ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-madaniy tizimi barpo qilinishiga sabab bо‗ldi; mamlakatning mustaqil ichki va tashqi siyosati shakllanishi, mudofaa va xavfsizlik tizimi, milliy armiyaning vujudga kelishiga asos solindi; iqtisodiyotning yuksak sur‘atlar bilan о‗sishi, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik hamda diniy bag‗rikenglik muhiti о‗rnatilishiga muhim poydevor yaratildi; davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini ta‘minlashning mustahkam tizimi yaratildi; fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, О‗zRning Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining uzluksiz hamda izchil mexanizmi yо‗lga qо‗yildi; davlat va jamiyat hayotida siyosiy-huquqiy bо‗shliqlar vujudga kelmasligining, shuningdek, islohotlarning о‗z vaqtida hamda tezkorlik bilan huquqiy asoslarini shakllantirish va samarasini ta‘minlash tizimi yaratildi.




    Yüklə 7,32 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   146




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin