O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimining lavozim yo‘riqnomasi



Yüklə 55,26 Kb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü55,26 Kb.
#195463
  1   2   3   4
4 Ijtimoiy xodim


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimining
LAVOZIM YO‘RIQNOMASI


1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim Yo‘riqnomasi (keyingi o‘rinlarda – Yo‘riqnoma) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) ning “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlar (keyingi o‘rinlarda – ijtimoiy xodim) ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarligini belgilab beradi.
2. Ijtimoiy xodim “Inson” markazi direktori (keyingi o‘rinlarda – direktor) buyrug‘i bilan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
3. Ijtimoiy xodim lavozimiga ijtimoiy sohada kamida o‘rta-maxsus yoki oliy ma’lumotli, kamida bir yillik ish stajiga ega, mamlakat ichki va tashqi siyosatida sodir bo‘layotgan yangiliklardan xabardor, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida tushunchaga ega hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana oladigan shaxs tayinlanadi.
4. Ijtimoiy xodim faoliyati vertikal boshqaruv tizimi asosida tegishli yo‘nalish bo‘yicha “Inson” markazi direktori tomonidan muvofiqlashtiriladi.
5. Ijtimoiy xodim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Agentlikning qarorlari, buyruq va farmoyishlariga, Agentlik nizomi, “Inson” markazi nizomi hamda ushbu lavozim yo‘riqnomasiga amal qiladi.


2-bob. Ijtimoiy xodimning asosiy vazifa va funksiyalari
6. Ijtimoiy xodim qo‘yidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
aholining ijtimoiy xizmat va yordamlar, shuningdek, ijtimoiy ish faoliyati haqida xabardorligini oshirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishni tashkil qilish;
kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda o‘z tashabbusi bilan “ijtimoiy ish”ni ochish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning murojaatiga asosan “ijtimoiy ish”ni ochish hamda individual ijtimoiy xizmatlar rejasini tuzish uchun dastlabki baholash o‘tkazish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga zarur hollarda qisqa muddatli individual ijtimoiy yordam rejasini tuzish;
aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlar to‘g‘risida, shuningdek, aholining mazkur xizmatlarni olishga bo‘lgan huquqlari bo‘yicha tushuntirish berish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va boshqalar bilan hamkorlikda muammolarni yechish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rish;
ichki resurslarni, shu jumladan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘ngillilarni (qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar, volontyorlar) ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishga jalb qilish hamda bu borada ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
oilalardagi haqiqiy holatni o‘rganish, jumladan aholining ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojini baholash.
7. Ijtimoiy xodim o‘ziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) aholining ijtimoiy xizmat va yordamlar, shuningdek, ijtimoiy ish faoliyati haqida xabardorligini oshirish sohasida:
aholini ijtimoiy himoya sohasida qabul qilingan dasturlarlar bo‘yicha axborot beradi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsga ijtimoiy himoya sohasidagi tashviqot materiallarini (flaerlar, varaqalar) mahallalarda tarqatadi;
hujjatli film va qisqa videoroliklar tayyorlashda ishtirok etadi;
fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qiladi;
huquqiy targ‘ibot bo‘yicha olib borilgan ishlarda ishtirok etadi;
jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar orasidan alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni aniqlash, ularning ota-onalariga mavjud ta’lim shakllari hamda Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning faoliyati yuzasidan axborot beradi;

Yüklə 55,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin