O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 3-Buxoro okrug komissiyasining Matbuot markazi to‘g‘risidagi nizom



Yüklə 19,91 Kb.
səhifə1/2
tarix24.04.2023
ölçüsü19,91 Kb.
#101942
  1   2
O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi


3-Buxoro okrug komissiyasining
2023 yil “27” martdagi 5-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi
3-Buxoro okrug komissiyasining
Matbuot markazi to‘g‘risidagi
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi
3-Buxoro okrug komissiyasining Matbuot markazi (bundan buyon matnda Matbuot markazi deb yuritiladi) faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini, vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Matbuot markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Saylov kodeksi, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 3-Buxoro okrug komissiyasining (bundan buyon matnda okrug komissiyasi deb yuritiladi) qarorlari, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Matbuot markazi o‘z faoliyatini qonuniylik, ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
4. Matbuot markazi yuridik shaxs hisoblanmaydi va O‘zbekiston Respublikasi referendumi davrida tashkil etiladi.
5. Matbuot markazi o‘z faoliyatini okrug saylov komissiyasi rahbarligida amalga oshiradi, uning faoliyati bevosita Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
6. Matbuot markazining joylashgan joyi: Buxoro shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 10-uy.

2-bob. Matbuot markazining vazifalari
7. Matbuot markazining vazifalari quyidagilardan iborat:
Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazi bilan hamkorlikda faoliyat olib borish;
Okrug saylov komissiyasi, uchastka komissiyalari a’zolari, shuningdek referendum sohasidagi ekspert va mutaxassislarning referendum qonunchiligi mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida chiqishlari rejasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash;
referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarni tezkorlik bilan xolis yoritishlari uchun akkreditatsiya qilingan ommaviy axborot vositalari (bundan buyon matnda OAV deb yuritiladi) vakillarini tegishli ma’lumot va axborot materiallari bilan ta’minlash;
Okrug saylov komissiyasining OAVda e’lon qilishga mo‘ljallangan bayonotlarini tayyorlash, okrug saylov komissiyasi rahbariyati hamda a’zolarining maqola, intervyulari matnlarini tayyorlashga ko‘maklashish;
referendumning asosiy bosqichlari, shu jumladan, referendumga tayyorgarlikning boshlanganligi, referendumga qo‘yilgan masalalarning e’lon qilinganligi, tashviqot tadbirlari boshlanganligi, referendum kuni ovoz berishning borishi hamda natijalariga bag‘ishlangan brifinglar, matbuot anjumanlarini tayyorlash va o‘tkazishni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning borishi haqida milliy va xorijiy OAVda e’lon qilinadigan axborotlarni muntazam ravishda o‘rganish, monitoringini yuritish, tahlil qilish va natijalarini tezkor ravishda okrug saylov komissiyasiga taqdim etish;
Okrug saylov komissiyasining rasmiy veb-saytini, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini muntazam ravishda zarur materiallar bilan ta’minlash maqsadida referendum davrida o‘tkaziladigan tadbirlar haqida aniq faktlarga asoslangan, xolis va to‘g‘ri axborot hamda xabarlarni sifatli tayyorlab, joylashtirish;
Matbuot markazi faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan bino, jihozlar, aloqa vositalari, kompyuter va boshqa texnik vositalardan maqsadli foydalanish, ularni saqlash va ehtiyot qilish;
Matbuot markazining hududlarda tashkil etiladigan bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish;
o‘z vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan okrug komissiyasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish uchun okrug saylov komissiyasiga taqdim etish.
8. Matbuot markazi zimmasiga amaldagi qonunchilikka va ushbu Nizomga zid bo‘lmagan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.


Yüklə 19,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin