Men, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining hisobchi-taftishchisi Qodir Salimovich Rahimov, Vazirlikning 2019-yil 12-sentyabrdagi 453-raqamli buyrug’I asosida ish ko’rgan holda kasalxonaning bosh hisobchisi Elvira Salimovna Ibodulina ishtirokida mazkur kasalxonaga qarashli va Hamida Karimovna Sobirova mas’ul bo’lgan yumshoq jihozlarni taftish qildim.
Tekshirishda quyidagilar aniqlandi: Barcha yumshoq mebil, shuningdek, jun yoping’ichlar, to’shaklar miqdori hisob ma’lumotlariga mos keladi.
Har biri 54 ming so’mlik 15 ta choyshab va har biri 36 ming so’mlik 30 ta yostiqjilt – hammasi bo’lib 1890000 so’mlik jihozlar yetishmasligi qayd etildi.
O’tkazilgan tekshirish asosida quyidagilar taklif etiladi:
Moddiy boyliklarni saqlash va hisobga olish ishiga loqayd munosabatda bo’lganligi moddiy jihatdan mas’ul shaxsga ko’rsatib o’tilsin.
Yetishmagan buyumlar qiymati H.K. Sobirovaning ish haqidan ushlab qolinsin.
Vazirlik hisobchi- taftishchisi: (imzo) Q. Rahimov Kasalxona bosh hisobchisi (imzo) E. Ibadulina Moddiy javobgar (imzo) H. Sobirova