O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari. (2 soat). Reja: 1.O`zbekistonda ta’lim tizimi tarixiga bir nazar.
2.O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta’lim tizimi.
3.O`zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning o`ziga xos xususiyatlari.
4.O`zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi islohatlari.
Tayanch so`zlar: Maktabgacha ta’lim va tarbiya, Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, Professional ta’lim, oliy ta’lim, Oliy ta’limdan keyingi ta’lim, Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, Maktabdan tashqari ta’lim, Maktabgacha ta’lim va tarbiya, Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, Professional ta’lim Oliy ta’lim
Ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo'lib, ta’lim turlariga ko'ra quyidagilardan iborat: maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; professional ta’lim; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta’lim. Maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; professional ta’lim; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta’lim; maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi "Ta’lim to‘g‘risida" gi Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega.
Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Oliy taʼlim muassasalari orasida mahalliy darajada eng yuqori baholanganlari Toshkent moliya instituti va Toshkent xalqaro Vestminster Universitetidir. Birinchisi Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan 1991-yilda tashkil etilgan. Keyinchalik 2002-yilda Vestminster universiteti (Buyuk Britaniya) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “UMID” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etildi. Hozirda bu universitetlar Oʻzbekistonda ham, Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham oʻz taʼlim sohasida eng yaxshi universitetlar sifatida eʼtirof etilgan.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi. Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiypedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.
qaratilgan.
Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi.
Nazorat savollari: 1.Ta’lim tizimi haqida ma’lumot bering?
2.O`zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning o`ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo`ladi?
3.Ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot bering? 4.Ta’lim olish shakllari qaysilar? 5.Ta’lim sifatini oshiruvchi omillar? 6.Ta’limni tashxis etuvchi me’yorlar?
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. "Ta’lim to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
2. „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-apreldagi 241-son qarori“. lex.uz. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.