O’zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi



Yüklə 12,68 Mb.
tarix20.11.2023
ölçüsü12,68 Mb.
#162115
Ona tili 3-sinfAtayeva


O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI










3-sinf


Mavzu:O`tilganlarni takrorlash.
Dars maqsadlari:

  1. Ta’limiy: Oo`tilgan mavzularni takrorlash va bilimlarni mustahkamlash.

  2. Tarbiyaviy: O`zaro hamkorlikda ishlash ruhida tarbiyalash.

  3. Rivojlantiruvchi: Matn ustida mustaqil ishlashga yo`llash.

  4. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetentsiyasi

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o’qiy olish, fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish

  1. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi

jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Nutqiy kompetentsiya (tinglab tushunish, so’zlash, o’qish, yozish):
nutqida ot, sifat, son, fe’l so’z turkumlaridan o’rinli foydalanib matn yoza oladi; 55-65 so’zli diktant yoza oladi; imlo va husnixat qoidalariga amal qila oladi, tabriknoma, qisqa xatlar yoza oladi.
Lingvistik kompetentsiya:
o’rganilgan ifoda vositalaridan nutqda o’rinli foydalana oladi
Dars jihozi:rasmlar, slaydlar,tarqatmalar, flipchatka qog`ozlar.
Dars turi:Aralash..
Dars metodlari:muzyorar, 4x2 metodi,kichik guruhlarda ishlash.


Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism.
1.Muzyorar metodi asosida “Mening ismim … va men eng yaxshi o`zlashtirgan mavzulardan biri…..
Masalan:Mening ismim Manzura men ehg yaxshi o`zlashtirgan mavzu:bosh bo`laklar.
2.Kirish suhbati.
-2010-yil qanday yil edi?
-Barkamol avlod yili.
-2011-yil-chi?
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
-2012-yil-chi?
-Mustahkam oila yili





3.Kichik guruhlarga birlashish. So`z turkumlari asosida



Har bir guruh o`z guruhi ta’rifini beradi.
Oltin qoidalar:

  1. O’zaro hurmat va ahillik

  2. O’zgalar fikrini tinglay bilish

  3. Faollik

  4. Vaqtga rioya qilish.

Darsimiz siori:


III.Uy vazifasini so`rab, baholash.
Daftarlar almashtiriladi.Rasm asosida “Bizning oila” mavzusida tuzilgan hikoya o`quvchilardan tanlab o`qitish asosida har bir guruhdan bir kishidan so`raladi.
Guruhlarga savollar:
1.Sifat yasovchi qo’shimchalarni ayting.
2.Ot yasovchi qo’shimchalarni ayting.
3.Son qnday so`roqlarga javob bo`ladi?
4.Fe’l so`z turkuniga ta’rif bering.
Husnixat shiori:
Chiroyli yoz, yozsang xat,
Chunki bu ham zo’r san`at.
Husnixat mashqi:
Mehnat baxt keltirar
III.Yangi mavzu bayoni.
4x1 metodi asosida misollar topish.
Har bir guruhga savol qo`yiladi.Har bir guruh 1 tadan javob yozadi va keyingi guruhga almashtiradi va shunga ko`ra o`z varag`lari qaytgach taqdimot qiladilar, qolgan variantlarni muhokama qilib qabul qiladilar.

Topshiriq yakunida darslikda berilgan ta’riflar bilan solishtirib, xulosalar chiqariladi.

358-mashq.Berigan shart asosida guruhlarning mustaqil ishlari musobaqa tarzida olib boriladi.



  • G`ayrat bahorda qirga chiqadi. Qirda u lola teradi.Yozda polizga boradi. Qovun-tarvuzlarni mashinaga ortishadi. Kuzda ishkomlardan uzum uzadi.

G`ayrat yozni foydali ish bilan o`tkazadi.
IV. Mustahkamlash.
1.”Kuzatuvchanlik sinovi” o`yini asosida.
Xo`rozga yashiringan sonlarni ketma-ketlikda toping.



3 59-mashq
Olmangiz, qolmangiz.
V. Dars yakuni.
Bo`lishli va bo`lishsiz fe’llarga oid 2 tadan gap tuzing.



Yüklə 12,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin