Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir maʼlumotlar



Yüklə 58,09 Kb.
səhifə1/5
tarix12.06.2023
ölçüsü58,09 Kb.
#128911
  1   2   3   4   5
31-hafta



Markazning 2023-yil 19-aprel
1/03-56-sonli xatiga ilova


Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir
MAʼLUMOTLAR

Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori


https://uza.uz/oz/posts/ijtimoiy-soha-obektlarining-isitish-tizimlarini-davlat-xususiy-sheriklik-asosida-modernizatsiya-qilish-togrisida_471837


Qishloq xoʻjaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori


https://uza.uz/oz/posts/qishloq-xojaligi-korxonalari-dala-chetlaridagi-yer-maydonlarida-mahsulot-yetishtirish-tizimini-takomillashtirish-chora-tadbirlari-togrisida_472595




Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar belgilandi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Mamlakatimizda 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar 19 milliondan ortiq yoki aholining 55 foizini tashkil qiladi. Mehnat bozoriga har yili 600 ming yoshlar kirib kelayotgan boʻlsa, kelgusi 10 yilda bu raqam 1 millionga yetadi.
Shu bois yoshlarga sifatli taʼlim berish, kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu ishlarni mahallada tashkil etish boʻyicha vertikal boshqaruv tizimi yaratildi. 9 ming 500 ta mahallaga fidoyi va tashabbuskor yoshlar yetakchilari tayinlandi. Bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyatlar yaratildi, ularni manzilli qoʻllab-quvvatlash yoʻlga qoʻyildi.
Misol uchun, oʻtgan yilning oʻzida yoshlar tadbirkorligi uchun 4 trillion soʻm kredit berilib, 150 mingta loyiha ishga tushirilgan, 325 mingta ish oʻrni yaratilgan.
43 ming gektar ekin maydoni ajratilib, 435 ming yoshlar bandligi taʼminlangan.
32 mingdan ziyod yoshlarga subsidiya orqali asbob-uskuna, mehnat qurollari va kompyuter olib berilgan.
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ham koʻp ishlar qilinmoqda. Jumladan, oʻtgan yili 130 ming talabaga 1 trillion 700 milliard soʻm taʼlim krediti berildi,
xotin-qizlarning magistraturada oʻqishi bepul boʻldi. 53 ming nafar ehtiyojmand talabaga kontrakt pullari, 15 mingdan ziyod yoshlarga harbiy xizmat va 13 ming nafariga chet tillari boʻyicha imtihon xarajatlari toʻlab berildi. 81 ming talabaga uy-joy ijarasi toʻlovi ajratildi. “Yoshlar daftari” orqali 300 ming yoshlarga qariyb
600 milliard soʻmlik yordam koʻrsatildi.
Lekin bu borada dolzarb masalalar hali ham koʻp. Bugungi kunda yurtimizda 722 ming nafar rasman ishsiz yoshlar bor.
Bu sohadagi ishlarni yanada aniq va manzilli tashkil etish maqsadida 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 9 million nafar oʻgʻil-qiz alohida eʼtiborga olindi. Bunda birinchi marta 25 ta vazirlik va idora maʼlumotlari oʻzaro uygʻunlashgan elektron bazaga jamlandi. Barcha yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari oʻrganilib, “mahalladan vazirlikkacha” tizimida ishlash choralari belgilab olingan.
Yigʻilishda, avvalo, ishsiz, norasmiy sektorda band boʻlgan va chet elga ishlagani ketgan yoshlar masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Davlatimiz rahbari bu borada koʻplab yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Xususan, yoshlar bandligini taʼminlash uchun, avvalo, ishga qabul qilish tizimini qayta koʻrib chiqish kerakligi taʼkidlandi.
Misol uchun, hozirda 103 mingdan ortiq tashkilotlarda 254 ming boʻsh ish oʻrni bor. Lekin, oʻtgan yili oliy taʼlimni bitirgan 6 mingdan ortiq, kollej va texnikumni tamomlagan 30 ming nafar yigit-qiz ish topa olmagan.
Shu bois endi har bir vazirlik oʻz tarmogʻidagi kasblarga malaka talabini oʻzi belgilaydi. Shuningdek, vazirliklar oliy va oʻrta maxsus taʼlimga buyurtma beribgina qolmay, ularning oʻquv dasturlarini birga ishlab chiqadi.
Maʼlumki, 2021-yilda 25 yoshgacha boʻlgan yoshlarni ishga olgan korxonalarga ijtimoiy soliqni qaytarib berish amaliyoti joriy qilingan edi. Oʻtgan davrda bundan
9 mingdan ziyod korxona foydalandi hamda 100 ming yoshlar bandligi taʼminlandi. Davlatimiz rahbari bu ijobiy tajriba muddatini yana ikki yilga uzaytirish boʻyicha koʻrsatma berdi.
“Yangi Oʻzbekiston yoshlari tashabbuslari” jamgʻarmasi va elektron platformasi tashkil qilinishi belgilandi. Jamgʻarmaga 100 million dollar yoʻnaltirilib, bu mablagʻlar iqtidorli yoshlarning eng yaxshi gʻoya, startap va loyihalariga qulay va yengil shartlarda, zarur boʻlsa foizsiz ajratiladi.
IT-parklar boʻyicha tajribadan kelib chiqib, hududlarda “Kreativ park”lar ham tashkil etiladi. Ularga IT-park rezidentlariga berilgan imtiyoz va yengilliklar qoʻllanadi.
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari ham koʻproq kasb oʻrgatishga, bandlikni taʼminlashga xizmat qilishi kerakligi taʼkidlandi. Shu bois endi bu jamgʻarma orqali turdosh xizmatlardan bir vaqtning oʻzida foydalanish imkoniyati yaratilishi belgilandi.
Davlat koʻmagiga muhtoj yoshlar har bir vazir va uning oʻrinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, rektorlar, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga nomma-nom biriktirildi. Ular oʻz himoyasidagi oʻgʻil-qizlarning kasb-hunar oʻrganishiga, kredit, subsidiya va kafillik olish orqali bandligiga koʻmaklashadi.
Yigʻilishda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.
Yaqinda 100 mingdan ortiq yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada ular mahallasida sport bilan shugʻullanishga sharoit hamda koʻngilochar maskanlar yetishmasligini bildirgan.
Shu bois, birinchi bosqichda viloyat markazlarida, keyinchalik tumanlarda kecha-yu kunduz ishlaydigan yoshlar sayilgohlari tashkil etish vazifasi qoʻyildi. Ularda sport, kibersport va intellektual oʻyinlar, kitobxonlik, karaoke uchun sharoitlar koʻzda tutiladi. Shuningdek, har bir tumanda “Yoshlar sayli” va ijod koʻchalari, oliy oʻquv yurtlarida sport ligalari, kovorking va teatr studiyalari tashkil qilinadi.
Bugungi kunda 1,5 million yoshlar boʻsh vaqtini chet tili oʻrganishga bagʻishlamoqda. Ularning bu intilishlari ragʻbatlantirilib, xususiy markazlarda til oʻrganish xarajatlariga subsidiyalar ajratiladi.
Maktablarda toʻgaraklarni jihozlash va murabbiylarni qoʻllab-quvvatlash, “Barkamol avlod” bolalar markazlari samaradorligini oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Yoshlar oʻrtasida “Kasb-hunar olimpiadalari” tashkil qilinishi aytildi.
bugungi globallashuv davrida yoshlar tarbiyasi va ongiga tahdidlar tobora kuchaymoqda. Maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy “Har bir millatning saodati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bogʻliqdir” deya taʼkidlagan.
Lekin maʼnaviy targʻibotning qamrovi va taʼsirchanligi pastligi, yoshlarning qiziqishlari inobatga olinmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Shu bois Maʼnaviyat va maʼrifat markazi faoliyatini takomillashtirish, yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilib, ularga sogʻlom fikr beradigan manbalarni koʻpaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Umuman, bu sohadagi davlat siyosatini samarali tashkil etishga qaratilgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari” dasturini ishlab chiqish, qonunchilikni oʻzgartirish vazifalari belgilandi.
Prezidentimiz yoshlar bilan ishlash barcha rahbarlarning, keng jamoatchilikning, butun jamiyatimizning eng ustuvor vazifasi ekanini taʼkidladi.



Yüklə 58,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin