O’zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiya (AKT) larini yanada rivojlantirish, har bir sohaga tatbiq qilish, mutaxassislarning kompyuter savodxonligini oshirish kabi masalalar davr talabiga muvofiq yechilmoqda.
Hozirgi paytda axborot kommunikatsiyasi rivojlanishining asosiy omillari EHM larning turli sohalarda tobora keng qo’llanib borayotganligidadadir. Kompyuter texnologiyalarining qo’llanish sohasining kengayishi, axborot texnologiyalarining yaratilishi jamiyat hayotining barcha sohalarida ya’ni ishlab chiqarishda, fanda, ta’limda, tibbiyotda va boshqa jabhalardagi rivojlanish ya’ni tezkor axborot almashinuviga, qisqa vaqtda axborotlarni qayta ishlash, o’z vaqtida manbaga uzatishga olib kelmoqda.
Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
Zamonaviy o’qituvchining jamiyatni axborotlashtirish sharoitida ishlashga tayyorligini belgilab beradigan quyidagi axborot-kommunikativ salohiyatlar muhim hisoblanadi:
Kasbiy vazifalarni informatikaning zamonaviy vositalari va metodlarini axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalangan holda bajara olish malakasi;
Kasbiy faoliyatda axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalanish borasida tayyorgarlik darajasini real aks ettiruvchi, shakllanib ulgurgan shaxsiy sifatlari;
Vaziyatni to’g`ri baholash va pedagogik faoliyatda axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalangan holda samarali qarorlar qabul qila oladigan predmet-maxsus bilimlarni tashkil etish imkoniyatiga ega bo’lish.
Yangi axborot muhitining an`anaviy muhitdan prinsipial farqi, uning o’ziga xos kichik texnologik tizimdan iboratligidadir. Zero, istalgan ta`lim muassasasi axborot-kommunikativ texnologiyalarining ta`lim jarayoniga integratsiyasi, ta`limning boshqa barcha didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, nazariy-metodologik jihatdan kichik tizimlardagi tub o’zgarishlar bilan kechadi.
Axborot ta`lim muhiti imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun pedagogning iste`molchi sifatida o’zi mo’ljaldagi texnik imkoniyatlarining to’liq to’plamini egallagan bo’lishi talab etiladi.
Jumladan, quyidagi slaydning mazmuniga e`tabor bering.
AKT dan ta`lim jarayonida foydalanish, ta`lim samaradorligini oshirish uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Jumladan, o’qitish jarayoni bilan AKT dan foydalanib o’qitish orasidagi farqni mazkur slayddan bilb olish qiyin emas.
Bunda nafaqat tinglash, o’qish balki o’quvchilar bir dars jarayonida mustqail ta`lim olish, olingan nazariy bilimni amalda kuzatish va mavzuni mazmunidagi yangilikni tadqiq qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Matematika darslarida AKT dan foydalanish uchun avvalo kompyuter
dasturlari va ulardan foydalanish yo’llarini bilib olish zarur. Bu esa kompyuter dasturlari nafaqat o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, balki kompyuterni qo’llash orqali ularning ijodiy ko’nikmalarini rivojlanishiga ham yordam beradi.
Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
Axborotlar va axborot texnologiyalari haqida umumiy ma`lumotlar.
Axborot – so’zi lotincha «informatio» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «tushuntirish, bayon etish» - degan ma’nolarni anglatadi.
Lotin tili - hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin kabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qad.
Ko’p hollarda «axborot» so’zi o’rnida «berilganlar» degan ancha farq qiluvchi so’zi ham ishlatiladi. Axborot – aniq va amalda ishlatiladigan xabardir. Berilgan(ma’lumot)lar esa, xabar va kuzatishlarni o’z ichiga oladi. Biror zaruriyat bo’yicha imkoniyat tug`ilganda, masalan, narsa to’g`risidagi bilimini oshirish paytida u axborotga aylanadi.
Umuman axborot – keng ma’noda: haqiqiy dunyoni aks etishi; tor ma’noda: saqlash, uzatish, o’zgartirish va boshqarish predmetidan iborat ixtiyoriy ma’lumotlardir.
Zamonaviy mazmunda – axborot – odamlar orasidagi, odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir.
Informatika – insoniyat faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog`liq bo’lgan jarayonlarning aloqadorliklarini o’z ichiga oladigan ko’nikma va vositalar tizimidir.
Axborot texnologiyalari – axborotni yig`ish, saqlash, uzatish, o’zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig`indisidan iborat.
O’qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda – faqat o’quv tarbiya jarayonga qo’llanishi mumkin bo’lgan eng yangi axborot texnologiyalarni tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |