O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MENEGMENT. MARKETING FANIDAN
Mavzu:Zamonaviy menejer turlari va unga qo’yilgan talablar
Mustaqil ishi
Reja:
Reja:
1 Menejer: tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari
2 Menejer va yetakchi
3. Menejerning uslubi va imidji
1 Menejer: tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari
1 Menejer: tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari
Menejer - bu boshqaruv faoliyati bilan shug'ullanuvchi va bozor sharoitlarida faoliyat yurituvchi tashkilot faoliyatining ma'lum turlari bo'yicha qarorlar qabul qilish vakolatlarga ega bo'lgan odamdir. Menejerlar tashkilotda har xil o'rinlarni egallaydilar (direktor, guruh rahbari, ishlarning ma'lum turlarining tashkilotchisi, boshliq, mudir va h.k.), judayam bir xil bo'lmagan masalalarni yechadilar, har xil vazifalarni bajaradilar.
Tashkilot menejersiz mavjud bo'lishi mumkin emas, chunki ular quyidagi vazifalarni bajaradilar:
tashkilotdagi alohida operatsiyalar o'rtasidagi aloqalarni o'rnatadilar;
tashkilot tomonidan o'zining asosiy belgilanishini bajarilishini ta'minlaydilar;
tashkilot yoki bo'linma jamoasiga rahbarlikni amalga oshiradilar;
obro'si, yuqori kasbiy mahorati va ijobiy hissiyotlaridan foydalangan holda qo'l ostidagilarni o'zining orqasidan olib borishga qodir yetakchi rolida bo'ladilar;
tashkilot faoliyatining strategiyasini ishlab chiqadilar;
tashkilot faoliyatining natijalari uchun javobgarlikka ega bo'ladilar;
tashkilotga tegishli bo'lgan shaxslar yoki idoralarning mafaatlarini ta'minlaydilar;
tashkilotning tashqi muhit (hokimiyat, sheriklar va h.k.) bilan aloqasi bo'yicha asosiy bo'g'in rolini bajaradilar;
jamoani tashkil qiladilar va uni rivojlanishini kerakli yo'lga yo'naltiradilar, yuqori ahloqiy sifatlarga ega bo'lgan holda, jamoa a' zolarini tarbiyalaydilar;
hozirgi sharoitlardagi fanning rolini tushunuvchi, u yoki bu kashfiyot yoki "nou-xau" ni baholashni biluvchi va ularning darhol ishlab chiqarish (tijorat)ga tadbiq etuvchi innovator rolida bo'ladilar;
G'arbiy korxonalarda yana quyidagilar ajratiladi:
"top management" - ya'ni boshqaruvning yuqori bo'g'ini (bosh direktor va boshqaruvning boshqa a'zolari);
"middle management" - boshqaruvning o'rtacha bo'g'ini (boshqarmalar va mustaqil bo'limlar rahbarlari);
"tower management"-boshqaruvning quyi bo'g'inlari (bo'linmalar va ularga o'xshash boshqa bo'limlar rahbarlari).