O’zbekistonda chegaralangan holda tarqalgan begona o’tlarga qarshi uyg’unlashgan kurash choralari
Reja:
Ambroziya burganbargi –astralarga qarshi uyg’unlashgan kurash choralari.
Zarpechakka qarshi uyg’unlashgan kurash choralari.
Kakraga qarshi uyg’unlashgan kurash choralari.
Ambroziya burganbargi -astralar qarshi uyg’unlashgan kurash choralari. Ambroziya tashqi ko’rinishdan oddiy shuvoqni eslatadi. Uning bo’yi 10 sm dan 2,5 m gacha boradi. Shoxlari turli burchakli shoxlanadi ildizi kuchli shoxlangan o’q ildiz, er ostiga 4 m gacha kirishi mumkin. Barglari bandli, patsimon. U bir uyli o’simlik. Erkak gullari beshtishli, sariq rangli, 5-25 ta guldan savatchaga yig’ilgan, tepa shoxda boshoq ko’rinishida bo’ladi. Onalik gullari barg ko’ltig’ida yoki otalik gullari asosida 2-3 tasi bir joyda bo’lib joylashadi. Urug’lari yolg’on meva, asosiy ponasimon siqilgan 5-10 ta kichik va bitta katta tikanlidir. Mevasining uzunligi 2,2-5,1 mm, eni 1,5-2,5 mm.
Ambroziyaning gullashi va meva tugishi iyuldan avgo’stgacha cho’ziladi, urug’lari avgo’st va sentyabrda xosil bo’ladi. Ambroziya burganbargining vatani — Shimoliy Amerikadir. U ko’pgina mamlakatlarda Evropada, Osiyoda, Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerikada va Avstraliyada keng tarqalgan.
Ambroziya burganbargi ekish materialidagi urug’lar, chiqindilar, xashak bilan va transport vositasida tarqaladi. Bu begona o’tning meva va urug’lari karantin nazoratida urug’ va donlarda ko’p uchraydi.
Ambroziya burganbargi bir yillik begona o’t. Urug’i bilan ko’payadi, ya`ni qaysiki juda ko’p urug’ xosil kiladi. Bitta O’simlikda 30-80 ming gacha urug’ xrsil buladi. Tuprokda unuvchanligi 5 yilgacha va undan xam kuprok vakt saklaydi. unuvchanlik xususiyati nafakat urug’ida, balki butun ko’k massasida xam namoyon bo’ladi.
Ambroziya yorurlik va issiklikni sevuvchi o’simlikdir. Vegetaciya davri 80-150 kun. U bir necha o’rimdan keyin xam o’saveradi. Ambroziya butun dala ekinlarini ayniksa kator oralari ishlov beriladigan o’simliklar yana shunday tomorqa, bog’larni, uzumzorlarni, o’tloq va yaylovlarni iloslaydi.
Ambroziya temir yo’l, asfalьt va yul yocalarida, daryo va xovuz bo’ylarida va kuchalarda axrli yashaydigan joylarda juda mo’l bo’ladi.
Ambroziyaning zarari judayam katta. Er usti massasi va ildiz sistemasi judayam kuchli rivojlanadi va o’simlikni kuchsizlantiradi. Ambroziyadan don va qator oralari ishlov beriladigan ekinlar ayniksa zararlanadi. Yaylov va utloklarda don, dukkakli utlarni sikib chikaradi va xashakni emlik sifatini yo’qotadi. Chorva mollari uni emaydi. Uning bargida 0,15 % gacha achchiq efir moyi bor. Ambroziyaning gul changi pichan isitmasi kasalligiga sabab bo’ladi.
Ambroziya aniqlangan tuman va xo’jaliklarni karantin qilib qo’yish kerak. Ekish materiallarini tashkariga chiqishini ta`qiqlab qo’yish kerak.
To’g’ri almashlab ekishni yo’lga qo’yish, tuproqqa ishlov berish, ekish uchun urug’larni saralash, tuprokda begona ut urug’larini kamaytirish kerak.
Agar tuprokda turri ishlov berilsa uning ifloslanish darajasi 70-80 % ga kamayadi.
Agarda toza shudgorlashda ambroziya ifloslanishini yo’qotishni iloji bo’lmasa, bunday xolda kuzgi donni 2-3 yil almashmasdan ekish kerak. Kuzgi don ambroziya ommaviy o’sgan paytda zich o’sgan yoppasiga katlam xrsil kiladi va begona o’t bug’doy o’rib olingungacha pastki yaro’sda kolib ketadi va xalok bo’ladi. Donni yig’ib olgandan keyin er 8-10 sm chukurlikda xaydalishi kerak kuzgi shudgor pluglar bilan 25-30 sm chukurlikda shudgorlanadi. Ekishdan oldingi boronali kulьtivaciya qator oralariga ishlov beriladigan ekinlarda yaxshi natijalar beradi.
Ambroziya burganbargi urug’ining yagona zararkunandasi olachipor kanotli pashsha. Uni lichinkasi tup meva ichida yashab urug’larni kemiradi; Ularning ko’ng’iz va lichinkalari etuk gullar bilan oziklanadi. Ulardan tashkari shish xosil kiluvchilar va boshkalar kiradi. Zigogramma esa uni barglarini eydi.
Aktrila M ning 52 % li suvli eritmasi (1-3,5 l/ga) ishlab chikarish amaliyotida ko’llaniladi. Makkajuxori ekinida 50 % li atrazin tuprokda ekishgacha purkaladi 3-8 kg/ ga.