O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
14-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.12.2022
BOLALARNING MUSTAQIL HARAKAT FAOLIYATI
Xayitboyev Nabijon Sheralievich
ADU, maktabgacha talim kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida, oilada jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari ularni sog‘lom va
baquvvat qilib o‘stirish masalalari to‘g‘risida malumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: bolalar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, oilada jismoniy
tarbiyalash, bolalarning sog‘lomlashtirish vazifalari, jismoniy tarbiya.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, oilada
jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari ularni sog‘lom va baquvvat qilib o‘stirish,
ular organizmini chiniqtirish, ta’lim va tarbiyani to‘g‘ri tashkil etishdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lomlashtirish vazifalari - bu jismoniy
tarbiyaning eng asosiy vazifasi bo‘lib, bola hayotini muhofaza qilish, uning sog‘lig‘ini
mustahkamlash, organizmini chiniqtirish yo‘li bilan o‘zini himoya qilish va turli
kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirishdan iborat. Bola organizmining
rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgani sababli, uning vazifalari ancha aniqroq
shaklda ifodalanadi; bola suyagini bexato va o‘z vaqtida qotishiga orqa umurtqa-dagi
egik joylarning shakll anishiga, tovon yuzasining yaxshi rivojlanishiga, pay-bo‘g‘im
apparatlarni pishitishga yordam ko‘rsatiladi.
Tana qismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojla- nishiga, suyaklar
o‘sishi va vaznini bir tartibga solishga yordam berish; barcha muskullar guruhini
rivojlantirish (tana, oyoq, qo‘l va yelka kamari, panja, barmoqlar, tovon, bo‘yin, ko‘z,
ichki organlar - yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa muskullar); ayniqsa, zaif
rivojlangan bukuvchi muskullar gu- ruhining rivojlanishiga alohida e’tibor berish
lozim.
Yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga
yordam berish, ya’ni yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarishi ritmini
yaxshilash va to‘satdan o‘zgaradigan yuklamaga moslashish qobilyatini rivojlantirish;
ko‘krak qafasi hatakatchanligini o‘stirish, chuqur nafas olish, uning ritmi
barqarorligiga, o‘pka sig‘imini oshirishga yordam ber ish, burundan nafas olishni
yaxshilash; ichki organlarning (ovqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar) to‘g‘ri
ishlashiga yordamlashish; termoregulatsiya funksiyasiningto‘g‘ri rivojlanishiga
ko‘maklashish. Markaziy asab tizimining faoliyatini takomillashtirish: qo‘zg‘alish va
tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek,
harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish.
Bolalarning kun bo‘yi kechadigan mustaqil harakat faoliyati ham muhim
ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |