O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
8-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.05.2022
740
UVAYSIYNING POETIK MAHORATI
Ismonova Sanobar Yo‘ldoshaliyevna
Andijon viloyati Marxamat tumani XTB tasarrufidagi
13- o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Annotatsiya:
maqolada Uvaysiy lirikasini tadqiq etish orqali uning poetik olami
yoritilgan. Shoiraning o‘zbek mumtoz adabiyoti rivojidagi o‘rni k o‘rsatilgan. O‘ziga xos
uslubi g‘azallari tahlili orqali tadqiq etilgan.
Kalit so’zlar
:
mumtoz adabiyot, lirika, janr, g‘azal, poetik mahorat, uslub.
Uvaysiy she’riyati bizga bir qancha qo‘lyozma manbalar orqali yetib kelgan.
Qo‘lyozma manbalar va uning chevarasi shoira Mag'ziy
xotirasidan yozib olingan
she’rlari asosida uning «Devon» nomlari bilan 1959, 1963 hamda 1983 yillari asarlari
nashr etildi. Doston va tarixiy manzumasi hali nashr etilganicha yo‘q. Uning hayoti va
ijodi haqida Fazliy boshchiligida tuzilgan «Majmuat ush- shuaro»da hech narsa
deyilmaydi. Adabiyotshunos olimalardan E’tibor Ibrohimova
shoira hayoti va ijodiga
bag’ishlangan nomzodlik dissertatsiyasi yoqlagan va 1963 yili risola nashr ettiigan.
Uvaysiy hayoti va ijodining turli jihatlari haqidagi fikrlar A.Qayumovning «Qo‘qon
adabiy muhiti», To‘xtasin Jalolovning «0‘zbek shoiralari», V.Abdullayevning «0‘zbek
adabiyoti tarixi», Ibrohim Haqqulovning «She’riyat — ruhiy munosabat» kitoblarida,
chiston,
muammo va muvashshahlari esa, R.Orzibekovning «0‘zbek she’riyatida sirli-
sinkretik janrlar va shakllar” asarlarida berilgan. Qayd etmoq lozimki, hozirgacha ham
Uvaysiyning shaxsi, qismatiga
doir fikrlarda chalkashliklar, taxminlar uchrab turibdi.
Shulami hisobga olgan holda, biz Uvaysiyning adabiy asarlari ustida ko'proq fikr
yuritishimiz lozim bo‘ladi.
Nodira, Mahzuna
va Dilshod ijodidagi kabi, o'zbegu tojik ayollari shaxsiyati va
ma’naviy olamining mumtoz timsoli Uvaysiy she’riyatining
ham asosiy mazmunini
tashkil etadi. Uvaysiy she’riyatining mavzu doirasi keng. Uning devonidagi she’rlarida
ishq- muhabbat, yoru diyor, visol va hijron, ona va farzand, dunyo va ilohiyot haqidagi
rang-barang mavzular talqin etiladi. Uning ko‘p she’rlarida asosiy lirik qahramon
muhabbat o'tida o'rtangan ayol sifatida namoyon bo'ladi. Bunday she’rlarda qo'llangan
tasviriy vositalar ham ayol kishining ishqdagi ahvol-ruhiyasini ifodalashga qaratiladi.
Mana bu g‘azalda oshiqlargagina emas, balki ayollargagina xos muhabbat tug'yonlari
tasviri bor. Zero, ma’shuqaning boshiga dastor chekmagan holatdagi tasviri ayollaiga
xos izhori ishqdan dalolat beradi. Bunda so'zlovchi, ishq
dardini izhor qiluvchi ayol
zotidir. Uning tilidan oshiq portreti, husnu malohati va siymosi chiziladi: