Bo'lur o‘zlik bilan jang, Vaysiy belni bog'lag'il bozud. Biroq shoiraning ijtimoiy qarashlari, sof niyatlari, orzu- armonlari bilan zamon
hamda jamiyat o‘rtasida katta ziddiyat, nomuvofiqlik bor edi. Shuning uchun shoira
she’rlarida lirik qahramon zamonadan alam ko‘rgan, ma’nan ezilgan, kulfat chekkan
kishi sifatida ham ko‘rinadi. Bunday she’rlarda ijtimoiy adolatsizlikka qarshi norozilik
ohanglari bo'rtib turadi. «Uvaysiyman», «Ko‘ngul dog‘o‘ldi, dog‘o‘ldi» g‘azallarida
shoira qatorida g'arib fuqaroning dardu hasratlari ham ifodalangan:
Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiymen, Qayda dard eli bo‘lsa, oshino Uvaysiymen... Uvaysiyning dunyoviy, diniy-ilohiy qarashlari uning musammatlarida ham o‘z
ifodasini topgan. U mustaqil muxammaslar bilan birga, Alisher Navoiyning «G‘araz»,
«Hanuz» radifli ishqiy- tasawufiy g‘azallariga tazmin muxammaslar bog‘lagan.
Uvaysiyning:
Shona ursam g‘ayr zulfig‘a choqilsun ko‘zlarim, Qaysi bir mashshota ham zulfing parishon aylasa — baytini o'qisangiz, Navoiyning:
0‘zgalar husnun tamosho aylasam, chiqsun ko‘zum, 0‘zga bir ko‘z hamki, husnungni tamosho aylasa— bayti yodingizga keladi.
0‘zbek she’riyatida barcha misralari qofiyalangan
(aa, aa, aa...) g‘azallar ham ijod
qilingan. Uning ilk go‘zal namunasi Alisher Navoiy qalamiga mansubdir. Navoiyning:
Qoshi yosinmu deyin, ko ‘zi qarosittmu deyin, Ko‘ngluma har binning dardu balosinmu deyin... bayti bilan boshlanuvchi g‘azali misrama-misra, baytma-bayt «qahrinmu»,