O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning



Yüklə 18,03 Kb.
tarix13.05.2022
ölçüsü18,03 Kb.
#57865
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning strateg



MUSTAQIL ISH

Yo'nalish: Pedagogika va Psixologiya 127-gurux
Fan;Tarix

Mavzu; O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning

Talaba: Yoqubov Islombek G'ofurjon o'g'li

O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning

O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda mulkni davlat tasaruffidan chiqarish va xususiylashtirish yetakchi o‘rin tutadi.1992 yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis etildi. 1994 yilda esa uning funksiyalari o‘zgartirilib, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasiga aylandi. Xususiylashtirish tanlov va kim oshdi savdosi orqali amalga oshirildi va bu tartib takomillashib bordi. Shuningdek Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo‘mitasi tuzildi.

1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida mulkni qabul qilingan qonunga ko‘ra xususiylashtirish va va mulkchilik shakllarini o‘zgartirish maxsus dasturlar asosida amalga oshirilish qat’iy belgilab qo‘yildi. 1994 yilda kichik xususiylashtirish deyarli nihoyasiga yetdi. 1992-1994 yillar davomida 54 mingga yaqin korxona va obyekt davlat tasarufidan chiqarildi. Xususiylashtirish borasida 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi.

1995 yilda mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 68 ta uy-joy kommunal qishloq, 229 ta qayta ishlash korxonasi boshqa obyektlar xususiylash tirildi. 6 ming xususiy va oilaviy korxonalar paydo bo‘ldi. 1998 yilga kelib aksariyat korxonalar xususiylashtirildi. Davlat korxonalarining xususiylashtirish 1993 yil 39,4 foiz edi, 1994 yilda 57,7 foiz, 1998 yil esa 88,2 foizga oshdi. 1997 yilga kelib xususiy va kichik korxonalar soni 100 mingdan oshib ketdi.

Bozor infrastrukturasi deyilganda tovar va pul bozorida, mehnat resurslari bozorida iqtisodiy vositalar - tegishli moliya va bank-kredit tizimi, sug‘urta, auditorlik, yuridik va xususiy firmalar tizimi tushuniladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida infrastrukturani shakllantirish muhim jarayon bo‘lib, uni tashkil etish anchagina vaqt talab etadi.

Ushbu masalada ko‘pgina islohotlar, o‘zgartirishlar amalga oshirildi. Masalan: Davlat buyurtmasi tugatilib, o‘rniga zarur mahsulotlarni erkin narxlarda xarid qilish joriy etildi. Tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. Kim oshdi savdosi o‘tkazila boshlandi, brokerlik va dillerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo bo‘ldi. Ko‘chmas mulk sotish joriy etildi. Banklararo valyuta birjasi tashkil etildi. Davlat sug‘urta boshqarmasi o‘rniga davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta kompaniyalari tashkil etildi. Ishsizlik muommasini hal etish uchun Respublika miqyosida 250 ga yaqin mehnat birjalari barpo etildi. 1995 yil dekabrdagi Oliy Majlisning IV sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida» alohida qonunlar qabul qilindi.

«Paxtabank», «G‘allabank», «Savdobank», «Tadbirkorbank», «Mevasabzavot bank» kabilar tashkil etildi. 1994 yil 1 iyuldan esa O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘m muomalaga kiritildi. Neft mustaqilligini ta’minlash maqsadida ham jiddiy ishlardan biri, ya’ni Buxoro neftni qayta ishlash zavodini ishga tushirilishi ham yirik iqtisodiy yutuqlardan bo‘ldi. Janubiy Koreya bilan O‘zbekistonning hamkorligida «O‘zDEU» qo‘shma korxonasini tashkil etilish, ishga tushirilishi hamda avtomobillar ishlab chiqilishi O‘zbekiston iqtisodiyotida ulkan, yirik voqea bo‘ldi. Demak O‘zbekistonda ham o‘zbek mashinasozligi vujudga kela boshladi.

O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bu ishning qishloq qishloqda qay darajada amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘ladi. Qishloqda agrar siyosatning eng asosiy bosh masalasi - yerga egalik mulkchilik masalasidir. I.Karimov shunday deydi: «Yer o‘lkamizning asosiy boyligi. U yediradi, ichiradi, yashash uchun asosiy joriy sharoitlarni yaratib beradi. Shu sababli Respublikaning kelajagi, O‘zbekiston xalqining kelajagi ko‘p jihatdan yerdan foydalanish munosabatlari qanday tashkil etilishiga bog‘liq, bo‘ladi».

O‘zbekiston aholisining deyarli 60 foizi qishloqda yashaydi.Shuning uchun ish bilan ta’minlash masalasi ham qishloqda dolzarb muommadir. 1991 yil dekabrda «Dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmon qishloq, qishloq ishlab chiqarishni zamon talablari asosida tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

1994-95 yillar davomida Vazirlar Maxkamasi agrar islohatlarga doir 10 dan ortiq qaror qabul qildi. 1992-95 yillar mobaynida qishloq tumanlarida 1137 sovxozlar 530 jamoa qishloqga, 350 kooperativga, 100 dan ortiq ijara va boshqa mulk shakllariga aylantirildi. O‘sha yillarda shaxsiy tomorka uchun qo‘shimcha 550 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratildi. Qishloqda fermer xo‘jaligi tashkil etilishiga alohida e’tibor berildi. 1994 yil oxirlariga kelib 25 mingdan ortiq fermer qishloq paydo bo‘ldi, ular qishloq, xo‘jaligini barcha mahsulotlarini yetishtirishda salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Paxta maydonlari qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirilmoqda. Vazirlar Maxkamasining 1996 yil may oyida qabul qilgan» O‘zbekiston Respublikasi qishloq infrastrukturasini rivojlantirish dasturida qishloqning iqtisodiy va mexnat imkoniyatlaridan yanada to‘liqroq va samarali foydalanish uchun, qishloq aholisini turmush sharoitini yaxshilash uchun yo‘nalishlar berildi. Shuningdek qishloq hayotiga doir o‘tkazilgan islohotlarda ta’lim muassasalari va ularni jixozlash masalalari, qishloq aholisini salomatligini yaxshilash masalalari, aholini tabiiy gaz, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash boralarida ham salmoqli ishlar qilindi. Birgina 1996 yilning o‘zida respublikada 62 ta qishloq vrachlik puktlari ishga tushirildi.1997 yilga kelib mamlakatda 3 million 155 mingta xonadon gazlashtirilgan edi.

Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan aholini ish bilan ta’minlash davlat dasturida 1996-2000 yillar orasidagi davrda qishloqda qariyb 2 millionga yaqin ish joyi yaratish, deyarli 950 ming kishini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish mo‘ljallangan edi va ushbu vazifa ustida amaliy ishlar olib borilmadi. Yana bir muhim bo‘g‘inlaridan biri, bu makro iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlashdir.Birinchi navbatda Respublika iqtisodiyot tuzilmasini yangilash, qayta qurishga kirishildi. Investitsion faoliyat,ya’ni, iqtisodiyotga sarmoya yotqizishi ishlari boshlandi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga kirishildi. O‘tgan 1992-97 yillar davomida 7 mlrd AQSH dollari xajmida xorijiy investitsiyalar jalb etildi. 1997 yilga kelib dunyoning 80 mamlakati sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 3200 qo‘shma korxona faoliyat olib bordi. Bugungi kunga kelib ularning soni yanada ortib bormoqda. Hozirgi kunda respublikamiz miqyosida faoliyat yurgizayotgan Andijon avtomobil zavodi, Zarafshon Nyumont korxonasi, Qizilkum fosfarit kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Xorazm yaxna ichimliklar zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo‘l va Andijon sport zavodlari, Samarqand tamaki fabrikasi., Toshkent ip yigiruv fabrikasi va boshqalar makro iqtisodiyotida barqarorlashib boruvida muhim rol o‘ynamoqda.

Tub o‘zgarishlar, yangi sanoat korxonalarini ishga tushirilishi sekin asta o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Hozirgi kunda mahsulotlari 70 dan ortiq davlatga eksport qilinmoqda. 1997 yil tashqi savdo oboroti deyarli 9 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.

Neft mahsulotlari masalasida esa 1996 yildan boshlab neft mahsulotlarini chetdan sotib olish to‘xtadi. Bu iqtisodiyotimizda katta yutuqlaridan hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotida barqarorlikni vujudga keltirishda yalpi mahsulot ishlab chiqarish muhim rol o‘ynaydi.

Yalpi mahsulot ishlab chiqarish aholini o‘sish darajasidan sekin asta o‘sib bormoqda. Hali bu yo‘nalishda ham amalga oshiriladigan ishlar talaygina. Respublikamizda transport va aloqa vositalari zamonaviy talab va darajalar asosida olib borilmoqda. Tag‘an-Seraxs-Mashxad yangi nuli ishga tushirildi. Qamchiq dovoni yo‘lini ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetmoqda.

O‘zbekiston Milliy Aviakompaniyasi O‘zbekistonni MDX ning barcha yirik shaharlari hamda jahonning 20 dan ortiq davlatlari bilan xavo yo‘llari orqali munosabatda bo‘lmoqda. Albatta bu holatlar juda quvonarli holdir. Respublikamiz iqtisodiy islohatlarning amalga oshirilishida xalqaro tajribalardan ham unumli foydalanishga harakat qilinmoqda.

Mamlakat iqtisodiyotida soliq siyosatining o‘ziga xos o‘rni bor. Chunki soliqlar davlat xazinasini to‘ldiruvchi asosiy vosita hisoblanadi. Bu masala barcha rivojlangan mamlakatlarda juda yaxshi, ongli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Shu munosabat bilan 1991 yil avgustida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq organlari haqida» qarori qabul qilindi. 12 avgust kuni kasb bayrami sifatida shu soha xodimlarining bayrami kuni deb ham ta’sis etildi.

1994 yil yanvar oyida esa Prezident farmoni asosan O‘zbekiston Respublikasi Soliq Qo‘mitasi tashkil etildi. Soliq siyosatida bozor iqtisodiyotini amalda tartibga solish va davlat daromadlarini vujudga keltirish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimizda soliq tizimining faoliyati jahon andozalari darajasiga olib chiqishga harakat qilinmoqda. Hozirgi kunda 1997 yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi» asosida ish yurtilmoqda.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning muhim tamoyillaridan biri — aholini ijtimoiy himoyalash bo‘lib, barcha o‘tkazilayotgan islohotlarning asl mazmun va maqsadi insonlarga yaxshi yashash uchun zarur imkoniyatlarni yaratishga bag‘ishlangan.

Eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq; olinmasligi haqdadagi qonun ham ijtimoiy himoyalashning muhim ko‘rinishlaridan biri bo‘lib qoldi. 1992-98 yillar davomida ish haqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha marta oshirildi.

Barcha toifadagi maktablar, bolalar uylari, bog‘chalar, oliy va O‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, ijobiy va tibbiy xodimlarga kvartira haqqi kommunal to‘lovlarda imtiyozlar berildi. Yolgiz pensionerlarni turar joy va kommunal xizmati uchun to‘lanadigan haqdan ozod etildilar. Yoshlarni ijtimoiy himoyalash masalasida 1992-97 yillar orasida stipendiyalar bir necha marta oshirildi.



1994 yil avgustda Prezident I.Karimov tomonidan «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni ko‘chaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonini qabul qilinishi ushbu yo‘nalishdagi yanada aniq vazifalarni belgilab berdi. 1996 yil dekabrdagi «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashni yanada ko‘chaytirish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni ham xalqimizni ijtimoiy himoyalash sohasida bir qancha imtiyozlarga sharoit yaratib berdli. Aholi sog‘lig‘ini saqlashga doir chora tadbirlar masalasi ham muntazam ravishda hukumat etiborida bo‘ldi. «Ona va bola» markazlarining tashkil etilishi, «Nikox va oila» maslahatxonalarning tashkil etilishi, sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar masalasiga jiddiy e’tibor berib borilishi ham aholini ijtimoiy himoyalashning ijobiy holatlaridir.
Yüklə 18,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin