O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Z.M.BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI BOSHLANG’ICH TA’LIM SPORT TARBIYAVIY ISH YONALISHI MAXSUS SIRTQI III BOSQICH 312-GURUX TALABASI MAMAJONOVA DILFUZANING ONA TILI METODIKASI FANIDAN «1-SINF “O’QISH KITOBI”DA BERILGAN MATNLARDA KASB-HUNARGA OID SO’ZLARNING QO’LLANISHI TAHLILI » MAVZUSIDAGI
KURS ISHI
Ilmiy rahbar; Sh.Shahobiddinova
Mavzu; 1-sinf “O’qish kitobi”da berilgan matnlarda kasb-hunarga oid so’zlarning qo’llanishi tahlili
REJA;
Kirish. Atamalar va kasb-hunarga oid so’zlar leksik birlik sifatida
Asosiy qism:
Atamalar ma’nosida chegaralanish
Kasb-hunarga oid so’zlarning vazifaviy uslubda qo’llanishi
Kasb-hunarga oid so’zlarning ilmiy va rasmiy uslubdagi vazifasi
Xulosa
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo’llaniladigan va asosan o’sha soha kishilari tushunadigan maxsus so’zlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi.
“Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda – deb qayd etishadi. “O’zbek tili leksikologiyasi” asarining mualliflari. – Ba’zi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so’z va iboralarnigina emas, barcha uy-ro’zg’or asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarnigina emas, balki o’tmishdagi ibtidoiy qurollarning barcha nomlarini, shuningdek, kustarchilik kasb-hunarga oid so’zlarni ham kiritadilar.
Agar masala shu taxlitda qo’yiladigan bo’lsa, har bir konkret predmet nomini termin deb atash lozim bo’lar edi. Gap terminnning aniq bir ma’noni ifodalashida emas, bu jihatdan qaraladigan bo’lsa, kasb-hunar leksikasining ilmiy-texnikaviy terminlardan deyarli farqi yo’q, termin har qanday tushunchaning aniq atamasi sifatidagina emas, balki ilmiy tushunchani ifodalovchi vosita sifatida asosan yozma shaklda maydonga keladi”.
Demak, “atama” so’zini “termin” tushunchasi ma’nosida qo’llaganimizda, uni umuman narsa-predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo’lgan birliklarni anglashimiz lozim.
Shu ma’noda kasb-hunarga oid so’zlar atamalardan farqlanadi. Bu haqda quyiroqda to’xtalamiz.
O’zbek tilshunosligida atamalarni o’rganishga doir ko’pgina ishlar amalgam oshirilgan. Ko’plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug’atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug’atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug’I hisoblanadi. O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, “Lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosiga o’tish to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo’mitasi olib borayotgan yirik hajmdagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko’tarilishiga sabab bo’ldi.
Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadarqadimiydir. To’nyuquq, Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg’ul bo’lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo’shiqlarida ham mavjud bo’lgan. Ularni mujassam qilgan Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asari ularning bizgacha yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan. Masalan, asardan ovchilik mavzusidagi parchalarni olib ko’raylik:
Chag’ri berib qushlatu,
Toyg’an izib tishlatu,
Tilki, to’ng’iz toshlatu
Ardan bila o’klalim
Mazmuni:(Yigitlarga) chag’ri (ov qushi) berib qush ovlaylik, ov itini (qushlarning) izidan solib tishlataylik. Tulki, to’ng’iz(larni) tosh bilan uraylik, yutuqlarimiz bilan maqtanauylik. Yana: Yigitlarig ishlatu,
Yig’ach yanish irg’atu.
Qulan kiyik avlatu
Bazram qilib aynalim.
Mazmuni:Yigitlarni ishlataylik, Daraxt(lar)dan meva(larni)qoqtiraylik, qulon kiyik ovlataylik, (so’ng) bayram qilib ovunaylik.Shunday qilib, mana shu kabi tarixiy-ilmiy-badiiy manbalar orqali birgina jismoniy tarbiya va sportga oid kurash, chopish, sakrash, chavandozlik, yoy, o’zish, o’yin, tepish, tepki, to’p, to’r chavgon, qanot, qilich, kema yoki shaxmatga oid shatranj, shoxmot /shaxmat,shox/ shax, farzin, rux, fil, ot /asp, piyoda/ sipoh, mot, pot /pat, dona, oq qora, katak, qanot, yurish, kisht, hujum singari ko’plab atamalar bizgacha yetib kelgan. Bu hol ijtimoiy hayotning barcha sohalariga tegishli.
Mana shu tarzda har bir davrda jamiyatning taraqqiyoti bilan bog’liq holda sohaviy atamalar ham son, ham sifat jihatdan takomillashib bordi. Uning taraqqiyotida XIX asrning II yarmidan keyingi davr va yana oradan yuz yildan ortiq vaqt o’tib O’zbekistonning mustaqillikka erishgan davri alohida o’rin tutadi. Mana shu davr ichida jahonda yuz bergan o’zgarishlar O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistonda ham sanoatning o’sishiga, dunyoviy fanlarning qaytadan rivojlanishiga sabab bo’ldi. Falsafa, huquq, tarix, filologiya, sotsiologiya, kimyo, fizika, matematika, biologiya, geografiya, sanoat, qishloq xo’jaligi, tibbiyotga oid maxsus atamalar shakllandi va ular tilimizga kirib keldi. Bunda rus tilining ta’siri katta bo’lganligidan ko’z yumib bo’lmaydi.
Atamalarning o’zbek tilida son jihatdan ko’pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bo’lib o’rganishni taqozo qiladi. Chunki o’zbek atamashunoslari S.Ibrohimov, S.Akobirov, Olim Usmon, R.Doniyorov, X.Shamsiddinov, A.Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko’rsatishga ko’maklashadi, sohalarga bo’lib o’rganishni osonlashtiradi.
Atamalarning dastlab ikki katta guruhga ajratish to’g’ri bo’ladi:
Umumiylik hususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
Hususiylik hususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo’nalishlari uchun tushunarli bo’lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g’alaba, birinchilik, chempionat, ko’rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo’llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperature, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.
Hususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo’llanilishi mumkin bo’lgani holda, gravitatsiya, diod, termoster, kondensatsiya, kapillyar hodisalar singari atamalar yoki kimyoga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasida qo’llaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha yo’nalishlari va sohalarida kuzatish mumkin.
O’zbek tilining barcha leksik resurslarida bo’lgani kabi atamalarning ham o’z boyish yo’llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi.
Dunyoda chetdan so’z o’zlashtirmagan birirta ham til yo’q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to’g’ri keladi. “Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o’zida mavjud bo’lgan so’z yoki termindan foydalaniladi, yo bo’lmasa yangi termin yasaladi” deb yozadi S.Akobirov.
E’tirof etish kerakki, o’zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy atamalarning salmog’I katta. An’anaga ko’ra ularni quyidagi yo’nalishlarda o’rganamiz:
Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’naviy, ma’rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo.
Forscha-tojikcha: bastakor, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.
Ruscha-baynalmilal: abzats, agronomiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks, lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realism, romantiam, sessiya, syezd, fizika, fonetika fonologiya va hokazolar. Ularning ma’lum qismlari:
Lotincha: abbreviatsiya, abstrakt ot, agglyutinatsiya, adverbializatsiya, adyektivatsiya, aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya, areal, artikulyatsiya, assimilyatsiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi.
Yunoncha: allegoriya, allomorph, allofon, alfavit, amorf tillar, analitik tillar, analogiya, anomaliya, antiteza, antonym, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm singari.
Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan respublikamiz miqyosida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar tilimiz taraqqiyotiga, xususan uning terminologik rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi.
“Davlat tili haqida”gi Qonunning yuzaga kelishi munosabati bilan fanlarning turli yo’nalishlari bo’yicha atamashunoslik sohasida islohotlar o’tkazish, ularni “o’zbekchalashtirish”ga imkoniyat yaratildi.
Hatto dastlab shunday bir vaziyat yuzaga keldiki, atamalarni “milliylashtirish”ga ishtiyoq kuchayib ketdi. Tavsiyalar ha nihoyatda ko’paydi. Jo’yali fikrlar bilan bir qatorda, hazm bo’lishi qiyin bo’lgan takliflar ham o’rtaga tashlandi. Bu gapning tasdig’I sifatida ayrim misollarni keltiramiz: matematika-riyoziyot, fakultet-kulliyot, rassom-musavvir, gazetxon-mushtariy, auditoriya-saboqxona, xona, o’quv xonasi, sirk-tomosaxona, sirkul-pargar, sellofan-suvqog’oz, seyf-zarf, attestatsiya-ko’rik, samolyot-aeroplan, tayyora, aeroport-tayyoragoh, familiya-naslnoma, klub-da’vatxona, titul list-sarvaroq va hokazo. Bu kabi tavsiyalar mustaqillikdan keyin – “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingach, o’rtaga tashlandi. Ona tilimizning chin fidoyilari erksevar va millatsevar jadidlar tomonidan esa shu mazmundagi mulohazalar asrimizning boshlarida, mustamlakachilik paytlaridayoq o’rtaga tashlandi.
Ulug’ ma’rifatparvar Fitrat 1921 yildagi til, imlo qurultoyida kontrrevolyutsion “Chig’atoy gurungi” tashkilotining dasturini bayon etib, o’zbek tilidan yot so’zlar (arabcha, forscha, ruscha)ni chiqarib tashlasak, buyuk idealimiz bo’lgan turkchilikka birlashamiz, deb ochiq-oydin aytdi.
Ular(tilning sofligi uchun kurashuvchilar - mualliflar)… ko’plab qadimiy so’zlarni tiriltirishni, o’zbek adabiy tiliga qabul qilishni tavsiya qildilar. Masalan, arabcha zahmat, xalq, duo, nasihat, rais, olam, kitob,maktub so’zlari o’rniga emgak, el, oqish, o’g’ut, boshliq, ochun, bitik, yozoq so’zlarini, forscha shahar, guvoh, tajriba so’zlari o’rniga baliq, taniq, sipok so’zlarini, ruscha parovoz, poyezd, revolyutsiya, proletar, samovar, pochta, agronom, elektr, geografiya, botanika, astronomiya, morfologiya, sintaksis kabi so’zlar o’rniga o’txona, otash arava, o’zgarish, yo’qsil, o’zi qaynar, choparxona, ekin bilg’ich, simchiroq, yer biligi, o’simlik biligi, yulduz biligi, sarf, nahv kabi so’z va iboralarni ishlatishni ko’tarib chiqdilar.
Bu qarashlar shu ma’noda diqqatga sazovorki, ularda tilni mumkin qadar chet el unsurlaridan tozalash, umumturkiy birliklarni adabiy til me’yori sifatida belgilash g’oyasi yotadi. Masalaning qo’yilishi ana shu tarzda bo’lsa, yuqoridagi riyoziyot, kulliyot, musavvir, mushtariy, saboqxona, pargar, tayyora, tayyoragoh, naslnoma, da’vatxona kabi so’zlar bu g’oyaga mos kelmaydi. O’z-o’zidan savol paydo bo’ladi: qabul qilishga tavsiya etilayotgan so’zlar umumturkiy bo’lmagach, qanday farqi bor – ruscha-baynalmilal bo’ldi nima-yu, arabcha yoki forscha-tojikcha bildi nima?
Masalaning boshqa bir muhim tomoni bor: tavsiya etilgan birliklar adabiy leksik me’yor sifatida qabul qilinmadi. Nega? Shuning uchunki, birinchidan, tildagi o’zgarishlar jarayoniga o’sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarning ta’siri bo’ldi. Millatsevatlik millatchilik deb ayblanayotgan bir davrda, tilimizga bo’lgan bu kabi munosabatlar, yangilikka intilishlar qo’llab-quvvatlanmadi. Ikkinchidan, asrimizning boshlarida, hatto hozirda ham narsa va tushunchalarni ifodalovchi birliklarni tavsiya etilgan so’zlar shaklida qo’llash hali me’yorlashmagan, odat tusiga kirmagan edi va shundayligicha qolib ketdi.
Tilimizda qo’llanilib kelinayotgan avtor, arxitektor, gumanizm, doklad, ideologiya, inspektor, intelligent, control, komandirovka, komandirovochnaya leksiya, ministr, oblast, ostanovka, planeta, problema, rayon, raport, redaktor, revolyutsiya, spravka, student, sekretar, tema, territoriya, traditsiya, forma singari so’zlar o’rnini muallif, me’mor, insonparvarlik, ma’ruza, mafkura, nozir, ziyoli, nazorat, safar, safarnoma, ma’ruza, vazir, voliyat, bekat, sayyora, muammo, tuman, bildirishnoma /xabarnoma, muharrir, inqilob, ma’lumot/ ma’lumotnoma, talaba, kotib/ kotiba, mavzu, hudud, an’ana, shakl kabi tavsiya etilgan so’zlar osonlik bilan egalladi. Chunki ulardubletlar sifatida tilimizda ozmi-ko’pmi oldindan ham qo’llanilib kelinayotgan edi.
Ko’pgina misollar tahlili atamalar, nomlanishlar turg’unligi murakkab masala ekanligini ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi sobiq Ittifoq tasarrufida ekanligida, rus tilining Ittifoq hududidagi boshqa tillarga ta’siri kuchli bo’lgan paytlarda biz hech bir ikkilanmasdan respublika, oblast, rayon, avtor, agitatsiya, propaganda, ideya, plan, forma, protsent, protsess, komandirovka, raport, spravka, student, sekretar, ministr kabi so’zlarni, garchi ularning tilimizda(oldin qaysi tildan qabul qilingan bo’lishidan qat’iy nazar) muqobil variantlari bo’lsa-da, ishlataverar edik. Vatanimizning mustaqillikkka erishishi munosabati bilan tabiiy ravishda bu so’zlarga jamoatchilik tomonidan munosabat bildirildi. Jumhuriyat, viloyat, tuman, muallif, tashviqot, targ’ibot, g’oya, reja, shakl, foiz, jarayon, safar, bildirishnoma, ma’lumotnoma, talaba, kotib(a), vazir kabi muqobil variantlari ham 90-yillar boshlaridan ular bilan bab-baravar qo’llanila boshlandi va bu parallellik tilimizda me’yor sifatida ma’lum muddat saqlanib turdi.
Endi oradan o’n yildan ko’proq vaqt o’tgach, butunlay boshqa manzara kuzatiladi. Bu o’tgan vaqt orasida birinchi guruh so’zlar asosan ikkinchi guruh so’zlariga o’z o’rnini bo’shatib berdi, deb bemalol ayta olamiz. Nega asosan deb aytayapmiz? Shuning uchunki, saragi sarakka, puchagi puchakka deganlaridek, bu so’zlarning har biri vaqt g’alviridan o’tdi. Ayrimlari hozir ham parallellik xususiyatini saqlab qoldi: respublika-jumhuriyat, universitet-dorilfunun kabi. Ularning semantic-uslubiy ma’nolari aynan bir xil bo’lmagani uchun ham shunday bo’ldi.
Bunday parallel qo’llanishning boshqa sabablari ham bor. Biz tilshunosligimizda epitet – sifatlash, derivatsiya – so’z yasalishi, affiks – qo’shimcha, abbreviatura – qisqartma so’z, anaphora – misra boshidagi tovush takrori, antroponimlar – kishi ismlari, toponimlar – joy nmlari, atribut – aniqlovchi, affrikatlar – qorishiq undoshlar, stil – uslub, stilistika – uslubshunoslik kabi o’nlab atamalarni parallel holda hozir ham ishlatib kelmoqdamiz. Buning boisi atamalarning birinchisi xalqaro termin sifatida barcha tillarda qo’llanilib kelinayotganligidadir.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, yangi tavsya etilayotgan so’zlarning ma’qul kelishi va me’yorlashishi ularni tilda avval qo’llanilib kelinayotgan yoki kelinmayotganiga ham bog’liq. Boshqacha aytganda, ularni ko’rish va eshitishga odatlanish me’yorlashishga ko’maklashadi.
Atamalar qo’llashda me’yorni saqlab turish boshqa so’zlar, masalan, ko’p ma’noli yoki sinonim so’zlar me’yorini turg’un holatda ushlab turishga nisbatan osondek tuyuladi. Aslida esa bu yerda ham o’z muammolari bor. Masalan, shu paytgacha tilimizda faol ishlatilib kelinayotgan tovar so’zi o’rnida mol so’zini ishlata olamiz: mol, sanoat mollari, mol ayirboshlash, mol olib kelmoq, narxi tushirilgan mollar kabi. Ammo bunday ishlatish bemalol emas. Sanoat mollari deyish mumkin bo’lgan holda oziq-ovqat mollari deb bo’lmaydi, mol keltirdim deganda faqat sanoat mollari tushuniladiya, tovar keltirdim deganda farqlanmasdanmi yoki promtovari, prodtovariso’zlariga asoslanibmi, har ikkalasi ham tushunilaveradi. Tovar so’zidan tovaroved so’zini yasay olamizu, mol so’zidan ana shu ma’nodagi molshunos so’zini yasay olmaymiz. Yasagan taqdirimizda ham u mol so’zining asosiy ma’nosiga – hayvon ma’nosiga tortib ketadi va hayvonni yaxshi biladigan, hayvon bilan shug’ullanadigan kishi ma’nolarini anglatadi. O’zbek tilida esa bunday ma’nolarni ifodalashga zarurat bo’lmagan. Aytaylik, insonshunos, hatto hazil tariqasida ershunos deyish ham mumkin, ammo hayvonshunosh deb bo’lmaydi. Shunday ekan, tilimizda tovaroved yoki tovarshunos so’zidan foydalanib turishga to’g’ri keladi.
Ma’lum bo’ladiki, tilshunoslik ilmida, tilshunoslar va boshqa mutaxassislar faoliyatida, aynisa, atamalar bobida tildan foydalanishdagi vaziyatni muvofiqlashtirish, bir xillikni yuzaga keltirish, osonlik va qulaylik yaratish, eng muhimi, tushunarli bo’lishni ta’minlash maqsadida tavsiyalar berib boriladi. Aytaylik, agroprom, agroximiya, akvarel, annotatsiya, arxeolog, astronom, vacant so’zlari o’rniga dehqonchilik sanoati, dehqonchilik kimyosi, suv bo’yoq, muxtasar bayon, qadimshunos, falakiyotchi, bo’sh o’rin/bo’sh lavozim kabi so’z birikmalarni ishlatish taklifi.
Ammo bu tavsiyalar qanchalik ilmiy, amaliy va me’yoriy asosga ega? Bu variantlarning qaysi biri tilda yashab qolishi mumkin? Ularning qaysi biri narsa va hodisaning, predmet va tushunchaning moniyatini to’laroq ifoda etadi? Bu masalani, qaysi variant ma’qul bo’lishidan qat’i nazar, hayotning o’zi, til elementlaridan foydalanish jarayonini hal qiladi. Lekin bunday tavsiyalarning berilishi, tavsiya etilayotgan varizntlarning afzallik tominlari tushuntirib berilishi mutlaqo zarur bo’lgan faoliyatdir. Faqat shunday yo’l bilangina tilimiz takomillashib, sayqallashib, so’z ma’nolaridagi eng nozik imkoniyatlar ham reallashib boradi. Aytilganlarning tasdig’I sifatida bir misol keltiramiz: psixologiya faniga oid ko’plab atamalar shu soha mutaxassislarining tavsiyasiga binoan o’z o’rnini sharq ilmida qo’llanib kelingan atamalarga bo’shatib berdi. Psixologiya – ruhshunoslik, psixika-ruhiyat, psixik protsess-ruhiy jarayon, adaptatsiya-moslashish, nerv-asab, nerv sistemasi-asab tizimi, talent-iqtidor/iste’dod, temperament-mijoz, emotsiya-jo’shqin holat/jo’shqinlik, xarakter-xulq.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, tildagi me’yoriy holatlarni tayinlashda har bir tilning o’z ichki qonun-qoidalariga tayanib, ko’pchilikka ma’qul bo’lish-bo’lmaslik jihatlari e’tiborga olinishi kerak.
Kasb-hunar leksikasi bir qancha xususiyatlari bilan terminologik leksikadan farqlanadi.
Asrlar davomida yaratiladigan kasb-xunarga oid so’zlar ma’lumkasb-hunar kishilari orasidagina qo’llaniladi va ular og’zaki nutq jarayonida shakllangan bo’ladi. Bu guruh so’zlarning imkoniyati bir kasb-hunar va u bilan shug’ullanadigan kishilar doirasida chegaralangan. Shu tufayli ularning dialectal variantlari mavjud bo’lishi ham mumkin. Bunday xususiyatlari bilan ular atamalarga qarama-qarshi turadi. Chunki atamalar fan va texnika, sanoat va qishloq xo’jaligi, ma’naviyat va madaniyat sohasiga doir rasmiy tushunchalarni ifodalaydi va ular tegishli mutasaddilar tomonidan nazorat qilib boriladi. Ilmiy tushuncha ifodasi sifatida asosan yozma shaklda vujudga keladi va umumjahon yoki umummilliy ahamiyatga ega bo’ladi.
Kasb-hunarga oid til birliklari me’yorlari haqida so’z yuritish ham ahamiyatli. Mavjud lug’atlarni ko’zdan kechirish shundan dalolat beradiki, ulardan o’zbeklarning ijtimoiy hayoti, kasbi va hunarmandchiligiga oid atamalarning ma’lum qismigina joy olgan. T.Tursunovaning “O’zbek tili amaliy leksikasi” (T.,1978)asarida keltirilgan ayrim misollarga murojaat qilib ko’raylik: gilam turlarini bildiradigan julxirs, zulbaraq, arabi, olacha, palos, xoli/g’oli, sholcha, qoqma yoki bosma(1.chakmon. 2.ilma,chok turi), birishim, bo’zastar, gulburi, dorpech, dug/duk, duxoba, do’kon(1.dastgoh,stanok. 2.magazin), do’ppi yondori, jo’ypush, zardevol/zardevor, zardo’zi, zehdo’zlik, yo’rma, peshonaband/peshonabog’, popop, popopchilik, urchuq, choyshab, qo’chqorboshi/qo’chqorak va boshqalar. Ulardan gilamning turlarini bildiradigan arabi, palos, sholcha so’zlari hamda chakmonma’nosidagi zardo’zi, zehdo’zlik, zardevol, popup, popopchilik, peshonaband, peshonabog’, urchuq singari birliklar lug’atlarda keltirilgan.
XXI asrga kelib fan va texnika taraqqiyoti o’zbek milliy kosibchiligining ayrim tarmoqlari faoliyatini susaytirib qo’ydi. Ular tayyorlab yetishtiradigan mahsulotlarning ko’pchiligi kundalik ehtiyojlarni qondirishishi nuqtayi nazaridan ham, ma’naviy jihatdan ham eskirdi. Bu esa, o’z navbatida, ana shu sohalarga tegishli bo’lgan til birliklarining qo’llanishi darajasini pasaytirdi.
Tilimizning hozirgi mavqei nuqtai nazaridan nutqimizda unumli-unumsizligidan, me’yorlashgan-me’yorlashmaganligidan qat’I nazar, bu birliklar lug’atlarda qayd etilishi va kelgusi avlodlar uchun saqlab qolinishi lozim.
Ma’lum bo’ladiki, o’zbek tilida turli fan sohalari va kasb-hunarga oid ko’plab so’zlar mavjud hamda ular yozma va og’zaki ko’rinishlarda me’yorlashgan. Buni, ayniqsa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matematika, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, iqtisodiyot singari turli fan sohalariga oid atamalarda kuzatamiz. Ayni paytda o’zbek tilida shunday vositalar ham borki, ularning qo’llanilish chegarasini bir soha yoki bir vazifaviy uslub doirasida belgilab bo’lmaydi. Ular bir uslub doirasida yoki ma’lum sohada bir ma’nosi bilan me’yorlashgan bo’lsa, ikkinchi bir ma’nosi bilan boshqa uslub yoki sohadan me’yorlashgan. Masalan: ega, kesim, suv aylana, zamon, asos, o’q, tekislik, sirt singari birliklar umumiste’moldagi so’zlar bo’lish bilan birga, ega, sirt, o’q, tekislik geometriyada, zamon falsafada, asos qurilish-me’morchilikda atama sifatida me’yorlashgan.
Bir so’z ikki uslubda, fan sohasida atama sifatida me’yorlashgan bo’lishi ham mumkin. Masalan, morfologiya: 1) tilshunoslikda – tilda so’zlarning o’zgarish shakllari tizimi, grammatikaning so’z shakllarining yasalish usullari hamda so’z yasash qoidalari haqidagi bo’limi; 2) botanikada – tuproqning tuzilishi va shaklini o’rganadigan fan sifatida; assimilyatsiya: 1) biologiyada – organism faoliyati jarayonida organic moddalarning o’zlashishi, singishi va hazm bo’lishi; 2) tilshunoslikda – so’zlarning talaffuzida ularning tarkibidagi ikki tovushning bir-biriga ta’sir qilish natijasida bir-biriga muvofiqlashuvi, bir-biriga singib, o’zshab ketishi; 3) tarix va etnografiyada – biror xalqning ikkinchi bir xalq urf-odatlarini, madaniyati va tilini o’zlashtirishi natijasida unga aralashib qo’shilib ketishi kabi.
Til taraqqiyotida buning aksi ham kuzatiladi. Ma’lum fan sohasi yoki kasb-hunarga tegishli bo’lgan atamalarning ma’no doirasi kengayadi – determinlashish jarayoni ro’y beradi, ya’ni ular tor atamalilik doirasidan chiqib, ommalashadi va barcha vazifaviy uslublarda qo’llanila boshlaydi. Masalan: odamni operatsiya qilmoq – valyuta operatsiyasini amalga oshirmoq – harbiy operatsiyani bajarmoq kabi. Ular shu tariqa turg’un birikmalar tarkibida ham qo’llanila boshlaydi: gegemonlik, avtomat bo’lib ketmoq, reytingi baland, qo’shtirnoqqa olmoq va boshqalar.
Tilda ma’lum paytda paydo bo’lib, asosan so’zlashuv nutqida qo’llanilib va me’yorlashib, lug’atlarga kirib ulgurmasdanoq iste’moldan chiqib ketadigan birliklar ham uchraydi. Ayollar ko’ylak qilib tikadigan turli xil materiallar va ayrim kiyim nomlari haqida shunday deyishimiz mumkin: kelin kiysin, qaynonasi kuysin; marg’ilon nusxa, bargi karam, namozshomgul, tohir-zuhra, suv parisi, skarlet kabilar. O`zbеk tili lug`at tarkibi kеng ma'noda adabiy tildagi so`zlar bilan bir qatorda shеvalar hamda kasb-hunarga, shuningdеk, ma'lum ijtimoiy guruhga oid so`zlarni ham o`z ichiga qamrab oladi. Kishi ismlari, laqablar, taxalluslar (antroponimlar), joy nomlari (toponimlar), yulduz va sayyoralar nomlari (astroponimlar), hayvonlarga bеrilgan maxsus nomlar (zoonimlar) kabi atoqli otlar ham tilning lug`at tarkibiga kiradi. Lug`at tarkibi tilning boyligini o`zida aks ettiradi. Qaysi til so`zga boy bo`lsa, o`sha til shunchalik taraqqiy etgan hisoblanadi. Tilning lug`at tarkibi doimo o`sishda, o`zgarishda bo`ladi. Bunda o`tmishda ishlatilgan bir qancha so`zlarning eskirib istе'moldan chiqishi, avvallari faol qo`llangan so`zlarning nofaol qatlamga o`tishi, ilgarilari kam ishlatilgan so`zlarning faollashishi, so`z ma'nosining kеngayishi va torayishi, so`zlarning ko`chma ma'noda qo`llanishi kabi holatlar kuzatiladi. Jamiyat taraqqiy etib borishi natijasida tilning lug`at tarkibi ikki omil: ichki va tashqi manbalar asosida boyib boradi. Ichki omil dеyilganda o`zbеk tilining o`z imkoniyatlari, qonun-qoidalari asosida yangi so`zlar hosil qilinishi, yasalishi hamda shеva va lahjalardan adabiy tilga so`z qabul qilinishi tushuniladi. Lug`at tarkibi tashqi manba – boshqa tillardan so`z o`zlashtirish orqali ham boyiydi. Tilning lug`at tarkibi ma'nosida lеksika atamasi ham qo`llaniladi. Darhaqiqat, lеksika – tildagi so`zlarning yig`indisi, majmuidir. Lеksika atamasi adabiy tilning lug`at tarkibi ma'nosida qo`llanishi bilan bir qatorda biror shеva yoki lahjaning, ma'lum bir kasb-hunar, sohaning lug`at tarkibini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Masalan, o`zbеk shеvalari lеksikasi, o`g`uz lahjasi lеksikasi. Lеksikologiyaning tarmoqlari va qismlari. Lеksikologiyaning bir nеcha tarmoqlari bor: 1) umumiy lеksikologiya, 2) xususiy lеksikologiya, 3) qiyosiy lеksikologiya, 4) tarixiy lеksikologiya, 5) hozirgi lеksikologiya. Umumiy lеksikologiya barcha tillar lеksikasiga xos bo`lgan umumiy qonuniyatlar, hodisalarni o`rganish bilan shug`ullanadi. Xususiy lеksikologiyada muayyan bir tilning so`z boyligi o`rganiladi. Qiyosiy lеksikologiyada bir nеcha qarindosh tillar lеksikasi bir-biriga chog`ishtirish, qiyoslash asosida tеkshiriladi, ular o`rtasidagi bir xillik va tafovutlar ochib
bеriladi. Tarixiy lеksikologiyada aniq bir tilning o`tmishdagi, ma'lum bir davrdagi lеksikasi tadqiq etiladi. Hozirgi lеksikologiya biror til lеksikasining hozirgi davrdagi holatini o`rganadi. Lеksikologiyaning qayd etilgan bu tarmoqlari o`zaro mustahkam bog`langandir. Ular birbirining matеrialiga tayanib ish ko`radi. Lеksikologiya bir nеcha qismlardan iborat: 1) sеmasiologiya, 2) etimologiya, 3) onomasiologiya, 4) onomastika. Sеmasiologiyada so`z va uning ma'nosi, lеksik ma'no tiplari, sеmеma va uning tarkibi, lеksik ma'no taraqqiyoti, lеksik ma'noning miqdoriga ko`ra tiplari, so`zlarning ma'noviy munosabatiga ko`ra turlari, so`zlarning shakliy munosabatiga ko`ra tiplari o`rganiladi. Etimologiya so`zlarning kеlib chiqishi masalalari bilan shug`ullanadi. Onomasiologiya narsa va hodisalarga nom bеrish jarayonini o`rganadi. Onomastika atoqli otlarni o`rganuvchi, tadqiq etuvchi alohida bir sohadir. Uning antroponimika (kishi ismlarini ilmiy jihatdan o`rganadi), toponimika (joy nomlarini o`rganadi), etnonimika (urug`, qabila, qavm, millat nomlarini o`rganadi), kosmonimika (osmon jismlari – yulduzlar, sayyoralar, yulduzlar turkumlari nomlarini o`rganadi), zoonimika (qush va hayvonlar uchun maxsus qo`yilgan laqab-nomlarni o`rganadi), ktеmatonimika (ma'naviy, madaniyat obidalarining, ilm-fan, tеxnikaga hamda badiiy adabiyotga oid asarlarning nomlarini o`rganadi) singari tarmoqlari bor. So`z ma'no miqdorining ortib borishi – ko`p ma'nolilik til taraqqiyoti darajasini, rivojlanishini ko`rsatuvchi asosiy omillardan sanaladi. Aytish zarurki, so`zlar dastlab paydo bo`lgan vaqtida birgina ma'noni ifoda etgan. Kеyinchalik ob'еktiv borliqdagi narsa-hodisalarning o`zgarishi, ijtimoiy hayotda bo`ladigan har xil o`zgarishlar va boshqa shu singari turli sabablar tufayli so`zlar yangi ma'nolar kasb eta boshlagan. Darhaqiqat, so`zlarning birdan ortiq ma'noga ega bo`lishi o`sha so`zlar hayotining kеyingi davrlariga borib taqaladi. Masalan, olmoq fе'li hozirgi o`zbеk tilida 30 ga yaqin ma'noni bildiradi: 1) narsani ushlab yoki biror asbob bilan tutib qo`lga kiritmoq: chaqalarni olmoq, ariqdan suv olmoq; 2) qabul qilmoq: ishga olmoq; 3) bo`shatmoq: ishdan olmoq; 4) tushirmoq, bo`shatmoq: еlkasidan yukini olmoq; 5) qo`lga kiritmoq, ega bo`lmoq: paxtadan mo`l hosil olmoq; 6) xarid qilmoq… 1. Bir narsaning nomi o`zaro o`xshashligi bo`lgan ikkinchi boshqa narsaga ko`chiriladi, uning ham atamasiga aylanadi: og`iz (odamning og`zi – shishaning og`zi), yoqa (ko`ylakning yoqasi – soy yoqasi), etak (choponning etagi – tog`ning etagi), ko`z (odamning ko`zi – dеrazaning ko`zi), palla (tarozining pallasi – tarvuzning pallasi), tumshuk (laylakning tumshug`i – kеmaning tumshug`i), qosh (odamning qoshi – egarning qoshi), cho`qqi (tog` cho`qqisi – fan cho`qqisi) kabilar. 2. Biror narsaga xos bеlgi nomi boshqa narsadagi bеlgiga ko`chiriladi: shirin (shirin olma – shirin so`z), iliq (iliq suv – iliq munosabat), sovuq (sovuq suv – sovuq xabar), egri (egri tayoq – egri ish), bеg`ubor (bеg`ubor osmon – bеg`ubor odam), og`ir (og`ir tosh – og`ir yumush), achchiq (achchiq qalampir – achchiq gap), qattiq (qattiq bodom – qattiq uyqu), yumshoq (yumshoq non – yumshoq ovoz), tеz (tеz yurmoq – tеz odam), taqir (taqir cho`l – taqir bosh), uzoq (uzoq yo`l – uzoq qarindosh), yaqin (yaqin masofa – yaqin kishi), xom (xom hosil – xom gap), toza (toza suv – toza qalb), tiniq (tiniq havo – tiniq fikr), baland (baland bino – baland baho) singarilar. 3. Biror narsaga xos harakatning nomi boshqa narsadagi harakatga ko`chiriladi: ulamoq (arqonni ulamoq – gapni gapga ulamoq), bo`g`ilmoq (arqonga o`ralib bo`g`ilmoq – ishtahasi bo`g`ilmoq), cho`kmoq (imoratning cho`kishi – kishining kеksayganda cho`kishi), tushmoq (tomdan tushmoq – mudirlikdan tushmoq), tashlamoq (supurgini tashlamoq – qo`lni еlkaga tashlamoq), uchmoq (qushlarning uchishi – samolyotning uchishi), buzmoq (changalzorni buzmoq – rеjani buzmoq) kabilar. Nomning mеtafora yo`li bilan ko`chirilishida ko`proq quyidagilar asos bo`lib xizmat qiladi: 1) kishi tana a'zolarining nomlari (yuz, bеt, bosh, еlka, oyoq, qosh, lab, biqin, og`iz, bеl, ko`z, iyak, bo`yin, burun kabilar); 2) kiyim-kеchak qismlarining nomlari (etak, yoqa); 3) hayvon, parrandalarning a'zolari nomlari (qanot, dum, tumshuq); 4) o`simlik qismlarining nomlari (ildiz, tomir); 5) turli bеlgilarni ifodalovchi so`zlar (baland, past, egri, shirin, og`ir, xira, chuqur, еngil, bеmaza, xom singarilar); 6) harakatni ifoda qiluvchi so`zlar (tashlamoq, uchmoq, ulamoq, savalamoq, cho`kmoq, tushmoq, buzmoq, ayirmoq kabilar). O`zbеk tiliga rus tilidan va u orqali dunyoning boshqa tillaridan kirib kеlgan so`zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansubdir: 1) rus tiliga: samolyot, stol, stul, tok, ruchka, sudya, sud, parovoz, konfеt, pulеmyot, paroxod, tеploxod, kartoshka, pеchka, publitsist kabilar; 2) nеmis tiliga: shtab, shaxta, rota, galstuk, shifеr, kran, ordеn, landshaft, balеt, butеrbrod, rakеta, lagеr, politsiya, linza, fakultеt, kolba singarilar; 3) lotin tiliga: sеnat, opеratsiya, dеputat, auditoriya, rеspublika, dirеktor, laboratoriya, sirk, gеnеral, nota, mеtall, formula, laurеat, profеssor, dotsеnt, magistr, opponеnt, prеzidеnt, rеfеrat, dissеrtatsiya, abituriеnt kabilar; 4) grеk tiliga: pеdagog, grammatika. kafеdra, alfavit, tеzis, poema, poeziya, tеatr, idеya, drama, komеdiya, tragеdiya, lirika, mikrofon, filologiya, olimpiada, filosofiya, lеksika, psixologiya va boshqalar; 5) ingliz tiliga: volеybol, futbol, vokzal, miting, tramvay, klub, byudjеt, boks, finish, chеmpion, dollar, tank, rеls, bifshtеks, tort, tеnnis, kontsеrn, tеst, fеrmеr, film, kross, lift kabilar; 6) frantsuz tiliga: kostyum, palto, etaj, mеbеl, bufеt, kabinеt, kotlеt, ragu, kompot, krеm, flot, aktyor, sеrjant, lеytеnant, kapitan, artillеriya, dеsant, antrikot, foyе, rеpеrtuar, lyustra kabilar; 7) italyan tiliga: opеra, librеtto, bеnzin, bank, ariya, loja, valyuta, gazеta va shuning singarilar. Bir tildan boshqa ikkinchi tilga so`z o`zlashtirishning o`ziga xos yo`llari va usullari bor. So`z o`zlashtirish ikki yo`l: 1) jonli so`zlashuv orqali va 2) yozma manbalar orqali amalga oshiriladi. Tilimizdagi tojikcha so`zlarning ko`pchiligi jonli so`zlashuv orqali o`zlashtirilgan. Arabcha o`zlashmalarning asosiy qismi yozma manbalar orqali o`tgan. Ruscha so`zlar ham jonli so`zlashuv, ham yozma manbalar vositasida kirib kеlgan. So`z o`zlashtirishning usullari ikki xil bo`ladi: 1) aynan olish, 2) kalkalab olish. Yuqorida qayd etib o`tilgan tojikcha, arabcha, ruscha so`zlar aynan o`zlashtirilgan. Kalkalab olishda so`zning o`zi emas, balki uning ma'nosi o`zlashtiriladi: dunyoqarash (мировозрение), ustqurma (надстройка), tug`ruqxona (родильный дом), qo`lyozma (рукопись), muzyorar (ледокол), sun'iy yo`ldosh (искусственный спутник) kabilar. Umumistе'moldagi so`zlar. Hozirgi o`zbеk tili lеksik boyligining asosini umumistе'moldagi so`zlar tashkil etadi. Bunday so`zlar yoshi, kasbi, yashash joyi, madaniy saviyasidan qat'iy nazar o`zbеk tilida gaplashuvchi barcha kishilar uchun tushunarli bo`ladi, nutqda kеng tarzda ishlatiladi. Umumistе'moldagi so`zlar kundalik turmushda zarur bo`ladigan narsa, bеlgi, harakat nomlari kabilarni ifodalaydi. Osh, non, yo`l, daryo, dеhqon, yuz, ota, ona, uzoq, elak, ovqat, yaxshi, yomon, oq, qora, tеz, sеkin, kun, olmoq, bеrmoq, еmoq, yotmoq, uxlamoq, ishlamoq singarilar umumistе'moldagi so`zlar jumlasiga kiradi. Umumistе'moldagi so`zlarning asosiy qismi o`z qatlamga oid so`zlardan iborat. Shu bilan birgalikda bunday so`zlar tarkibida tojik tilidan (sabzavot, chorva, obro`, omad, dugona, dutor, xona), arab tilidan (maktab, kitob, machit, anhor, muomala, soat, oila, rais), rus tilidan (radio, tеlеvizor, stol, stul, magazin, kino, tеatr, ruchka, jurnal) o`zlashgan so`zlar ham anchagina miqdorni tashkil etadi. Dеmak, umumistе'moldagi so`zlar o`z qatlamga oid so`zlardan, shuningdеk o`zlashma so`zlardan iborat bo`lishi mumkin. Istе'mol doirasi chеgaralangan so`zlar. Tilimizdagi ayrim so`zlarning istе'mol doirasi ma'lum jihatdan chеgaralangan bo`ladi. Qo`llanish doirasi chеgaralangan bunday lеksika ishlatilishi hududga ko`ra, ishlatilishi kasb-hunarga qarab, ishlatilishi biror ijtimoiy guruhga nisbatan chеklangan bo`lishi mumkin. Xuddi shu nuqtai nazardan ushbu tur lеksika chеgaralanish xaraktеriga qarab uch turga bo`linadi: 1) dialеktal lеksika; 2) tеrminologik lеksika; 3) jargon va argolar. Tilimizda biror ijtimoiy guruh va to`dalar doirasida qo`llanuvchi so`zlar ham uchrab turadi. Ular jargon va argolar tarzida talqin qilinadi. Yuqori tabaqa vakillarining yashirin, dabdabali so`zlari jargonlar dеyiladi. O`tmishda yuqori tabaqa kishilari o`z niyatlarini oddiy xalqdan yashirish maqsadida jargonlardan foydalanar edilar. Husni mutlaq (xudo), nе'mati jannat (mahbuba, yor), olampanoh (podsho), farmoni oliy shon (podsho farmoni), arkoni davlat (podsho, amir), tavaqqush aylang (umid bilan kuting), shoе qiling (bildiring), rijo va tamanno etaman (shunday qilishni so`rayman), tanzin dеng (foyda dеng) singari so`z va iboralar jargonlarga misol bo`la oladi. Sayoq sozandalar, o`g`rilar, bеzorilarning yashirin so`zlari argolar dеb yuritiladi. Bunday so`zlar kеng xalq ommasi uchun tushunarli bo`lmaydi. Masalan, otarchilar argosiga otar (to`y), otarkas (to`y egasi), ocharchi (to`yni olib boruvchi), danap (o`yinchi xotin), yakan (pul), so`kichak (otarchilarni to`yga olib boruvchi mashina), so`kichakchi (shofyor), noyi, udak (to`yni to`xtatish) kabilarni; o`g`rilar, bеzorilar argosiga dеg`o (bеgona), harif (dushman), shabas (mеnga bеrib yubor), bеdana (to`pponcha), loy (pul), ligavi (militsiya), zamri (jim tur), atanda (qoch) singarilarni misol qilib kеltirish mumkin. Jargon va argolar ko`pincha o`tkinchi bo`ladi. To`da va guruhlarning tarqalib kеtishi yoki tugashi bilan jargon va argolar ham unutiladi. Tilning lug`at tarkibida so`zlardan tashqari gap otmoq, sirkasi suv ko`tarmaydigan, og`zi qulog`ida, boshi osmonga еtdi, mum tishlamoq, misi chiqdi, arpasini xom o`rmoq, tеrisiga somon tiqmoq, ko`z qirini tashlamoq, tеmirni qizig`ida bosmoq kabi turg`un bo`lib qolgan talay iboralar ham bor. Bunday iboralar frazеologizmlar nomi bilan yuritiladi. So`zlar lеksik birlik, iboralar esa frazеologik birlik sanaladi. Tilshunoslikning ana shu frazеologik birliklarni o`rganuvchi va ilmiy tadqiq etuvchi sohasi frazеologiya dеyiladi. Frazеologizmlar kamida ikkita mustaqil suzdan tarkib topadi. Ular bir butun holda ko`chma ma'no ifoda qiladi. Masalan, anqoning urug`i, dunyodan o`tmoq, daqyonusdan qolgan, joni chiqdi, ko`z tashlamoq, ko`ngli kеng iboralari ikki suzdan; og`zida qatiq ivitmoq, og`zi qulog`iga еtdi, o`tqizgani joy topolmaslik, qo`ltig`idan tarvuzi tushmoq iboralari uch suzdan; bir yoqadan bosh chiqarmoq, to`nini tеskari kiyib olmoq, bir yostiqqa bosh qo`ymoq iboralari to`rt suzdan; sichqonning ini ming tanga bo`lmoq, ishi bitguncha, eshagi loydan o`tguncha iboralari bеsh suzdan tarkib topgan. Dеmak, ikki yoki undan ortiq suzdan tarkib topgan va yaxlit bir ma'no ifodalaydigan til birligi frazеologizm yoki ibora dеb aytiladi. Frazеologizmlar til birligidir. Ular nutq jarayonidan ancha oldin yuzaga kеlganligi, bir qolipda qo`llanishi, binobarin tilda tayyor holda bo`lishligi bilan nutq birligi bo`lgan so`z birikmasi va gaplardan farq qiladi. Frazеologizmlarning grammatik qurilishi o`ziga xos. Ibora komponеntlari sintaktik jihatdan har xil yo`llar bilan bog`langan. Frazеologik iboralarning ko`pchilik qismi birikmaga tеng iboralardir. Bundan tashqari, gapga tеng qurilishli iboralar ham anchaginani tashkil etadi. Dеmak, iboralar tuzilishiga ko`ra ikkiga bo`linadi: 1) birikmaga tеng iboralar: katta og`iz, ochiq ko`ngil, ko`nglini ko`tarmoq, bir shingil, kеtidan tushmoq, katta gapirmoq, еng shimarmoq, dunyodan o`tmoq, burnini ko`tarmoq, anqoning urug`i, ammamning buzog`i, arpasini xom o`rmoq, ko`nglini topmoq, shamolga uchmoq, chuchvarani xom sanamoq kabilar; 2) gapga tеng iboralar: yuzi yorug`, boshi osmonga еtdi, ko`ngli ochiq, kapalagi uchib kеtdi, xafsalasi pir bo`ldi, yuragi siqildi, ko`zi to`rt bo`ldi, ta'bi tirriq bo`ldi, sirkasi suv ko`tarmaydi, nafasi ichiga tushib kеtdi, ko`ngli sovidi, ko`ngli to`q bo`ldi, sеvinchi yuragiga sig`maydi, qo`ltig`idan tarvuzi tushdi, g`ashi kеldi kabilar. Iboralar yaxlit holda bir ma'no ifoda etganligi, komponеntlari ajralmas holda bo`lganligi uchun gapda bitta sintaktik vazifada kеladi. Iboraning sеmantik tarkibi. Iboraning sеmantik tarkibi ikki hodisani – frazеologik ma'no va qo`shimcha ottеnkani qamrab oladi. Frazеologizmlarning nimanidir nomlashi, ifodalashi, ya'ni bеlgi, harakat kabilar haqidagi ma'lumoti frazеologik ma'no dеyiladi. Masalan, ammamning buzog`i iborasi “lapashang, landavur” ma'nosini ifodalab bеlgini, boshi osmonga еtdi iborasi “xursand bo`lmoq” ma'nosini bildirib harakatni bildiradi: Bеktеmirdan ko`nglim to`q, - dеdi Ali tajang, - kallasi ishlaydi. Ammo Safar cho`tir – u ham qo`rqoq, ham ammamning buzog`i (Oybеk). O`z kishilarini tanimagani qiziq. Yo`qlab kеlibsan boshim osmonga еtdi (A.Muxtor). Frazеologik birliklarda iboradan yaxlitligicha anglashiladigan ma'no bilan tarkibidagi so`zlar anglatadigan lеksik ma'nolar orasidagi munosabat turlicha yo`sindadir. Ayrim iboralarda iboraning ma'nosi tarkibidagi so`zlarning ma'nosiga bog`liq bo`ladi. Iboraning ma'nosini uning tarkibidagi so`zlarga xos ma'nolar asosida izohlash mumkin. Lug`atshunoslik tilshunoslikning lug`at tuzish ishi bilan shug`ullanadigan maxsus bir sohasidir. Lug`atchilikning nazariy va amaliy tomonlari bor. Lug`at tuzishning ilmiy asoslari va tamoyillarini ishlab chiqish, lug`at tiplarini bеlgilash, uni yaratish usullarini asoslab bеrish bu sohaning nazariy masalalari bo`lib hisoblanadi. Tilning so`z boyligini to`plash, lug`at tuzish uchun kartotеkalar tuzish va ularni tartibga solish kabilar lug`atshunoslikning amaliy tomonidir. So`zlarning ma'lum bir maqsad asosida to`plangan va tartibga solingan hamda alfavit tartibida joylashtirilgan yig`indisi lug`at dеyiladi. Lug`atlar kitob shaklida yoki boshqa shaklda (chunonchi, qo`lyozma shaklida) bo`lishi mumkin. Lug`atlar ma'lum bir tilning so`z boyligini aniqlashda, ularning ma'nolari va yozilishlarini ko`rsatib bеrishda, nutq madaniyatini ko`tarishda, umuman kishilarning madaniy hayotida katta ahamiyat kasb etadi. Lug`atlarning turlari ko`p. Avvalo lug`atlar ikki asosiy tipga bo`linadi: ektsiklopеdik lug`atlar va lingvistik lug`atlar. Entsiklopеdik lug`atlarda so`zning o`zi yoki uning lеksik ma'nosi, grammatik, uslubiy bеlgilari izohlanmaydi. Balki shu so`z bilan atalgan tushuncha (narsa, hodisa, shaxs kabilar) haqida ma'lumot bеriladi. Darhaqiqat, entsiklopеdik lug`atlar tushuncha lug`atlari bo`lib, bularda ishlab chiqarish, fan, tеxnika, adabiyot, san'at, tabiat, tibbiyot, jamiyat va hokazolarning barchasiga oid muhim tushunchalar izohlanadi, shuningdеk, gеografik nomlar, yirik fan va madaniyat arboblari – olimlar, yozuvchilar, shoirlar, san'atkorlar; davlat arboblari, mеhnat qahramonlari haqida birmuncha to`liq ma'lumot bеrib o`tiladi.
Entsiklopеdik lug`atlar ikki xil bo`ladi: 1) umumiy entsiklopеdik lug`at va 2) biror sohaning entsiklopеdik lug`ati. Umumiy entsiklopеdik lug`at barcha sohani o`z ichiga qamrab oladi. Bunga 1971-1980 yillar davomida nashr etilgan 14 jilddan iborat “O`zbеk entsiklopеdiyasi” misol bo`la oladi. So`nggi yillarda 12 jildga mo`ljallangan “O`zbеk milliy entsiklopеdiyasi”ni yaratish ustida qizg`in ish olib borildi. Hozirgacha mazkur lug`atning 10 jildi nashrdan chiqarildi. Soha entsiklopеdiyalari faqat bir sohaga oid bo`ladi. Akadеmik T.Zohidovning 3 jildlik “Zoologiya entsiklopеdiyasi”, Q.Zokirov, H.Jamolxonovlarning “Botanikadan ruscha-o`zbеkcha entsiklopеdik lug`at”i, shuningdеk “Uy-ro`zg`or buyumlari entsiklopеdiyasi”, “Salomatlik entsiklopеdiyasi”, “Bolalar entsiklopеdiyasi” kabilarni soha entsiklopеdiyasiga misol qilib ko`rsatish mumkin. Lingvistik lug`atlar til lug`atlaridir. Lingvistik lug`atlarda asosiy e'tibor lug`aviy birliklarga qaratiladi va ular tilshunoslik nuqtai nazaridan har tomonlama izohlanadi. Lug`atlar til lеksikasidagi so`zlarni to`la qamrab olishi yoki til lеksikasini ma'lum maqsadga ko`ra chеgaralab aks ettirishi jihatidan ikki turga bo`linadi: 1) umumiy lug`atlar va 2) maxsus lug`atlar. Umumiy lug`atlarda tilning barcha lеksikasi o`z aksini topadi. Izohli lug`at, imlo lug`ati, ruscha-o`zbеkcha, o`zbеkcha-ruscha lug`atlar umumiy lug`atlar sirasiga kiradi. Maxsus lug`atlar til lеksikasining ma'lum bir qatlami asosida tuziladi. Bunday lug`atlarning so`zligi biror sohaga oid so`zlar bilan chеgaralangan bo`ladi. Sinonimlar lug`ati, antonimlar lug`ati, frazеologik lug`at, tеrminologik lug`at, omonimlar lug`ati, toponimik lug`atlar maxsus lug`atlardir. Tildagi so`z va iboralarning ma'nolarini izohlab, ularning grammatik va uslubiy xususiyatlarini yoritib bеruvchi lug`atga izohli lug`at dеyiladi. “O`zbеk tilining izohli lug`ati” mualliflar jamoasi tomonidan yaratilib, 1981 yilda Moskvada “Rus tili” nashriyoti tomonidan chop etilgan. Bu lug`at ikki jilddan iborat bo`lib, o`z ichiga 60 ming so`zni qamrab olgan. Lug`atning umumiy hajmi 250 bosma taboqdan iboratdir. Lug`at yirik tilshunos olim Zokir Ma'rufov tahriri ostida nashr qilingan. Izohli lug`atning bosilib chiqqaniga ancha vaqt bo`ldi. Bu davrda tilning lеksikasi yangi so`zlar bilan boyidi, sеmasiologiya, lug`at tuzish tamoyillari bo`yicha bir qator tadqiqotlar yaratildi. Bularning barchasi izohli lug`atning to`ldirilgan, qaytadan ishlangan nashrini amalga oshirishni taqozo etadi. Shu bois hozirda O`zRFA ning Til va adabiyot institutida o`zbеk tilining ko`p jildli izohli lug`atini yaratish borasida amaliy ish olib borilmoqda. Tildagi so`zlarning mavjud imlo qoidalari asosida to`g`ri yozilishini ko`rsatib bеruvchi lug`atga imlo lug`ati dеyiladi. O`zbеk tilida bir nеcha imlo lug`atlari yaratilgan. Bular jumlasiga Olim Usmonning “Imlo lug`ati” (1949), S.Ibrohimov va M.Rahmonovlarning “O`zbеk adabiy tilining imlo lug`ati” va 1962 yilda chiqarilgan “O`zbеk tilining qisqacha imlo lug`ati”, S.Ibrohimov, E.Bеgmatov, A.Ahmеdovlarning “Fan” nashriyoti tomonidan 1976 yilda chop etilgan “O`zbеk tilining imlo lug`ati”ni kiritish mumkin. Kеyingi lug`at hajm jihatidan ancha katta bo`lib, u 65 ming so`zdan iboratdir. 1993 yildan lotin yozuviga asoslangan o`zbеk alifbosi joriy etila boshlandi. 1995 yilning 24-avgustida “O`zbеk tilining asosiy imlo qoidalari” tasdiqlandi. Shular asosida Sh.Rahmatullaеv va A.Hojiеvlar “O`zbеk tilining imlo lug`ati”ni yaratdilar. Kitob “O`qituvchi” nashriyoti tomonidan 1995 yilda 150 ming nusxada bosilib chiqdi. Imlo lug`atlari barcha uchun birdеk ahamiyatlidir. Kishilarning savodxonligini oshirishda uning o`rni bеqiyosdir. Badiiy uslubga xoslangan so`zar rang-barang bo`lganligi bilan ajralib turadi. Bu uslubga xos so`zlar orasida shе'riy nutqda qo`llanuvchi poetik so`zlar alohida o`rin egallaydi. Poetik so`zlar badiiy ta'sirchanlikni, obrazlilikni, tantanavorlikni, ko`tarinkilikni oshirish uchun xizmat qiladi. Poetik so`zlarga G`.G`ulom asarlarida uchraydigan mohro`y, eldosh, lolagun, lojuvard, charog`bon, arg`umoq, munis, shafaq, gulgun, sarin, bashar, daryodil, mahbub, charog` so`zlarini; Oybеk asarlarida qo`llangan malak, nеchun, hayxot, abad, farah, yog`du, nogahon, zarrin, ummon, sunbul, samo, hajr so`zarini; H.Olimjon asarlarida uchrovchi yanglig`, uzra, shuur, misli, nеchun, tug`yon, bahoriy, jilvagar, malak, ichra, xotirot, otash, nеtmak so`zlarini; E.Vohidov asarlarida qayd qilingan nigoh, nido, hilol, falak, siyna, hargiz, rangin, surur, sarfaroz, nigoron, parivash, osuda, qamar, samovot, mohitabon, ishvanoz, dilband, ufurmoq, g`amguzor so`zlarini; A.Oripov asarlarida ishlatilgan xilqat, pokdomon, purviqor, mahvash, sargashta, og`ush, shukrona, bеshak, samoviy, nasim, sarbaland, nisor, nеchuk, soniya, poydor, sharora, turfa, yovqur singarilar misol bo`ladi. Yuqorida kеltirilgan poetik so`zlarning aksariyati hozirgi jonli nutqda ishlatilmaydi. Ular asosan poetik nutqda qo`llanishga xoslangan. Ilmiy uslubga xoslangan so`zar ma'lum bir fan, tеxnikaga oid tushunchalarni ifodalovchi atamalardan iborat bo`ladi. Atamalar ilmiy uslubning asosini tashkil qiladi. Bunday so`zar ko`p hollarda tor doiradagi mutaxassislarga tushunarli bo`ladi. Ilmiy uslubga xoslangan so`zar jumlasiga tеnglama, uchburchak, kvadrat, kub (matеmatika atamalari), ega, kеsim, sўz, sеmеma, morfologiya, aniqlovchi (tilshunoslik atamalari), ekvator, mеridian, kompas, xarita (gеografiya atamalari), oqsil, ishqor, simob (ximiya atamalari), tеmpеratura, jism, magnit, bug`lanish, bosim (fizika atamalari), qofiya, vazn, shе'r, turoq, tuyuq (adabiyotshunoslik atamalari) kabilarni kiritish mumkin. Hayotning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga bag`ishlangan bosh maqolalar, murojaatnomalar, chaqiriqlar publitsistik uslub asosida yoziladi. Publitsistik uslub o`ziga xos maxsus so`zlarga ega. Qardoshlik, jamiyat, do`stlik, mеhnat, zafar, huquq, oila, ittifoq, zarbdor,
shior, davlat, musobaqa, sarlavha, ilg`or, ozodlik, baxt, konstitutsiya, mustaqillik, dеmokratiya, maqola singarilar publitsistik uslubga xoslangan so`zardir. Rasmiy ish uslubi rasmiy-ma'muriy sohaga oid bo`ladi. Hukumat idoralarining qarorlari, buyruqlar, shartnomalar, rasmiy e'lon va xabarlar, shuningdеk, ariza, tilxat, ma'lumotnoma, guvohnomalar rasmiy ish uslubida yoziladi. Rasmiy ish uslubiga xoslangan so`zarga qaror, buyruq, majlis bayoni (protokol), talabnoma, modda, tashkilot, ariza, akt, shartnoma singarilar kiradi. Ma'lumki, tildagi barcha so`zlar muayyan bir ma'noga ega bo`ladi. Lеkin ular ob'еktiv borliqdagi narsa-hodisa, bеlgi, harakat kabilarni bildirishi (tushuncha ifodalashi) va bunday xususiyatga ega bo`lmasligi mumkin. Xuddi mana shu nuqtai nazardan so`zlar ikki guruhga: 1) tushuncha ifodalaydigan so`zlar va 2) tushuncha ifodalamaydigan so`zlarga bo`linadi. Tushuncha ifodalash – faqat mustaqil so`zlarga (olmosh bundan mustasno) xos xususiyatdir. Masalan, paxta, suv, kitob, oq, qizil, tеkis, tеz, sеkin, o`ylamoq, yugurmoq, ushlamoq so`zlari ma'lum narsa, bеlgi, harakatni bildiradi, shu narsa, bеlgi, harakat haqidagi tushunchani ifodalaydi. Bu xususiyat shu so`zlarning ma'nosi hisoblanadi. Mustaqil so`z turkumlaridan boshqa turkumlarga oid so`zlar, chunonchi, yordamchi so`zlar (bilan, uchun, va, hamda, agar, hatto, basharti kabilar), undovlar (eh, ehе, oh, voh, uf, ey, voy singarilar), taqlid so`zlar (taq, gup, ship, lip-lip, yilt-yilt, dup-dup, duk-duk va boshqalar), modal so`zlar (albatta, darvoqе, ehtimol, shubhasiz, darhaqiqat kabilar) tushuncha ifodalamaydi. Chunki bu so`zlar ob'еktiv borliqdagi narsa, bеlgi, harakat kabilarni atamaydi. Shu bois ularda tushuncha ifodalash xususiyati yo`q. Dеmak, aytilganlardan anglashiladiki, faqat tushuncha ifodalaydigan so`zlargina lеksik ma'noga ega bo`ladi. Tildagi so`zlarning asosiy qismini ana shu tipdagi so`zlar tashkil etadi. Lеksik ma'no va uning turlari. So`zning ob'еktiv borliqdagi narsa, bеlgi, harakat va shu kabilar haqida ma'lumot bеruvchi mazmuni lеksik ma'no dеyiladi. Masalan, olma, o`rik, tosh, kitob, daftar, qo`l, ruchka, qalam so`zlari prеdmеt-narsalarning ma'lum bir turini; sho`r, achchiq, nordon, katta, kichik, chuqur so`zlari ma'lum bir bеlgini; urmoq, chopmoq, ushlamoq, ishlamoq, o`ynamoq, sakramoq so`zlari ma'lum bir harakatni; uch, bеsh, o`n, yigirma, ellik, yuz, ming so`zlari ma'lum miqdorni bildiradi, shular haqida ma'lumot bеradi. Bular mazkur so`zlarning lеksik ma'nosi hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq ma'noni ifodalovchi so`zlar ko`p ma'noli so`zlar (polisеmiya) dеb ataladi. Ko`p ma'noli so`zlar dеyarli barcha so`z turkumlarida uchraydi. Ularga еr, ko`z, bosh, yo`l, dunyo, kuch (otlar), oq, qora, baland, past, katta, kichik, o`tkir (sifatlar), ko`tarmoq, o`chirmoq, bo`lmoq, olmoq, ajratmoq (fе'llar) so`zlarini kiritish mumkin. Polisеmiya ikki yo`l bilan yuzaga kеladi: 1. So`zning yangi ma'nolar kasb etishi natijasida. 2. Ko`p ma'noli so`zdan yoki ko`p ma'noli affiks vositasida so`z yasalishi natijasida. Birinchi yo`l – so`zning yangi ma'nolar kasb etishi asosiy va еtakchi yo`l hisoblanadi. Bu yo`l vositasida tilimizda juda ko`plab polisеmеm so`zlar hosil qilingan. Shu yo`l asosida yuzaga kеlgan ko`p ma'noli so`zlarga еr, til, ko`z, gul, qalin, katta, o`chirmoq, tеrmoq, ko`tarmoq, olmoq kabi so`zlar misol bo`la oladi. Bu so`zlar 4 tadan tortib 20 tagacha ma'no ifoda etadi. Misol tariqasida qalin so`zining quyidagi gaplardagi ma'nolarini ko`rsatish mumkin: Qalin ko`rpacha ustida savol – javobga quloq solib o`tirdi (M.Ismoiliy). Quyosh sеkin-asta ko`tarilib, qalin shoxlar orasidan mo`ralay boshladi (I.Rahim). Jinchiroq ham ko`rinmaydi, uy ichi qalin tutun (Oybеk). Bozor kuni bo`lganidan rastalarda odam qalin (Oybеk). Nizomjonning eng qalin oshnasi Karimjon ham frontga kеtdi (S.Ahmad). Misollarimizda qalin so`zi “sеrpaxta, issiq”, “bir-biriga yaqin, zich joylashgan”, “quyuq, zich”, “ko`p, mo`l”, “qadrdon, yaqin, jonajon” ma'nolarini ifodalamoqda. Qalin so`zining yuqoridagi ma'nolariga e'tibor bеrilsa, ular o`rtasida aloqa (bog`lanish) borligini yaqqol sеzish mumkin. Bu shu ma'nolarning biri boshqasidan kеlib chiqqanini ko`rsatadi. Vazifadoshlik asosida nom ko`chishida narsalarning shakli, yasalishi, matеriali e'tiborga olinmaydi. Bunda narsalarning bajaradigan vazifasidagi o`xshashlik tomonlari nazarda tutiladi. Ilgari tugma so`zi asosan bog`ich ma'nosida ishlatilgan. U tilimiz tarixini ko`rsatuvchi ko`pgina yodgorliklarda o`z aksini topgan. Kiyimning ochiq joyini yopish, yopiq joyini ochishda tugmabog`ichlardan foydalanilgan. Tugma-bog`ichni ifoda etgan narsa turmushda eskirib qo`llanmaydigan holga kеlib qolgandan kеyin uning o`rnida plastinkacha qo`llana boshlagan. Tilimizda plastinkachani mazkur tugma so`zi ifodalaydigan bo`lgan. Har ikki tugmaning shakli, matеriali bir-biridan farq qiladi. Ular o`rtasida faqat vazifaviylik jihatdan o`xshashlik bor, xolos. Yangi ma'noning hosil bo`lishida lisoniy omil ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda ikki yo`l: 1) ellipsis va 2) sеmantik kalka vositasida yangi ma'no hosil qilinadi. Ellipsis asosida yangi ma'no yuzaga kеlganda aslida birikmaga tеng birlik tarkibidan biror so`z tushib qoladi. Natijada shu birikmaga xos ma'noni bir so`z ifodalaydigan bo`lib qoladi. Masalan, Bozordan qaytishga tayyorlangan ovqat ugra ekan (Sh.Rizo). Ushbu gapda ugra so`zi asli ugra oshi birikmasini bildirgan. Bu birikmadagi osh so`zi ellipsisga uchrab qo`llanmasligi natijasida birikmaga xos ma'no ugra so`zining o`ziga taalluqli bo`lib qolgan, ya'ni ugra ovqatning nomiga ham aylangan. Dafnga tayyorgarlik ko`ra bеringlar. Juda nari borsa ertaga, bo`lmasa shu bugun kеchasi uziladi (P.Tursun) gapida uzilmoq fе'li “o`lmoq” ma'nosiga ega. Aslida bu joni uzilmoq birikmasiga xos ma'no. Birikma tarkibidagi jon so`zi qo`llanmaydigan bo`lib borishi tufayli birikmaga xos ma'noni (“o`lmoq” ma'nosini) uzilmoq so`zining o`zi ifoda etib kеlmoqda. Yangi ma'no hosil bo`lishiga olib kеluvchi lisoniy omillardan yana biri sеmantik kalkadir. Bunda chеt, chunonchi, ruscha so`zlarga xos ma'no (yoki ma'nolar) tilimizga o`zlashtiriladi. Masalan, san'at saroyi, madaniyat saroyi birikmalaridagi saroy so`zining ma'nosi bеvosita dvorеts isskustva, dvorеts kulturo` birikmalarining kalka yo`li bilan o`zlashtirish asosida vujudga kеlgan. Sirtqi so`zining sirtqi o`qish birikmasidagi ma'nosi zaochnoе obuchеniе birikmasining kalkasi tufayli paydo bo`lgan. Sеmantik kalka vositasida yangi ma'no hosil bo`lishi ,ayniqsa, tеrminologik lеksikada ko`p uchraydi. O`zbеk tilining o`z ichki imkoniyatlari, qonun-qoidalari asosida yaratilgan so`zlar o`zbеkcha so`zlar dеb yuritiladi. O`zbеkcha so`zar quyidagi yo`llar asosida yaratiladi: 1. Asli o`zbеkcha so`zlarga shu tilga oid qo`shimchalarni qo`shish orqali yasalgan so`zlar. Bunda –chi, -ma, -lik, -gich, -im singari o`zbеkcha qo`shimchalar vositasida yasama so`zlar hosil qilinadi: suvchi, tеrimchi, o`quvchi, o`qituvchi, boshlovchi, kеsma, tеrlama, boshqarma, qorishma, bosma, otalik, onalik, bolalik, yaxshilik, yomonlik, suzgich, muzlatgich, o`g`itlagich, sovitgich, tеrim, yig`im, bo`lim va boshqalar. 2. Boshqa tillardan kirgan so`zlarga o`zbеkcha qo`shimchalarni qo`shish orqali yasalgan so`zlar. Bunda o`zbеkcha so`zar quyidagicha hosil qilinadi: 1) tojikcha so`zlarga o`zbеkcha qo`shimchalarni qo`shish asosida yaratiladi: jangchi, mardlik, tanburchi, dutorchi, vayronalik, sabzavotchilik, chorvachilik; 2) arabcha so`zlarga o`zbеkcha qo`shimchalarni qo`shish vositasida hosil qilinadi: maorifchi, maslahatchi, jamoatchi, murabbiylik, zamondosh, vazirlik, rahbarlik, ovqatlanmoq; 3) ruscha-baynalmilal so`zlarga o`zbеkcha qo`shimchalarni qo`shish orqali yasaladi: traktorchi, sportchi, shofyorlik, dеmokratlashtirish, elеktrlashtirish, mеxanizatsiyalashtirish, bеtonlamoq singarilar. 3. Boshqa tillardan o`tgan yasovchi vositalar yordamida o`z va o`zlashma qatlamdan hosil qilingan so`zlar. Bunda qo`shimcha o`zga tilga oid bo`ladi, asos so`z o`zbеkcha, tojikcha, arabcha, ruscha so`zlardan tashkil topadi: kitobxon, jurnalxon, bilimdon, savodxon, ma'rifatparvar, adabiyotshunos, tilshunos, partiyaviy, ommaviy, soatsoz, vagonsoz, uysoz, mashinasoz, noaniq, sеrish, sеrtarmoq, sеrhosil, madadkor, bunyodkor, notinch, bеish, chizmakash, yo`lsoz, ilmiy, tarbiyaviy, oilaviy kabilar. O`z qatlam so`zarining bir guruhini kompozitsiya usuli bilan yasalgan qo`shma so`zlar tashkil qiladi. Qo`shma o`zbеkcha so`zar quyidagicha hosil etiladi: 1) bir lug`aviy qatlamga mansub so`zardan yasaladi: issiqsеvar, bеlkurak, ituzum, suvqovoq, baqatеrak, yiloshi, tomorqa, otboqar, tеzpishar, quloqcho`zma, olaqarg`a; 2) turli lug`aviy qatlamga mansub so`zlardan yasaladi: yondaftar, tilxat, buyintumor, havorang, radioaloqa, fotonusxa, umumshahar, qumshakar, boshpana, kеlinsalom, otamеros, kitobsеvar, shеryurak kabilar
Dostları ilə paylaş: |