O’zbekistonda kutubxonachilik sohasining rivoji



Yüklə 48,49 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü48,49 Kb.
#212249
kutubxonashunoslik fanining rivojlanishi



Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Mustaqil ish


Fan: Kutubxonashunoslik


Bajardi: 061-21 guruh talabasi
Bozorova Malika

Mavzu: XX asrda kutubxonashunoslik fanining rivojlanishi va istiqboli.



O’ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI


Kitob bilan tanishish, mutolaa qilish, insonga o’zgacha zavq beradi. Kitobxon mutolaa qilar ekan kitob bilan yaqinroq tanishadi, uning ilmiy- badiiy qimmati haqida tasavvur hosil qila boshlaydi, fikrlaydi, mutolaa madaniyati yuksaladi.


Yurtboshimizni kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e’tibori tufayli umumta’lim maktablarida, oliy o’quv yurtlarida, barcha ta’lim maskanlaridagi o’tkazilayotgan “Yosh kitobxon”, “Kirobxonlar bayrami”, ko’rik tanlovlari, dam olish maskanlarida ochilayotgan zamonaviy kitob do’konlari va chekka qishloqlarda ochilayotgan kutubxonalar yosh avlodni ma’naviy va intellectual ehtiyojini qondirishda, kitobga oshno bo’lishda muhim o’rin tutmoqda. Kitobning mohiyati mangudir… Bu mohiyat - tafakkurni abadiylashtiradi. Bu borada mamlakatimizda keng ko’lamli islohotlar olib borilmoqda.
Bu nashr respublikada kutubxonachilik ishi tarixi, nazariyasi, amaliyoti va istiqboli masalalarini yoritadigan, ishlab chiqadigan, barcha kutubxona tarmoqlari oʻrtasida ilgʻor tajribalarni ommalashtiradigan, mamlakatimizda va hududlarda kutubxonachilik ishi qurilishi xususiyatlarini oʻrganadigan, kutubxona xodimlari malakasini oshiradigan, kitobxonlarda oʻqish madaniyatini tarbiyalaydigan, kutubxonachilik kasbining nufuzini, obroʻ-eʼtiborini koʻtaradigan nashrga aylandi.
1974-yilda sobiq Ittifoq hukumatining kutubxonachilik ishiga oid qabul qilgan qarori asosida mamlakatda markazlashtirilgan kutubxonalar tizimi tashkil topdi. Bu tizimning xususiyati shundan iborat ediki, hududlar xususiyatidan kelib chiqqan holda alohida tizimlar shakllandi, ulaming tarkibida markaziy kutubxona va uning atrofida filiallar birlashib, tizimni boshqarish, mablagʻ bilan taʼminlash, rejalashtirish va hisobot ishlari, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hisob-kitob ishlari, fondni toʻldirish, unga qayta ishlov berish, texnik va ilmiy ishlov berish Markaziy kutubxona zimmasiga, aholiga kutubxona xizmati koʻrsatish filiallarga biriktirildi. Kutubxonalarda ilgʻor ish usullarini oʻrganish, oʻzaro hamkorlik qilish, ichki va tashqi kitob ayirboshlash, kutubxonalararo abonement, sirtqi abonement, Xalqaro abonement ishlari shu davrda rivojlantirildi. Markaziy kutubxona butun bir tizim uchun ilmiy- uslubiy, bibliografik ish markaziga aylandi.
1975-1990-yillarda “Kutubxonashunoslik” fanining rivojlanishida asosiy eʼtibor respublikada maktab oʻquvchilari va bolalarga kutubxona xizmati koʻrsatish sifatini oshirish masalalariga qaratildi. Kitobxonlar oʻqish madaniyatini tarbiyalash, oʻqishiga rahbarlik qilish masalalari har tomonlama ishlab chiqila boshlandi. Shu davrda Toshkent davlat madaniyat institutining “Bolalar adabiyoti va kutubxonalarda bolalar oʻqishiga rahbarlik qilish” kafedrasi tashkil topib, uning faoliyati koʻlami va sifati jihatidan koʻzga tashlandi. Bu kafedraga avval filologiya fanlari doktori, folklorist olim Malik Murodov, keyinchalik pedagogika fanlari nomzodi, professor E. Yoʻldoshev rahbarlik qildi. 1982-1990-yillarda M.Murodovning bolalar kitobxonligi, ularning oʻqishiga rahbarlik qilish, kitobxonlikning ildizlari, oilada kitobxonlik, uning ildizlari, anʼanalari, shaxsiy kutubxonalar va ularda aholiga xizmat koʻrsatish, bolalar maʼnaviy dunyosini shakllantirishda kitobning oʻrni, E.Yoʻldoshevning “Bolalar oʻqishiga rahbarlik qilish”, “Oʻqish madaniyatini tarbiyalash” kabi risolalari nashr etildi. Maktab va litsey kutubxonalari ishini tashkil etish, kutubxonalarda kataloglarni tashkil etish, kitob fondini tashkil etish va u bilan ishlash, turli sinf oʻquvchilari bilan ishlash, ular oʻrtasida kutubxonachilik va bibliografik bilimlarni targʻib etish boʻyicha kitoblar va risolalar, turli ommaviy tadbirlarni tashkil etish metodikasiga oid qoʻllanmalar respublika “Kitobxon” jamiyati bilan hamkorlikda nashr etildi. Ulardan “Badiiy
adabiyotlarni targʻib etishning ommaviy usullari”, “Adabiy oʻqishlarni tayyorlash va oʻtkazish metodikasi”, “Adabiy viktorinalar” kabi yangi ish usullarining metodikasini oʻrgatuvchi, ommalashtiruvchi metodik risolalar nashr etildi. Chunki, bu davrga kelib, ommaviy ishlarni tayyorlash va oʻtkazishda yagona metodikaga ehtiyoj paydo boʻldi. Turli kutubxonalarda ommaviy ishlarning oʻziboʻ1archi1ik bilan, har kim oʻzi istagancha oʻtkazishi ommaviy tadbirlarning taʼsirini, sifatini, nufuzini tushirib yubordi.
1975-1990-yillarda kutubxonachilik ishi sohasidagi tadqiqotlar kutubxonalarning ijtimoiy rolini oshirishga qaratildi. Bu sohaga adabiyotshunoslarning kirib kelishi koʻzga tashlandi. Ammo, kutubxonachilik ishi masalalarining hal etilishida jamiyatshunoslar, faylasuflar, pedagoglar, psixologlar yetarli darajada ishtirok etishmadi.
Bu davrda asosiy eʼtibor sohaga oid ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, bolalar va oʻsmirlar bilan ishlash, oʻqish madaniyatini tarbiyalash, oʻqishiga rahbarlik qilish, yetakchi kutubxonashunos-bibliograf olimlarning faoliyatini oʻrganish, tadqiq qilish, targʻib qilish, kutubxonashunoslik fanining boshqa sohalar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish, ular yordamida ilgʻor tajribalarni ommalashtirish, aholiga kutubxonachilik xizmati koʻrsatishni takomillashtirish, kutubxona tarmoqlarini markazlashtirish, madaniy-maʼrifiy muassasalar tizimida kutubxonalarning oʻrni masalasini oʻrganish, tadqiq qilish, kutubxonachilik hududiy birlashmalari faoliyatini oʻrganish masalalari uchinchi bosqichga xos edi.
1991-yil Oʻzbekiston mustaqilligi qoʻlga kiritilganidan soʻng jamiyatning barcha qatlamlarida oʻzgarishlar yuz berdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitiga oʻtish davri boshlandi. Hamma sohada iqtisodiyotni, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniymaʼrifiy sohalarda boʻlgani kabi madaniyat va sanʼat sohasida ham milliylikka eʼtibor oshdi. Milliy urf-odatlarimizni takomillashtirish, milliy qadriyatlarimizni qaytadan oʻrganish, tahlil qilish, ayniqsa, oʻzbek millati tarixini yangi nuqtayi nazardan oʻrganish masalasi, maʼnaviyatni shakllantirish, rivojlantirish oldingi oʻringa chiqdi. Diniy qadriyatlar qaytadan tiklandi. Xorijiy mamlakatlar bilan barcha sohada hamkorlik kuchaydi. Xorijiy sarmoyalar mamlakatimiz rivojiga taʼsir eta boshladi. Kutubxonachilik ishi sohasida ham xorijiy grantlar, hamkorlik yordamlari paydo boʻldi. Ulaming taʼsirida va koʻmagida kutubxonachilik ishi sohasida avtomatlashtirish tushunchalari shakllanib, amaliyotga joriy etila boshlandi. Shulardan eng asosiysi elektron kataloglarning tashkil etilishi boʻldi. Mamlakatimizda dastlab Toshkent viloyati “Turon” ilmiy-universal kutubxonasi, Oʻzbekiston FA asosiy kutubxonasining faoliyatida yangi texnologiya paydo boʻldi, Rossiyaning “IRBIS” dasturi asosida elektron kataloglar yaratila boshlandi. “Turon” kutubxonasi tomonidan bir necha xorijiy grantlar yordamida respublika kutubxonalari uchun oʻquv seminarlari tashkil etilib, elektron katalog tuzish
qoidalari, nusxa koʻchirish apparatlari yordamida adabiyotlardan nusxa olish, bibliografik yozuvlarni dasturga kiritish, kompyuter savodxonligini oshirish masalalari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi.
XX asrning soʻnggi yillariga kelib, mamlakatimiz kutubxonalari faoliyatiga kompyuterlar kirib keldi. Ular yordamida kutubxonachilik ish jarayonlarini avtomatlashtirish bilan kutubxonachilar mehnatini yengillashtirish, ularning ish samarasini va sifatini oshirish masalalari kun tartibiga chiqdi. Shu sababli, 1994-yildan boshlab AK respublikada birinchilardan boʻlib, Rossiyaning “IRBIS” dasturi asosida elektron katalog yaratishga kirishdi.
1998-yili kutubxona ish jarayonlari shu dastur asosida avtomatlashtirishga oʻtkazila boshlandi, kitobxonlarda Internet tarmogʻida ishlash imkoniyati yaratildi hamda elektron pochta aloqasi ishga tushdi.
2001-yili FAAK Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi boʻlib “Avtomatlashtirilgan kutubxona modeli” loyihasi doirasida respublika kutubxona xodimlarini axborot texnologiyalari savodxonligiga oʻqitishga moʻljallangan oʻquv markazi ish boshladi va 150 dan ortiq kutubxona xodimi oʻqitildi. 1994-yildan boshlab, AK fondiga olingan hujjatlarning elektron katalogi, 9 mingga yaqin dissertatsiyalarning bibliografik yozuvlari kiritildi. Ammo bu ishlar dastlabki davrda bajarilgani va hali kutubxona xodimlarida elektron katalog tuzish madaniyati yetarli boʻlmaganligi sababli bibliografik yozuvlarni kiritishda koʻpgina xatolar mavjud edi.
2000-2004-yillarda Toshkent viloyati “Turon” ilmiy-universal kutubxonasi (2006-yildan axborot-kutubxona markazi) nafaqat Toshkent viloyati kutubxonalari, balki respublika kutubxonalari faoliyatini rivojlantirish maqsadida xorijiy grantlardan foydalanib, 5 ta viloyat kutubxonasida “Huquqiy axborot markazi”ni tashkil etdi, ularni kompyuter, printer, skaner bilan taʼminladi va elektron katalog tashkil etish ishlarida yordam berdi, kutubxonalar faoliyatiga fandrayzing usulini olib kirish boʻyicha bir yil davomida oʻquv seminarlari tashkil etdi.
1999-yildan boshlab mutaxassislar saʼy-harakati bilan xorijiy tashkilotlar koʻmagida “Fan, texnika, taʼlim va biznes sohalarida kutubxona, Internet resurslaridan foydalanish - “Central Asia” nomi bilan ikki yilda bir marta Oʻzbekistonning yirik shaharlari va kutubxonalari bazasida Xalqaro anjuman oʻtkazila boshlandi. Bu anjumanda dunyo mamlakatlarining ilgʻor kutubxonashunos va bibliograf olimlari, kutubxonalar ish jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha mutaxassislar ishtirok etadilar. Anjumanda kutubxonachilik ishini takomillashtirish, sifatli va samarali axborot xizmati koʻrsatish, kutubxonalar ish jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash, elektron kataloglar yaratish, mamlakatlarning yigʻma elektron kataloglari, ilgʻor ish tajribalari, virtual kutubxonalar, elektron kutubxonalar, ularning ishini tashkil etish, Internet xizmati, Internet resurslarini yaratish, xususiy elektron resurslar va ularni yaratish, masofadan turib xizmat
koʻrsatish, elektron resurslar tashkil etish, oʻzaro almashish, hamkorlik ishlari, elektron bibliografik resurslar yaratish va fondini tashkil etish kabi koʻplab masalalar muhokama qilindi.
Yüklə 48,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin