O‘zgaruvchilar kabi o‘zgarmaslar ham ma'lumot
larni saqlash uchun mo‘ljallangan xotira yacheyka larini o‘zida ifodalaydi. O‘zgaruvchilardan farqli ra
vishda ular dasturni bajarilishi jarayonida qiymati
o‘zgarmaydi. O‘zgarmas e'lon qilinishi bilan unga
qiymat berish lozim, keyinchalik bu qiymatni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
C++ tilida ikki turdagi, literal va nomlangan o‘zgarmaslar aniqlangan. Literalli o‘zgarmaslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri dasturga kiritiladi. Masalan:
int myAge =39; Bu ifodada MyAge int tipidagi o‘zgaruvchi, 39 soni esa literal o‘zgarmasdir.
Özgarmaslar turlari quyidagilardan iboratdir.
1. Belgili o‘zgarmaslar. Belgili o‘zgarmaslar odatda bir bayt joyni egallaydi va bu 256 xil belgini saqlash uchun yetarlidir. Char tipi qiymatlarini
0..255 sonlar to‘plamiga yoki ASCII belgilar to‘plamiga interpretasiya qilish mumkin. ASCII belgilari deganda komp'yuterlarda qo‘llaniladigan standart belgilar to‘plami tushuniladi. ASCII - bu American Standard Code for Information Interchange ( Amerikaning axborot almashinishi
uchun standart kodi) degan ma'noni anglatadi.
Maxsus belgilar.C++ kompilyatorida tekstlarni formatlovchi bir nechta maxsus belgilardan foydalaniladi. (Ulardan eng ko‘p tarqalgani jadvalda keltirilgan). Bu belgilarni dasturda ishlatishda «teskari slesh»dan foydalanamiz. Teskari sleshdan keyin boshqaruvchi belgi yoziladi. Masalan, tabulyasiya belgisini dasturga qo‘yish uchun quyidagicha yozuvni yozish kerak.
char tab ='\t'; Bu misoldagi char tipidagi o‘zgaruvchi \t qiymatini qabul qiladi. Maxsus belgilar axborotlarni ekranga, faylga va boshqa chiqarish qurilmalariga chiqarish
da formatlash uchun qo‘llaniladi. Maxsus '\' simvoli dan boshlangan simvollar eskeyp simvollar deyiladi.