O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilish Reja: O`zbekiston tabiati va tabiat muhofazasining umumiy



Yüklə 80 Kb.
səhifə1/3
tarix29.12.2021
ölçüsü80 Kb.
#48960
  1   2   3
O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilish Reja O`zbekiston tabiati



O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilish
Reja:

  1. O`zbekiston tabiati va tabiat muhofazasining umumiy

masalalari

  1. Tabiatni muhofaza qilishning konstitutsion va yuridik

asoslari

  1. Tabiatni muhofaza qilishda nodavlat va davlat

tashkilotlarining roli

  1. Aholida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar


O`zbekiston tabiiy va tabiat muhofazasining umumiy masalalari

O`zbekistonning tabiati benihoya go`zal va so`lim go`shalarga boy bulib, undagi Shoximardon, Baxmal, Chimyon singari tog`li hududlar ba'zi ma'noda haqli ravishda Shveytsariya tabiatiga qiyoslanadi. Bahor va yoz oylarida Omonkuton, Og`aliq va Sarmishning tabiati qo`nida olingan bir kunlik dam insonga ko`pga yetadigan ma'naviy va jismoniy oziqa bag`ishlaydi. Respublikadagi cho`l va vodiylarning tabiati ham o`zgacha. Ular inson uchun ma'naviy va moddiy boylik manbai bo`lib xizmat qiladi. Dunyoda mashhur qorako`li va antiqa terilari ham O`zbekiston cho`llarida yaratiladi.

O`zbekiston shuningdek yer usti va yer osti boyliklarining mo`lligi bilan ham MDH mamlakatlari o`rtasida alohida o`rin tutadi. Uning hududida 658 turdagi umurtqali hayvonlar, shu jumladan 97 tur sut emizuvchi, 424 turdagi qush va 79 turdagi baliqlar, xilma-xil amfibiyalar va reptiliyalar yashaydi. Undagi o`simliklar dunyosi 4,5 mingdan ortiq turni o`z ichiga oladi.

O`zbekiston zamini mineral xom ashyolarga boy. Bu zaminda Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Bu mineral boyliklar 900 ta topib o`rganilgan konlarda va 2000 ga yaqin kelajakda o`rganib foydalaniladigan konlar joylashgan. Oltin zahiralari bo`yicha O`zbekistonning dunyoda to`rtinchi o`rinni egallashi ham uning tuprog`i naqadar boy ekanligidan darak beradi. Bundan tashqari respublika tabiiy boyliklari jihatidan neft, gaz, rangli va nodir metallar, ko`mir va fosforitlar, ohaktosh, marmar, granit va turli tuz konlariga boyligi bilan ham ajralib turadi. Undagi shifobaxsh suvlar o`zining zahirasi va tarkibidagi foydali minerallari bilan jahonda mashhur kavkaz suvlaridan qolishmaydi. Bu suvlar bazasidan 12 ta sanatoriya ishlab turibdi, 9 ta konning suvi zavodda qadoqlanib, xalq iste'moliga yetkazib berilmoqda.

Dunyoning ko`pgina rivojlangan mamlakatlarida o`zlashtiriladigan yer zahiralari tugab qolgan bir sharoitda O`zbekistonda bunday yerlarning yetarli darajada mavjudligi respublika yorqin istiqbolining yana bir yarqiroq qirrasidir. Respublikada qishloq xo`jaligi uchun foydalanish mumkin bo`lgan 27,5 mln gektar maydondan 5,0 mln gektariga dehqonchilik qilinadi (18%). Shundan 4,2 mln gektari sug`oriladigan yerlar bo`lib, qolgani lalmiklar maydonlardir. Suvdan unumli foydalanish, tomchilatib, yomg`irlatib va namlatib sug`orish texnologiyalarining joriy qilinishi suvning qishloq xo`jaligidagi sarfini kamaytirgan holda yangi yerlar o`zlashtirib, sug`oriladigan dehqonchilik maydonlarini kengaytirish imkonini beradi.

Yer maydonlari zahirasining yetarli ekanligi respublikada chorvachilikni rivojlantirish, aholini go`sht, sut va teri mahsulotlari bilan ta'minlashni yaxshilash imkonini beradi. Respublikadagi mavjud 44,9 mln. gektar maydonning 22,5 mln. gektari chorvachilikda foydalanilmoqda.

Yer resurslari orasida muhim o`rinni sug`oriladigan yerlar egallaydi. Bu yerlar garchi qishloq xo`jaligida foydaniladigan maydonlarning atigi 15% ni tashkil qilsada, ammo ular ishlab chiqariladigan jami dehqonchilik mahsulotlarining 95 % ni beradi. Bu zaminda millionlab tonnalab qimmatli texnik xom ashyo hisoblangan paxta, don va sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi. Serquyosh O`zbekiston yerida yetishtirilgan shirin-shakar mevalar dunyoda tengi yo`qdir. Meva va sabzavotlar respublika aholisini ta'minlabgina qolmay, balkim qo`shni davlatlarga va hatto uzoq mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda.

O`zbekistonning yana bir muhim tabiiy boyligi uning hududidan oqib o`tadigan kattayu-kichik daryolardir. 20 dan ortiq bo`lgan bu daryolarning umumiy uzunligi 7,5 ming km atrofida bo`lib, ko`p yillik o`rtacha ma'lumotlarga ko`ra ulardan sekundiga qariyb 3,7 km. kub suv oqadi. Respublikada shu kundagi suvning jami yillik sarfi 65 km. kubligini hisobga olsak, Orol dengizini tiklashga yetarli darajada suv yuborgan holda xalq xo`jaligini rivojlantirishga hali yana qo`shimcha imkoniyatlar mavjudligi ko`rinib turibdi.

Ammo tabiat yaratgan boyliklar shunchalik ko`pligiga qaramay, ulardan foydalanish O`zbekistonda hozirgi kun talabi darajasida emas. Aholining ekologik saviyasi pastligi, ekologik ta'lim-tarbiyaning kech yo`lga qo`yilishi va haligacha kerakli natijani beraolmayotganligi tabiiy resurslardan fodylanishning barcha qirralarida hamon o`z ta'sirini saqlab kelmoqda. Sir emaski. Tabiat qo`yniga dam olishga oshiqqan kishilarning aksariyat ko`pchiligi tabiatdan rekreatsion maqsadlarda foydalanish tartib-qoidalarini bilishmaydi yoki unga, shunchaki, amal qilishmaydi. Oqibatida ular dam olish joylarida yeb-ichishdan bo`shagan idishlar va boshqa keraksiz predmetlardan iborat axlat buyumlarini qoldirishadi. Ular shuningdek bilib-bilmay kamyob va nodir o`simliklarni yig`ish bilan ham tabiatga shikast yetkazishadi. Kaltakesak, echkiemar va ilonlarning ta'qib qilinishi ham xalqimizda ekologik saviyaning pastligidan dalolat beradi. Atrofimizda uchrab turadigan bu va shunga o`xshash hodisalar maorif tizimidagi yaxshilash zarurligi masalasini ko`ndalang qilib qo`yadi.

Tabiatning yer, suv va boshka resurslaridan foydalanishda ham ekologik madaniyatning pastligi sezilib turadi. Respublika maydonining katta qismi (52,3%) yaylovlar bo`lgani holda ulardan foydalanish mutlaqo qoniqarsiz ahvolda. Chorvachilik to`g`ri yo`lga qo`yilgan mamlakatlarda yaylovdan sxema usulida foydalanish bundan necha o`nlab yillar oldin tashkil qilingan bo`lsada bunaqangi tartib bizning chorvachiligimizga hanuzgacha kirib kelgan emas. Chorva mollarining eng hosildor yaylovlarida ko`plab to`planishi bir tomondan undagi o`simliklarning ko`plab yeyilishiga va ikkinchi tomondan tuproq qatlamining bosib yanchilishiga, uning eroziyaga uchrashiga, oqibat natijada yaylovning kambag`allashuviga olib keladi. 1993 yilgi ma'lumotlarga ko`ra respublika yaylovlarining 9 mln. gektari shamol va suv eroziyasiga uchragan.

Respublikada dehqonchilik madaniyatini talab darajasida deb bo`lmaydi. Sug`oriladigan maydonlarning katta qismi cho`l hududlariga chegaradoshligi va bu hududlardan tez-tez kuchli shamol va yozning garmsellari esib turishga qaramasdan shamollarga to`siq bo`luvchi ixota daraxtzorlari yaratishga e'tibor kam. Keyingi yillarda o`rmon xo`jaligi tizimida yangi ixotazorlar barpo qilish an'analari qariyb unutilib qo`yilmoqda. Eski daraxtzorlar esa allaqachon yo`qotilib, ulardan bo`shagan parcha yer ham xo`jaliklar tomonidan ekinzorga aylantirilib yuborilgan. Bu masalada bizdan ko`ra «soddaroq» va «savodi pastroq» bo`lgan ota-bobolarimizning yerlar atrofi va ariqlar bo`yida daraxtzorlar barpo qilishdek udumlarini saqlab qolaolmadik. Har yili hukumat qarorlari bilan e'lon qilinayotgan ko`chat o`tkazish oyliklari va bu oyliklar davomida statistika hisobotlari bo`yicha o`tkazilgan millionlab ko`chatlar O`zbekistonni hozirgacha serdaraxt o`lkaga aylantirmadi. Ammo keyingi yillarda shahar va qishloqlarni obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishida biroz olga siljishlar ko`zga tashlanmoqda. Bu esa yaqin kelajakda o`z mahsulini berajak.

Tabiiy resurslarning boshqa turlaridan, masalan, suvdan va tabiat in'om etgan meva-chevalardan foydalanishda ham isrofgarchilik katta. Meliorativ jihatdan yaxshi tayyorlanmagan va notekis yerlarning sho`rini yuvishda suvning sarfi gektariga me'yordagi 5 ming metr kub o`rniga 20 ming metr kubgacha chiqmoqda. Amudaryoning quyi oqimidagi hududlarda esa u bundan ham ortiq bo`lmoqda. Buning ustiga katta mablag`lar evaziga chiqarib olinayotgan daryo suvini ba'zi joylarda zaxkashlarga maqsadsiz tashlab qo`yish hollari ham mavjud-ki, bular nafaqat iqtisodni, balki muhit ekologiyasini ham yomonlashtiruvchi omillardir.

Yer osti suvlaridan ichimlik uchun foydalanish yetarli darajada emas. Zahiralar ulardan yilida 17,6 km. kub suv olishga yetarli. Shuncha suv olinganda yil davomida joylarda sizot suvlar sathi ham ko`tarilmay, bir zaylda turadi. Ammo hozirgi vaqtda ichimlik maqsadlarida har yili 3,43 km. kub atrofida suv olinmoqda, xolos. Masalaning ikkinchi tomoni-aholiga quvurlar orqali beriladigan ichimlik suvi asosan yer osti suvlari bo`lib, 1993 yil ma'lumotlariga ko`ra bunday suv bilan 257 ta shahar, posyolka va tuman markazlari ta'minlangan. Respublika bo`yicha vodoprovod suvining sarfi sutkasida 6,7 mln metr kub (yilida 1,1 mlrd metr kub) bo`lib, u aholiga asosan kommunal vodoprovodlar orqali yetkazib beriladi. Bu vodoprovodlar 11 ta ochiq suv manbalaridan, 175 ta yer osti suv quduqlaridan va 11 ta aralash manbalardan suv oladi. Kommunal vodoprovodlar ishlayotgan joylarda kishi boshiga sutkalik suv sarfi o`rtacha 449 litrni, shu jumladan shaharlarda 505 l., posyolkalarda-301 l. va tuman markazlarida-171 litrni tashkil qiladi. Bu ko`rsatkichlar o`rtacha bo`lib, ba'zi joylarda u juda past. 9 ta shahar, posyolka va tumanlarda odam boshiga sutkalik suv sarfi 100 litrga ham yetmaydi. Buning ustiga ichish va texnik maqsadlar (yuvish. Yuvinish, ko`klamzorlashtirish ishlari va hokazolar) uchun suvning bitta quvurdan kelishi, quvurlarning eskirib ishdan chiqqanligi, shahar joylarida tomorqalarning sugorilishi oqibatida yuborilayotgan suvning 25-35% isrof bo`lmoqda.

Ichimlik suvining sifati hamma yerda ham yaxshi emas. Aholi iste'mol qilayotgan jami vodoprovod suvining 30% sifat jihatdan standartga to`g`ri kelmaydi. Uning sifati ayniqsa Qoraqalpog`iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomon.

Hozirgi vaqtda respublika aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashni yaxshilash bo`yicha 2005 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladigan sxema ishlab chiqilgan. Unda ichimlik suvi bilan barcha shaharlarni to`liq ta'minlash, suvning sifatini yaxshilash, kommunal vodoprovodlar quvvatini 3,1 metrgacha oshirish va ularning uzunligini 2,1 metrga ko`paytirish ko`zda tutilgan. Mazkur sxemaga ko`ra Samarqand viloyatining ba'zi tumanlari, shuningdek Navoiy va Buxoro viloyatlari aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida 1992 yil Damxo`ja-Buxoro suv quvurining I-navbati ishga tushirildi. Bu suv magistralining uzunligi 210 km. bo`lib, suvning minerallashuvi 0,4-0,5 glitrni tashkil qiladi. Shuningdek sxemaga ko`ra Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyati aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlashni yaxshilash maqsadida u yerlarga Tuyamuyin suv omboridan quvur tortildi-1990 yil Tuyamuyin-Urganch suv magistralining I-navbati, 1992 yilda uning II-navbati va Tuyamuyin-Nukus magistralining I-navbati ko`rilib, ishga tushirildi. Hozirgi kunda aholisiga sutkasiga 200-220 ming m. kub ichimlik suvi quvurlar orqali uzatilmoqda.

Tabiatga yetkazilayotgan talofat ayniqsa qazilma boyliklardan foydalanishda katta bo`lmoqda. Qazilma boyliklarini qidirib topish, ularni qazib olish, tashish va qayta ishlash jarayonida ko`pgina maydonlarning yer yuzasi o`zining o`simliklar dunyosi bilan birga bosib yanchiladi, relyef o`zgaradi, tuproqning strukturasi buzilib, u yaroqsiz holga keladi. Birgina Zafarobod markaziy ruda boshqarmasida Uran olish bilan bog`liq ishlarga 170 ming gektar yer band bo`lib, bu yerlar turli darajada yaroqsiz holga kelgan. Zarafshon shahridagi birgina Muruntov oltin konining chiqindilari 10 ming gektar unumdor yerni egallab yotibdi. Bu chiqindilar tarkibida biosferani zaharlaydigan turli xil birikmalar mavjud. Respublika sanoatidan chiqadigan chiqindilar bilan nafaqat yer, balki suv va havo ham ifloslanmoqda. Ma'lumotlarda keltirilishicha respublika atmosferasiga har yili 4 mln tonna zararli moddalar chiqarilmoqda. Bularning yarmi uglerod oksidi, qolgani uglevodorodlar, oltingugurt oksidi, azot oksidi va boshqalar. Shargun ko`mir konidan olinadigan ashyo tarkibidagi o`nlab tonnalab fosfogipsning, Angren ko`mir koni ashyosi tarkibidagi kaolinning ruda chiqindilari sifatida chiqarib tashlanishi mamlakatimiz uchun iqtisodiy ham ekologik zarardir.

Ammo keyingi yillarda respublikamizda tabiatdan foydalanishdagi isrofgarchilikning oldini olish bo`yicha ko`pgina tadbirlar belgilangan. Yer osti boyliklaridan foydalanishda ham qator istiqbolli rejalar mavjud. Respublikada olinayotgan tabiiy metangazi tarkibida etan, propan va butan ham bo`lib, ulardan kelajakda polietilen va polixlorvinil olish, Sho`rtan gazkimyo kompleksida olinayotgan propandan nitril-akril kislotasini olib, undan nitron tolasi ishlab chiqarish mo`ljallangan. Shuningdek gaz va gaz kondensatini qayta ishlash sanoatida bir yo`la ular tarkibidagi oltingugurt birikmalarni ham qayta ishlashni joriy qilish ko`zda tutilmoqda. Angren kaolinidan glinozem (alyuminiy oksidi) va alyumini, o`tga chidamli materiallar, keramik qoplamalar, chinni, fayans, tsement va boshka xildagi maxsulotlarni olish mumkin. Shunga ko`ra hozir boyitilgan kaolin va glinozem ishlab chiqadigan zavod qurilish nazarda tutilmoqda. Bunyod etilayotgan Qizilqum fosforit kombinatining ishga tushishi respublikaning iqtisodiy salohiyatini ko`tarishda alohida ahamiyatga ega. Unda yilida 2,7 mln. tonna fosforit kontsentrati olish belgilangan. Bunga qo`shimcha Qorakat va Shimoliy jetitov fosforit konlari bazasida ham kelajakda qo`shma korxonalar tashkil etilishi mo`ljallangan.

Hozirgi vaqtda Barsakelmas konidan olinayotgan tosh tuzidan kaltsiy va kaustik soda ishlab chiqarish maqsadida Qo`ng`irotda soda zavodi qurilmoqda.

Oltin ajratib olishni ko`paytirish bo`yicha ham istiqbolli rejalar mavjud. 1994 yilda tashkil etilgan «Omontov Goljfilds» O`zbekiston-Britaniya qo`shma korxonasi yordamida Dovgistov va Omontov oltin konlari 1998 yilda ishga solindi, «Nyumont Mayning Korporeyshn» (AKSH) va Mitsun (Yaponiya) kompaniyalari o`rtasida Toshkent zonasidagi oltin konlarini o`zlashtirish bo`yicha bitim tuzilgan. Bu ishlarning barchasi pirovord natijada tabiiy boyliklardan unumli foydalanish asosida respublikaning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgandir.
Tabiatni muhofaza qilishning konstitutsion va yuridik asoslari


Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin