O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari Reja



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix29.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104632
  1   2   3   4
mus eko Kelichev 7



Kelichev B 

 
O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilishning 
huquqiy asoslari 
Reja: 
1) Tabiat 
muhofazasining 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasida aks etishi 
2) O„zbekiston Respublikasining ekologiya sohasidagi 
qonunlari
3) Ekologiya sohasidagi qonunosti meyoriy hujjatlar 


Kelichev B 

Bugungi kunda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta'minlash sohasida 
izchil ishlar olib borilmoqda. 
Atrof-muhit muhofazasi nihoyatda muhim. Yashash uchun tabiatni asrashimiz, tabiiy 
resurslarni oqilona boshqarishimiz, ulardan tejamkorlik bilan foydalanishimiz zarur. 
Shuningdek, bugungi kunda yer sharidagi ko'plab ekotizimlar zaxirasi deyarli butkul 
tugab, ortga qaytarib bo'lmaydigan darajaga yuz tutgan, boz ustiga aholi nufusi o'sib 
borayotgan, iqtisodiy taraqqiyotga ehtiyoj kun sayin ortayotgan vaziyatda atrof-muhitni 
saqlash har qachongidan ham dolzarb vazifa sanaladi. 
Ushbu maqolada atrof-muhitni muhofaza qilishga bag'ishlangan huquqiy asoslar 
xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlar asosida ko'rib chiqildi. 
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishning xalqaro standartlari 
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishda xalqaro ekologik hamkorlik juda muhim 
ahamiyat kasb etadi, bunda - yer yuzidagi barcha mamlakatlar tomonidan tabiat 
muhofazasiga doir xalqaro kelishuv -shartnoma, konventsiyalar tuzish, xalqaro ekologik 
me'yorlarni ishlab chiqish va ularga rioya etilishini hamkorlikda nazorat qilish, 
umumsayyoraviy va hududiy ekologik muammolarni birgalikda hal etish, ilmiy 
tadqiqotlar va turli xalqaro anjumanlar o'tkazish kabi keng ko'lamli chora-tadbirlar 
kompleksi tushuniladi. 
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishda xalqaro doirada qo'yilgan qadamlardan 
birinchisi 1913 yilda Bernda (Shvetsariya) 18 ta davlat ishtirokida "Tabiatni muhofaza 
qilish" bo'yicha xalqaro konferentsiya o'tkazish bo'ldi. 1923 yilda esa Parijda birinchi 
xalqaro tabiatni muhofaza qilish kongressi bo'lib o'tdi. 1928-yilda Bryusselda (Belgiya) 
"Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi" ochildi. Ushbu xalqaro tadbirlar doirasida 
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishga e'tibor bir muncha kuchaydi. 
1945 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilishi munosabati bilan atrof-
muhitni himoya qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik ushbu xalqaro tashkilot faoliyatining 
muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlana boshladi. BMT xalqaro ekologik hamkorlikni 
yanada taraqqiy ettirish yo'lida ko'p ishlarni amalga oshirdi. Dastlab 1948 yilda BMT 
tashabbusi bilan "Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi" "Tabiatni muhofazalash 
xalqaro ittifoqi"ga aylantirildi. Hozirgi kunga kelib ushbu ittifoq faoliyatida dunyoning 
118 mamlakatidan 636 ta davlat va jamoat tashkilotlari ishtirok etmoqda. 
Shuningdek, bugungi kunda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotidan 6 tasi 
atrof-muhit muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug'ullanadi. Xususan: 
YUNESKO - ta'lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug'ullanuvchi tashkilot 
faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri atrof-muhit muhofazasi sohasida maorif va 
kadrlar tayyorlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo'yicha ijobiy tajribalarni 
ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlar o'tkazishga qaratilgan. 
FAO - oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi bo'yicha tashkilot. U yer, suv, o'simlik va 
hayvonlardan kompleks foydalanish, ularning unumdorligini oshirish muammolari bilan 


Kelichev B 

shug'ullanadi. 
JST - xalqaro sog'liqni saqlash tashkiloti. Atrof-muhit muhofazasining sanitar-
gigienik masalalari bilan shug'ullanadi. 
XMT - xalqaro meteorologik tashkilot. Iqlimdagi umumsayyoraviy o'zgarishlar bilan 
shug'ullanadi. 
DMT - dengizlar bo'yicha davlatlararo maslahat tashkiloti. Bu tashkilot dunyo dengiz 
va okeanlaridan foydalanishning ekologik jihatlari bilan shug'ullanadi. 
Bundan tashqari BMTning ijtimoiy va iqtisodiy masalalar bilan shug'ullanuvchi 
kengashi - EKOSOS faoliyatida ham atrof-muhit muhofazasiga jiddiy e'tibor beriladi. 
Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha 1985 yilgi Ozon qatlamini 
himoya qilish konventsiyasi (Vena), 1987 yilgi Ozon qatlamini yemiruvchi birikmalar 
bo'yicha protokol (Monreal), 1989 yilgi Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashishni 
nazorat qilish konventsiyasi (Bazel), 1992 yilgi Biologik rang-baranglikni saqlash 
konventsiyasi (Rio-de-Janeyro), 1992 yilgi Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi konventsiya 
(N`yu-York) mavjud. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin