Kelichev B
1
O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilishning
huquqiy asoslari
Reja:
1) Tabiat
muhofazasining
O„zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasida aks etishi
2) O„zbekiston Respublikasining ekologiya sohasidagi
qonunlari
3) Ekologiya sohasidagi qonunosti meyoriy hujjatlar
Kelichev B
2
Bugungi kunda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta'minlash sohasida
izchil ishlar olib borilmoqda.
Atrof-muhit muhofazasi nihoyatda muhim. Yashash uchun tabiatni asrashimiz, tabiiy
resurslarni oqilona boshqarishimiz, ulardan tejamkorlik bilan foydalanishimiz zarur.
Shuningdek, bugungi kunda yer sharidagi ko'plab ekotizimlar zaxirasi deyarli butkul
tugab, ortga qaytarib bo'lmaydigan darajaga yuz tutgan, boz ustiga aholi nufusi o'sib
borayotgan, iqtisodiy taraqqiyotga ehtiyoj kun sayin ortayotgan vaziyatda atrof-muhitni
saqlash har qachongidan ham dolzarb vazifa sanaladi.
Ushbu maqolada atrof-muhitni muhofaza qilishga bag'ishlangan huquqiy asoslar
xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlar asosida ko'rib chiqildi.
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishning xalqaro standartlari
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishda xalqaro ekologik hamkorlik juda muhim
ahamiyat kasb etadi, bunda - yer yuzidagi barcha mamlakatlar tomonidan tabiat
muhofazasiga doir xalqaro kelishuv -shartnoma, konventsiyalar tuzish, xalqaro ekologik
me'yorlarni ishlab chiqish va ularga rioya etilishini hamkorlikda nazorat qilish,
umumsayyoraviy va hududiy ekologik muammolarni birgalikda hal etish, ilmiy
tadqiqotlar va turli xalqaro anjumanlar o'tkazish kabi keng ko'lamli chora-tadbirlar
kompleksi tushuniladi.
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishda xalqaro doirada qo'yilgan qadamlardan
birinchisi 1913 yilda Bernda (Shvetsariya) 18 ta davlat ishtirokida "Tabiatni muhofaza
qilish" bo'yicha xalqaro konferentsiya o'tkazish bo'ldi. 1923 yilda esa Parijda birinchi
xalqaro tabiatni muhofaza qilish kongressi bo'lib o'tdi. 1928-yilda Bryusselda (Belgiya)
"Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi" ochildi. Ushbu xalqaro tadbirlar doirasida
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishga e'tibor bir muncha kuchaydi.
1945 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilishi munosabati bilan atrof-
muhitni himoya qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik ushbu xalqaro tashkilot faoliyatining
muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlana boshladi. BMT xalqaro ekologik hamkorlikni
yanada taraqqiy ettirish yo'lida ko'p ishlarni amalga oshirdi. Dastlab 1948 yilda BMT
tashabbusi bilan "Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi" "Tabiatni muhofazalash
xalqaro ittifoqi"ga aylantirildi. Hozirgi kunga kelib ushbu ittifoq faoliyatida dunyoning
118 mamlakatidan 636 ta davlat va jamoat tashkilotlari ishtirok etmoqda.
Shuningdek, bugungi kunda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotidan 6 tasi
atrof-muhit muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug'ullanadi. Xususan:
YUNESKO - ta'lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug'ullanuvchi tashkilot
faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri atrof-muhit muhofazasi sohasida maorif va
kadrlar tayyorlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo'yicha ijobiy tajribalarni
ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlar o'tkazishga qaratilgan.
FAO - oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi bo'yicha tashkilot. U yer, suv, o'simlik va
hayvonlardan kompleks foydalanish, ularning unumdorligini oshirish muammolari bilan
Kelichev B
3
shug'ullanadi.
JST - xalqaro sog'liqni saqlash tashkiloti. Atrof-muhit muhofazasining sanitar-
gigienik masalalari bilan shug'ullanadi.
XMT - xalqaro meteorologik tashkilot. Iqlimdagi umumsayyoraviy o'zgarishlar bilan
shug'ullanadi.
DMT - dengizlar bo'yicha davlatlararo maslahat tashkiloti. Bu tashkilot dunyo dengiz
va okeanlaridan foydalanishning ekologik jihatlari bilan shug'ullanadi.
Bundan tashqari BMTning ijtimoiy va iqtisodiy masalalar bilan shug'ullanuvchi
kengashi - EKOSOS faoliyatida ham atrof-muhit muhofazasiga jiddiy e'tibor beriladi.
Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha 1985 yilgi Ozon qatlamini
himoya qilish konventsiyasi (Vena), 1987 yilgi Ozon qatlamini yemiruvchi birikmalar
bo'yicha protokol (Monreal), 1989 yilgi Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashishni
nazorat qilish konventsiyasi (Bazel), 1992 yilgi Biologik rang-baranglikni saqlash
konventsiyasi (Rio-de-Janeyro), 1992 yilgi Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi konventsiya
(N`yu-York) mavjud.
Dostları ilə paylaş: |