Ilonlar o’rgimchaksimonlar, hasharotlar, baliqlar, baqalar, qurbaqalar, kaltakesaklar, mayda qushlar va sutemizuvchilar bilan oziqlanadi. Ular bittadan bir necha o’ntagacha tuxum qo’yadi.
Kapcha ilon (kobra)
Ilonning uzunligi 170 sm dan 2 in gacha boradi. Biron xavf tug’ilganida yoki odam yaqinlashganida ilon tanasining oldingi qismini ko’taradi; bo’ynini kengaytirib, ogohlantiruvchi holatga o’tadi. Kapcha ilon qurbaqa, kemiruvchilar, kaltakesaklar va boshqa ilonlarni tutib yeydi. Bu ilon o’ta zaharli, uning zaharidan tibbiyotda foydalaniladi.