O`zbekistondagi va xalqaro mehmonxonalar servisi hamdamova Hilola, Abdurasulova Mehribon Abduraximova Saodat, Shomaxmudova Aziza Yeoju Technical Institute in Tashkent (ytit)



Yüklə 309,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix16.03.2023
ölçüsü309,05 Kb.
#88091
  1   2   3
1313-Текст статьи-3265-1-10-20210422



O`ZBEKISTONDAGI VA XALQARO MEHMONXONALAR SERVISI 
Hamdamova Hilola, Abdurasulova Mehribon
Abduraximova Saodat , Shomaxmudova Aziza 
Yeoju Technical Institute in Tashkent (YTIT) 
 
Annotatsiya: Mehmonxonalar aslida azal-azaldan tunash uchun yotoqxona 
vazifasini bajarib kelgan. Bugungi kunga kelib mehmonxonalar nafaqat yotoqxona 
balki, barcha servis turlarini o`z ichiga qamrab olmoqda. Dunyoda 
mehmonxonalar juda ko`p va biz ularning faqatgina eng hashamatlilarini taniymiz 
holos. Shuning uchun ham mehmonxonalarga katta-kichikligi va mijozlarga 
ko`rsatadigan servisiga qarab yulduzlar taqdim etiladi. Xalqaro mehmonxonalar 
O`zbekistondagi mehmonxonalarga nisbatan ancha rivojlangan va ularda 
mijozlarga xizmat ko`rsatish ham anchagina yuqori talablarga javob bera oladi. 
Biz ushbu maqolamizda xalqaro mehmonxonalar va O`zbekistondagi eng nufuzli 
mehmonxonalar haqida ilmiy tadqiqodlar amalga oshirdik va mijozlar bilan 
so`rovnomalar olib bordik. 

Kalit so'zlar: Mehmonxonalar, mehmonxonalar tasnifi, xalqaro 
mehmonxonalar servisi, O`zbekistondagi mehmonxonalar servisi 
Mehmonxonalar bugungi kunga qadar turar joy va vaqtinchalik boshpana 
vazifasini bajarib kelgan. Avvallari ular 2 xonadan iborat qilib qurilgan. Bugungi 
kunga kelib esa ular nafaqat boshpana balki, ovqatlanish, ko`ngilochar klublar, 
barlar, to`y marosimlari uchun zallar va ilmiy hamda biznes anjumanlar o`tkazish 
kabi barcha servis sohalarida faoliyat olib bormoqda. 
Bir biridan farqli o`laroq katta mehmonxonalarda barcha servis turlari 
mujassamlashtirilgan bo`lsa, kichik mehmonxonalarda servisning ayrim turlarigina 
faoliyat olib boradi. Odatda kichik mehmonxonalar faqatgina yotoq va ovqatlanish 
uchun moslashtirilgan bo`ladi.


Xalqaro standartlarga ko`ra mehmonxonalar mijozlarga xizmat ko`rsatishiga 
qarab; Yulduzli ( bunda 1 dan 5 gacha yulduz soni beriladi) va xarfli ( masalan 
AAA) tizimga bo`linadi. 
Traditional mehmonxonalar – motel, otel, hotel, guest house, boutique hotels, 
economy hotelga bo`linadi. Modern hotellar – zamonaviy interyer va texnikalar 
bilan ta`minlangan bo`ladi. 
(rooms Division Operations by Коллектив авторов (z-lib.org) )
Mehmonxonalar zanjir sifatida faoliyat olib boradi. Ya`ni xizmat ko`rsatish 
darajasi, har bir mijozga bir xil muomala, bir xil munosabatlarni o`z ichiga olishdir. 
(rooms Division Operations by Коллектив авторов (z-lib.org) )
Xalqaro mehmonxonalar servisi 
Dunyodagi eng yirik mehmonxonalarga misol qilib – Hospitality Franchise 
System Blandstone Part (AQSH), Holiday Inn World wide (Buyuk Britaniya), Best 
Western International (AQSH),Accor (Fransiya), Choice Hotel International 
(AQSH), Marriot International (AQSH), Hilton Hotel Corp (AQSH) kabilarni 
misol qilishimiz mumkin. AQSH dunyo bo`yicha eng nufusli mehmonxonalar 
ichida yetakchilikni qo`lga kiritgan. ( I.f.n. - R.S. Amriddinova, Nurullayeva 
Y.2015) 
AQShdagi 
eng 
yirik 
mehmonxonalardan 
biri 
“MARRIOTT
INTERNATIONAL” mehmonxonasi dunyoning eng katta transmilliy
kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Korporatsiyaning ma`lumotiga ko`ra 
dunyoning jami turistlarning ¼ qismi shu mehmonxonaga tashrif buyurar ekan.
Ushbu mehmonxonaga ilk bora 1957 yilda asos solingan. Uning asoschisi DJON 
MARRIOTT unga o`zining nomini beradi. Bu mehmonxona “Twin Bridges
Marriott Hotel” deb nomlanadi. 1964 yilga kelib esa “Marriott Corporation” deb 
nomlana boshlaydi. 1993 yilda kompaniya ikkita ko`chmas mulkka bo`linganligi 
uchun uni “Marriott Corporation” va “Host Marriott” deb nomlana boshlaydi. 
( I.f.n. - R.S. Amriddinova, Nurullayeva Y.2015) 
“Marriott International” mehmonxonalari bandligi yani turistlarning tashrif 
buyurish soni jihatidan dunyoning boshqa mehmonxonalar raqobatchilari 


hisobidan 10% ga ortiqroqdir. Bugungi kunda “Marriott International”
mehmonxonalari faol ravishda faoliyat yuritmoqda va AQSHdan tashqari 
dunyoning 66 ta mamlakatida 3400 ga yaqin obyektlarini qurib turistlarga va 
mizojlarga xizmat ko`rsatib kelmoqda.( I.f.n. - R.S. Amriddinova, Nurullayeva 
Y.2015) 
“Marriott International”da 150 mingdan ortiq xodimlar ishlashmoqda.
Nomerlar soni esa 700 mingga yaqin. Marriott yana yaqin kelajakda 600 ga yaqin 
o`zining mehmonxonalarini qurmoqchi ekanligini ma`lum qildi. ( I.f.n. - R.S. 
Amriddinova, Nurullayeva Y.2015) 
“Ritz-carlton’’ Bu mehmonaning dunyoda 63 ta filiali mavjud bo`lib asosan 
oliy darajadagi kurortlarni o`zida mujassamlashtirgan. ( I.f.n. - R.S. Amriddinova,
Nurullayeva Y.2015) 
“Renaissance Inn by Marriot’’- Ish yuzasidan tashrif buyurgan korporativ 
mujozlarga xizmat ko`rsatadi.‘’ Courtyard by Marriott’’- Cheklangan xizmatlarni 
ko`rsatib, asosan AQSH va Kanadada joylashgan.‘’Fairfield Inn by Marriott’’-
Dunyoda uning 392 ta mehmonxonasi mavjud bo`lib, arzon narxdagi 
mehmonxonadir. ‘’Spring Hall Suites’’-Ayollar va oilalalilar uchun juda qulay 
mehmonxonadir.( I.f.n. - R.S. Amriddinova, Nurullayeva Y.2015) 

Yüklə 309,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin