O’zbekistonning mustaqillik davrida moliyaviy axvoli.
Re’ja:
1.1991 byudjet yilida O‘zbekiston uchun yanada og‘ir moliyaviy ahvol yuzaga keldi.
2. O‘zbekiston 1994 yildayoq sobiq ittifoq hududidagi davlatlar bilan tashqi savdoda ijobiy qoldiqqa erishdi.
3. sobiq SSSR hukumatining O‘zbekiston Respublikasi aholisi oldidagi qarz majburiyatini o‘z yelkamizga olganligimizni e’lon qildi.
1.1991 byudjet yilida O‘zbekiston uchun yanada og‘ir moliyaviy ahvol yuzaga keldi.
1991 byudjet yilida O‘zbekiston uchun yanada og‘ir moliyaviy ahvol yuzaga keldi. Ittifoq hukumati bilan murosasiz kurash yo‘liga o‘tgan Yelsin boshliq Rossiya Federatsiyasi rahbariyati SSSR davlat byudjetiga Rossiya hududidan yig‘ib olinadigan mablag‘larning tushishini barcha qonun-qoidalarga zid ravishda mutlaqo to‘xtatdi. Hokimiyat uchun kurashning bu usuli mohiyatini sobiq Ittifoq rahbariyati o‘z vaqtida tushunib yetmadi. Mazkur holat SSSR byudjetidan O‘zbekistonga qaytishi mo‘ljallangan subvensiya hajmining oldinroq qisqara boshlashiga, keyin esa butunlay to‘xtashiga olib keldi. O‘zbekiston davlat byudjeti taqdirning bunday kutilmagan zarbasiga tayyor emas edi, shu sabab uning iqtisodiyoti butunlay izdan chiqib ketish xavfi ostida qoldi.
2. O‘zbekiston 1994 yildayoq sobiq ittifoq hududidagi davlatlar bilan tashqi savdoda ijobiy qoldiqqa erishdi.
O‘zbekiston 1994 yildayoq sobiq ittifoq hududidagi davlatlar bilan tashqi savdoda ijobiy qoldiqqa erishdi. Soddaroq qilib aytganda, biz bilan iqtisodiy hamkor davlatlarga ko‘proq mahsulot berib, ulardan kamroq oldik. Mustaqillikkacha yurtimizdan olib ketilayotgan boyliklarning hisob-kitoblari moskvalik mutaxassislar tomonidan yuritilardi. Biz yetkazib berayotgan paxta, oltin va boshqa xomashyo mahsulotlari qanchaga sotilayotgani, qancha daromad ko‘rilayotganini mutlaqo bilmasdik.
Shu bois 1989-1991 yillarda O‘zbekiston Davlat byudjeti daromadining o‘rtacha 30-40 foizi sobiq Ittifoq byudjetidan bizga qaytib beriladigan subvensiyadan (sodda tilda aytganda, o‘zini o‘zi boqa olmaydigan respublikaga moliyaviy yordamdan) iborat edi. Haqiqatda esa, O‘zbekistonni «boqimanda» respublikalar qatoriga kiritishga hech qanday iqtisodiy asos yo‘q edi.
3. sobiq SSSR hukumatining O‘zbekiston Respublikasi aholisi oldidagi qarz majburiyatini o‘z yelkamizga olganligimizni e’lon qildi.
Shu davrda yurtimizda mustaqil moliya asoslarini yaratish jarayoniga noxush ta’sir ko‘rsatgan voqealardan yana biri aholining sobiq SSSR jamg‘arma banki tizimida saqlanayotgan omonatlari masalasiga tegishli bo‘ldi (o‘sha paytda bu muassasa xalq tilida eski nomi bilan «Omonat kassalari» deb atalar edi). Ma’lumki, SSSR davrida aholi jamg‘armalari bilan ishlaydigan mazkur bank bitta bo‘lib, uning tizgini to‘laligicha Markaz ixtiyorida edi. Qolgan respublikalarda uning filiallari faoliyat ko‘rsatar va barcha yig‘ilgan mablag‘ aniq ko‘rsatma bilan ishlatilar edi.
O‘zbekiston esa mustaqillikka erishgandan boshlab jahonda tashqi davlat qarzi darajasi eng kam davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin oldi.Tashqi davlat qarzi mamlakatimiz YaIMning asosan 7-12 foizi atrofida (juda og‘ir yillardagina u sal oshishi mumkin) muqim ushlab turildi. Jon boshiga hisoblaganda esa bu ko‘rsatkich juda ham kam — 100-150 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi!