Dehqon xo‘jaliklariga yer uchastkasini ijaraga berish bo‘yicha
232233/123-22 - SON SHARTNOMA
25.04.2022 y.
Chinoz tumani hokimi ALIMBEKOV BOTIR BOXODIROVICH orqali keyingi o‘rinlarda “Ijaraga
beruvchi” deb ataladi, bir tomondan va TOSHPO‘LATOV DAVRONXO‘JA MUXITDIN O‘G‘LI orqali,
keyingi o‘rinlarda “Ijaraga oluvchi” deb ataladi, ikkinchi tomondan 04.04.2022 yildagi 1613323-son ochiq
elektron tanlov yakuni bo‘yicha rasmiylashtirilgan bayonnoma asosida ushbu
Shartnomani quyidagilar
to‘g‘risida tuzishdi:
I. Shartnomaning mavzusi
1. Ijaraga beruvchi №1613323 (Y1727256-279992/005 - e-ijara dagi lot raqami) lot bo‘yicha
aniqlangan ochiq elektron tanlov g‘olibiga yer uchastkasini
ijaraga topshiradi, Ijaraga oluvchi esa yer
uchastkasini qabul qilib oladi.
2. Yer
uchastkasining ixtisoslashuvi, maydoni, toifasi, holati, suv bilan ta’minlanganlik darajasi,
irrigatsiya ob’ektlarining holati, o‘rtacha ball boniteti, sho‘rlanish darajasi, servitutlar ko‘rsatilgan yer tuzish
hujjatlari qilinadi (1-ilova).
II. Ijara haqi
3. Yer uchun ijara haqi yer solig‘i tarzida, qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlar bo‘yicha va
muddatlarda to‘lanadi.
4. Yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda penya
undiriladi.
III. Yer uchastkasini berish va undan foydalanish shartlari
5. Yer uchastkasidan ushbu Shartnomaning 1-ilovasida ko‘rsatilgan maqsadda oqilona va samarali
foydalanilishi lozim.
6. Yerlarni o‘zlashtirish yoki foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni foydalanishga
kiritishda yer
uchastkalari Ijaraga oluvchining kuchi bilan va uning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
7. Yer uchastkasi berish va undan foydalanishning boshqa shartlari elektron-onlayn auksion natijalari
to‘g‘risidagi 04.04.2022 yildagi YU 027 - 361143-son bayonnomada keltirilgan (2-ilova).