Ўзбекисtон республикаси олий ва ўрtа маxсус tаълим вазирлиги



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix08.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#109257
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fan dasturi






Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha 
O‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2019 yil 
«17» avgustdagi «04» sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil
«04» oktyabrdagi «892» -sonli buyrug‘ining 2-ilovasi bilan fan dasturi ro‘yxati 
tasdiqlangan.
Fan dasturi Toshkent davlat texnika universitetida ishlab chiqildi. 
Tuzuvchilar: 
M.Musayev 
- TDTU, “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi mudiri
t.f.n., dotsent; 
SH.Narziyev 
- TDTU, “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi katta 
o‘qituvchisi. 
Taqrizchilar: 
N.Saidxo’jayeva
- TIQXMMI, “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi 
dotsenti; 
O.Djurayev 
- O’zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi Davlat 
qo’mitasi Boshqarma boshlig’ o’rinbosarii. 
Fan dasturi Toshkent davlat texnika universiteti Kengashida ko‘rib chiqilgan 
va tavsiya qilingan (2019 yil “27” iyundagi 10 - sonli bayonnoma). 



I.O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni 
Ushbu dastur fan tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va xududiy xavfsizlik muammolarining 
inson hayoti xavfsizligiga ta’siri masalalarini qamraydi. Zero hozirgi vaziyatda 
xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. 
Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayoni buzilishi, ishlovchilar uchun 
sanitariya va gigiena me’yor va qoidalarini yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi 
noxush vaziyatlarning murakkablashuviga olib keladi. 
Davlatlar o‘rtasida insoniyat hayotiga xavf-xatar soluvchi holatlarning ro‘y 
berishi, insoniyat tomonidan qo‘llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar va 
vositalar ko‘plab xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, 
sog‘lig‘iga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid 
solmoqda. Shu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib 
bo‘lmaydigan vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta’minlash masalalari 
dolzarb o‘rin olgan. Aynan shu muammolarning echimini “Hayot faoliyati 
xavfsizligi” (HFX) fani o‘rganadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin